07.03.2019 yildagi PQ-4231-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.03.2019 yildagi PQ-4231-son
Date of entry into force
09.03.2019
Hujjat 09.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning biznes gʻoyalarini amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashish borasida qator choralar koʻrilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻlishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli gʻoyalari va loyihalari roʻyobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi taʼminlanishiga zamin yaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, aholining mehnat orqali daromad topishga boʻlgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni, aholi tomorqalari va boʻsh ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bogʻliq loyihalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlarida aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanishiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga har tomonlama koʻmaklashish va mazkur yoʻnalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Markaziy banki, tijorat banklari va tegishli idoralar rahbarlaridan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlaridan iborat Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari, tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, viloyat, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari” (keyingi oʻrinlarda — Markazlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati tarkibida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida boʻlinmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilmasida Aholi tadbirkorligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash dasturlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida tegishli sektorlar tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etayotgan banklarga aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish va monitoring yuritishni tashkil etish boʻyicha maxsus boshqarmalar va filiallarda maxsus boʻlimlar ochish hamda boshqarma (boʻlim)lar faoliyatiga bevosita rahbarlikni rais oʻrinbosariga biriktirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Namangan viloyatida 2019-yilda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida aholi bandligi va daromadlari oshishiga koʻmaklashish va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tajriba tariqasida Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasida 14 ta shtat birligidan iborat tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining oʻzini oʻzi band qilishini ragʻbatlantirish boʻlimi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida aholining daromad olish borasidagi loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish, agrotexnika va veterinariya xizmatlari koʻrsatish, ishsiz va band boʻlmagan aholini, shu jumladan uning muhtoj qatlamlarini tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilishning samarali shakllariga oʻrgatish, klaster tizimi orqali daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, loyihalarning uzluksiz va muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga amaliy yordam berish boʻlimning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3 — 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etishga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Sh.A. Vafayev masʼul etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.Ya. Xaydarov, Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari A.R. Karimov, Markaziy bank raisining oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayevlar Dastur koordinatorlari etib belgilansin hamda ularga:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va tuman (shahar)lar Markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va tuman (shahar)larda dastur ijrosini taʼminlashda ishtirok etadigan tijorat banklarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilayotgan resurslarni hududlarning salohiyati, mablagʻlarni oʻzlashtirish darajasidan kelib chiqqan holda hududlar va banklar kesimida taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy ehtiyojdan hamda shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni tijorat banklari hamda hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlash vakolatlari berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Dastur koordinatorlari va tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)lar ixtisoslashuvi hamda aholi koʻnikmalaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun mahalliy hokimliklar bilan birgalikda qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq va mahallalarda aholining oilaviy biznesni rivojlantirish borasidagi takliflari va xohish-istaklaridan kelib chiqib hamda dasturni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan viloyat Markazlariga koʻrsatmalar berib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5242-son, 2018-yil 27-iyundagi ““Yoshlar-Kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmonlari, 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son, 2018-yil 7-iyundagi ““Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777-son va 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3856-son qarorlari asosida imtiyozli kreditlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar yoki tuman (shahar)lar Markazlari tomonidan oilalarning xohish va istaklari, tadbirkorlik subyektlari va yoshlarning loyihalari, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligi chuqur oʻrganilib, har bir oila va tadbirkorlik subyektlarining taklif etayotgan loyihalariga kredit ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida beriladigan xulosalar asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar koʻrsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va uyushmalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda barcha tuman (shahar)larda aholi va muhtoj oilalarni foydali mehnatga jalb etgan holda eksportbop, bozor talabiga toʻliq javob beradigan qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonini qamrab olgan klaster tizimini keng joriy etish boʻyicha aniq choralarni koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash jarayonida aholining, birinchi navbatda, muhtoj oilalarning ishtirokini va moddiy manfaatdorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida ulardan mahalliy sharoitlarda keng foydalanish, klaster tizimini joriy qilishda xorijiy mutaxassislarni va mazkur sohada yuqori koʻrsatkichlarga erishgan yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
serhosil meva-sabzavot ekinlarini ekish, naslli chorva mollarini yetishtirish, tayyor mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayoniga zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi va Markazlar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik sohasida muayyan tajriba va yutuqlarga erishgan tadbirkorni ularning soha va imkoniyatlarini oʻrgangan holda tajriba orttirish, koʻnikma shakllantirish maqsadida “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida maslahatlarni berish boʻyicha imtiyozli kreditlar olayotgan tashabbuskor, ayniqsa yosh tadbirkorlarga biriktirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining, ayniqsa yoshlarning biznes gʻoya va startaplarini amaliyotga tatbiq etishga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda “biznes inkubatorlar”ni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va Markazlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarning oʻziga xos xususiyatini hisobga olib, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yoʻnalishga ixtisoslashtirish, imtiyozli kreditlarni mavjud sharoit va oilalarning xohish-istaklari inobatga olingan holda ajratilishiga eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq va mahallalarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga boʻsh turgan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida 2 yil muddatda ushbu yer maydonlarini haqiqiy daromad manbaiga aylantirish sharti bilan doimiy yoki uzoq muddatga ijaraga berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar va tumanlar markazlarida foydalanilmasdan turgan binolarni tadbirkorlik subyektlariga ularda ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish loyihalarini amalga oshirish sharti asosida doimiy yoki uzoq muddatga foydalanish huquqi bilan berish vazifalari yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3182-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan sektor rahbarlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari oʻzlari rahbarlik qilayotgan hududlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi taʼminlanishida va kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishiga masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin hamda bu borada tijorat banklariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklariga, xonadonlarga tashrif buyurgan holda imtiyozli kreditlardan foydalanish samarasi, natijadorligi va belgilangan muddatlarda qaytarilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda kreditlash shartlari bajarilmagan holatlarda tegishli choralar koʻrilishi uchun masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari O.A. Butayev belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 7-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4231-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, Komissiyasi raisi

M.B. Nurmuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

A.A. Hayitov

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

A.Ya. Xaydarov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

A.R. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari

S.M. Xolxoʻjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi oʻrinbosari

Sh.A. Vafayev

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari — Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

lavozimi boʻyicha

Loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari rahbarlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4231/2724-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son; 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)