Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022 17.04.2019 yildagi 323-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.04.2019 yildagi 323-son
Date of entry into force
17.04.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022
Hujjat 17.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-sentabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-maydagi 366-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash hamda ularni yangilash maqsadida autsorserlarga, transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini taʼminlash uchun amalda xarid qilgan narxlarda berish (tarqatish) yoʻli bilan sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (shu jumladan doimiy joylashish punktlarida, dala sharoitlarida, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda hamda boshqa holatlarda) tashkillashtirish maqsadida tegishli zarur lavozimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari shtatlariga kiritish yoʻli bilan saqlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkibning ovqatlanishi autsorsing shartlarida amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining roʻyxatini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
323-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 323-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi oʻrinlarda Milliy gvardiya deb ataladi) boʻlinmalaridagi ofitserlar, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar, xodimlar, muddatli harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda akademik litsey oʻquvchilarining (keyingi oʻrinlarda shaxsiy tarkib deb ataladi) ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing — buyurtmachining shaxsiy tarkibni ovqatlantirish vazifasini shartnoma asosida autsorserga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi — Milliy gvardiya boʻlinmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shaxsiy tarkibni ovqatlantirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statsionar va dala sharoitida oziq-ovqat taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quruq mahsulotlar taʼminoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shaxsiy tarkibni ovqatlantirish buyurtmachining oziq-ovqat xizmati tomonidan autsorser xizmatini jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shaxsiy tarkibni ovqatlantirish uchun pul mablagʻlari yillik talabnomalar boʻyicha belgilanadi va autsorsing xizmatlari uchun kelishilgan hisob-kitoblar, oziq-ovqat meʼyori narxlari belgilangan meʼyorlar asosida yil boʻyicha rejalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Autsorsing xizmati buyurtmachining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Autsorsing xizmati koʻrsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya etish buyurtmachi tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Autsorserlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni oʻrganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmati boʻyicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzdorligi mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati koʻrsatish uchun yetarli moddiy-texnika va logistika bazasiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shtatida yetarli ish tajribasiga va koʻnikmaga ega xodimlar boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Autsorserlarni tanlab olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni oʻrganish hamda belgilangan tartibda tanlovni oʻtkazish yoʻli bilan zarurat tugʻilganda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Autsorserlarni tanlash natijalari maxsus komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlangan kunning ertasidan kechiktirmay shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil qilish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish yuzasidan Milliy gvardiya boʻlinmalari bilan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaviy shakl boʻyicha belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun buyurtmachiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy oʻrganish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland boʻlsa, buyurtmachi autsorser bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni oʻrganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bayonnoma qarorlarning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Autsorsing xizmati koʻrsatish boʻyicha shartnoma buyurtmachi va autsorser oʻrtasida kalendar yil uchun yozma shaklda ikki nusxada tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada shaxsiy tarkibning soni, bir nafar ovqatlanuvchi uchun tasdiqlangan meʼyorlardagi kunlik oziq-ovqat qiymati, kalendar kuni va jami yillik summa aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan har oyning 1-sanasiga qadar Milliy gvardiya boʻlinmalari tomonidan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʻzgarganda yoki boshqa asosli holatlarda shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdorida oldindan, 85 foizi haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob-kitob esa — keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorserni tanlash, autsorser va harbiy qism (muassasa) oʻrtasida hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Autsorsing xizmati koʻrsatishda oziq-ovqatlar sifatiga va xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Autsorsing xizmatlari asosida ovqat bilan taʼminlash qonun hujjatlarida belgilangan xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Autsorser tomonidan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari tegishli muvofiqlik sertifikatlari bilan tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablariga javob berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Buyurtmachiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati yuzasidan nazorat autsorser ishtirokida buyurtmachining tibbiy hamda oziq-ovqat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi, bunda qabul qilish dalolatnomasi tuzilib, u mahsulot sifatini tekshirgan shaxslar tomonidan imzolanadi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Autsorser xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishi, ularni toʻgʻri saqlashi va belgilangan meʼyorlar asosida sarflashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan meʼyorlar asosida taom tayyorlash texnologiyasiga qatʼiy amal qilishi, ortiqcha isrofgarchilikka yoʻl qoʻymasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshpazlik sohasida zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi va oʻz malakasini doimiy ravishda oshirib borishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorser xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtishi va tibbiy daftarchaga ega boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda belgilangan talablarga rioya qilmagan shaxslarning autsorser tomonidan xizmat koʻrsatishga jalb etilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik autsorserga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Shaxsiy tarkibning ovqatlanish tartibini rejalashtirish, nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Shaxsiy tarkibning ovqatlanish tartibi buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida tuziladi, autsorser va buyurtmachi rahbari tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Taomnoma uch nusxada tuziladi — birinchi nusxasi autsorserga, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga hamda uchinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Taomlar ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi, saqlanadi va tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Shaxsiy tarkibning ovqatlanishi kun mobaynida sutkalik ovqatlanish meʼyorlari boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlarining toʻgʻri taqsimlanishi, shuningdek, kun tartibi boʻyicha qatʼiy belgilangan vaqtda ovqatlanish tashkillashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish autsorser va buyurtmachi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ovqatlarni tarqatish boshlangunga qadar buyurtmachi vakillari tomonidan ovqatlar sifati, shuningdek, oshxona binosining sanitariya holati, oshxona idishlari va inventarlari tekshiriladi. Buyurtmachi vakillari tekshiruv natijalarini ovqatlarni tayyorlash sifatining nazorat kitobida aks ettiradi. Bunda uning sifati toʻgʻrisidagi xulosa har bir ovqat pishirish (nonushta, tushlik, kechki ovqat) uchun alohida yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Komissiya tarkibi Milliy gvardiya Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi moddiy taʼminot boʻlimi, buyurtmachining taʼminot va boshqa boʻlinmalari xodimlaridan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan shaxsiy tarkib oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring natijalaridan kelib chiqib, buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshxona va omborlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor taom va oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan kunlik meʼyorlarga mos boʻlishini hamda sifatini oʻrganadi, zarur holatlarda chetdan mutaxassislar jalb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya buyurtmachi tomonidan yuklangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Komissiya tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari alohida yuritiladigan jurnalda qayd etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Shaxsiy tarkibni issiq ovqat bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Autsorsing sharoitida shaxsiy tarkibni issiq ovqat bilan taʼminlash shaxsiy tarkib yetib kelishi va ketishini hisobga olgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Shaxsiy tarkibni ovqatlantirish boʻyicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik meʼyor summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nonushta uchun — 25 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushlik uchun — 50 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kechki taom uchun — 25 %.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Milliy gvardiya akademik litsey oʻquvchilarini ovqatlantirish boʻyicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik meʼyor summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nonushta uchun — 20 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi nonushta (yoki tushlik) uchun — 20 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushlik uchun — 40 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kechki ovqatlanish uchun — 20 %.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Agar shaxsiy tarkibning oziq-ovqat taʼminotini tashkil qilish boʻyicha jami xarajatlar ovqatlanish payogi oʻrniga pul kompensatsiyasining belgilangan miqdoridan oshib ketsa, mavjud tafovut shaxsiy tarkibdan undirilmaydi, xarajatlar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Milliy gvardiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Shaxsiy tarkibni ovqatlantirish jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobiga tashkil etilganda shaxsiy tarkib uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan meʼyorlardan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan bino va inshootlarning ichki qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkibning soni va ovqatlanish jadvalini belgilangan tartibda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorser qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Autsorser:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy tarkibning oziq-ovqat taʼminotini uzluksiz, shu jumladan, zarur holatlarda, dam olish va bayram kunlari hamda dala sharoitida amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarining yangi va sifatli boʻlishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliq uchun zararli va yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanmasligi va taomlarni tarqatmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dala sharoitida koʻchma oshxona faoliyatini toʻliq tashkil etgan holda, shaxsiy tarkibning oziq-ovqat taʼminotini amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni oʻz hisobidan taʼmirlashi, shuningdek, mulkni saqlash xarajatlarini qoplashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorsing xizmati koʻrsatishda xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Autsorserga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserdan shartnoma shartlarini bajarish bilan bogʻliq jarayonda qatnashuvchi shaxslar (oshxona xodimlari) roʻyxatini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovqatlanish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserning ishlab chiqarish faoliyatiga aralashmagan holda shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Buyurtmachi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autsorserga shaxsiy tarkibning sonini va ularning ovqatlanish jadvalini oʻz vaqtida taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Obyektlar va moddiy-texnika vositalaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Oshxonada joylashgan moddiy-texnika vositalari buyurtmachi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Dalolatnoma ikki nusxada buyurtmachi komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan oshxona binosiga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetarli oʻringa ega boʻlgan, texnologik jihozlar bilan taʼminlangan, texnik holati belgilangan meʼyorlarga mos boʻlgan ovqatlanish binosining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni saqlash uchun omborlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taom tayyorlash uskunalari, oshxona mebellari va ovqatlanish uchun zarur boʻlgan boshqa jihozlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Belgilangan foydalanish muddatini oʻtab boʻlgan va yaroqsiz holatga kelgan moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan hisobdan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorserning tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda bekor qilishiga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎________ — harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibining autsorsing shartlari asosida ovqatlanishini tashkil etish uchun
NAMUNAVIY ShARTNOMA

‎‎__________ shahri‎
‎‎

20___ yil “____” ___________

‎‎Keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi ______ — harbiy qism (muassasa) komandiri __________________________________ bir tomondan

____________________ (F.I.O.)‎‎

‎‎va keyingi oʻrinlarda Autsorser deb ataluvchi _____________________________________________________________ nomidan Ustav (ishonchnoma) asosida faoliyat yurituvchi direktor _______________________________________________
‎____________________________ ikkinchi tomondan, keyinchalik Tomonlar deb atal�di,

‎‎(F.I.O)

‎ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.

‎‎I. Shartnoma predmeti

‎‎1.1. Pulli xizmat koʻrsatish Shartnomasiga koʻra, Autsorser Buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha mazkur Shartnomaning 1.2-bandida qayd etilgan xizmatlarni koʻrsatish, Buyurtmachi esa — ushbu xizmatlar uchun pul toʻlash majburiyatini oladi.
‎1.2. Autsorser mazkur Shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatdan boshlab, u tugaguniga qadar har kuni _______ — harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibini oziq-ovqat payoklarining belgilangan meʼyorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etgan holda, Buyurtmachi bilan kelishilgan taomnomaga muvofiq uch (toʻrt) mahal issiq ovqat bilan taʼminlash majburiyatini (keyingi oʻrinlarda Xizmatlar deb ataladi) oʻz zimmasiga oladi.

1.3. Xizmat koʻrsatish muddati:

‎‎20 ___ yil “____” ______________________dan 20 ___ yil “____” ____________________________________gacha.

‎‎1.3.1. Tomonlar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va Autsorser tomonidan amalda koʻrsatilgan Xizmatlar uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-fakturani imzolaganidan hamda Buyurtmachi tomonidan Autsorserning mazkur Shartnomada koʻrsatilgan bank hisobraqamiga pul mablagʻlari oʻtkazilgandan soʻng Xizmatlar koʻrsatilgan deb hisoblanadi.

‎‎II. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

‎‎2.1. Autsorser quyidagilarga majbur:
‎2.1.1. Taomni va tayyor mahsulotni sifatli tayyorlash boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shaxsiy tarkibning tegishli toifalari uchun taʼminot meʼyorlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining taom tayyorlash va ovqatlanishni tashkil etishga taalluqli qismlaridagi talablarga toʻliq mos keladigan Xizmatlar koʻrsatish.
‎2.1.2. Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etishda tegishli sifat sertifikatlari bilan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish.
‎2.1.3. Davlat strategik zaxirasi va Milliy gvardiya Moddiy-texnika taʼminoti Markaziy bazasi zaxiralarini yangilash tartibida Buyurtmachining boʻlinmalaridan ayrim oʻziga xos oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish.
‎2.1.4. Autsorser tomonidan Buyurtmachi boʻlinmalaridan alohida oʻziga xos oziq-ovqat mahsulotlarini (masalan, qoramol va qoʻy-echkilar, ot goʻshti, mol yogʻi va harbiy qism (muassasa) yordamchi xoʻjaligida yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ) xarid qilish.
‎‎2.1.5. Xizmatlarni mazkur Shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan muddatda va toʻliq hajmda koʻrsatishi.
‎2.1.6. Xizmatlar koʻrsatish jarayonida Autsorser mazkur Shartnoma shartlariga amal qilmasdan, ovqat sifatining yomonlashuviga olib kelgan barcha kamchiliklarni Buyurtmachining talabi boʻyicha bir kun davomida bepul toʻgʻrilash.
‎2.1.7. Taomni tayyorlash jarayoniga faqat belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan (koʻrikdan) oʻtgan xodimlarga ruxsat etish.
‎‎2.1.8. Xodimlar zimmasiga Buyurtmachining hududida odob-axloq qoidalari, shuningdek, ichki kun tartibiga rioya qilish majburiyatini yuklash.
‎2.1.9. Xizmatlarni bevosita koʻrsatish.
‎2.1.10. Xizmatlar narxini oshirmagan holda shaxsiy mablagʻlari hisobidan:
‎soliqlar toʻlash;
‎belgilangan tartibda u bilan mehnat shartnomasi tuzgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash;
‎oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish;
‎oziq-ovqat mahsulotlarini savdo nuqtalaridan xizmat koʻrsatish joyigacha yetkazish;
‎sovituvchi kompressorlar va boshqa jihozlarni soz holatda saqlash, taʼmirlashi, qayta toʻldirish;
‎ijaraga olingan bino, xona, mebel, inventar va boshqalarni zarur holatda saqlash va joriy taʼmirlash.
‎2.1.11. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va alohida ijara shartnomasini rasmiylashtirgan holda Buyurtmachidan ishlab chiqarish xonalari, jihozlar va oshxona mebelini qabul qilib olish.
‎2.1.12. Mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Buyurtmachini bir oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa Buyurtmachi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini uzluksiz tashkil etishni taʼminlash.
‎2.2. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
‎2.2.1. Bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun amaldagi narxlar boʻyicha bir oyda kamida bir marta Xizmatlar haqini toʻlash.
‎2.2.2. Autsorserga shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida “nol” stavkasi boʻyicha oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, jihozlari va mebel anjomlarini vaqtincha foydalanishga berish.
‎2.2.3. Tomonlar imzolaydigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va alohida ijara shartnomasini rasmiylashtirgan holda, Autsorserga oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, jihozlari va mebelini topshirish.
‎2.2.4. M�zkur Shartnomani bekor qilish haqida Autsorserni bir oy oldin yozma ravishda ogohlantirish.
‎2.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
‎2.3.1. Autsorserning faoliyatiga aralashmagan holda, bajarilayotgan ishlarning yuritilishi va sifatini istalgan vaqtda tekshirish.
‎2.3.2. Buyurtmachi Shartnomani bajarishni rad etishi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgunga qadar, Autsorserga koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatini belgilangan tartibda toʻlab, istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan bosh tortish.

‎‎III. Shartnomaning narxi va oʻzaro hisob-kitoblar tartibi

3.1. Mazkur Shartnomaning narxi Shartnomaning prognoz summasi 1-ilovaga muvofiq _____________________________________ ________________________________________________________________

‎‎son bilan

soʻz bilan‎‎

‎‎soʻmni tashkil etadi.
‎3.2. Autsorser Shartnoma oylik qiymatining 15 foizi miqdorida oldindan toʻlov 3 bank kunida oʻtkaziladi.
‎3.3. Autsorser tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati boʻyicha 85 foiz miqdorda haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib oʻn kunda kamida bir marta amalga oshiriladi.
‎3.3.1. Ovqatlanadigan bir kishi uchun koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi Autsorser yetkazib beruvchidan xarid qilgan va tegishli meʼyorlar boʻyicha tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi narxini (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bayonnomasi bilan rasmiylashtirilib, bayonnomalarida koʻrsatilgan oziq-ovqat mahsulotlari narxidan baland boʻlmasligi kerak) shaxsiy tarkib soniga koʻpaytirish yoʻli bilan Buyurtmachi tomonidan belgilanadi. Hosil boʻlgan yakuniy summa 20 foiz ustama haqi miqdoriga koʻpaytiriladi (yaʼni, umumiy summa autsorserning 20 foizlik ustama haqiga koʻpaytiriladi).
‎3.3.2. Ovqatlanuvchilarning amaldagi soni haqidagi maʼlumotlar va ovqatlanadigan bir kishiga koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi kundalik taomnomaga (oziq-ovqat mahsulotlarining taqsimotiga) muvofiq Autsorser bilan birgalikda har oʻn kunda toʻlanishi lozim boʻlgan summani koʻrsatgan holda, bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasini tuzadi va hisob-fakturani rasmiylashtiradi hamda ular Autsorser rahbari va harbiy qism (muassasa) komandiri tomonidan imzolanadi.
‎3.3.3. Buyurtmachi tomonidan amalda koʻrsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshlab, 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
‎3.3.4. Mazkur Shartnomaga 2-ilovada koʻrsatilgan Shartnoma �rognoz summasini hisoblash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari Tomonlardan birining tashabbusi bilan odatda bir oyda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi.

‎‎IV. Tomonlarning majburiyatlari

‎‎4.1. Autsorser Buyurtmachi shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etishi boʻyicha Shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan holatlarda Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi koʻrsatilmagan xizmatlar oylik narxining 50 foizidan oshmasligi kerak.
‎4.2. Penya (jarima) toʻlash Tomonlarning zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf etishdan ozod qilmaydi.
‎4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmagani yoki tegishli darajada bajarilmagani uchun Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablarida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar.
‎4.4. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.

‎‎V. Munozarali vaziyatlarni hal etish tartibi

‎‎5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
‎5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etib boʻlmaydigan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf etish tartib-ta�mili amalga oshirilgandan soʻng ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun beriladi.

‎‎VI. Fors-major holatlar

6.1. Tomonlar majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holat yengib boʻlmas kuch, yaʼni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar va alohida davr oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar roʻy bergan muddatga suriladi.

‎‎VII. Yakunlovchi qoidalar

‎‎7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismini tashkil etadi.
‎7.2. Tomonlarning hech biri mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas.
‎7.3. Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi boʻladi.

‎‎VIII. Mazkur Shartnomaning amal qilish muddati

‎‎8.1. Ushbu Shartnoma ikki tomonlama imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va 20 ___ yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

‎‎IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari

‎‎“Autsorser”

“Buyurtmachi”

‎‎---------------------------------------- ‎‎------------------------
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20__ yil “__” ________dagi ____-son Shartnomaga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShARTNOMANING PROGNOZ SUMMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(soʻm)

T/r

Oylar

Oydagi

kunlar

soni

1-meʼyor*

“Asosiy mahsulotlar toʻplami”

“a” bandiga asosan 1-meʼyor payogiga qoʻshimcha beriladigan payok

Bayram kunlarida

“g” bandiga asosan 1-meʼyorga qoʻshimcha beriladigan payok

Jami

summa

Sutkalik oziq-ovqat miqdori

Payok

qiymati

Umumiy summa

Sutkalik oziq-ovqat miqdori

Payok

qiymati

Umumiy summa

Sutkalik oziq-ovqat miqdori

Payok

qiymati

Umumiy summa

1.

yanvar

31

2.

fevral

28/29

3.

mart

31

4.

aprel

30

5.

may

31

6.

iyun

30

7.

iyul

31

8.

avgus�

31

9.

sentyabr

30

10.

oktyabr

31

11.

noyabr

30

12.

dekabr

31

Shartnomaning jami summasi

365/366

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: * — Shartnomaning prognoz summasini hisoblashda Milliy gvardiya boʻlinmalarida shaxsiy tarkibga oziq-ovqat mahsulotlari beriladigan boshqa meʼyorlar va xizmat itlari bor boʻlgan boʻlinmalar ham meʼyor boʻyicha kiritilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20__ yil “ __” ________dagi ____-son Shartnomaga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozordagi oʻrtacha narxlar boʻyicha 1-meʼyor. “Asosiy mahsulotlar toʻplami” qiymatining hisob-kitobi
(hokimlik bayonnomasiga muvofiq)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(soʻm)

t/r

Oziq-ovqat mahsulotlarining nomi

Oʻlchov birligi

Meʼyor boʻyicha bir sutkada
1 kishiga

1 (kg,

dona)

narxi

Umumiy summa

1.

1-nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non

gr

2.

1-nav bugʻdoy uni

gr

3.

Har xil yormalar

gr

4.

Dukkaklilar

gr

5.

Guruch

gr

6.

Oliy navli makaron mahsulotlari

gr

7.

Goʻsht

gr

8.

Parranda (tovuq, indyuk) quyon goʻshti

gr

9.

Tozalangan boshsiz baliq

gr

10.

Oʻsimlik yogʻi (kungaboqar yogʻi)

gr

11.

Sariyogʻ

gr

12.

Oshxona margarini

gr

13.

Sigir suti

gr

14.

Tovuq tuxumi

dona

15.

Shakar

gr

16.

Yodlangan osh tuzi

gr

17.

Choy

gr

18.

Dafna bargi, kashnich (urugʻi), zira

gr

19.

Qalampir

gr

20.

Xantal kukuni

gr

21.

Sirka (uksus)

gr

22.

Tomat pastasi

gr

23.

Sabzavotlar, shu jumladan:

gr

kartoshka

gr

karam

gr

qizil lavlagi

gr

sabzi

gr

piyoz

gr

bodring, pomidor, baqlajon, sarimsoq piyoz va koʻkatlar

gr

oshqovoq, turp, sholgʻom

gr

24.

Yangi uzulgan meva va rezavor mevalar

gr

25.

Meva-sabzavotlar va rezavor mevalardan tayyorlangan sharbat

gr

26.

Tarkibida vitamin boʻlgan dorilar, draje

dona

Payokning yakuniy summasi:

Payokning umumiy summasidan 20 foiz ustama haq:

20 foiz qoʻshilganda payokning yakuniy summasi:

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozordagi oʻrtacha narxlar boʻyicha 1-meʼyor “Asosiy mahsulotlar toʻplami” “a” bandiga asosan qoʻshimcha payok qiymatining hisob-kitobi
(hokimlik bayonnomasiga muvofiq)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(soʻm)

t/r

Oziq-ovqat mahsulotlarining nomi

Oʻlchov birligi

Meʼyor

boʻyicha bir sutkada
1 kishiga

1 kg

narxi

Umumiy summa

1.

1-nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non

gr

2.

Yarimdudlangan kolbasa mahsulotlari

gr

3.

Sariyogʻ

gr

4.

Shakar

gr

5.

Pechenye

gr

6.

Quruq mevalar (mayiz, oʻrik qoqisi va olxoʻri)

7.

Choy

gr

Payokning yakuniy summasi :

20 foiz ustama haq:

20 foiz qoʻshilganda payokning yakuniy summasi:

Bozordagi oʻrtacha narxlar boʻyicha bayram kunlarida 1-meʼyor “Asosiy mahsulotlar toʻplami” “g” bandiga asosan qoʻshimcha payok qiymatining

hisob-kitobi

(hokimlik bayonnomasiga muvofiq)

(soʻm)

t/r

Oziq-ovqat mahsulotlarining nomi

Oʻlchov birligi

Meʼyor

boʻyicha bir sutkada
1 kishiga

1 kg

narxi

Umumiy summa

1.

Goʻsht

gr

2.

Pechenye

gr

3.

Asal

gr

Payokning yakuniy summasi :

20 foiz ustama haq :

20 foiz qoʻshilganda payokning yakuniy summasi:

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi boʻlinmalari

Autsorserlarni tanlash uchun (harbiy qismlar, harbiy xizmatchilar soni va xizmat turlari roʻyxati va boshqalar koʻrsatilgan holda) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga talabnomalar taqdim etish.

Zarurat boʻlganda.


2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Autsorser talabgorlarini oʻrganish va eng yaxshi takliflarni tanlab olish.

2. Gʻolib autsorserni aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish.

3. Bayonnomadan koʻchirmani (autsorserlar tanlovi natijalarini) harbiy qism (muassasa) komandirlariga yuborish.

1, 2. Talabnoma qabul qilingandan soʻng 10 kun muddatda.

3. Bayonnoma tasdiqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay.


3-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi boʻlinmalari

1. Autsorserlar bilan amal qilish muddati joriy yilning 31-dekabr kunigacha boʻlgan shartnomani tuzish.

2. Autsorserlarga tovar-moddiy boyliklar va tegishli binolarni dalolatnomaga asosan topshirish.

3 kun muddatda.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy gvardiya boʻlinmalari va autsorser oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlarini belgilash.

2. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlari haqida bayonnomani rasmiylashtirish.

3. Milliy gvardiya boʻlinmalariga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlari haqida bayonnomani yetkazish.

1,2) Har oyda — joriy

oyning 1-sanasigacha.

3) Bir kun mobaynida.


2-bosqich

Autsorserlar

1. Koʻrsatilgan xizmatlarning asoslangan hujjatlarini rasmiylashtirish.

2. Milliy gvardiya boʻlinmalari bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) taqdim etish.

Har oyda — joriy oyning
3-sanasigacha


3-bosqich

Oʻzbekisto� Respublikasi

Milliy gvardiyasi boʻlinmalari

Autsorserlar bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisob-kitoblarni quyidagi tartibda amalga oshirish:

asoslovchi hujjatlarni tekshirish (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari), oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi narxlari toʻgʻrisidagi bayonnoma bilan belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshirilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqqoslash;

autsorsing xizmatlari koʻrsatishning tegishli jadvalida koʻrsatib oʻtilgan oylik summaning 15 foizi miqdoridagi dastlabki toʻlovni autsorserning bank hisobraqamiga oʻtkazish;

tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qolgan 85 foiz miqdorida haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib.

Bir kun mobaynida.

Har oyda — joriy oyning

10-sanasigacha.

10 bank ish kuni mobaynida.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/323/2954-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)