26.04.2019 yildagi 356-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.04.2019 yildagi 356-son
Date of entry into force
27.04.2019
Hujjat 27.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarishning samarali usullarini joriy qilish, davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarini shakllantirish mexanizmlarini va ularning faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari (bank kengashlari) aʼzoligiga davlat ulushi boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi 50 foizgacha boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda nomzodlar koʻrsatish tartibi joriy qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari ijroiya organi rahbari va rahbar oʻrinbosari lavozimlariga nomzodlarni koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning tegishli oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, shuningdek, xodimlari boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari (bank kengashlari) aʼzolariga haq toʻlash va (yoki) oʻz funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash bir chorakda mehnatga haq toʻlash miqdorining 17,6 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, shuningdek, xodimlari boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari (bank kengashlari) aʼzolariga haq toʻlash va (yoki) oʻz funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash miqdorlari ular kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining tegishli sohasini rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasini inobatga olgan holda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, shuningdek xodimlari, qoida tariqasida, bir paytning oʻzida haq toʻlanadigan kuzatuv kengashlarining aʼzolari sifatida ikkitadan koʻp boʻlmagan xoʻjalik jamiyati faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-band va ushbu band ikkinchi xatboshisining talablari muassis (aksiyador)lari mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari va davlat unitar korxonalari boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari aʼzoligiga yuqori malakali nomzodlar koʻrsatilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi boʻlgan barcha xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari tarkibini ushbu qaror talablariga muvofiqligi yuzasidan toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida, shu jumladan davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, shuningdek xodimlari boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari (bank kengashlari) aʼzolariga mukofot puli toʻlash va (yoki) xarajatlarni qoplash tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 26-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
356-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2019-y., 09/19/356/3026-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/647/0997-son)