14.03.2019 yildagi 220-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.03.2019 yildagi 220-son
Date of entry into force
15.03.2019
Hujjat 01.01.2024 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
qarori
“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti faoliyati samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti toʻgʻrisidagi ustav 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Respublikada xalqaro, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Institut Toshkent shahri, Choʻponota koʻchasi, 9-V uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
2. Institut Toshkent shahri, Choʻponota koʻchasi, 9-V uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
3. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
3. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasin;

yangidan tashkil etilayotgan Institutni zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash, yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish orqali uning samarali ishlashini tashkil etsin;
yangidan tashkil etilayotgan Institutni zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash, yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish orqali uning samarali ishlashini tashkil etsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
2019-yil 14-mart,
220-son
220-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti toʻgʻrisidagi
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar institutining (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining buyruqlari, qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi.
3. Institut faoliyatini moliyalashtirish Institutga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga “Oʻzbekiston ilmiy — sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining yalpi foydasidan 20 foiz toʻlov, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlarida man qilinmagan boshqa manbalar va mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining alohida mulkiga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilidagi oʻz nomi yozilgan muhrga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
5. Institut standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida davlat ilmiy muassasa hisoblanadi.
6. Institutning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi;
qisqartirilgan nomi — Standartlar instituti;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — State institution “Scientific-research institute for standardization, certification and technical regulation”;
qisqartirilgan nomi — Institute of Standards;
v) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Nauchno-issledovatelskiy institut standartizatsii, sertifikatsii i texnicheskogo regulirovaniya”;
qisqartirilgan nomi — Institut standartov.
7. Institut joylashgan joy (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Tashkent shahri, Choʻponota koʻchasi, 9-V uy.
2-bob. Institutning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha shartnoma asosida ishlab chiqish va realizatsiya qilish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining ishlashini va rivojlanishini taʼminlashda ishtirok etish va mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirish;
9. Institut oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, faoliyatini tashkil etish, tugatishda ishtirok etadi;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar hamkorligini rivojlantirishni va oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlaydi;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil etadi va standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar kotibiyati faoliyatini boshqaradi;
standartlashtirish boʻyicha xalqaro texnik qoʻmitalar va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida hamda davlat standartlarini xalqaro darajada tarqatishda faol ishtirok etadi;
b) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida:
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini davriy oshirish va qayta tayyorlashni, shuningdek, tasniflashtirish va kodlashtirishni amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, shuningdek, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash reja-jadvali tasdiqlanishini taʼminlaydi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, tasniflashtirish va kodlashtirish masalalari boʻyicha kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash oʻquv-mavzuli rejalarini tuzadi va tasdiqlaydi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, tasniflashtirish va kodlashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtgan kadrlarning yagona axborot-maʼlumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi;
oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektor bilan standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida innovatsiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari uchun tegishli taʼlim yoʻnalishlarida yangi oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari yaratishga koʻmaklashish orqali oʻquv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi;
bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik koʻmaklashadi, shuningdek, Institut bazasida standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholashning tegishli mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʼlim muassasasidan keyingi taʼlimni tashkil etish yoʻli bilan oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlariga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida mutaxassislar tayyorlovchi taʼlim muassasalari uchun ilmiy, oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi;
v) standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish sohasida:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni shartnoma asosida ishlab chiqadi, ekspertizadan oʻtkazadi va realizatsiya qiladi;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kiritadi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va ilmiy-metodik koʻrsatmalar berishda koʻmaklashadi;
mahsulotlar va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga koʻmaklashadigan, shu asosda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlaydigan ilgʻor standartlarni ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning yangisini ishlab chiqish, amaldagilarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
standartlashtirish boʻyicha davlat normativ hujjatlar fondini xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirish darajasini oshirish choralarini koʻradi;
standartlashtirish boʻyicha davlat normativ hujjatlar fondini yaratadi, yuritadi va dolzarblashtiradi, shuningdek, nazorat nusxalari saqlanishini taʼminlaydi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning yillik koʻrsatkichi (katalog)ni tayyorlaydi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning yagona axborot-maʼlumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi, undan barcha manfaatdor tomonlarning shartnoma asosida foydalanishi imkoniyatini beradi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar axborot resurslari maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratadi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiquvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalari va manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning har yilgi jadvallarini shakllantiradi;
mahsulotga standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq kataloglashtirilgan roʻyxat asosida mahsulotlarni kataloglashtiradi;
xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq xalqaro va xorijiy davlatlar standartlarini respublikada tarqatish;
standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qoʻllashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi texnik toʻsiqlar kelishuvining Vijdonan yondashish amaliyoti kodeksi talablarining bajarilishini taʼminlaydi;
g) standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining ishlashini va rivojlanishini taʼminlashda ishtirok etish va mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotlarni tarqatish, shuningdek, ularni xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirish sohasida:
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borishda, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilishda ishtirok etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy materiallarni nashr etadi;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalari yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagilarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, strategiyasi, istiqbolli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida xalqaro amaliyotni doimiy ravishda oʻrganadi, uning natijalari boʻyicha ilgʻor amaliyotlarni joriy qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro talablarga uygʻunlashtirish maqsadida transport vositalarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro identifikatsiya kodi (WMI-kod)ni beradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida erishilgan yutuqlarning ilmiy-texnik targʻibotini amalga oshiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida, shu jumladan, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, oliy taʼlim muassasalari va vazirliklar va idoralarning tasarrufida boʻlgan boshqa ilmiy muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni oʻqitish boʻyicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi;
xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;
xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;
muvofiqlikni baholash, shu jumladan, mahsulotlarni putur yetkazmasdan tekshirish, shuningdek, xorijiy davlatlarning sertifikatlashtirish boʻyicha ishlari natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eʼtirof etish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
3-bob. Institutning huquq va majburiyatlari
10. Institut oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tashkil etish, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalarini tashkil etishda ishtirok etish;
Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
texnik reglamentlar, majburiy standartlar, metrologiya va majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga takliflar kiritish;
oʻz vakolatlarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni, jumladan, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli vazifalarini hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yigʻilishlarida ishtirok etish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida ekspert kengashlari va komissiyalar ishida ishtirok etish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida dasturlar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy asarlar toʻplamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik koʻrsatmalar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha qoʻllanmalar tayyorlash va nashr qilish;
oʻz vakolatlari doirasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha yoʻriqnomalar, chora-tadbirlar rejalari, jadvallar va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarni tasdiqlash;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
mahsulotlar, xizmatlar, xodimlarni sertifikatlashtirish, mahsulotni sinash usullarini validatlash (attestatsiyadan oʻtkazish), oʻlchov va sinov vositalarini tayyorlash, kalibrlash, qiyoslash, taʼmirlash, standart namunalar, moddalar va materiallarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish yoʻli bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida noshirlik faoliyatini amalga oshirish, ilmiy-texnik axborotni tarqatish;
aholi va turli tashkilotlarga pulli taʼlim xizmatlari, muvofiqlikni baholash boʻyicha xizmatlar va boshqa xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyatni amalga oshirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarning ishchi kengashlarida va yigʻilishlarida ishtirok etish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha standartlashtirsh boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tarjima qilish, joriy qilishni shartnoma asosida amalga oshirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, “davra suhbatlar”i va boshqa tadbirlar oʻtkazish;
xalqaro sertifikatlashtirish tizimiga qoʻshilish, mahsulotlarni majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar roʻyxatiga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash va ularni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga kiritish;
xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq, ushbu tashkilotlarga badallarni toʻlab berish;
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Institut oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
12. Institut oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga boʻysunadi va unga hisobot beradi.
13. Institut faoliyatiga Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori taqdimnomasiga asosan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor umumiy rahbarlik qiladi.
14. Institut direktori:
Institut vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;
Institutda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Institut Ilmiy kengashining tavsiyalari asosida oʻquv-mavzuli rejalar, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlaydi;
Institut faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, Institutning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Institut xodimlari, shuningdek, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar, yoʻl-yoʻriqlar va koʻrsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Institutning shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Institut nomidan xoʻjalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishgan holda ishlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqib zarur boʻlganda Institutning tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soniga oʻzgartirishlar kiritadi (budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga moliyalashtiriladigan tuzilmalar va shtat birliklari yuzasidan).
Direktor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Institut direktori Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
16. Direktor oʻrinbosarlari:
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qarorlari, Institut direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun direktorga kiritadi;
direktorga Institutning tarkibiy boʻlinmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha takliflarini kiritish, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, amaliy tajribasini, ishchanlik va axloqiy fazilatlarini yuqori darajada taʼminlash, ularning kasbiy malakalarini oshirish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Institutning tarkibiy boʻlinmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qiladi, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, yakunlar boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
17. Direktor boʻlmagan davrda uning vakolatlarini standartlashtirish boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari amalga oshiradi.
18. Institut huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Institut tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Institut Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, aʼzolari soni va nizomi Institut direktori taqdimiga binoan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlaydi.
Institut Ilmiy kengashining ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
5-bob. Institut faoliyatini baholash mezonlari hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi ishchi indikatorlari
19. Institut faoliyati samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.
20. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan institut faoliyatini baholash mezonlariga hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi ishchi indikatorlariga asoslanadi.
21. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Institut rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (taqdirlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
22. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlarida belgilanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
23. Institutni qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti
tuzilmasi

Ilmiy kengash

Direktor *

Direktorning standartlashtirish boʻyicha oʻrinbosari *

Direktorning muvofiqlikni baholash va oʻquv masalalari boʻyicha oʻrinbosari *

Direktorning moliyaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari *

Ilmiy kotib *

Matbuot kotibi *

Standartlashtirish ilmiy-tadqiqot boʻlimi

(1 nafar */**)

Standartlar resurs markazi **

Axborot texnologiyalarini joriy etish boʻlimi **

Buxgalteriya

(1 nafar */**)

Tadbirkorga muvofiqlikni baholashda uslubiy koʻmak koʻrsatish boʻlimi **

Iqtisodiy tahlil va rejalashtirish boʻlimi **

Sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha sektor

Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati *

Moddiy texnik taʼminot boʻlimi **

Ogʻir sanoat sektori

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati boʻlimi **

Bosh yuriskonsult *

Mashinasozlik sanoati sektori

“Milliy Standart” jurnali tahririyati va nashriyoti **

Kadrlar boʻlimi **

Devonxona

Yengil sanoat sektori

Neft-kimyo sanoati sektori

Elektrotexnika sanoati sektori

Strategik rivojlanish va innovatsiyalarni joriy etish boʻlimi **

Ijtimoiy va AKT sohalari sektori

Qurilish materiallari sektori

Standartlashtirish boʻyicha xalqaro aloqalar boʻlimi

(1 nafar */**)

Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot sektori

* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining cheklangan jami soni — 10 nafar.
** Moliyalashtirish xoʻjalik faoliyatidan olinadigan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi — 60 nafar. Zarurat boʻlganda, xoʻjalik faoliyatidan moliyalashtiriladigan xodimlar soniga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Yordamchi xodimlar soni qonun hujjatlari bilan belgilangan normativlar boʻyicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
3-ILOVA
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Respublikada xalqaro, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar.
1-bob.Umumiy qoidalar.
1. Ushbu Nizom xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini (keyingi oʻrinlarda Standartlar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilish va qoʻllash tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizom xalqaro, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini (keyingi oʻrinlarda Standartlar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilish va qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro standart — standartlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
xalqaro standart — standartlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
mintaqaviy yoki davlatlararo standart — standartlashtirish sohasida mintaqaviy tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
mintaqaviy standart — standartlashtirish sohasida mintaqaviy tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy davlatning standartlashtirish boʻyicha vakolatli organi tomonidan qabul qilingan standart;
xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy davlatning standartlashtirish boʻyicha vakolatli organi tomonidan qabul qilingan standart;
manfaatdor tomonlar — Standartlarni qabul qilish va (yoki) ularni qoʻllashdan manfaatdor boʻlgan mahsulotlarning (xizmatlarning) tegishli turlarini ishlab chiqaruvchi yoki isteʼmol qiluvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar.
manfaatdor tomonlar — Standartlarni qabul qilish va (yoki) ularni qoʻllashdan manfaatdor boʻlgan mahsulotlarning (xizmatlarning) tegishli turlarini ishlab chiqaruvchi yoki isteʼmol qiluvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar.
3. Standartlarni qabul qilish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
3. Standartlarni qabul qilish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan Standartlarni qabul qilish boʻyicha rejalar, dasturlar va tadbirlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan Standartlarni qabul qilish boʻyicha rejalar, dasturlar va tadbirlar;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Respublika standartlashtirish yillik dasturi;
standartlashtirish rejasi;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarining ish rejalari;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarining ish rejalari;
manfaatdor tomonlarning Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga buyurtmanomalari (murojaatlari).
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
manfaatdor tomonlarning Standartlashtirish boʻyicha milliy organga buyurtmanomalari (murojaatlari).
Respublikada xalqaro, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Xalqaro, mintaqaviy standartlarni, xorijiy mamlakatlarning standartlarini, shuningdek, ularga kiritilgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga kiritish va ularning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda, Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan tasdiqlanadigan tartib-taomillarga muvofiq qabul qilinadi.
4. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish manfaatdor taraf tomonidan taʼminlanadi.
4. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish manfaatdor taraf tomonidan taʼminlanadi.
2-bob. Xalqaro standartlarni qabul qilish
2-bob. Xalqaro standartlarni qabul qilish
5. Xalqaro standartlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari shaklida, davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida qabul qilinadi.
6. Respublikada xalqaro standartlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari shaklida quyidagicha amalga oshiriladi:
IDT qisqartirma bilan belgilangan, xalqaro standartlar bilan aynan oʻxshash;
MOD qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan;
NEQ qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartlarga nisbatan ekvivalent boʻlmagan.
7. Xalqaro standartlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari sifatida qabul qilishga tayyorgarlik boʻyicha ish standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari, ular boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
8. Agar Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan xalqaro standartda davlat standarti sifatida qabul qilinmagan standartlarga havolalar mavjud boʻlsa, ularni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilishi zarur.
5. Respublikada xalqaro standartlar ISO/IEC Guide 21 talablariga muvofiq qabul qilinadi.
6. Respublikada xalqaro standartlar quyidagi muvofiqlik darajalari boʻyicha qabul qilinadi:
xalqaro standartlar bilan aynan oʻxshash (IDT);
xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan (MOD);
xalqaro standartlarga nisbatan ekvivalent boʻlmagan (NEQ).
Bunda xalqaro standartlarni qabul qilishning muvofiqlik darajalari ISO/IEC Guide 21 talablarida belgilangan mezonlarga muvofiq tegishli standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning xulosasi asosida belgilanadi.
7. Xalqaro standartlarni Oʻzbekiston Respublikasining milliy standartlari sifatida qabul qilishga tayyorgarlik boʻyicha ish standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari, ular boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
8. Agar Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan xalqaro standartda milliy standarti sifatida qabul qilinmagan standartlarga havolalar mavjud boʻlsa, ularni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilishi zarur.
9. Havola qilinadigan xalqaro standartlarni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilayotganida, birinchi oʻrinda, qabul qilinayotgan xalqaro standart bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan va uning talablari bajarilishini taʼminlaydigan havola qilinadigan xalqaro standartlarning ahamiyati hisobga olinishi zarur.

10. Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti quyidagi hollarda xalqaro standartlar bilan aynan oʻxshash hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti texnik tarkibi, tuzilishi va mazmuni jihatidan aynan oʻxshash boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti texnik tarkibi jihatidan aynan oʻxshash, biroq, unga tahririy oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
11. Xalqaro standartga aynan oʻxshash boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami titul varaqda aynan oʻxshash xalqaro standartning raqami koʻrsatilgan holda saqlab qolinadi.
Masalan: Oʻz DSt ISO 5524:2017 (ISO 5524:1991, IDT).
12. Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti quyidagi shartlar bilan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan hisoblanadi:
identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan texnik ogʻishlarni oʻz ichiga olgan;
identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan hamda har ikkala standart tuzilmasini oddiy taqqoslash imkoni boʻlsagina oʻzgartirish kiritishga ruxsat beriladigan xalqaro standartning (xalqaro hujjatning) tuzilmasini aks ettiradi;
xalqaro standartlarga havolalarni almashtirishi mumkin boʻlgan normativ havolalar shaklida Oʻzbekiston Respublikasi davlat standartlari mavjud boʻlmasa — har bir havola oʻrniga havola qilinadigan xalqaro standart mazmunini (uning boʻlimlari, boʻlinmalari, bandlarini, kichik bandlari, ilovalarini) muqobil almashtirishi mumkin boʻlgan qoida keltiriladi;
qoʻllaniladigan xalqaro standart matnida aynan oʻxshash yoki modifikatsiyalangan davlat standartlari sifatida qabul qilingan boshqa xalqaro standartlarga havolalar boʻlsa — oʻzgartirilgan standart loyihasini tayyorlashda xalqaro standartlarga havolalar oʻrniga ular bilan uygʻunlashtirilgan davlat standartlariga havolalardan foydalanadi.
Modifikatsiyalangan standart matnida xalqaro standartga havola oʻrniga bir xil standartlashtirish obyektiga (mahsulot, jarayon yoki xizmat) tatbiq etiladigan, biroq havola qilinadigan xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirilmagan davlat standartiga havola qilishga ruxsat etiladi.
13. Xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga qoʻyilmaydi. Modifikatsiyalangan xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qoʻyiladi.
Masalan: “Oʻz DSt 3220:2019” (ISO 9227:2012, MOD).
14. Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti quyidagi shartlarda xalqaro standartga nisbatan noekvivalent hisoblanadi:
identifikatsiyalanmagan va ularni kiritish sabablari tushuntirilmagan texnik ogʻishlarni oʻz ichiga olgan;
identifikatsiyalanmagan va tushuntirilmagan, tuzilmasida xalqaro standart bilan oddiy taqqoslashni taʼminlamaydigan oʻzgarishlarga ega;
xalqaro standart talablarining katta boʻlmagan (miqdori va/yoki ahamiyati jihatidan) qismini oʻz ichiga olgan.
15. Xalqaro standartga nisbatan noekvivalent Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga qoʻyilmaydi. Noekvivalent xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qoʻyiladi.
Masalan: Oʻz DSt 3722:2014 (ISO 3290-1:2008, NEQ).
3-bob. Mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni qabul qilish
10. Xalqaro standartlar tegishli standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan aniqlik kiritilgan muvofiqlik darajasidan kelib chiqib milliy standart sifatida qabul qilinadi.
3-bob. Mintaqaviy standartlarni qabul qilish
16. Respublikada mintaqaviy standartlarni qabul qilish standartning identifikatsiya raqamini davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida saqlangan holda bevosita qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

17. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi aʼzo — mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashi doirasida qabul qilinadigan standartlar Davlatlararo kengashning standartlashtirish boʻyicha ishlarni olib borish qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.

18. Agar qabul qilinadigan hududiy yoki davlatlararo standartlarda respublikada qabul qilinmagan boshqa xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarga havolalar boʻlsa, ularni bir vaqtda qabul qilish boʻyicha ishlar olib borilishi kerak.
18. Agar qabul qilinadigan mintaqaviy standartlarda respublikada qabul qilinmagan boshqa xalqaro yoki mintaqaviy standartlarga havolalar boʻlsa, ularni bir vaqtda qabul qilish boʻyicha ishlar olib borilishi kerak.
19. Xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni bir vaqtning oʻzida qabul qilish boʻyicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan mintaqaviy yoki davlatlararo standart bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan va ularning talablari bajarilishini taʼminlaydigan havola qilingan standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak.
19. Xalqaro, mintaqaviy standartlarni bir vaqtning oʻzida qabul qilish boʻyicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan mintaqaviy standart bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan va ularning talablari bajarilishini taʼminlaydigan havola qilingan standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak.
4-bob. Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish
4-bob. Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish
20. Respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish mazkur mamlakatlar bilan tuzilgan kelishuv va/yoki bitimlarga muvofiq standartning identifikatsiya raqamini saqlagan holda davlat tilida hamda standartning asli yozilgan tillardan birida toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.

21. Xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha vakolatli organlaridan olingan ushbu mamlakatlarning standartlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi rozilik respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi.

22. Qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatlar standartida respublikada qabul qilinmagan boshqa Standartlarga havolalar mavjud boʻlsa, ularning bir vaqtda qabul qilinishi boʻyicha ishlar olib borilishi kerak.

23. Havola qilingan Standartlarni bir vaqtning oʻzida qabul qilish boʻyicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatning standarti bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan va ularning talablari bajarilishini taʼminlaydigan havola qilingan Standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak.

5-bob. Standartlarni kelishish va qoʻllash tartibi
5-bob. Standartlarni kelishish va qoʻllash tartibi
24. Standartlarini qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ariza tushgandan soʻng Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda ushbu standartlarni qabul qilgan vakolatli organlarga ularni qoʻllash toʻgʻrisida roziligini olish uchun soʻrov yuboradi.
24. Institutga standartlarni qabul qilish boʻyicha ariza tushgandan soʻng besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda ushbu Standartlarni qabul qilgan vakolatli organlarga ularni qoʻllash toʻgʻrisida roziligini olish uchun soʻrov yuboradi.
Standartlashtirish rejalariga kiritilgan xalqaro standartlar jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmasdan qabul qilinadi.
25. Qabul qilinayotgan Standartlarni manfaatdor tomonlar bilan kelishish standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari, ular boʻlmagan taqdirda — Institut tomonidan amalga oshiriladi.
25. Qabul qilinayotgan Standartlarni manfaatdor tomonlar bilan kelishish standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari, ular boʻlmagan taqdirda — Institut tomonidan amalga oshiriladi.
26. Qabul qilinayotgan Standart manfaatdor tomonlar tomonidan oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi va ushbu standartni respublikada qabul qilishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) boʻyicha takliflar kiritiladi.

27. Manfaatdor tomonlar tomonidan oʻn besh kun mobaynida takliflar kiritilmasa, ushbu Standart kelishilgan hisoblanadi.
27. Manfaatdor tomonlar tomonidan oʻn besh kun mobaynida takliflar kiritilmasa, ushbu Standart kelishilgan hisoblanadi.
28. Kelishish natijalariga koʻra standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari (ular boʻlmagan taqdirda — Institut) besh kun muddatda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ushbu Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etadi.
28. Kelishish natijalariga koʻra standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar besh kun muddatda Institutga ushbu Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etadi.
29. Standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qaror qabul qilinadi.
29. Standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida Institut tomonidan besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qaror qabul qilinadi.
Standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor tomonlarga asoslangan rad javobini yuboradi.
Standartlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda Institut manfaatdor tomonlarga asoslangan rad javobini yuboradi.
30. Standartlar ularni amalga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oydan kechikmay kuchga kiradi.
30. Standartlar ularni amalga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab kamida oltmish kundan keyin amalga kiritiladi.
Amaldagi davlat standarti oʻrniga Standart qabul qilingan taqdirda oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan oʻtish davri nazarda tutiladi.
Amaldagi milliy standart oʻrniga standart qabul qilingan taqdirda oʻtish davri nazarda tutiladi. Bunda amalga kiritilmagan standart talablari oʻtish davri mobaynida qoʻllanilishi mumkin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning Davlat fondi tarkibiga kiritiladi.
31. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar yagona axborot bazasiga kiritiladi.
32. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, qabul qilingan standartlar reyestrini yuritadi.
32. Institut, qabul qilingan standartlar reyestrini yuritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar toʻgʻrisidagi maʼlumot Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Institutning rasmiy saytlarida qoʻllash haqidagi qaror qabul qilingandan soʻng 5 kundan kech boʻlmagan muddatda eʼlon qilinadi.

33. Xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari ularni qoʻllash doirasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan qoʻllaniladi.
33. Xalqaro, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari ularni qoʻllash doirasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan qoʻllaniladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
34. Standartlar va ularga kiritilgan oʻzgarishlarni nashr qilish va qayta nashr qilish ularni tasdiqlagan xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Standartlar va ularga kiritilgan oʻzgarishlarni nashr qilish va qayta nashr qilish ularni tasdiqlagan xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
35. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlarni va ularga oʻzgarishlarni qabul qilish ularni tasdiqlagan tegishli xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning milliy organlari bilan tuzilgan bitimlarga va shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
35. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlarni va ularga oʻzgarishlarni qabul qilish ularni tasdiqlagan tegishli xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning milliy organlari bilan tuzilgan bitimlarga va shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizomga
ILOVA
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish va qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizomga
ILOVA
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish
Respublikada xalqaro, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish
SXEMASI
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Manfaatdor tomon

Standartni qabul qilish uchun buyurtmanomani berish

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Xorijiy mamlakat standartini qoʻllash toʻgʻrisida roziligini olish uchun ushbu mamlakatning vakolatli organlariga soʻrovni yuborish

5 kun davomida

3-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Standartni qabul qilish buyurtmanomasini texnik qoʻmitalarga yoki Institutga yuborish

5 kun davomida

4-bosqich

Manfaatdor tomon, Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar, Institut

Standartni qabul qilishga (ishlab chiqish. tarjima qilish, rasmiylashtirish) tayyorlash

Shartnomada kelishilgan muddatlarda

5-bosqich

Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar, Institut

Qabul qilinadigan Standartni manfaatdor tomonlar bilan kelishish

15 kun davomida

6-bosqich

Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar, Institut

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani kiritish

5 kun davomida

7-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Standartni Respublika hududida qoʻllash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish

5 kun davomida

8-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Standartni koʻllash haqidagi qaror qabul qilinganda ularni amalga kiritish

uch oydan kechikmay

9-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Institut

Respublika hududida qabul qilingan Standart toʻgʻrisidagi maʼlumotni rasmiy saytlarda eʼlon qilish

5 kun davomida

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Manfaatdor tomon

Standartni qabul qilish uchun buyurtmanomani berish

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Institut

Xorijiy mamlakat standartini qoʻllash toʻgʻrisida roziligini olish uchun ushbu mamlakatning vakolatli organlariga soʻrovni yuborish

5 kun davomida

3-bosqich

Institut

Standartni qabul qilish buyurtmanomasini texnik qoʻmitalarga yuborish

5 kun davomida

4-bosqich

Manfaatdor tomon, Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar, Institut

Standartni qabul qilishga (ishlab chiqish. tarjima qilish, rasmiylashtirish) tayyorlash

Shartnomada kelishilgan muddatlarda

5-bosqich

Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar, Institut

Qabul qilinadigan Standartni manfaatdor tomonlar bilan kelishish

15 kun davomida

6-bosqich

Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar

Institutga Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani kiritish

5 kun davomida

7-bosqich

Institut

Standartni Respublika hududida qoʻllash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish

5 kun davomida

8-bosqich

Institut

Standartni koʻllash haqidagi qaror qabul qilinganda ularni amalga kiritish

kamida oltmish kundan keyin

9-bosqich

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Institut

Respublika hududida qabul qilingan Standart toʻgʻrisidagi maʼlumotni rasmiy saytlarda eʼlon qilish

5 kun davomida

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son qaroriga
4-ILOVA
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda TQ deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, tugatish tartibi, asosiy funksiyalarini, TQ doirasida ishlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita — faoliyatning biriktirilgan sohasi boʻyicha milliy, mintaqaviy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha manfaatdor tomonlarning hamkorlik qilish shakli;

masʼul kotib — TQ ishlarini yurituvchi shaxs;
masʼul kotib — TQ ishlarini yurituvchi shaxs;
manfaatdor tomon — standartlarni qabul qilish va qoʻllashdan manfaatdor boʻlgan tegishli mahsulot (xizmat) turlarini ishlab chiqaruvchi yoki isteʼmol qiluvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;

standartlashtirish sohasi — standartlashtirishning oʻzaro bogʻliq obyektlari majmui;
standartlashtirish sohasi — standartlashtirishning oʻzaro bogʻliq obyektlari majmui;
standartlashtirish tizimi — standartlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi tizim;
standartlashtirish tizimi — standartlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi tizim;
3. TQ oʻz ishida:
3. TQ oʻz ishida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarga;
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga amal qiladi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti — Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita toʻgʻrisidagi nizomga amal qiladi.
4. TQ faoliyatiga umumiy rahbarlikni Agentlik, uning faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, axborot-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va kuzatib borish — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan amalga oshiriladi (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi).
4. TQ faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, axborot-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va kuzatib borish Institut tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tuzilmasi
2-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tuzilmasi
5. TQ tuzilmasiga quyidagilar kiradi: rais, rais oʻrinbosari (zarur boʻlganda), masʼul kotib, TQga aʼzo-tashkilotlar.
5. TQ tuzilmasiga quyidagilar kiradi: rais, rais oʻrinbosari (zarur boʻlganda), masʼul kotib, TQga aʼzo-tashkilotlar.
6. TQga rais boshchilik qiladi.
6. TQga rais boshchilik qiladi.
Rais, rais oʻrinbosari tashkilotlar rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari, bosh konstruktorlar, bosh texnologlar va TQ aʼzolari boʻlgan boʻlimlar rahbarlaridan saylanadi.
Rais, rais oʻrinbosari tashkilotlar rahbarlari, rahbar oʻrinbosarlari, bosh konstruktorlar, bosh texnologlar va TQ aʼzolari boʻlgan boʻlimlar rahbarlaridan saylanadi.
7. TQ kotibiyati ishiga TQ masʼul kotibi rahbarlik qiladi.
7. TQ kotibiyati ishiga TQ masʼul kotibi rahbarlik qiladi.
Masʼul kotib TQ kotibiyatini boshqaruvchi tashkilot xodimlaridan tanlanadi.
Masʼul kotib TQ kotibiyatini boshqaruvchi tashkilot xodimlaridan tanlanadi.
8. TQ faoliyatiga tegishli tartibga solish sohasiga taalluqli boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruv organi vakili boʻlmagan TQ kotibiyati Institut tomonidan yuritiladi.
8. TQ faoliyatiga tegishli tartibga solish sohasiga taalluqli boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruv organi vakili boʻlmagan TQ kotibiyati Institut tomonidan yuritiladi.
9. TQ tuzilmasida TQ faoliyatining ayrim sohalari boʻyicha ishlarning muayyan qismini bajarish uchun TQ faoliyati sohalari tegishlicha chegaralangan holda quyi qoʻmitalar tuzilishi mumkin.
9. TQ tuzilmasida TQ faoliyatining ayrim sohalari boʻyicha ishlarning muayyan qismini bajarish uchun TQ faoliyati sohalari tegishlicha chegaralangan holda quyi qoʻmitalar tuzilishi mumkin.
Standartlashtirish boʻyicha quyi qoʻmitani tuzish uchun kamida uchta TQga aʼzo tashkilot uning ishida ishtirok etishga tayyorligini bildirishi kerak.
Standartlashtirish boʻyicha quyi qoʻmitani tuzish uchun kamida uchta TQga aʼzo tashkilot uning ishida ishtirok etishga tayyorligini bildirishi kerak.
10. Quyi qoʻmitalarni tuzish, ularning raislari va masʼul kotiblarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga aʼzo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi.
10. Quyi qoʻmitalarni tuzish, ularning raislari va masʼul kotiblarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga aʼzo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi.
11. TQ doirasida aniq loyiha boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun quyi qoʻmita ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq TQga aʼzo tashkilotlar va manfaatdor tomonlardan tashkil topgan ishchi guruhlarni tashkil etishi mumkin.

Ishchi guruhlarni tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga aʼzo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi
Ishchi guruhlarni tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga aʼzo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi
Ishchi guruhning faoliyati loyiha tugagandan soʻng toʻxtatiladi.
Ishchi guruhning faoliyati loyiha tugagandan soʻng toʻxtatiladi.
12. TQ tuzilmasi va tarkibining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida Institutga yuboriladi.
12. TQ tuzilmasi va tarkibining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida Institutga yuboriladi.
3-bob. TQ faoliyatini tashkil etish va tugatish
3-bob. TQ faoliyatini tashkil etish va tugatish
13. Har qanday manfaatdor tomon TQni tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
13. Har qanday manfaatdor tomon TQni tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
14. TQ faoliyatini taʼminlash TQ kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
14. TQ faoliyatini taʼminlash TQ kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
TQ kotibiyati faoliyatning Institut, muayyan sohalariga va mahsulot turlariga, uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish (foydalanish), saqlash, tashish (transportda tashish), realizatsiya va utilizatsiya qilish jarayonlariga ixtisoslashgan yoki ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishga hamda ushbu sohada eng yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega boʻlgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari yoki boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan yuritiladi.

15. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilot quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
15. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilot quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
TQ faoliyatining tegishli sohasida oʻqigan va ish tajribasiga ega boʻlgan standartlashtirish sohasidagi mutaxassislar;
TQ faoliyatining tegishli sohasida oʻqigan va ish tajribasiga ega boʻlgan standartlashtirish sohasidagi mutaxassislar;
zarur moddiy-texnik baza va aloqa vositalari;
zarur moddiy-texnik baza va aloqa vositalari;
hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilishni tashkil etish imkoniyati.
hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilishni tashkil etish imkoniyati.
16. TQni shakllantirish uchun tashabbus koʻrsatuvchi standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ishida ishtirok etish uchun TQ va uning taxmin qilingan faoliyat sohasini tuzish zarurati asoslarini keltirgan holda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitasining namunaviy ish dasturi loyihasiga va TQ toʻgʻrisidagi nizom loyihasiga binoan standartlarning davlatlararo tasniflagichiga muvofiq kodlar bilan standartlashtirish obyektlarini oʻz ichiga olgan taklif-xatni Institutga, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarga yuboradi.

17. Manfaatdor tomonlarning koʻpchiligiga TQni tuzishni boshlash haqida maʼlumot berish uchun Institut, Agentlik va Institutning rasmiy saytida tegishli xabarnomani joylashtiradi.
17. Manfaatdor tomonlarning koʻpchiligiga TQni tuzishni boshlash haqida maʼlumot berish uchun Institut, Agentlik va Institutning rasmiy saytida tegishli xabarnomani joylashtiradi.
18. TQ tarkibi manfaatdor shaxslarning manfaatlarini hisobga olgan holda quyidagilarning vakillaridan shakllantiriladi:
18. TQ tarkibi manfaatdor shaxslarning manfaatlarini hisobga olgan holda quyidagilarning vakillaridan shakllantiriladi:
TQ faoliyati sohasiga tegishli sohaga taalluqli boʻlgan tartibga solish doirasiga doir davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari;
TQ faoliyati sohasiga tegishli sohaga taalluqli boʻlgan tartibga solish doirasiga doir davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (isteʼmolchilar) boʻlgan tashkilotlar;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (isteʼmolchilar) boʻlgan tashkilotlar;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar isteʼmolchilari (buyurtmachilari) boʻlgan tashkilotlar;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar isteʼmolchilari (buyurtmachilari) boʻlgan tashkilotlar;
isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari;
isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari;
ilmiy-tadqiqot institutlari, taʼlim muassasalari;
ilmiy-tadqiqot institutlari, taʼlim muassasalari;
Institut;
Institut;
muvofiqlikni baholash organlari va boshqalar.
muvofiqlikni baholash organlari va boshqalar.
19. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtiradigan tashkilot TQ faoliyatida ishtirok etish istagini bildirgan manfaatdor shaxslar vakillarining tashkiliy yigʻilishini oʻtkazadi, unda standartlarning davlatlararo tasniflagichi kodlari bilan standartlashtirish obyektlari, TQ toʻgʻrisidagi nizom loyihasi, TQning ish dasturi koʻrsatilgan holda TQ faoliyati sohasi maʼqullanishi kerak hamda rais, rais oʻrinbosar(lar)i va masʼul kotib lavozimlariga nomzodlar koʻrsatiladi.

Oʻtkazilgan tashkiliy yigʻilish natijalariga koʻra barcha ishtirokchilar tomonidan imzolangan bayonnoma tuziladi.
Oʻtkazilgan tashkiliy yigʻilish natijalariga koʻra barcha ishtirokchilar tomonidan imzolangan bayonnoma tuziladi.
TQni tuzish toʻgʻrisidagi taklif kamida beshta manfaatdor shaxs tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kerak.
TQni tuzish toʻgʻrisidagi taklif kamida beshta manfaatdor shaxs tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kerak.
TQ toʻgʻrisidagi nizom loyihasi TQ raisi lavozimiga taklif etiladigan vakil tashkilotning boshligʻi (rahbar oʻrinbosari) va TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot rahbari (rahbar oʻrinbosari) bilan kelishilishi kerak.

20. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot TQ toʻgʻrisidagi nizom loyihasi (qogʻoz va elektron tashuvchi) bilan TQni tuzish boʻyicha qaror qabul qilish haqida maʼqullangan materiallarni, TQning ish dasturini, TQ tarkibini (TQga aʼzo tashkilotlar roʻyxati) Institutga yuboradi.

21. Institut Agentlikning TQni tashkil etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasini bir haftalik muddatda tayyorlaydi va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etadi, unda TQning nomi mavjud boʻladi, kotibiyatni yuritish vazifasi yuklangan tashkilot, TQ faoliyati sohasi, TQ nizomi, uning tarkibi belgilanadi.
21. Institut Standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitasini tashkil etish, uning faoliyatini toʻxtatib turish va tugatish haqida 10 kun muddatda qaror qabul qiladi, unda TQning nomi, kotibiyatni yuritish vazifasi yuklangan tashkilot, TQ faoliyati sohasi, TQ nizomi, uning tarkibi belgilanadi.
22. Agentlik bir hafta muddatda buyruqni qabul qiladi va uning nusxasini Institut va TQ kotibiyatiga yuboradi.
22. Institut qaror nusxasini bir kun muddatda TQ kotibiyatiga yuboradi va qaror nusxasini belgilangan tartibda ochiq axborot tizimiga joylashtiradi.
23. Identifikatsiya va hisoblash maqsadlari uchun tuzilgan TQga “STQ” (Standartlashtirish texnik qoʻmitasi) harflaridan, identifikatsiya (tartib) raqami va TQ nomidan tashkil topgan belgilar beriladi.

Identifikatsiya (tartib) raqamlari Agentlik tomonidan tuzilgan va TQ yagona reyestriga kiritilgan tartibda beriladi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Identifikatsiya (tartib) raqamlari Institut tomonidan tuzilgan va TQ yagona reyestriga kiritilgan tartibda beriladi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
TQni roʻyxatga olish tartib raqami;
TQni roʻyxatga olish tartib raqami;
TQ nomi;
TQ nomi;
qoshida TQ tuzilgan manfaatdor tomon nomi;
qoshida TQ tuzilgan manfaatdor tomon nomi;
TQ faoliyati sohasi;
TQ faoliyati sohasi;
TQ faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa TQga berilmaydi.
TQ faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa TQga berilmaydi.
24. Har bir quyi qoʻmita oʻz identifikatsiya (tartib) raqami va nomiga ega boʻladi. Quyi qoʻmitaning belgilanishi “STQQ” harflari, quyi qoʻmita raqami va uning nomini oʻz ichiga oladi.
24. Har bir quyi qoʻmita oʻz identifikatsiya (tartib) raqami va nomiga ega boʻladi. Quyi qoʻmitaning belgilanishi “STQQ” harflari, quyi qoʻmita raqami va uning nomini oʻz ichiga oladi.
Quyi qoʻmitalar tuzilgan tartibda raqamlanadi. Quyi qoʻmitaning faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa quyi qoʻmitaga berilmaydi.
Quyi qoʻmitalar tuzilgan tartibda raqamlanadi. Quyi qoʻmitaning faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa quyi qoʻmitaga berilmaydi.
25. TQ toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom, TQ tarkibi va TQ ish dasturi Institutning saytiga joylashtiriladi.
25. TQ toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom, TQ tarkibi va TQ ish dasturi Institutning saytiga joylashtiriladi.
26. TQ faoliyati quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
26. TQ faoliyati quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
tashkil etilish maqsadidagi ishlarni bajarilishi yakuniga yetganda;
tashkil etilish maqsadidagi ishlarni bajarilishi yakuniga yetganda;
TQ faoliyati sohasida oʻn ikki oy davomida ishning mavjud emasligi;
TQ faoliyati sohasida oʻn ikki oy davomida ishning mavjud emasligi;
ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish;
ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish;
TQga aʼzo — tashkilotlarning soni beshtadan kamayganda;
TQga aʼzo — tashkilotlarning soni beshtadan kamayganda;
TQ faoliyatining samaradorligini baholashning salbiy natijalari.
TQ faoliyatining samaradorligini baholashning salbiy natijalari.
TQ faoliyatining toʻxtatilishi TQ yigʻilishi bayonnomasini taqdim etish yoki Institut taklifiga binoan Agentlikning qarori bilan rasmiylashtiriladi
TQ faoliyatining toʻxtatilishi TQ yigʻilishi bayonnomasini taqdim etilganda Institutning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
27. TQ yagona reyestri Agentlik va Institutning rasmiy saytlarida joylashtiriladi.
27. TQ yagona reyestri Agentlik va Institutning rasmiy saytlarida joylashtiriladi.
4-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tarkibi
4-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tarkibi
28. TQda aʼzolikning bir toifasi — teng huquqli aʼzolik belgilanadi.
28. TQda aʼzolikning bir toifasi — teng huquqli aʼzolik belgilanadi.
29. Agar manfaatdor tomon TQga biriktirilgan bir yoki bir nechta standartlarni ishlab chiqish, moliyalashtirishdan yoki TQ faoliyat sohasidagi ishlardan manfaatdor boʻlsa, TQ tarkibiga kirish huquqiga ega.

Manfaatdor tomon TQ kotibiyatiga (agar TQ tashkil etish jarayonida boʻlsa — TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilotga) TQ ishida ishtirok etish uchun tashkilotning doimiy vakolatli vakilining bogʻlanish maʼlumotlari (F.I.Sh., lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili) koʻrsatilgan xatni yuboradi. Zarur boʻlganda TQ ishida ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan boshqa vakillar ishtirok etishi mumkin.

TQga aʼzo tashkilot oʻn kun mobaynida TQning masʼul kotibiga doimiy vakolatli vakilining bogʻlanish maʼlumotlarining oʻzgarganligi haqida xabar berishi kerak.
TQga aʼzo tashkilot oʻn kun mobaynida TQning masʼul kotibiga doimiy vakolatli vakilining bogʻlanish maʼlumotlarining oʻzgarganligi haqida xabar berishi kerak.
30. Doimiy vakolatli vakillar TQ kotibiyati bilan aloqada boʻlib, tashkilotning rahbariyatiga kerakli maʼlumotlar berib, TQga aʼzo tashkilot nomidan ovoz beradi.
30. Doimiy vakolatli vakillar TQ kotibiyati bilan aloqada boʻlib, tashkilotning rahbariyatiga kerakli maʼlumotlar berib, TQga aʼzo tashkilot nomidan ovoz beradi.
31. Mavjud TQga tarkibiga kirish toʻgʻrisidagi manfaatdor tomonlarning soʻrovlari olinganda uning masʼul kotibi TQning barcha aʼzo tashkilotlarga tanishish uchun axborot yuboradi.
31. Mavjud TQga tarkibiga kirish toʻgʻrisidagi manfaatdor tomonlarning soʻrovlari olinganda uning masʼul kotibi TQning barcha aʼzo tashkilotlarga tanishish uchun axborot yuboradi.
TQ masʼul kotibi Institutga TQ tarkibiga oʻzgartirish kiritilganligi haqida axborot yuboradi.
TQ masʼul kotibi Institutga TQ tarkibiga oʻzgartirish kiritilganligi haqida axborot yuboradi.
32. TQ oʻtkazadigan ishlarda manfaatdor shaxslar, alohida mutaxassislar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning vakillari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
32. TQ oʻtkazadigan ishlarda manfaatdor shaxslar, alohida mutaxassislar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning vakillari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
33. Agar TQga aʼzo tashkilot muntazam ravishda TQ faoliyatida ishtirok etmasa (ketma-ket uch marotabadan koʻp), asosli sabablarsiz ishlab chiqilayotgan standartlar yuzasidan ovoz bermasa yoki TQ nizomida belgilangan boshqa tartib-taomillarga rioya qilmasa, kotibiyat unga ogohlantirish yuborish huquqiga ega. Agar ogohlantirishdan soʻng bir yil davomida TQga aʼzo tashkilot oʻzining majburiyatlarini tegishli boʻlmagan koʻrinishda bajarishda davom etsa, u ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish yoʻli bilan TQ tarkibidan chiqarib tashlanishi mumkin.

TQning masʼul kotibi qabul qilingan qaror haqidagi axborotni Institutga yuboradi.
TQning masʼul kotibi qabul qilingan qaror haqidagi axborotni Institutga yuboradi.
34. TQ tarkibidan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda TQga aʼzo — tashkilot chiqish sanasidan kamida ikki oy oldin TQ kotibiyatini ogohlantirishi kerak.
34. TQ tarkibidan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda TQga aʼzo — tashkilot chiqish sanasidan kamida ikki oy oldin TQ kotibiyatini ogohlantirishi kerak.
TQning masʼul kotibi ushbu axborotni Institutga yuboradi.
TQning masʼul kotibi ushbu axborotni Institutga yuboradi.
35. TQ tarkibidagi oʻzgarishlar (qoʻshilish, chiqarib tashlash, chiqish) Agentlikning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, nusxasi TQga va Institut kotibiyatiga yuboriladi.
35. TQ tarkibidagi oʻzgarishlar (qoʻshilish, chiqarib tashlash, chiqish) Agentlikning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, nusxasi TQga va Institut kotibiyatiga yuboriladi.
5-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning vazifalari va funksiyalari
5-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning vazifalari va funksiyalari
36. Quyidagilar TQning asosiy vazifalari hisoblanadi:
36. Quyidagilar TQning asosiy vazifalari hisoblanadi:
standartlashtirish tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini taʼminlashda qatnashish, xalqaro standartlarni qoʻllash asosida uni xalqaro, davlatlararo tizimlar bilan uygʻunlashtirish;
standartlashtirish tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini taʼminlashda qatnashish, xalqaro standartlarni qoʻllash asosida uni xalqaro, mintaqaviy tizimlar bilan uygʻunlashtirish;
standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish, qayta koʻrib chiqishda ilgʻor xorijiy tajribani joriy qilish yoʻli bilan, shu jumladan, ularda anʼanaviy texnologiyalarning oldinda boruvchi imkoniyatlarini, istiqbolga dastlabki talablarni belgilashni hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligi oshirilishini taʼminlashda ishtirok etish.

37. Quyidagilar TQning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
37. Quyidagilar TQning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
standartlarni ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarning takliflarini koʻrib chiqish;
standartlarni ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarning takliflarini koʻrib chiqish;
standartlarni ishlab chiqish, oʻzgartirishlar kiritish, qayta koʻrib chiqish va bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
standartlarni ishlab chiqish, oʻzgartirishlar kiritish, qayta koʻrib chiqish va bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
TQning ish dasturiga muvofiq standartlarni ishlab chiqish, koʻrib chiqish, va tasdiqlashga tayyorlash;
TQning ish dasturiga muvofiq standartlarni ishlab chiqish, koʻrib chiqish, va tasdiqlashga tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan va ushbu TQga biriktirilgan standartlarni tahlil qilish (keyingi oʻrinlarda standartlarni tekshirish deb ataladi);
Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan va ushbu TQga biriktirilgan standartlarni tahlil qilish (keyingi oʻrinlarda standartlarni tekshirish deb ataladi);
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni joriy etish va amaldagi davlat standartlarini bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro, mintaqaviy standartlarni joriy etish va amaldagi milliy standartlarni bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
xalqaro, mintaqaviy va boshqa davlatlarning milliy standartlarini qoʻllashda koʻmaklashish;
xalqaro, mintaqaviy va boshqa davlatlarning milliy standartlarini qoʻllashda koʻmaklashish;
TQ faoliyati sohasida standartlashtirish holati boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash;
TQ faoliyati sohasida standartlashtirish holati boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash;
standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish.
standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish.
muhokama qilinadigan standart loyihasida keltirilgan talablarning texnik qoʻmita faoliyat yoʻnalishi doirasida toʻgʻriligi, ishonchligi va asoslantirilganini taʼminlash;
xalqaro standartlarni qabul qilishning muvofiqlik darajalarini aniqlash boʻyicha xulosalar berish;
TQga aʼzo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillari, TQ, quyi qoʻmita, ishchi guruh yigʻilishlarida, shuningdek, bevosita oʻz tashkiloti tomonidan yuklangan funksiyalarni masofadan turib bajaradi.
TQga aʼzo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillari, TQ, quyi qoʻmita, ishchi guruh yigʻilishlarida, shuningdek, bevosita oʻz tashkiloti tomonidan yuklangan funksiyalarni masofadan turib bajaradi.
38. Quyidagilar TQ raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
38. Quyidagilar TQ raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
TQning, jumladan, uning quyi qoʻmitalari va ishchi guruhlari ishini tashkil qilish va rahbarlik qilish;
TQning, jumladan, uning quyi qoʻmitalari va ishchi guruhlari ishini tashkil qilish va rahbarlik qilish;
standartlashtirish maqsadlari va vazifalariga muvofiq TQ faoliyatining texnik siyosatini belgilash;
standartlashtirish maqsadlari va vazifalariga muvofiq TQ faoliyatining texnik siyosatini belgilash;
TQ faoliyati sohasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha barcha davlat va jamoat tashkilotlarida TQ nomidan vakillik qilish;
TQ faoliyati sohasi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha barcha davlat va jamoat tashkilotlarida TQ nomidan vakillik qilish;
TQning ish dasturini tasdiqlash;
TQning ish dasturini tasdiqlash;
TQ yigʻilishini oʻtkazish.
TQ yigʻilishini oʻtkazish.
TQ raisining oʻrinbosari rais tomonidan berilgan vazifalarni, shuningdek, rais yoʻqligida uning vazifalarini bajaradi.
TQ raisining oʻrinbosari rais tomonidan berilgan vazifalarni, shuningdek, rais yoʻqligida uning vazifalarini bajaradi.
39. Quyidagilar TQ masʼul kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
39. Quyidagilar TQ masʼul kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
TQ yigʻilishlarini oʻtkazishga tayyorlash va oʻtkazilishini taʼminlash;
TQ yigʻilishlarini oʻtkazishga tayyorlash va oʻtkazilishini taʼminlash;
TQ tarkibiga kiradigan quyi qoʻmitalar va ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
TQ tarkibiga kiradigan quyi qoʻmitalar va ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
TQ ish dasturlari loyihalarini tayyorlash va ushbu dasturlarning bajarilishini nazorat qilish;
TQ ish dasturlari loyihalarini tayyorlash va ushbu dasturlarning bajarilishini nazorat qilish;
standartlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish;
standartlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish;
manfaatdor tomonlar tarafidan standartlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish, ularni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etishga tayyorlash;
manfaatdor tomonlar tarafidan standartlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish, ularni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etishga tayyorlash;
manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilish uchun standartlar loyihalarini internet tarmogʻiga joylashtirish;
manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilish uchun standartlar loyihalarini internet tarmogʻiga joylashtirish;
TQga aʼzo tashkilotlar tomonidan TQga tushgan materiallar va hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlash;
TQga aʼzo tashkilotlar tomonidan TQga tushgan materiallar va hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlash;
TQga biriktirilgan standartlar roʻyxatini yangilash;
TQga biriktirilgan standartlar roʻyxatini yangilash;
TQ qarorlarini rasmiylashtirish;
TQ qarorlarini rasmiylashtirish;
ish yuritish, hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish, shu jumladan, tashkilotlar bilan yozishmalar olib borish;
ish yuritish, hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish, shu jumladan, tashkilotlar bilan yozishmalar olib borish;
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning namunaviy yillik hisobotini tayyorlash;
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning namunaviy yillik hisobotini tayyorlash;
yillik hisobotni tasdiqlash uchun TQ raisiga taqdim etish va 1-fevraldan kechiktirmay Institutga va TQ ga aʼzo tashkilotlarga yuborish.
yillik hisobotni tasdiqlash uchun TQ raisiga taqdim etish va 1-fevraldan kechiktirmay Institutga va TQ ga aʼzo tashkilotlarga yuborish.
6-bob. Standartlashtirish boʻyicha ishlarni rejalashtirishda ishtirok etish
6-bob. Standartlashtirish boʻyicha ishlarni rejalashtirishda ishtirok etish
40. TQ Standartlashtirish davlat rejasini, standartlashtirish tarmoq dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi.
40. TQ Standartlashtirish davlat rejasini, standartlashtirish tarmoq dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi.
41. TQ kotibiyati TQ ga aʼzo tashkilotlarning takliflarini, TQ (quyi qoʻmita) qarorlarini va Agentlik tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ish dasturini ishlab chiqadi. Standartni ishlab chiqish toʻgʻrisida taklif tushsa, kotibiyat uni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligini yigʻilishda yoki masofadan turib TQ aʼzolari oʻrtasida muhokama qilishi kerak.
41. TQ kotibiyati TQ ga aʼzo tashkilotlarning takliflarini, TQ (quyi qoʻmita) qarorlarini va Institut tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ish dasturini ishlab chiqadi. Standartni ishlab chiqish toʻgʻrisida taklif tushsa, kotibiyat uni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligini yigʻilishda yoki masofadan turib TQ aʼzolari oʻrtasida muhokama qilishi kerak.
42. TQga aʼzo tashkilotlarning takliflari asosida TQ har yili standartlashtirish davlat rejasiga taklif-buyurtmanomalar tayyorlaydi.
42. TQga aʼzo tashkilotlarning takliflari asosida TQ har yili standartlashtirish davlat rejasiga taklif-buyurtmanomalar tayyorlaydi.
43. Agar tasdiqlangan standartlashtirish davlat rejasiga oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlsa, aʼzo-tashkilotlar TQ doirasida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha taklif-buyurtmanomalar beradi.
43. Agar tasdiqlangan standartlashtirish davlat rejasiga oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlsa, aʼzo-tashkilotlar TQ doirasida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha taklif-buyurtmanomalar beradi.
7-bob. Standartlarni ishlab chiqish va tekshirish
7-bob. Standartlarni ishlab chiqish va tekshirish
44. TQ standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq holda standartlarni ishlab chiqadi.
44. TQ standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq holda standartlarni ishlab chiqadi.
45. TQ standartlarning Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, texnik reglamentlarga, xalqaro (mintaqaviy) standartlarga muvofiqligini tahlil qilish maqsadida ularni tekshiradi, buning natijasida ularni qayta koʻrib chiqilmasdan va oʻzgartirmasdan amalda saqlash yoki qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish yoki bekor qilish zarurati toʻgʻrisida xulosaga keladi.

46. Standartlarni tekshirishda TQ standartlashtirish tizimi talablariga amal qiladi.
46. Standartlarni tekshirishda TQ standartlashtirish tizimi talablariga amal qiladi.
47. Agar standartlarni tekshirish jarayonida standartni bekor qilish maqsadga muvofiqligi aniqlansa, u holda TQ kotibiyati standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq ushbu standartni bekor qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.

8-bob. Standartlashtirish boʻyicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari (quyi qoʻmitalar, guruhlar) ishida ishtirok etish
8-bob. Standartlashtirish boʻyicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari (quyi qoʻmitalar, guruhlar) ishida ishtirok etish
48. TQ standartlashtirish boʻyicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlari loyihalarini koʻrib chiqish va ushbu loyihalar boʻyicha ovoz berishda, Oʻzbekiston Respublikasi takliflarini tayyorlashda ishtirok etadi.

49. TQ ayni shunday faoliyat sohasi boʻlgan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish tashkilotlarining TQ (quyi qoʻmitalar, guruhlar) ishida qatnashadi.
49. TQ ayni shunday faoliyat sohasi boʻlgan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish tashkilotlarining TQ (quyi qoʻmitalar, guruhlar) ishida qatnashadi.
50. Agentlik standartlashtirish boʻyicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish uchun TQga kirishni taʼminlaydi. TQ standartlashtirish boʻyicha tegishli xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning ishlash qoidalariga muvofiq holda faoliyat yuritadi.
50. Institut standartlashtirish boʻyicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish uchun TQga kirishni taʼminlaydi. TQ standartlashtirish boʻyicha tegishli xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning ishlash qoidalariga muvofiq holda faoliyat yuritadi.
51. TQ kotibiyatini boshqarishda, xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning yoki ularning TQ ishida ishtirok etishda TQ xalqaro (mintaqaviy) TQ nizomiga amal qiladi.
51. TQ kotibiyatini boshqarishda, xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning yoki ularning TQ ishida ishtirok etishda TQ xalqaro (mintaqaviy) TQ nizomiga amal qiladi.
9-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita ishida qaror qabul qilish
9-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan standart loyiha toʻgʻrisida xulosa tayyorlash
52. TQga aʼzo tashkilotlar doimiy vakolatli vakillarining bevosita TQ yigʻilishida yoki masofadan turib ovoz berish yoʻli bilan qaror qabul qiladilar.
52. TQga aʼzo tashkilotlar doimiy vakolatli vakillarining bevosita TQ yigʻilishida yoki masofadan turib ovoz berish yoʻli bilan qaror qabul qiladilar.
53. Tartibotlar masalalari (TQ ish dasturiga qoʻshimcha kiritish, tarkibga yangi aʼzo tashkilotlarni qabul qilish, TQ faoliyatini tugatish, raisni, rais oʻrinbosar(lar)ini, masʼul kotibni saylash, ishchi guruh, quyi qoʻmitalarni tuzish va tugatish) boʻyicha qaror TQga aʼzo — tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining koʻpchiligi uning uchun ovoz berganda qabul qilingan deb hisoblanadi.

54. Standart loyihalari boʻyicha qaror ovoz berishda ishtirok etuvchi TQga aʼzo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining toʻrtdan uch qismi uning uchun ovoz berganda qabul qilinadi. Bunda ovoz berish natijalari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ovoz berish byulleteni bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish byulleteni asosida hisobot tuziladi, unda ovoz berish natijalari, ovoz berishda kelishmovchilikni bartaraf etish boʻyicha TQ harakati va mavjud eʼtirozlar keltiriladi. Hisobot har bir TQga aʼzo tashkilotlarga ovoz berish yakunlangach bir oy muddat mobaynida yuboriladi.
54. Standart loyihalar boʻyicha ovoz berish uchun unda ishtirok etuvchi TQga aʼzo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan qismi onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.
Muhokamada ishtirokchilarning mavjud masalalar boʻyicha eʼtirozlari va fikrlarini inobatga olingan holda, standart loyihasi uchun ovoz berish natijasida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ovoz berish byulleteni va bayonnoma koʻrinishida muhokama xulosasi rasmiylashtiriladi, unda ovoz berish natijalari, ovoz berishda kelishmovchilikni bartaraf etish boʻyicha TQ harakati va mavjud eʼtirozlar keltiriladi.
Xulosa har bir TQga aʼzo tashkilotlarga ovoz berish yakunlangach, bir oy muddat mobaynida yuboriladi.
55. TQ faoliyati samaradorligini baholash standartlashtirish tizimining asos boʻluvchi normativ hujjatlari talablariga muvofiq holda Institut tomonidan amalga oshiriladi.
55. TQ faoliyati samaradorligini baholash standartlashtirish tizimining asos boʻluvchi normativ hujjatlari talablariga muvofiq holda Institut tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Texnik qoʻmitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari
10-bob. Texnik qoʻmitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari
56. Quyidagilar texnik qoʻmitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
56. Quyidagilar texnik qoʻmitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati;
TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati;
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish boʻyicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi;
xalqaro, mintaqaviy standartlashtirish boʻyicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi;
TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi.
TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi.
57. TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
57. TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan davlat standartlari soni;
TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan milliy standartlar soni;
xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan standartlar soni.
xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan standartlar soni.
58. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish boʻyicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
58. Xalqaro, mintaqaviy standartlashtirish boʻyicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish kotibiyatini yuritish;
xalqaro, mintaqaviy standartlashtirish kotibiyatini yuritish;
TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarning umumiy soni.
TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan xalqaro, mintaqaviy standartlarning umumiy soni.
59. TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
59. TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
TQ ish dasturining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi koʻrsatkichlari;
TQ ish dasturining oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi koʻrsatkichlari;
TQ faoliyati haqidagi axborotning mavjudligi va sermazmunligi;
TQ faoliyati haqidagi axborotning mavjudligi va sermazmunligi;
TQ faoliyati haqida taqdim etilgan yillik hisobotning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi koʻrsatkichlari.
TQ faoliyati haqida taqdim etilgan yillik hisobotning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi koʻrsatkichlari.
60. TQ faoliyatining samaradorligini baholash roʻyxatga olingan texnik qoʻmitalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari qiymatlarining nisbiy yigʻindisidan kelib chiqib aniqlanadi.
60. TQ faoliyatining samaradorligini baholash roʻyxatga olingan texnik qoʻmitalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari qiymatlarining nisbiy yigʻindisidan kelib chiqib aniqlanadi.
61. TQ faoliyati samaradorligini baholashni TQning yakunlangan yilgi faoliyati boʻyicha Institut amalga oshiradi. Bunda tashkil etilganiga ushbu baholash oʻtkazilishiga qadar bir yildan kam boʻlgan TQ faoliyati baholanmaydi.

62. TQning faoliyati samaradorligini baholash natijalari boʻyicha quyidagi ragʻbatlantirish choralari koʻriladi:
62. TQning faoliyati samaradorligini baholash natijalari boʻyicha quyidagi ragʻbatlantirish choralari koʻriladi:
standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondidan bepul yillik foydalanish;
standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondidan bepul yillik foydalanish;
xalqaro grant mablagʻlari hisobiga xorijiy tajriba orttirish, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ustunlik.
xalqaro grant mablagʻlari hisobiga xorijiy tajriba orttirish, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ustunlik.
63. TQ faoliyatining samaradorligini baholash natijalari boʻyicha vakolatli shaxslarga quyidagi javobgarlik choralari koʻriladi:
63. TQ faoliyatining samaradorligini baholash natijalari boʻyicha vakolatli shaxslarga quyidagi javobgarlik choralari koʻriladi:
TQga aʼzo — tashkilotlarning tarkibidan vakolatli shaxs(lar)ni chiqarish;
TQga aʼzo — tashkilotlarning tarkibidan vakolatli shaxs(lar)ni chiqarish;
standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda TQ ishtirok etishini toʻxtatish.
standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda TQ ishtirok etishini toʻxtatish.
11-bob. Standartlashirish boʻyicha texnik qoʻmitalar ishini moliyalashtirish
11-bob. Standartlashirish boʻyicha texnik qoʻmitalar ishini moliyalashtirish
64. TQ tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar qiymati TQ ishi dasturiga muvofiq TQga aʼzo — tashkilotlar bilan kelishiladi va aniqlanadi.
64. TQ tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar qiymati TQ ishi dasturiga muvofiq TQga aʼzo — tashkilotlar bilan kelishiladi va aniqlanadi.
65. TQning standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi.
65. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar uni tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbus bilan chiqqan subyektlarning, shuningdek, standartlarning qabul qilinishidan va qoʻllanilishidan manfaatdor boʻlgan boshqa tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Standartlarni qabul qilishdan hamda qoʻllashdan manfaatdor boʻlgan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning budjetdan tashqari yoki oʻz mablagʻlari hisobidan TQ aʼzolarini lavozim maoshlariga 50 foizgacha miqdorda qoʻshimcha ustamalar beriladi.
68. TQ ishida doimiy vakolatli vakillarning ishtirok etish xarajatlarini TQga aʼzo tashkilotlar qoplaydi.
68. TQ ishida doimiy vakolatli vakillarning ishtirok etish xarajatlarini TQga aʼzo tashkilotlar qoplaydi.
12-bob. Yakunlovchi qoida
12-bob. Yakunlovchi qoida
69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Kelishildi
‎__________________________________
‎(lavozimi, tashkilot nomi) __________________________________
‎ (imzo) (imzoning yoyilmasi)
‎20__ yil “___” ____________

Tasdiqlayman
‎Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga
‎solish agentligi ___________________________________
‎(imzo) (imzoning yoyilmasi)
‎ 20__ yil “____”_______________

‎‎Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita toʻgʻrisida
‎NIZOM

‎‎STQ ________ “____________________________________________________________________________”
‎(Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning belgilanishi va nomlanishi)

‎‎1. Qoʻllanish sohasi

‎‎Ushbu Nizom standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati sohasini, tuzilmasi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ishlarni bajarish qoidalarini belgilaydi va ____________________________________________________________ sohasida standartlashtirish boʻyicha faoliyatda ishtirok etuvchi tashkilotlarga qoʻllaniladi.

‎‎2. Normativ havolalar
‎‎ushbu Nizomda quyidagi normativ va texnik havolalar qoʻllanilgan: ____________.
‎‎3. Umumiy qoidalar

‎‎3.1. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita “Oʻzstandart” agentligining buyrugʻi bilan tashkil etilgan. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita kotibiyatini ____________________________________________________________________________________yuritadi.

‎‎(tashkilot nomi)

‎‎3.2. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitani tashkil etishning maqsadi _____.
‎3.3. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning vazifalari _______________.
‎3.4. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita oʻz faoliyatida ______ amal qiladi.
‎4. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati sohasi ____________.
‎5. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tuzilmasi _________________.
‎6. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotib va aʼzo — tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va funksiyalari __________.
‎7. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ish tartibi _________________.
‎8. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita ishini moliyalashtirish ___________.

Kelishildi
‎__________________________________
‎(lavozimi, tashkilot nomi) __________________________________
‎ (imzo) (imzoning yoyilmasi)
‎20__ yil “___” ____________

Tasdiqlayman
Oʻzbekiston standartlar instituti ___________________________________
‎(imzo) (imzoning yoyilmasi)
‎ 20__ yil “____”_______________

‎‎Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita toʻgʻrisida
‎NIZOM

‎‎STQ ________ “____________________________________________________________________________”
‎(Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning belgilanishi va nomlanishi)

‎‎1. Qoʻllanish sohasi

‎‎Ushbu Nizom standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati sohasini, tuzilmasi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ishlarni bajarish qoidalarini belgilaydi va ____________________________________________________________ sohasida standartlashtirish boʻyicha faoliyatda ishtirok etuvchi tashkilotlarga qoʻllaniladi.

‎‎2. Normativ havolalar
‎‎ushbu Nizomda quyidagi normativ va texnik havolalar qoʻllanilgan: ____________.
‎‎3. Umumiy qoidalar

‎‎3.1. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita Oʻzbekiston standartlar institutining qarori bilan tashkil etilgan. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita kotibiyatini ____________________________________________________________________________________yuritadi.

‎‎(tashkilot nomi)

‎‎3.2. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitani tashkil etishning maqsadi _____.
‎3.3. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning vazifalari _______________.
‎3.4. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita oʻz faoliyatida ______ amal qiladi.
‎4. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati sohasi ____________.
‎5. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tuzilmasi _________________.
‎6. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotib va aʼzo — tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va funksiyalari __________.
‎7. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ish tartibi _________________.
‎8. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita ishini moliyalashtirish ___________.
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Tasdiqlayman
‎Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita raisi
‎___________ _____________________

‎‎(imzo)

‎‎(imzoning yoyilmasi)

‎‎20__ yil “____” _____________

‎‎
‎Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ish
‎DASTURI
‎STQ _______ “______________________________________________________________________________”
‎(standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning belgilanishi va nomi

‎‎Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ish dasturi maqsadlari:
‎Uning ishlash samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlar:

‎1. Standartlashtirish boʻyicha ishlar:

‎‏T/r

Belgilanishi ‎‎‏

Loyihaning nomi

Ijro etuvchi‎‎

Ishlarni bajarishning rejalashtirilgan muddatlari ‎‎

dan‎‎

gacha‎‎

‎‎Standartlarni ishlab chiqish

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Standartlarni koʻrib chiqish

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Standartlarni tekshirish, tahlil qilish

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎2. Boshqa ishlar: ______________________________________________________________________________

‎‎Masʼul kotib

___________________‎‎‎

‎‎_________________________

‎ Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita
‎raisi
‎___________ __________________________

‎‎(imzo)

‎‎(imzoning yoyilmasi)

‎‎20__ yil “____” _______________

‎‎_____ yil uchun standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ishi toʻgʻrisida
‎yillik hisobot
‎STQ ________ “____________________________________________________________________________”
‎(standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning belgilanishi va nomi)

‎‎1. Umumiy maʼlumotlar:
Kotibiyatni yurituvchi tashkilot‎‎ ‎‎
Rais ‎‎ ‎‎
‎‎Rais oʻrinbosar(lar)i ‎‎
Masʼul kotib‎‎ ‎‎
Hisobot yilida standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tarkibidagi oʻzgarishlar ‎‎ ‎‎
‎‎2. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tuzilmasi:
‎Kichik qoʻmitalar ‎‎
Ishchi guruhlar ‎‎
‎‎Hisobot yilida tuzilmadagi oʻzgarishlar ‎‎
‎3. Hisobot yilida standartlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish natijalari:

‎‎Belgilanishi

Nomlanishi ‎‎

‎‎Standartlar ishlab chiqildi

‎‎ ‎‎

‎‎Standartlar koʻrib chiqildi

‎‎ ‎‎

‎‎Standartlar tekshirildi (tahlil qilindi)

‎‎ ‎‎
‎‎4. Xalqaro va mintaqaviy standartlashtirish boʻyicha ishlar natijalari:_____________
‎5. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning yigʻilishlari: ____________________
‎6. Boshqa ishlar: _________________________________________________________

Masʼul kotib‎‎

_______________‎‎

_______________________‎‎

‎‎Ovoz berish byulleteni

Ovoz berish byulleteni‎‎

Ovoz berish sanasi‎‎

STQ (STQQ)‎‎

Aʼzo — tashkilotning nomi‎‎

‎‎1. Standartning belgilanishi va nomi _____________________________________________________________
‎‎2. Loyihani taklif etilgan tahrirda maʼqullash
‎‎3. Quyidagi fikr-mulohazalar bilan (takliflar)ga qarshi
‎‎Fikr-mulohazalar: ________________________________________________________________________
‎‎4. Quyidagi asoslarga koʻra betaraf qolish
‎‎Asoslash: ________________________________________________________________________________
Doimiy vakolatli vakil‎‎

___________________‎‎

________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(imzoning yoyilmasi)

‎‎20___ yil “___” __________