Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT AVTOTRANSPORT VOSITALARINI JISMONIY VA DAVLAT TASARRUFIDA BOʻLMAGAN YuRIDIK ShAXSLARGA SOTISh TARTIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat avtotransport vositalarini qishloq joylarda jismoniy va davlat tasarrufida boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish chogʻida amaldagi bozor narxlarini hisobga olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat avtotransport vositalarini sotish tartibiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) 15-banddagi “bozor (shartnomaviy) narxining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda” soʻzlaridan soʻng “va qishloq joylar uchun bozor (shartnomaviy) narxning 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorida (amortizatsiya ajratmasini hisobga olgan holda)” soʻzlari yozib qoʻyilsin;
b) 4, 5, 6-ilovalar chiqarib tashlansin;
v) 16-banddagi “(4, 5-ilovalar)” soʻzi chiqarib tashlansin;
g) 17-banddagi:
“tuzatish koeffitsiyenti boʻyicha oʻzgartiriladi soʻzlari” soʻzlari oʻrniga “tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytiriladi” soʻzlari yozib qoʻyilsin;
“(6-ilova avtotransport vositasini baholash qiymatini aniqlash misoli)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 7-ilova 4-ilova deb hisoblanadi;
e) 7-ilovaning 1-bandidagi “4, 5, 6-ilovalar boʻyicha misollarga muvofiq” soʻzlari yozib qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 18-avgust,
325-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 8-son, 29-modda)