Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.01.2002 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 25.01.2002 yildagi 34-son
Date of entry into force
25.01.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻZBEKISTON YARMARKASI” XITOY—OʻZBEKISTON QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATINI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston yarmarkasi” Xitoy—Oʻzbekiston qoʻshma korxonasining tashqi savdo infratuzilmasini yanada rivojlantirish va Oʻzbekiston Respublikasida yarmarka savdosini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekiston yarmarkasi” qoʻshma korxonasi (XXR, Shanxay shahri) Toshkent shahrida “Oʻzbekiston yarmarkasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonani taʼsis etganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mintaqalarida kichik va oʻrta biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va noanʼanaviy eksport tovarlarini yarmarka savdolarida koʻrgazmaga qoʻyish va sotish uchun tanlab olish boʻyicha tijorat agentlari tarmogʻini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik va oʻrta biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etiladigan koʻrgazmalar va yarmarkalarda moddiy-texnika resurslari olish imkoniyatlarining taʼminlanishida koʻmaklashish va amaliy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yarmarka savdolari ishtirokchilariga omborxonada saqlash, transportda tashish va tovarlarni deklaratsiya qilish boʻyicha xizmatlar, shuningdek dilerlik xizmatlarini koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekiston yarmarkasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan oʻtkaziladigan yarmarka savdolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida birja va yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 223-son qaroriga 1-ilovaning amal qilishi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 25-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-son