03.05.2019 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.05.2019 yildagi 370-son
Date of entry into force
03.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Turon” teatr studiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-dekabrdagi 5413-F-son farmoyishiga muvofiq hamda teatr sanʼati yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari shaxsiy tarkibida fuqarolik va harbiy burchga sadoqat, Vatanga muhabbat tuygʻularini shakllantirish, harbiy jamoalarda sogʻlom axloqiy-ruhiy muhitni va harbiy intizomni yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Madaniyat vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Turon” teatr studiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Turon” harbiy teatri” davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda Teatr deb ataladi) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Teatrning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi asarlarini, shuningdek, oʻzbek xalqining boy madaniyatini, buyuk ajdodlarimizning merosini, urf-odatlarimizni, ota-bobolarimiz hamda zamondoshlarimizning yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlidagi jasoratini madh etuvchi, xalq va armiya birligini, Vatanga muhabbat va Vatanga qasamyodga sodiqlikni tarannum etuvchi badiiy asarlarni targʻib qilish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviyatini va ularning sanʼatga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish, yoshlarga oʻzbek milliy teatr sanʼati tarixi asoslarini, teatr sanʼati yordamida madaniy-maʼrifiy va ijodiy-badiiy sohalarda erishilgan yutuqlarni tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning ijodiy faolligini rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, teatr sanʼatiga yangi usullarni milliy ruhga moslashtirgan holda joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzida vatanparvarlik, insoniylik, milliylik, buyuk ajdodlarimizning tarixini aks ettirgan spektakllarni namoyish etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, gastrollar, tanlovlar, taniqli sanʼat arboblari bilan uchrashuvlar va forumlar, rejissyor va aktyorlar uchun mahorat darslari va oʻquv treninglarini tashkil etish, yoshlarga jahon madaniyati va sanʼatining yorqin namunalarini tanishtirish orqali ularning maʼnaviy oʻsishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamiyatda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari obroʻsini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida harbiy xizmatning jozibadorligini oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari shaxsiy tarkibini Vatanga muhabbat, konstitutsion va harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalashga koʻmaklashish, harbiy xizmatchilarda yuksak maʼnaviy-axloqiy xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, ularni badiiy ijodga faol jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teatrning badiiy-rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroylari)ning maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarining uchinchi guruhi, ijodiy (artist) xodimlari mehnatiga haq toʻlash esa — ushbu qaror bilan tasdiqlangan Teatrlar artist xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarining drama teatri xodimlari uchun belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teatr faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, chipta sotish va pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-iyundagi 356-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muntazam ravishda tajribali teatr ijodkorlari va mutaxassislarini jalb etgan holda Teatr ijodiy jamoasiga muassasa faoliyatini yoʻlga qoʻyish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, shu jumladan repertuarlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirish, spektakllarning taʼsirchanligini kuchaytirish yuzasidan uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovaning “Toshkent shahri” kichik boʻlimiga “Turon” harbiy teatri davlat muassasasi” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 3-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
370-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 09/19/370/3063-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)