Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2026 24.04.2019 yildagi 349-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.04.2019 yildagi 349-son
Date of entry into force
25.04.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2026
Hujjat 18.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 460-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmonini bajarish, shuningdek, muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazish milliy tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi maxsus vakolatli organ hisoblangan “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Akkreditatsiya markazining ustuvor vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va xolisligini taʼminlagan holda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya milliy tizimini xalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni, shu jumladan, oʻzining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya boʻyicha ishlar natijalarining xorijiy mamlakatlar tomonidan eʼtirof etilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli axborotning maxfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchiliknining ulardan foydalanishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirishi boʻyicha tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqllansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnomalar haqiqiy hisoblanadi va Akkreditatsiya markazi muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini inspeksiya nazoratidan oʻtkazish natijalariga koʻra, akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qilsa, ushbu guvohnomalar bunday qaror qabul qilingan sanadan boshlab oʻzining amal qiladigan muddatiga qayta rasmiylashtirilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya markazi xodimlarining lavozim maoshi 2 baravar miqdordagi koeffitsiyentni qoʻllangan holda, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashga doir tasdiqlangan razryadlarga muvofiq belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiyadan oʻtkazishda, davriy baholashdan oʻtkazishda va ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Akkreditatsiya markazi faoliyatiga har qanday shaklda aralashishi va taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Akkreditatsiya markaziga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya sohasida idoralararo xususiyatga ega, shu jumladan, xorijda akkreditatsiya ishlari natijalari eʼtirof etilishini taʼminlashga qaratilgan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
treninglar, seminarlar oʻtkazish va baholovchilar, texnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarayotgan xodimlarga oʻz mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror talablariga muvofiq Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, xodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Akkreditatsiya markazi rahbari zimmasiga quyidagilar uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash sohasidagi ILAC, IAF talablariga va ISO/IEC standartlariga asoslangan prinsiplarga soʻzsiz rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya boʻyicha ishlarni bajarishda xolislik, betaraflik va mustaqillikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholashni amalga oshirishda ishtirok etmagan Akkreditatsiya markazining malakali shaxslari bilangina akkreditatsiya boʻyicha qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya boʻyicha faoliyatning xolisligi, betarafligi va mustaqilligini shubha uygʻotishi mumkin boʻlgan xizmatlarni koʻrsatmaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 24-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
349-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) qonunchilikka muvofiq akkreditatsiyadan oʻtadigan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtkazish va davriy baholashni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya belgisi — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlarining akkreditatsiya maqomini koʻrsatish maqsadida ular tomonidan qoʻllanishi uchun moʻljallangan Markaz tomonidan beriladigan belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya boʻyicha baholovchi — muvofiqlikni baholash organini baholash uchun akkreditatsiya organi tomonidan tayinlangan, mazkur faoliyatni mustaqil ravishda yoki baholash guruhi tarkibida amalga oshiradigan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya boʻyicha texnik ekspert — akkreditatsiya organi tomonidan tayinlangan, akkreditatsiya boʻyicha baholovchi rahbarligi ostida ishlaydigan, baholanayotgan akkreditatsiya sohasida maxsus bilimlarga yoki koʻnikmalarga ega boʻlgan va baholashni mustaqil ravishda amalga oshirmaydigan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya komissiyasi — baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan baholashda ishtirok etmagan xalqaro ekspertlardan iborat Markaz huzurida tashkil etiladigan komissiya boʻlib, akkreditatsiya va davriy baholash boʻyicha ishlar natijalarini koʻrib chiqish hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tegishli qarorlarni qabul qilish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyekt — milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya sohasi — faoliyatning muayyan sohasi boʻlib, unda akkreditatsiya uchun akkreditatsiya obyektining yoxud akkreditatsiya qilingan subyektning vakolatliligi tasdiqlanadi yoki tasdiqlangan boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma — akkreditatsiya qilingan subyektning akkreditatsiyaning belgilangan sohasidagi ishlarni bajarishga vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatdir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya uchun ariza beruvchi (keyingi oʻrinlarda akkreditatsiya obyekti deb ataladi) — akkreditatsiya uchun ariza bergan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organlarining muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatliligini akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya komissiyasi — akkreditatsiya organining akkreditatsiyani amalga oshirishga, akkreditatsiya qilishni rad etishga, akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatib turishga yoki tugatishga, akkreditatsiya sohasini kengaytirishga va qisqartirishga doir qarorlari boʻyicha apellyatsiyalarni koʻrib chiqish hamda qarorlar qabul qilish maqsadida akkreditatsiya organi huzurida tuziladigan komissiya hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash guruhi rahbari — zimmasiga baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy masʼuliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholovchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash — akkreditatsiyaning aniq bir sohasi uchun texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar asosida akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiya qilingan subyekt vakolatli ekanini aniqlash maqsadida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davriy baholash — akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyatining akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqligini akkreditatsiya siklida qayta baholash tartib-taomili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri — akkreditatsiya qilingan subyektlar toʻgʻrisidagi, shuningdek, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalarning joriy maqomi haqidagi rasmiy axborot bazasidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organi — muvofiqlikni baholashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Akkreditatsiya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya obyektlarning vakolati va baholashga qoʻyilgan talablarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga majburiy rioya qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiya qilingan subyektlarining normal va samarali faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida (shu jumladan, ijara huquqlari asosida) taalluqli boʻlgan bino va inshootlar, texnik-texnologik hamda apparat-dasturiy vositalar mavjudligi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimi mavjudligi hamda akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyatida uning talablariga rioya etish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida malakali mutaxassislarning mavjudligi, ularning oʻzaro almashinuvchanligini taʼminlash;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya obyektlari va akkreditatsiya qilingan subyektlar tomonidan ushbu Nizomning 17-bandida, shuningdek, 9, 10 va 11-boblarida koʻrsatilgan tartiblarga oʻz vaqtida rioya qilish.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilishda akkreditatsiya sohasidagi xalqaro qoidalar, Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum talablari (IAF) va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) talablari hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar akkreditatsiya obyektini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi sifatida:
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya obyektining ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va isteʼmolchilardan mustaqilligi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholanayotgan obyektning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatida belgilangan majburiy koʻrsatkichlarining aksariyat qismi aniqlashini taʼminlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan oʻz sinov laboratoriyasining (markazi) mavjudligi va professional javobgarligi sugʻurta qilinganligi (paxta mahsulotlarini sertifikatlash xizmatlari uchun);
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholanayotgan obyekt majburiy koʻrsatkichlarining yetishmayotgan qismi aniqlashini taʼminlovchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan boshqa sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya obyektini mahsulotning muvofiqlik deklaratsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazishda mazkur bandning “a” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarida koʻrsatilgan shartlarning bajarilishi talab etilmaydi;
(4-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuklarni ortishdan oldin va/yoki tushirish vaqtidagi inspeksiyani oʻtkazish boʻyicha inspeksiya organ sifatida akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida, mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli texnika vositalari va asbob uskunalar yoki laboratoriyaning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organining baholanayotgan tarafdan mustaqilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlar), metrologik xizmatlar sifatida (oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini oʻtkazadigan metrologiya xizmatlari bundan mustasno):
(4-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish binolari va atrof — muhit sharoitlarining mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq sinovlar oʻtkazilishini va/yoki oʻlchashlarning bajarilishini taʼminlaydigan sinov, oʻlchash vositalari, standart namunalar va sinash asbob-uskunalarining mavjudligi;
(4-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) texnologik jarayonlarni “Yashil sertifikat” ekologik sertifikatlashtirish organi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu yuridik shaxsda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uch yil ish stajiga ega kamida besh nafar mutaxassis mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholanayotgan obyektning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatida belgilangan majburiy koʻrsatkichlarni aniqlashni taʼminlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan oʻz sinov laboratoriyasi mavjudligi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-apreldagi 230-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 09/25/230/0349-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 17-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov, kalibrlash, tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) va metrologik xizmatlar, amaldagi akkreditatsiya sohasiga muvofiq oʻzi qoʻllayotgan sinov va oʻlchov vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va/yoki ularni qoʻllash huquqlarining, akkreditatsiyadan oʻtishga talabgor boʻlgan akkreditatsiya obyektlari foydasiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Akkreditatsiya oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Akkreditatsiya obyektlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya obyekti Markaz tomonidan belgilangan shakl boʻyicha Markazga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda, yozma yoki elektron shaklda akkreditatsiya oʻtkazish uchun ariza (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb ataladi) beradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Akkreditatsiya obyektilari buyurtmaga quyidagi hujjatlarni va maʼlumotlarni ilova qiladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilinishi soʻralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash obyektlari yoki sinov usullari (metodikalari) va/yoki oʻlchash turlarining roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifat boʻyicha qoʻllanma va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari va inspeksiya organi uchun qoʻshimcha ravishda — xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sertifikatlashni (inspeksiyani) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hujjat va inspeksiya organi tomonidan qoʻllaniladigan (zarur hollarda) texnika vositalari va asbob uskunalar toʻgʻrisidagi hujjat;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov, kalibirlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari), metrologiya xizmatlari uchun qoʻshimcha ravishda — laboratoriya, xodimlar va ular tomonidan qoʻllaniladigan sinov, oʻlchash vositalari hamda sinov uskunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya xizmatlari uchun “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan ushbu metrologiya xizmatining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishib olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Akkreditatsiya obyektidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya obyekti oʻz ixtiyoriga koʻra, akkreditatsiya obyektiga aloqador qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim qilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markaz, taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarni toʻliqligi yuzasidan buyurtmani oʻrganadi. Buyurtmani oʻrganish ijobiy natija bersa, u roʻyxatdan oʻtkaziladi va ikki ish kunidan kechikmay akkreditatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tayyorlanadi va akkreditatsiya obyektiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay akkreditatsiya obyektiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya organi akkreditatsiyani berilgan ariza asosida, shuningdek, basharti akkreditatsiyaga oid ishlarni bajarishga doir shartnoma tuzilgan boʻlsa, amalga oshiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Akkreditatsiya obyekti tomonidan toʻlov toʻlangach, Markaz taqdim etilgan akkreditatsiya obyekti hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi. Ekspertiza natijalari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun Markaz joyida baholash oʻtkazishga qadar bu haqda akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi. Ekspertizadan oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida xabarni qabul qilgandan soʻng joyning oʻzida baholashni oʻtkazish uchun shartnoma imzolashni va keyingi akkreditatsiya jarayoni oʻtkazishni rad etish huquqiga ega va bu haqda Markazni yozma xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tugallanganidan soʻng va akkreditatsiya obyekti joyining oʻzida baholashni oʻtkazish uchun toʻlov toʻlangach, Markaz uch ish kuni davomida milliy va/yoki xalqaro baholovchilar va texnik ekspertlardan iborat baholash guruhini shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Baholash guruhi tarkibi va baholash oʻtkaziladigan sana akkreditatsiya obyektining asoslangan takliflarini inobatga olgan holda, u bilan kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash guruhi rahbari va tarkibi Markaz rahbarining yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxsning buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va akkreditatsiya obyekti soʻralgan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini baholash baholash guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Akkreditatsiya obyektini joyning oʻzida baholash muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini, shuningdek, ularni ixtisoslashtirilgan (laboratoriya, tashxis, metrologiya, metodologik, ishlab chiqarish va texnologik) baholash zaruratini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya obyektini baholash muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Baholash tasdiqlangan rejaga muvofiq oʻtkaziladi. Baholash rejasi Markaz rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va baholash rejasi akkreditatsiya obyektiga joyning oʻzida baholash oʻtkazishga qadar tanishish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Baholash guruhi akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasiga kiritilgan har bir soʻralgan faoliyat yoʻnalishini baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya obyekti joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoitlar, shu jumladan baholash guruhiga zarur maʼlumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish hamda xodimlar malakasini baholash imkoniyatini yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar malakasini baholash ularning shaxsiy kartalarini oʻrgangan holda soʻralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, maʼlumotini, muvofiqlikni baholash boʻyicha koʻnikmalarini namoyish qilishini kuzatish va suhbatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash guruhi laboratoriyalararo qiyosiy sinovlar natijalarini va oʻlchov vositalarini kalibrlash hamda taqqoslash tekshiruv natijalari, shuningdek, soʻralgan sohalarda nazorat sinovlari oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibiga akkreditatsiya qilingan subyekt kiradigan yuridik shaxsda sifat menejmentining sertifikatlangan tizimini mavjudligi akkreditatsiya obyekti uchun bu boradagi akkrreditatsiya talablari va shartlari bajarilganining tasdigʻi boʻla olmaydi.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoit yaratib berilmagan holatda, baholash guruhi rahbari Markazga tegishli raport taqdim etishi shart, Markaz uning asosida baholash ishlarini bir oydan oshmaydigan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya obyekti koʻrsatilgan muddatda joyning oʻzida baholash oʻtkazish uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiya qilishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Baholash yakunlari boʻyicha baholash guruhining baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (ular mavjud boʻlganda) oʻz ichiga olgan hisoboti (keyingi oʻrinlarda hisobot deb ataladi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot baholash guruhi aʼzolari, shuningdek, oʻzining alohida fikrini (zarurat boʻlganda) ifodalashga haqli boʻlgan akkreditatsiya obyektining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi akkreditatsiya obyektining vakolatli vakiliga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Baholash guruhi ijobiy hisobot rasmiylashtirgan taqdirda (nomuvofiqlik mavjud boʻlmaganda), uch ish kuni mobaynida hisobotni Akkreditatsiya komissiyasining tegishli qarorini qabul qilish uchun Markazga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Baholash vaqtida nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa (shu jumladan, hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan nomuvofiqliklar), akkreditatsiya obyekti nomuvofiqliklarni bartaraf etishga doir harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati baholash boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgan sanadan boshlab toʻrt oydan oshmasligi kerak.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-iyuldagi 456-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Akkreditatsiya obyekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari hisobotni ilova qilgan holda, akkreditatsiya boʻyicha ishlarni tugatish toʻgʻrisida Markazga raport taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Markaz harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilgan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya obyekti tomonidan nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilganligi holatini, zarur boʻlsa, joyning oʻziga borgan holda oʻrganish uchun buyruq bilan baholash guruhiga vakolat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash guruhi besh ish kuni mobaynida qabul qilingan harakatlarni koʻrib chiqishni taʼminlaydi. Agar taqdim etilgan maʼlumot va tasdiqlovchi hujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasa, baholash guruhi qoʻshimcha maʼlumot soʻrashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilganlik holatini oʻrganish muddati harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Baholash guruhi, nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilganlik holatini oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uch ishi kuni mobaynida Markazga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Markaz, hisobotni qabul qilgan sanadan boshlab, besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya komissiyasi majlisida uning koʻrib chiqilishini taʼminlaydi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Quyidagilar Akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibida belgilangan barcha zarur hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilmaganda;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya obyekti tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarda notoʻgʻri maʼlumot mavjudligi;
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya natijalariga koʻra, ariza berilgan akkreditatsiya sohasidagi muvofiqlikni baholash ishlarini bajarishga vakolatliligi tasdiqlanmagan taqdirda;
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisida boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiqsizlik sabablari boʻyicha qaror qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning uchinchi xatboshiga muvofiq akkreditatsiya obyekti tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazda taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning haqiqiyligiga shubha paydo boʻlgan taqdirda, akkreditatsiya obyektidan qoʻshimcha maʼlumotlar talab etmagan holda, Markaz ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va oʻz hisobidan tekshirish uchun choralar koʻradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya obyekti oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi hamda uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiyadan keyingi shartnomada quyidagilar aks etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va akkreditatsiya qilingan subyekt oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu jumladan, guvohlik baholash, muvofiqlikni baholash ishlari yakunlangandan keyingi ularning natijadorligini oʻrganish hamda ogohlantirishsiz tashrif orqali baholab borish shartlari hamda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya belgisini qoʻllash shartlari va Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri raqamidan foydalanish;
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyektni davriy baholashni amalga oshirish shartlari.
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Markaz oʻzining rasmiy veb-saytida Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi), shuningdek, baholovchilar va texnik ekspertlar reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma muvofiqlikni baholash organlarining reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi Markaz tomonidan belgilanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot yuritiladigan blankalar hisoblanadi, ularni roʻyxatga olish va saqlash tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Akkreditatsiya komissiyasi salbiy qaror qabul qilganda, Markaz akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilingan subyektga yozma shaklda xabarnoma yuboradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Markaz huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Quyidagi hollarda akkreditatsiya qilingan subyekt takroriy akkreditatsiyaga buyurtma taqdim etishi kerak:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyektning vakolatini baholashga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi yangi yoki yangidan qabul qilingan normativ hujjat amalga kiritilgan vaqtdan boshlab uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ushbu Nizom 34-bandining uchinchi xatboshisidan mustasno holda takroriy akkreditatsiya, basharti akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiyaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin ariza bergan boʻlsa, ushbu subyektning avvalgi faoliyati natijalari hisobga olingan holda mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tegishli xalqaro standart talablari boʻyicha avval baholangan amaldagi menejment tizimiga va akkreditatsiya sohasiga oʻzgartirishlar kiritmaganligi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etilganida, takroriy akkreditatsiyadan oʻtkazish mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazmasdan, joyining oʻzida baholash amalga oshiriladi”;
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish ishlari akkreditatsiya qilingan subyekt arizasi boʻyicha ushbu Nizomning 7 — 25, 32 va 33-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Akkreditatsiya qilingan subyektning akkreditatsiya sohasini qisqartirish akkreditatsiya komissiyasining qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya sohasini qisqartirish toʻgʻrisida akkreditatsiya qilingan subyektning arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyatining davriy baholash natijalariga koʻra.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya qilingan subyektning akkreditatsiya sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya sohasini qisqartirish uchun haq olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Davriy baholash
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Davriy baholash akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida ushbu Nizomga2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joyning oʻziga borib amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi davriy baholash akkreditatsiya sanasidan keyin oʻn ikki oydan kechikmay oʻtkaziladi. Keyingi davriy baholash har yili Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadigan davriy baholash reja-jadvaliga muvofiq davriy, biroq avvalgi davriy baholash oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt oydan kechikmay (mahsulotni sertifikatlash organlari uchun — oʻn ikki oydan kechikmay) oʻtkaziladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yigirma toʻrt oy davriylik muddati quyidagi shartlar bajarilsa belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joyning oʻzida avvalgi baholash oʻtkazilganda nomuvofiqliklar boʻlmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyati boʻyicha shikoyatlar boʻlmagan boʻlsa;
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan monitoring ijobiy natijalar bergan boʻlsa.
(40-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyati boʻyicha rejadan tashqari davriy baholash akkreditatsiya talablari va shartlari, shu jumladan akkreditatsiya belgisidan foydalanish buzilganligi toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat Markazga tushgan taqdirda oʻtkaziladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Davriy baholashni oʻtkazish tartibi ushbu Nizomning 13 — 17, 19-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davriy baholash davomida Markaz muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini va/yoki akkreditatsiyaga matnli havolalar qoʻllanilishining toʻgʻriligini ham oʻrganadi. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini qoʻllash qoidalari Markaz tomonidan ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga muvofiq belgilanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Baholash guruhi uch ish kuni mobaynida Markazga oʻtkazilgan davriy baholash toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi kerak.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Markaz oʻtkazilgan davriy baholash toʻgʻrisidagi hisobotni qabul qilgandan keyin besh ish kuni mobaynida uning akkreditatsiya komissiyasi majlisida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya sohasini qisqartirish (oʻtkazilgan oxirgi baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklar takroran aniqlanganda, nomuvofiqliklar takror yoʻl qoʻyilgan soha akkreditatsiya sohasidan chiqariladi);
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya aʼzolarining katta qismi baholash guruhi hisobotiga qoʻshilmagan taqdirda, akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini haq olmasdan qoʻshimcha baholashni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(44-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingandan keyin akkreditatsiya qilingan subyektga bir ish kunidan kechikmay yetkaziladi.
(44-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Nizomning 6-7-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Markaz huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganida;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyekt tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaganda.
(47-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish ushbu Nizom 47-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Markaz tomonidan akkreditatsiya komissiyasi qaroriga koʻra, toʻrt oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish ushbu Nizom 47-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holda Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya qilingan subyektga yozma ravishda xabar yuboriladi.
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori toʻgʻrisida maʼlumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab toʻxtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar muvofiqlikni baholash faoliyatini toʻxtatib turishi shart.
(48-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Akkreditatsiya qilingan subyekt nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan Markaz tomonidan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Akkreditatsiya qilingan subyekt tomonidan harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari Markazga akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani amal qilishini tugatish kerakligi toʻgʻrisida raport taqdim etadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganligi holatlarini oʻrganish, ushbu Nizomning 23 va 24-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Markaz baholash guruhi tomonidan yakuniy hisobot taqdim etilganidan soʻng besh ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining majlisida uning koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kundan kechikmay Markaz tomonidan akkreditatsiya qilingan subyektga yetkaziladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli reyestrga kiritilishi va Markazning veb-saytida joylashtirilishi lozim.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilsa;
(55-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs (akkreditatsiya qilingan subyekt) tugatilsa;
(55-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyekt tomonidan guvohnoma amal qilishining toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
(55-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya sohasi buzilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma soxta hujjatlar va maʼlumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga koʻra Markaz tomonidan tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya qilingan subyektga yozma ravishda xabar yuboriladi.
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori toʻgʻrisida maʼlumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugutilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza kamida olti oydan keyin berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reyestrlariga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringi muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlar tomonidan akkreditatsiya belgisidan foydalanish qoidalariga (akkreditatsiyaga matnli havolalar) rioya qilishning holatini oʻrganish maqsadida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlaridan vaqti-vaqti bilan soʻraladigan akkreditatsiya qilingan sohada ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari sifatidan qoniqishi toʻgʻrisidagi soʻrov natijalarini isteʼmolchilar bilan qayta aloqa orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning soʻrovi boʻyicha nazorat organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Monitoring natijalari boʻyicha Markaz uch ish kuni mobaynida muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmatini ular tomonidan tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun monitoring natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda monitoring natijalari boʻyicha Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati organiga nisbatan biron-bir chora koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring natijalaridan inspeksiya nazorati davomida foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga haq toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar ekspertizasi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiya qilingan subyektni baholash uchun (shu jumladan, guvohlik baholash, muvofiqlikni baholash ishlari yakunlangandan keyingi ularning natijadorligini oʻrganish);
(60-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkazilgan akkreditatsiya qilingan subyektni davriy baholash uchun;
(60-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiya obyekt yoki akkreditatsiya qilingan subyektlar tomonidan akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga haq toʻlash ularning natijalaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
(60-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmat turlari boʻyicha haq undirilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya sohasini qisqartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyatining rejadan tashqari davriy baholashni va ogohlantirishsiz tashrifni amalga oshirish;
(61-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 69-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan materiallar dolzarblashtirilganligi uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xizmatlar uchun toʻlovlar Markazning sarflangan vaqt va xizmat safarlari xarajatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sarflangan vaqtni hisoblab chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisi qoʻllanishi uchun qonunchilikda belgilangan miqdori haq undiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Akkreditatsiya qilingan subyekt qayta tashkil etilsa, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarsa, yigirma ish kuni mobaynida mazkur oʻzgartishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun Markazni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Agar akkreditatsiya qilingan subyekt ilgari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan akkreditatsiya obyektining huquqiy vorisi boʻlmasa, hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Akkreditatsiyadan oʻtgan mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarsa, yangi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma akkreditatsiya oʻtkazilmay, amaldagi akkreditatsiya muddatiga rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Akkreditatsiya qilingan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya xizmati joylashgan joyi oʻzgarsa, xabarnoma kelib tushgandan keyin Markazning buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul guruh tomonidan ushbu akkreditatsiya qilingan subyektlarni baholash maqsadida bir ish kunida oʻtkazilgan ogohlantirishsiz tashrifning ijobiy natijasiga asosan, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma amaldagi akkreditatsiya muddatiga qayta rasmiylashtiriladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Yangi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma Markaz tomonidan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Akkreditatsiya qilingan subyekt materiallarini dolzarblashtirish
(11-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Akkreditatsiya qilingan subyekt materiallari quyidagi hollarda dolzarblashtiriladi:
(69-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyektning akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar oʻrniga yangisi amalga kiritilsa, ularga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilsa (bundan qabul qilinayotgan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinov (oʻlchov) usullari koʻrsatilgan hollar mustasno);
(69-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifat boʻyicha qoʻllanmaga va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya qilingan subyektning xodimlari tarkibi oʻzgarsa.
(69-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Akkreditatsiya materiallari dolzarblashtirilsa, akkreditatsiya qilingan subyektlar buning sabablarini koʻrsatgan holda, oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan oʻzgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib Markazga ariza taqdim etadi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Markaz oʻn besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va avval tasdiqlangan hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Ushbu Nizomning 69-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq materiallar dolzarblashtirilgan taqdirda, akkreditatsiya qilingan subyektning akkreditatsiya sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiya yoki davriy baholash natijalari boʻyicha akkreditatsiya komissiyasining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilsa, akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Apellyatsiya komissiyasi har bir apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga koʻra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi, baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan xalqaro ekspertlar orasidan apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini yoki akkreditatsiya qilingan subyektni baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan Markazning kamida uch vakilidan shakllantiriladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Markaz apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini yoki akkreditatsiya qilingan subyektni va baholashni oʻtkazgan guruh rahbarini apellyatsiya koʻrib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiya qilingan subyekt vakili va guruh rahbari apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida akkreditatsiya obyektiga yoki akkreditatsiya qilingan subyektga yozma ravishda maʼlum qiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Koʻrib chiqilgan apellyatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiyani qanoatlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Markaz ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektiga yoki akkreditatsiya qilingan subyektga yozma shaklda yuboradi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyati qilish mumkin.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akkreditatsiyani oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Akkreditatsiya olish uchun zarur boʻlgan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

Akkreditatsiya markaziga bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Akkreditatsiya markazi

1. Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliqligi yuzasidan buyurtma oʻrganadi:

a) ijobiy natija boʻlganda akkreditatsiya boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tayyorlanadi;

a) 2 ish kuni mobaynida

b) hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda — hujjatlarni qaytaradi.

b) 1 ish kuni mobaynida

2. Akkreditatsiya markazi xizmatlariga haq toʻlangandan keyin taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi.

2. 15 ish kuni mobaynida

3. Ekspertiza natijalari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, joyning oʻzida baholash oʻtkazishdan avval markaz bu haqda akkreditatsiya uchun ariza beruvchini ularni bartaraf etish uchun xabardor qiladi.

3. 3 ish kuni mobaynida

4. Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish tugallangandan keyin baholovchi guruhni tuzadi.

5. Joyning oʻzida baholash uchun shart-sharoitlar taʼminlanmagan taqdirda, Markaz baholash ishini toʻxtatib turadi.

4-5. Bir oygacha

(akkreditatsiya uchun ariza beruvchi tayyorligi natijalari boʻyicha)

Baholash guruhi

6. Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.

6. 10 ish kuni mobaynida

7. Ijobiy hisobot rasmiylashtirilgan taqdirda u akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga beriladi.

7. 3 ish kuni mobaynida

3-bosqich*

Akkreditatsiya obyekti

1. Baholash guruhi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtirishda akkreditatsiya uchun ariza beruvchining belgilangan talablarga nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa berilsa, nomuvofiqlikni bartaraf etish va uni bajarish toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Akkreditatsiya markaziga taqdim etadi.

1. Toʻrt oy mobaynida (akkreditatsiya uchun ariza beruvchining xohishiga koʻra)

Akkreditatsiya markazi

2. Harakatlar rejasi bajarilganligi toʻgʻrisidagi axborot va nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlar olingan paytdan boshlab baholash guruhiga akkreditatsiya uchun ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilishi holatini oʻrganish uchun vakolat beradi.

2. 5 ish kuni mobaynida

Baholash guruhi

3. Amalga oshirilgan harakatlarning natijalarini oʻrganishni taʼminlaydi.

3. 5 ish kuni mobaynida

4. Oʻrganish natijalari boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uni akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun Akkreditatsiya markaziga taqdim etadi.

4. 3 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Akkreditatsiya markazi

1. Akkreditatsiya komissiyasining majlisida baholash natijalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

1. 5 ish kuni mobaynida

2. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Markaz bilan akkreditatsiya uchun ariza beruvchi oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi va akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.

3. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan salbiy qaror qabul qilingan taqdirda akkreditatsiya uchun ariza beruvchiga akkreditatsiya qilish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma yuboriladi.

2-3. 3 ish kuni mobaynida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-bosqich belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlanganda va nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun muddat berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda bajariladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-iyuldagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davriy baholashni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Akkreditatsiya markazi

Davriy baholashni oʻtkazishning reja-jadvali asosida:

baholash guruhi tarkibini va davriy baholashni oʻtkazish muddatlarini koʻrsatgan holda buyruq tuzadi;

davriy baholashni oʻtkazish rejasini tasdiqlaydi.

Reja-jadvalga muvofiq

2-bosqich

Baholash guruhi

1. Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.

1. 10 ish kuni mobaynida

2. Hisobotni akkreditatsiya komissiyasi majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga beradi.

2. 3 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Akkreditatsiya markazi

1. Tegishli qaror qabul qilish uchun baholash natijalari akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

1 5 ish kuni mobaynida

2. Akkreditatsiya komissiyasining qarori akkreditatsiya qilingan subyektga yetkaziladi.

2. 1 ish kuni mobaynida

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (APAC), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli aʼzo sifatida kirishi boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TADBIRLAR REJASI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 372-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼullar

I. Muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Qonun hujjatlariga ISO/IEC 17000 seriyasi xalqaro standarti va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot (keyingi oʻrinlarda ILAC deb ataladi) va Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forumi (keyingi oʻrinlarda IAF deb ataladi) talablariga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya markazi deb ataladi) muvofiqlikni baholash organlarning akkreditatsiya va inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish huquqini berish yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2019-yil

1-iyulgacha

“Oʻzstandart”

agentligi

2.

ILAC va IAF tomonidan qabul qilingan standartlar bilan bir xil boʻlgan akkreditatsiya sohasidagi asos boʻluvchi xalqaro standartlarni amalga kiritish.

Idoraviy hujjatlar

2019-yil

1-iyulgacha

“Oʻzstandart”

agentligi

II. Akkreditatsiya markazi faoliyatini takomillashtirish

3.

ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablari va tavsiyalariga muvofiq Akkreditatsiya markazida sifat menejment tizimini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash.

Tartibot hujjatlari, yoʻriqnomalar va nizomlar

2019-yil
1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

4.

Akkreditatsiya markazi mutaxassislari, akkreditatsiya qilingan obyektlar, professional institutlar, tartibga soluvchi organlar, mustaqil ekspertlar vakillaridan iborat boʻlgan laboratoriyalar va sertifikatlash organlarning akkreditatsiyasi boʻyicha texnik qoʻmitalar tashkil etish.

Idora hujjatlari

2019-yil
1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

5.

Akkreditatsiya markazini xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlarga kirishga tayyorlash uchun xorijiy maslahatchilarni shartnoma asosida jalb etish.

Hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart”
agentligi

6.

Akkreditatsiya markazini xorijiy tillarni egallagan va xalqaro maydonda respublikaning manfaatlarini ilgari surish salohiyatiga ega boʻlgan malakali va yosh mutaxassislar bilan taʼminlash.

Mehnat bitimi

2019-yil
1-maygacha

Akkreditatsiya
markazi

III. Xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlarga kirish boʻyicha tayyorgarlik ishlari

7.

ILAC, IAF va akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (keyingi oʻrinlarda APAC deb ataladi) talablariga muvofiq tartibot va majburiy hujjatlarni ishlab chiqish.

Idora hujjati

2019-yil

1-iyungacha

Akkreditatsiya
markazi

8.

Akkreditatsiya markazi faoliyatini ISO/IEC 17011 talablariga mosligini malakali xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda dastlabki tarzda baholash.

Xorijlik

ekspertlar hisoboti

2019-yil

1-sentabrgacha

Akkreditatsiya

markazi

9.

Xorijiy akkreditatsiya organlari vakillari bilan muvofiqlikni baholash organlarining qoʻshma sayyor baholashlarini oʻtkazish.

Baholash toʻgʻrisida hisobot

2019-yil

1-sentabrgacha

(jadval boʻyicha)

Akkreditatsiya
markazi

10.

Akkreditatsiya milliy tizimining baholash natijalarini olish va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish.

Xorijlik

ekspertlar hisoboti

2019-yil

1-noyabrgacha

Akkreditatsiya
markazi

11.

Akkreditatsiya markazi xodimlarini xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlariga oʻqitish.

Oʻqitish toʻgʻrisida sertifikat

2019-yil

aprel — dekabr

Akkreditatsiya
markazi

12.

APAC, ILAC va IAF tadbirlarida Akkreditatsiya markazi vakillari ishtiroki hamda mazkur tashkilotlar ekspertlari tomonidan baholashni tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borish.

APAC, ILAC va IAF tadbirlarida ishtirok etish toʻgʻrisida hisobot

2019-2020-yillar

Akkreditatsiya
markazi

IV. Muvofiqlikni baholash milliy organlari faoliyati darajasini oshirish

13.

Muvofiqlikni baholash organlarini belgilangan tartibda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlari (oxirgi tahririda) talablariga muvofiq baholash.

Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma

Jadvalga muvofiq

2020-yil

1-fevralgacha

Akkreditatsiya markazi

14.

Laboratoriyalararo taqqoslash yoʻli bilan muvofiqlikni baholash boʻyicha organlar malakasini tekshirishga doir faoliyatni yanada rivojlantirish.

Tadbirlar majmuasi

2019-yil
1-maygacha

“Oʻzstandart”

agentligi

15.

Xalqaro standartlarga (ISO, IEC, EN, Codex Alimentarius) mos keladigan sinashning (oʻlchashning) zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish.

Idora hujjatlari

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart” agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

muvofiqlikni baholash organlari

16.

Muvofiqlikni baholash organlari sinov bazasini modernizatsiyalash va takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

17.

Muvofiqlikni baholash organlari xodimlarini xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ISO/IEC 17000 xalqaro standartlari boʻyicha oʻqitish.

Reja-jadval,

Oʻqitish toʻgʻrisida sertifikat

2019-2020
yillar

“Oʻzstandart”

agentligi,

Akkreditatsiya markazi

V. Xalqaro ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga aʼzo boʻlish

18.

APAC ning toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish.

APACga buyurtmanomani yoʻllash

2019-yil

1-dekabrgacha

Akkreditatsiya
markazi

19.

APAC ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish.

APAC ekspertlarining baholash toʻgʻrisida hisoboti

2020-yil

mart — iyul

Akkreditatsiya
markazi

20.

APAC ning toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish.

APAC qarori

APAC Assambleyasi yakuni boʻyicha

Akkreditatsiya
markazi

21.

Akkreditatsiya markazining APAC-MRA koʻp tomonlama bitimiga qoʻshilishi boʻyicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish.

APAC-MRA bitimi

2020-yil

noyabr

Akkreditatsiya
markazi

22.

ILAC va IAF ga toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish uchun buyurtmanoma berish.

ILAC va IAF ga buyurtmanomani yoʻllash

APAC-MRA imzolangandan keyin 2 hafta muddatda

Akkreditatsiya
markazi

23.

ILAC va IAF ekspertlari tomonidan Akkreditatsiya markazini baholash (birinchi va ikkinchi baholash) hamda muvofiqlikni baholash organlarini birgalikda baholash, tuzatish tadbirlarini olib borish.

ILAC va IAF ekspertlarini baholash toʻgʻrisida hisobot

ILAC va IAF bilan kelishilgan xolda 3 oy mobaynida

Akkreditatsiya
markazi

24.

ILAC va IAF toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish

ILAC va IAF toʻla huquqli aʼzosi maqomini olish toʻgʻrisidagi qarori

ILAC va IAF Assambleyasi yakunlari boʻyicha

Akkreditatsiya
markazi

25.

Akkreditatsiya markazining ILAC-MRA va IAF-MLA koʻp tomonlama oʻzaro tan olish bitimiga qoʻshilishi boʻyicha zarur tartib-taomillarni amalga oshirish.

ILAC-MRA va IAF-MLA bilan bitim imzolash

toʻla huquqli aʼzosi maqomini olgandan keyin bir oy mobaynida

Akkreditatsiya
markazi

26.

ILAC, IAF va APACning tegishli texnik qoʻmitalari va boshqa boʻlinmalari bilan ish yuzasidan hamkorlikni taʼminlash.

ILAC, IAF va APAC ga safarlar uyushtirish

doimiy asosda

Akkreditatsiya
markazi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu rejada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjatning shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq hujjat birlashtirilganda, tegishli bandlarni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 92-modda), 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 92-modda) ilovaning 6-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/349/3007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son; 19.07.2024-y., 09/24/372/0532-son; 16.04.2025-y., 09/25/230/0349-son; 23.07.2025-y., 09/25/456/0646-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son; 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)