07.06.2019 yildagi PQ-4352-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.06.2019 yildagi PQ-4352-son
Date of entry into force
07.06.2019
Hujjat 07.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Toshkent shahrida “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika iqtisodiyotining sanoat tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”)ni ijro etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ va “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Toshkent shahrida “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin (keyingi oʻrinlarda — Filial).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi, materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash, materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi va sanoat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi, shuningdek, ularni jahon taʼlimi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qilish hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandis-texnik va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial Universitetning alohida tarkibiy boʻlinmasi — oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial, Universitet bilan kelishgan holda, taʼlimning bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olib, barcha darajalardagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shu jumladan ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialda oʻqitish rus tilida, Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialga abituriyentlarni qabul qilish, taʼlim faoliyati va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial bitiruvchilariga oʻqishni bitirganlaridan soʻng Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Universitet quyidagilarni taʼminlashda koʻmaklashadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial mutaxassislarining malakasini oshirish va professor-oʻqituvchilar tarkibini qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnikaviy adabiyotlar bilan toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialning akademik hamkori hisoblanadi va u:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-metodik yordam koʻrsatadi va laboratoriya va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun laboratoriya xonalari, oʻquv adabiyotlari va uskunalarni begʻaraz asosda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashkiliy komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-avgustga qadar Filialni joylashtirish boʻyicha bino va inshootlardagi zarur taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin, shuningdek, Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxona tayyorlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 25-avgustga qadar Filialni joylashtirish hamda uni zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kutubxona fondi, kompyuter va boshqa orgtexnika bilan taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Filialga qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olib, Universitet hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda, Filial Vasiylik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari respublika tashkilotlariga besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Filial faoliyatini moliyalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarni davlat grantlari boʻyicha oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, biroq Filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 40 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Filial Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylashgan Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻquv jarayonini Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji binosida oʻqishlari bitgunga qadar davom ettiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining ularning mablagʻlari hisobidan Filialni tashkil etish, uning moddiy-texnika va oʻquv bazasini shakllantirish bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, zarur mebel, inventar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan taʼminlash ishlarini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qoʻyilsinki, Filialga Universitetdan jalb qilinadigan professor va oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlari oʻquv jarayonining ehtiyojlaridan kelib chiqib, tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Filialga oʻqituvchilik va ilmiy faoliyat olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professor-oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilansinki, Filial taʼminoti uchun budjet ajratmalari 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar parametrlari doirasida ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaning yillik xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Universitet va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda taʼsis hujjatlari ishlab chiqilishi va kelishilishi, Filialning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-avgustga qadar Filialning tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Filialga ikkita yengil avtotransport, jumladan bitta xizmat va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. 2022-yil 1-iyunga qadar Filial faoliyatini taʼminlash va uni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyot, inventar va moddiy-texnik resurslar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 7-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4352-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4352-son qaroriga
1-ILOVA

Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Materialshunoslik, nanomateriallar va nanotizimlar texnologiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sintetik biologik faol moddalar, kimyo-farmatsevtika preparatlari va pardoz vositalari texnologiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Texnologik jarayon va ishlab chiqarish xavfsizligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura mutaxassisliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxatiga Vasiylik kengashi tomonidan buyurtmachi tashkilotlarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4352-son qaroriga
2-ILOVA

Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi

1. O.Sh. Temirov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2. I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3. A.X. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

4. B.B. Ashrafxonov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

5. B.Sh. Usmonov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari

6. B.K. Zaripov

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi

7. U.X. Sayidov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

8. A.G. Majuga

“D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasirektori (kelishilgan holda)

9. Lavozimiga koʻra

Toshkent shahridagi “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasifiliali rahbari

10. Sh.Ch. Aslanov

“Shoʻrtangazkimyo majmuasi” MCHJ direktori

11. U.T. Isroilov

“Uz-KorGasChemica” MCHJ qoʻshma korxonasi boshqaruvi raisi

12. Sh.A. Mutalov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4352-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibi

1. I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Tashkiliy komissiya raisi

2. B.Sh. Usmonov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi oʻrinbosari

3. I.T. Neʼmatov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

4. Sh.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

5. Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

6. M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

7. O.Sh. Temirov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi rais

8. U.X. Saidov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

9. J.A. Ortiqxoʻjayev

Toshkent shahar hokimi

10. Lavozimiga koʻra

“D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasifiliali (kelishilgan holda)

11. Sh.Ch. Aslanov

“Shoʻrtangazkimyo majmuasi” MCHJ direktori

12. U.T. Isroilov

“Uz-KorGasChemica” MCHJ qoʻshma korxonasi boshqaruvi raisi

13. Sh.A. Mutalov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Tashkilish komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 07/19/4352/3245-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)