20.03.2019 yildagi PQ-4246-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.03.2019 yildagi PQ-4246-son
Date of entry into force
21.03.2019
Hujjat 21.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bogʻdorchilik tarmogʻi va issiqxona xoʻjaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 29 birlikdan iborat Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 58 birlikdan iborat bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligi boʻlimlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 185 birlikdan iborat bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligi sektorlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini barqaror rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini qoʻllagan holda intensiv bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva mahsulotlari turlarini koʻpaytirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligida ilmiy yutuqlar, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini oʻz ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish boʻyicha choralarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorlar konyunkturasi boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish yoʻli bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan meva navlarini joylashtirish va yetishtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklari sohasida mutaxassislarni oʻqitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari boʻyicha mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari maydonlarining elektron reyestrini yuritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlarining bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligi boʻyicha boʻlimlari (sektorlari) va mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Agentlik direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Agentlik direktorining oʻrinbosari Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Agentlik qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN kodi 07 va 08 boʻlgan tovar guruhlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini import qilishdan tushgan bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) summasining 10 foiziga teng ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” davlat unitar korxonasining ochiq savdolarida sotilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning boshlangʻich bahosidan oshgan summaning 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini barqaror rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻlarda va issiqxonalarda irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlari, quduqlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sigʻimlar xarid qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, xususan ustamalar toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻdorchilik sohasiga xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, Agentlik xodimlari, bogʻbonlar va issiqxona xoʻjaliklari egalarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yangi tashkil etiladigan bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari uchun 50 va undan yuqori ball bonitetiga ega boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarma va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga quyidagilar uchun subsidiya ajratish orqali amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir gektar ekin maydoniga yuqorida koʻrsatilgan suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga 6 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maydoni 35 gektardan ziyod bogʻlarda suv chiqarish uchun burgʻulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kichik tadbirkorlik subyektlariga intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini tashkil qilish uchun tijorat banklari kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 5 milliard soʻmdan oshmaydigan miqdordagi mablagʻga kafillik beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan subsidiyalarning boshqa summalari hamda bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklarini moliyalashtirishning qoʻshimcha yoʻnalishlari belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan sarf-xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2019-yil 1-avgustga qadar mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini har bir fermer xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi korxonasi kesimida yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini aniqlash nuqtai nazaridan xatlovdan oʻtkazsin va iqtisodiy samarador yangi bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini barpo etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2019-yil 1-sentabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tavsiyalar berib borish maqsadida mevali koʻchatlarning yuqori hosilli navlarini tanlab olish va ularni yetishtirishning hududiy chegaralarini aniqlash nuqtai nazaridan tabiiy-qishloq xoʻjaligi boʻyicha rayonlashtirishni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi, yer uchastkasi, bogʻlarning holati, navlar, barpo qilingan vaqti va boshqa koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan bogʻ plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarining yagona elektron reyestrini shakllantirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatda oʻzlashtirilmagan yerlarda yer osti suv resurslarining mavjudligi va ularning qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqliligiga alohida eʼtibor qaratib, mavjud yer osti suv resurslarining miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda yer osti suvlari xaritalarini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazish yakunlaridan soʻng ikki oy muddatda eksportbop sifatli meva mahsulotlari hajmini kengaytirish maqsadida hududlar kesimida yangi intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari barpo etish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda mevali daraxt va butalarning urugʻlik materiallari va koʻchatlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-oktabrga qadar oʻz veb-saytida hududlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar kesimida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining navlari, turlari va prognoz koʻrsatkichlari, pishish vaqti toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi axborot platformasini ishga tushirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)ni Agentlik ixtiyoriga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur texnikalarni, shu jumladan lizing asosida xarid qilish manbalarini aniqlash, kamida uchta “in-vitro” usuli asosida koʻchatlar yetishtirish boʻyicha hududiy laboratoriyalar va issiqxonalarni tashkil qilish, shuningdek, Institut balansida boʻlgan yer uchastkalari va obyektlarni optimallashtirishni nazarda tutgan holda, uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda respublikadagi bogʻdorchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda “ishlab chiqarish — tayyorlash — saqlash — qayta ishlash — qadoqlash (tara) — tashish — ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish” tamoyili asosida zanjir shakllantirishni nazarda tutuvchi meva savdo-logistika markazlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda strategik importyor davlatlar hududida ulgurji taqsimlash markazlari qoshida savdo korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Agentlikni uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning 2019-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin hamda 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka 4 ta avtotransport vositasi, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan uning maʼmuriy binosini taʼmirlash hamda moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olishga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzili boʻyicha joylashgan binoning bir qismini Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayevga — Agentlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha masalalarni, tashkiliy-texnik, moliyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazishni samarali muvofiqlashtirish yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga — bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari tashkil etish uchun yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratilishi, shuningdek, mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazishni sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4246-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 29 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 07/19/4246/2800-son; 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son; 12.12.2019-y., 07/19/4549/4143-son; 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)