Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2012 02.06.1995 yildagi 204-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.06.1995 yildagi 204-son
Date of entry into force
02.06.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2012
Hujjat 02.06.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XOʻJALIGIDA VEKSELLARNI QOʻLLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli “ Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni jadallashtirish, toʻlov intizomini mustahkamlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻlov muddati kechiktirilgan qarz majburiyati va Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitob vositasi sifatida veksel xoʻjalik oborotiga joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veksellarni chiqarish huquqi tijorat banklariga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsati boʻyicha beriladi. Koʻrsatib oʻtilgan tijorat banklari ular uchun belgilangan muddatlarda Markaziy bankka tegishli hisobot topshirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Veksellar chiqarish huquqini berish, ularning muomalada boʻlishi va oʻz vaqtida toʻlanishi tartibiga rioya etish boʻyicha javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli tijorat banklari bilan birga, veksellarning likvidligini taʼminlashga qodir boʻlgan korxonalar veksellar emitentlari boʻlishlari mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli tijorat banklari veksellarini belgilangan tartibda shartnomalar asosida sotib olishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli tijorat banklari tomonidan veksel krediti berishda pul kreditlari berishdagi kabi qoidalar qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veksel pulini toʻlash (veksel majburiyati boʻyicha toʻlov), qoidaga koʻra, emitent tomonidan veksel egasining arizasiga binoan (vekselni koʻrsatgan holda) amalga oshiriladi. Alohida hollarda, tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, toʻlov buning uchun emitentdan vakolat olgan bank tomonidan emitentning mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli tijorat banklariga korxonalarning veksellar emissiyasi boʻyicha takliflarini koʻrib chiqish, xizmat koʻrsatiladigan emitent-korxonalarning toʻlov qobiliyatini aniqlash va tasdiqlash, veksellarning likvidlik darajasini baholash hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan oʻtkazma va oddiy veksel toʻgʻrisidagi Nizom hamda korxona va tashkilotlar veksellarini chiqarish va muomalada boʻlishining vaqtinchalik tartibi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi mazkur hujjatlarni tasdiqlasinlar hamda bir hafta muddatda ularni vazirliklarga, idoralarga, korporatsiyalarga, uyushmalarga, tijorat banklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklarning veksellarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularning pulini qaytarish shartlarini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veksellar va veksel kreditlarini toʻlash boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarzlar koʻrsatilgan holda veksellar emissiyasi hajmi yuzasidan banklar va emitent-korxonalarning har oylik hisobot berishini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitentlarning buyurtmanomalari boʻyicha bir hafta muddatda veksel blanklarining markazlashtirilgan tartibda tayyorlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli tijorat banklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veksel toʻlovlari tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni tashkil qilsin, birinchi bosqichda veksellar chiqarishga ruxsatnomani banklarga, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiradigan va sotadigan, veksellarning yuqori darajada likvidligini taʼminlashga qodir boʻlgan korxonalarga bersin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda markaziy apparatlarda va joylarda veksellar bilan ishlashni tashkil etish boʻyicha tegishli boʻlinmalar tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veksellarni oʻzaro hisobga olish va ularning pulini qaytarish toʻgʻrisida banklar oʻrtasida shartnomalar tuzish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vekselning muomalada boʻlishini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin, veksel bozorining va veksellar emitentlarining ahvoli toʻgʻrisidagi sharhlarni, prognozlarni eʼlon qilib borsin, veksellar boʻyicha muvaffaqiyatli ish olib borayotgan korxonalar tajribasini oʻtkazishga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda veksellar ishlatilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralar tarmogʻini ancha kengaytirsin, garovni rasmiylashtirishda, jumladan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq garovni rasmiylashtirishning qisqa muddatlarini belgilab veksel krediti olishda xizmatlar hajmini kengaytirish yuzasidan shart-sharoitlar yaratsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial idoralarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy boshqarmalariga veksellar masalasida bildirilgan eʼtirozlar toʻgʻrisida axborot taqdim etishni yuklasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajarilgan ishlar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veksellar, shu jumladan, muddati oʻtib ketgan veksellar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish tartibini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi bilan birgalikda notarial idoralarning qoʻshimcha qarorini tashkil etishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va davlat notariuslarining soni toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 3-bandining “a” va “b” kichik bandlariga qisman oʻzgartirish kiritilib, davlat bojining quyidagi miqdorlari belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilganligi va garov roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilganligi uchun shartnoma summasining 0,3 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining oʻn baravaridan koʻp emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov toʻgʻrisidagi shartnoma muddatining uzaytirilganligi uchun shartnoma summasining 0,2 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining besh baravaridan koʻp emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 2-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 6-son, 19-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 37-38-son, 382-modda)