17.04.2019 yildagi 321-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.04.2019 yildagi 321-son
Date of entry into force
17.04.2019
Hujjat 17.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Taʼlim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda taʼlim muassasalariga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, professor-oʻqituvchilar, iqtidorli oʻquvchi va talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, bitiruvchilar va taʼlim muassasalari oʻrtasida faol aloqalarni oʻrnatish orqali taʼlim sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Taʼlim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Taʼlim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
321-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 321-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablagʻlari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom taʼlim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablagʻlari hisobiga bitiruvchilar jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tasarrufidagi taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar davlat, nodavlat taʼlim muassasalarida va Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan xorijiy taʼlim muassasalarining filiallarida taʼlim muassasalari rahbarlarining tegishli buyrugʻiga muvofiq tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida jamgʻarmaning tashkil etilishi majburiy emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishda homiylik xayriyalari orqali ishtirok etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning mazkur Jamgʻarma faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari taʼlim muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan alohida budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida (gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan taʼlim muassasalarida ularning maxsus hisob raqamlarida) jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarini bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor bitiruvchilarning homiylik xayriya mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini bank depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishidan olingan foiz daromadlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli, bilimli oʻquvchi va talabalarning oʻz bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun zarur boʻladigan oʻquv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlarni xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtidorli, bilimli oʻquvchi va talabalarning oʻz ustida ishlashlari va bilimlarini muntazam rivojlantirishga intilishlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchi va talabalarning tumanlar, viloyatlar, respublika va xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan (bilimlar sohasi, sport, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa tadbirlar) turli musobaqalarda faol ishtirokini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvchi oʻquvchi va talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar va xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy faol va taʼlim muassasasida koʻp yillar mobaynida mehnat qilgan professor-oʻqituvchilar va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan bino va inshootlarni taʼmirlash, zarur zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, mebellar, inventarlar hamda axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash va boshqa tovar-moddiy boyliklarini xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faol oʻquvchi va talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika tanlovlari gʻoliblarini hamda ularning ustoz va murabbiylarini taqdirlash va ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu bandda nazarda tutilmagan maqsadlarga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga zarurat boʻlganda, yil davomida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash taʼlim muassasalari rahbarlari raislik qiluvchi Jamgʻarmani boshqarish kengashlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Kuzatuv kengashlari (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kengash 7 — 9 nafar tarkibda shakllantiriladi va taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga taʼlim muassasalarining rahbar va masʼul xodimlari, oʻquvchi va talabalar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillari hamda mazkur taʼlim muassasalarini bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor bitiruvchilar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kengash majlisi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror qabul qilishda ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Kengash raisi tomonidan hal qiluvchi qaror qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda taʼlim muassasalarining bayonnoma asosida qabul qilingan buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kengash majlisi har chorakda kamida bir marotaba, zarurat boʻlganda navbatdan tashqari chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakuni va hisobot yili yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlari tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarma faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va unga taʼlim muassasalarini bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan bitiruvchilarning homiylik mablagʻlarini jalb etish taʼlim muassasasi nomidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Taʼlim muassasasining moliya-hisob boʻlinmasi Jamgʻarmaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi va Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlar Ishchi organ tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ishchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzadi, shuningdek ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi va tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning tushumlar manbalari boʻyicha daromadlari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha hisob va hisobotini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakuni boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi hamda Kengashga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va boshqa maqsadlar uchun olib qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlari taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy barqaror va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin hamda olingan foiz daromadlari ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlaridan alohida, budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot taʼlim muassasasining yil yakunlari boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishida Kengash aʼzolari ishtirokida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi va uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ish va xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar roʻyxatlari taʼlim muassasasining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy-veb saytlarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ishchi organ Jamgʻarma mablagʻlarining qonuniyligi va maqsadli yoʻnaltirilishi, shuningdek Jamgʻarma faoliyati boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisobotlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat taʼlim muassasalarida Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetalarining ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va uni tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/321/2952-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)