Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 03.06.1995 yildagi 210-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 03.06.1995 yildagi 210-son
Date of entry into force
03.06.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 03.06.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO TURIZMNING ZAMONAVIY INFRASTRUKTURASINI BARPO ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish boʻyicha idoralararo Kengash tarkibi hamda Kengash toʻgʻrisidagi Nizom 1*, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Idoralararo kengash bir oy muddatda xalqaro turizm boʻyicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda turistlarni avia va temir yoʻl transporti orqali tashishda imtiyozlar berish, shuningdek respublika ichidagi hamda xalqaro liniyalarda turistik guruhlarning yurishlari qiymatidan chegirmalar tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganch shaharlaridagi aeroportlarda, temir yoʻl vokzallarida, shuningdek chegaradagi temir yoʻl stansiyalarida turistlarga xizmat koʻrsatuvchi maxsus bojxona zonalari tashkil etsinlar, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi turizm tizimidagi xususiylashtirilayotgan obyektlardan tushgan pullarni “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi boʻlinmalarini qayta qurish va texnika bilan jihozlash maqsadlari uchun “Oʻzsayohatinvestbank”ka oʻtkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasiga “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining, faoliyatining asosiy turi turizm boʻlgan chet el kompaniyalarining Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga birinchi navbatda almashtirishlarini taʼminlash tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda turistlarga xizmat koʻrsatish uchun Toshkent—Samarqand—Buxoro—Urganch—Xiva avtomobil yoʻnalishida yoʻllarni obodonlashtirish, ulardan sifatli foydalanish hamda servis xizmatlari tashkil etish boʻyicha 1995 — 1998-yillarga moʻljallangan kompleks dasturni ishlab chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi shahar kommunikatsiyalaridan tashqarida joylashgan turistik mehmonxonalar, bazalar va kempinglar uchun issiqliq va elektr energiyasi boʻyicha imtiyozli tariflarni belgilasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi hokimliklar bilan birgalikda mehmonxona majmuilari va boshqa turistik obyektlar qurilishi boʻyicha xalqaro tenderlar oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari turistik obyektlar qurilishi uchun infrastruktura oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda turistlar boʻladigan joylarda amaliy va tasviriy sanʼat, xalq ijodkorligi buyumlarini, reklama mahsulotlarini tayyorlash hamda sotish boʻyicha korxonalar va ixtisoslashtirilgan markazlar shoxobchalarini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sogʻliqni saylash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma asosida turistlarga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimiz turistlarini va xorijiy turistlarni tibbiy sugʻurta qilish boʻyicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Oʻzbek-turizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma asosida xalqaro turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun “Xalqaro turizm” oʻquv-ishlab chiqarish markazi ochsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻridan-toʻgʻri havo yoʻllariga ega boʻlgan mamlakatlarda turistik vakolatxonalar ochsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat matbuot qoʻmitasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga “Ipak yoʻli” xalqaro turistik-reklama-axborot nashri chop etilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 3-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 3-iyundagi 210-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish boʻyicha idoralararo Kengash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash respublikaning turistik tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va turizm sohasida uslubiy rahbarlikni yaxshilash uchun tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash tarkibi faoliyati turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan turistik tashkilotlar, muassasalar, vazirliklar va idoralarning vakillaridan shakllantiriladi. Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislari bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan reja boʻyicha ishlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Idoralararo kengash raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo kengash, zarur hollarda, oʻz aʼzolaridan, shuningdek boshqa tashkilotlarning vakillaridan turizmni rivojlantirishning eng dolzarb muammolari boʻyicha komissiyalar tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Turizmni rivojlantirish boʻyicha idoralararo Kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning, kasaba uyushmalari va turistik tashkilotlarning respublikada turistik-ekskursiya ishlarini yanada rivojlantirish, turistlarga xizmat koʻrsatish hajmlarini koʻpaytirish va darajasini oshirish, koʻrsatiladigan xizmatlarning turlari va shakllarini takomillashtirish, turistik-ekskursiya tashkilotlari tarmoqlarini kengaytirishga oid takliflarini koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizmning moddiy-texnika bazasini kengaytirish, turistik muassasalar uchun kadrlar tayyorlash, turistik sayohatlarni transport vositalari bilan taʼminlash, turistik maqsaddagi tovarlarni, esdalik sovgʻalarni ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, ularning sifatini yaxshilash, shuningdek turistik obyektlarda savdo va umumiy ovqatlanishni yaxshilashga aloqador masalalar yuzasidan takliflar tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolni turistik majmualar va mexmonxonalar loyihalarini ishlab chiqish toʻgʻrisida topshiriq beradi, turistik obyektlar qurilishini nazorat qiladi va zarur boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga oʻz takliflarini kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada turizmni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlariga oid takliflarni ishlab chiqadi va tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizm sohasidagi istiqbolni, ilmiy-tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi, ilmiy-texnika yutuqlari va ilgʻor tajriba natijalarining amaliyotga joriy qilinishiga koʻmaklashadi, idoralararo yirik loyihalarni hamda ilmiy-texnika dasturlarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini mehnat tarbiyasi, maʼnaviy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida turizmdan samarali foydalanishga oid takliflarni ishlab chiqadi va ularni ish amaliyotiga tatbiq qilish uchun tavsiya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda turizmga oid ilmiy-ommabop, uslubiy, maʼlumotnoma adabiyotlar, plakatlar, yoʻl koʻrsatkichlar, reklama bukletlari nashr etishga va kinofilmlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, shuningdek televideniye, radio va matbuot orqali turistik-ekskursiya ishlarini targʻib qilishga oid takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda ayrim masalalarni tayyorlash va koʻrib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralar, kasaba uyushmasi va turistik tashkilotlarning vakillarini jalb qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar va turistik tashkilotlardan turizmga oid statistika maʼlumotlarini soʻrab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Turizmni rivojlantirish boʻyicha idoralararo Kengash respublika vazirliklari, idoralari, jamoat va turistik tashkilotlar bilan yaqin aloqada boʻladi hamda turizm sohasida ular oldiga qoʻyilgan vazifalarning bajarilishiga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Turizmni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga axborot berib turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 6-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 346-modda)