Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2023 22.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3156
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qarori, 22.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3156
Date of entry into force
22.04.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2023
Hujjat 20.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3156]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 11-dekabrdagi 93-sonli ““Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3156-3, 21.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son “Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais A. ABDULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son “Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining (bundan buyon matnda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini (bundan buyon matnda murojaat deb yuritiladi) koʻrib chiqilishi tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan obyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — manfaatdor shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, bekor boʻlishini tan olish hamda tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) rahbarlari tomonidan tayinlanadigan masʼul shaxslar.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 4-2022-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-2, 20.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 10/22/3156-2/0540-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Manfaatdor shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan murojaatlari Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari qoshidagi doimiy ravishda faoliyat yuritadigan komissiyalar (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 4-2022-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-2, 20.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 10/22/3156-2/0540-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya tomonidan manfaatdor shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq nizo sud tartibida koʻrib chiqilgan hollarda komissiya tomonidan qayta koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Komissiyani shakllantirish va uning vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi raisi va hududiy boshqarma rahbarining buyrugʻiga asosan 5 kishidan kam boʻlmagan toq sondagi (komissiya raisi, kotibi va aʼzolari) tarkibda tuziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 4-2022-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-2, 20.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 10/22/3156-2/0540-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya tarkibi tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 4-2022-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-2, 20.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 10/22/3156-2/0540-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida qaror qabul qilgan yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etgan shaxs komissiya aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tegishliligiga koʻra Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning hududiy boshqarmasi rahbari komissiya raisi hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 4-2022-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-2, 20.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 10/22/3156-2/0540-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya faoliyatini va uning ish tartibiga rioya etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya majlislarini oʻtkazadi va ularga rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya raisi komissiya ishini tashkil qilish va uni oʻz vaqtida, toʻgʻri va haqqoniy oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Manfaatdor shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni hamda komissiya ishi bilan bogʻliq hujjatlarni saqlanishi uchun komissiya kotibi masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Komissiyaga murojaat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Manfaatdor shaxs komissiyaga koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi, shuningdek yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatda manfaatdor shaxsning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Murojaatda koʻchmas mulk obyektining joylashgan eri (pochta manzili) haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Murojaatga koʻchmas mulk obyekti bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar va hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son “Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan komissiya manfaatdor shaxsning murojaatini u kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida koʻrib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarni shu kunning oʻzida Murojaatlarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritish orqali qayd qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiya kotibi kelib tushgan murojaatlarning toʻgʻriligini hamda undagi maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilganligini oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat anonim murojaat hisoblanadi va komissiya tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Komissiyaga kelib tushgan murojaatlarning soni bir yoki bir nechta boʻlishidan qatʼi nazar, komissiya mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan muddatlarda murojaatlarni koʻrib chiqishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Murojaatlarni koʻrib chiqish joyi, kuni va vaqti komissiya raisi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Komissiya kotibi komissiya aʼzolarini komissiya majlisi oʻtkaziladigan kundan kamida 3 kun oldin xabardor qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Komissiya taqdim etilgan murojaatni manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili ishtirokida koʻrib chiqadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 4-2022-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-2, 20.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 10/22/3156-2/0540-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Komissiya majlisida murojaatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha komissiya aʼzolari murojaatda nazarda tutilgan masalaning barcha holatlarini hisobga olgan holda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazuvchining koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi qarorini bekor qilish lozimligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazuvchining koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorini bekor qilish va koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish lozimligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazuvchining koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi qarorini oʻz kuchida qoldirish lozimligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazuvchining koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorini oʻz kuchida qoldirish lozimligi toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Komissiya qarori komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Komissiya majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunda komissiya majlisi bayonnomalarini rasmiylashtirish komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Komissiyaning qabul qilgan qarori asosida komissiya kotibi tomonidan 3 ta nusxada xulosa rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xulosada tegishliligi boʻyicha manfaatdor shaxsning F.I.O. yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, koʻchmas mulk obyekti haqidagi tegishli maʼlumotlar hamda komissiya tomonidan mazkur murojaat yuzasidan qabul qilingan qaror koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xulosalar komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan xulosalarni shu kunning oʻzida bir nusxadan roʻyxatdan oʻtkazuvchi va manfaatdor shaxsga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Xulosaning bir nusxasi komissiya kotibi tomonidan komissiya ishi hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq yuzasidan aniqlangan yangi holatlar asosida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Komissiya qarori yuzasidan berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrugʻi bilan Apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining komissiya faoliyatida ishtirok etmagan masʼul xodimlari orasidan Apellatsiya komissiyasi raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 14-oktabrdagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-1, 27.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2021-y., 10/21/3156-1/1004-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Komissiya xulosasidan norozi boʻlgan manfaatdor shaxs yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi komissiya xulosasini olgan kundan boshlab 10 kun davomida Apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Manfaatdor shaxs yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 10 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Apellatsiya komissiyasi manfaatdor shaxs yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchining apellatsiyasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha komissiya xulosasini bekor qilish yoki uni oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Apellatsiya komissiyasi tegishli qarorni manfaatdor shaxs va roʻyxatdan oʻtkazuvchiga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish vaziri A. TUXTAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 7-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 8-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 10/19/3156/2978-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 27.10.2021-y., 10/21/3156-1/1004-son; 20.06.2022-y., 10/22/3156-2/0540-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)