1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari va daromadlari jamgʻarilishini taʼminlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 69-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.D. Abduxakimov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 26-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari yoki ularning filiallari, nodavlat taʼlim xizmatlari faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt (shu jumladan, oshirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining mazkur mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarida aks ettiriladigan yil boshiga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlar xam inobatga olingan holda) qismining 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaga oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladigan ajratmalar har yilning 1-aprelidan kechiktirmay tushirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarmaga toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladigan ajratmalar hajmining toʻgʻri belgilanishi hamda belgilangan muddatda oʻtkazilishi yuzasidan masʼuliyat oliy taʼlim muassasalarining rektorlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlari Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin. Olingan foiz daromadlari mazkur Nizomning 8, 10 va 12-bandlarida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish va oliy taʼlim muassasalari kitob fondini toʻldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv binolari, talabalar turar joylari, sport inshootlari va boshqa infratuzilma obyektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlarini inobatga olgan holda) amalga oshirishga, ularning moddiy holatini yaxshilash, shu jumladan zarur zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, mebel, inventarlar bilan jihozlash, kuzatuv, nazorat va identifikatsiya tizimlari, vositalari va qurilmalari bilan taʼminlash va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar xarid qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, axborot-taʼlim resurslarini ishlab chiqish, oʻquv va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi tizimlarni yaratish, vazirlik va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish, interaktiv taʼlim resurslari va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻi qurilmalarini ishchi holatda saqlash va xizmat koʻrsatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijning yetakchi olim, professor-oʻqituvchi va mutaxassislarini respublika oliy taʼlim, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari oʻquv va ilmiy-metodik jarayoniga jalb etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tizimida taʼlim va ilm-fan jarayonini isloh qilish va takomillashtirish maqsadlarida xorijiy ekspert va konsultantlarni jalb etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari doirasida loyiha, tanlov hamda shartnoma hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish, tovar qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan deklaratsiya-sertifikatsiya ishlari, vaqtinchalik ombordan foydalanish va konsalting xizmatlari uchun haq toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy, tarbiyaviy, psixologik va boshqa oʻquv-uslubiy, ilmiy loyihalar hamda tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish (ishchi guruhlarning ish haqi, xizmat safari va boshqa xarajatlar)ga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar yoki talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika tanlovlari gʻoliblarini taqdirlash va ragʻbatlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishda faollik koʻrsatgan oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilarini moddiy ragʻbatlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvchi talabalarni ijtimoiy himoyalash tadbirlari (bir yilda bir talabaga eng kam ish haqining 10 (oʻn) baravari miqdoridan oshmaydigan bir martalik moddiy yordam)ga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakillik tadbirlarini (xorijiy delegatsiyalarni kutib olish, transport xizmati, tarjimonlarni jalb qilish, sovgʻa va suvenirlar sotib olish, ovqatlantirish) oʻtkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, oliy taʼlim muassasalarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari hamda stipendiya toʻlovlarini amalga oshirish uchun 6 oygacha boʻlgan muddatga foizsiz ssuda mablagʻlari ajratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga koʻra oʻtkaziladigan sport-sogʻlomlashtirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik rahbar va xodimlarini xorijiy boshqaruv idoralari, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarga tajriba oʻrganish va hamkorlik oʻrnatish maqsadlarida xorijiy xizmat safariga yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikda tashkil etiladigan ekspert-tahlil guruhlariga haq toʻlashga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma mablagʻlari oliy taʼlim muassasalarining Budjet muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, gʻazna ijrosi bilan qamrab olinmagan muassasalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma mablagʻlari vazirlik markaziy apparatining quyidagi xarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan axborot-kommunikatsiya jihozlari, mebel, inventarlar va transport vositalarini xarid qilish, rekonstruksiya, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bilan bogʻliq xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ijtimoiy muhofaza qilish (yoʻlkira va ovqatlanish xarajatlari uchun qoʻshimcha haqlar koʻrinishida) xarajatlarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ijtimoiy muhofaza qilish xarajatlarini toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (keyingi oʻrinlarda vazir deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlar ushbu xarajatlarni asoslovchi tegishli hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarning asoslanganligi va sifati, keltirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi yuzasidan oliy taʼlim muassasalari rektorlari javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Zarur xollarda, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, majlis bayonlari asosida vazirlik huzurida tashkil etiladigan muassasa (tashkilot)larni hamda vazirlik markaziy apparati uchun qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi, vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga yil davomida belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun jamgʻarmani boshqarish kengashi (keyingi oʻrinlarda kengash deb ataladi) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash aʼzolari kengash tarkibida oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va kengash vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha aʼzolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash, qoidaga koʻra, kengash raisi, raisning oʻrinbosari, kotib va aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash 7 ― 9 nafar vazirlik va oliy taʼlim muassasalarining rektorlari va masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Kengashning shaxsiy tarkibi, qoidaga koʻra, bir yilda bir marta vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir lavozimiga koʻra kengash raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kengash aʼzolarining vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha kengashga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha ovoz berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash aʼzolari majlisda shaxsan qatnashadilar. Bunday qatnashishning imkoni boʻlmagan taqdirda kengash aʼzosi majlisning kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kengash raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengashning samarali ishlashini taʼminlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kengash kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlisni oʻtkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kun tartibi masalalari boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, vaqti, joyi va kun tartibi loyihasidan xabardor qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni kengash aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash kotibi kengash aʼzosi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kengash oʻz majlislarini zaruriyatga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kengash majlisini kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa — kengash raisining oʻrinbosari boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kengash majlisi unda kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda oʻtkazilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais va uning oʻrinbosari boʻlmaganda, kengash majlisini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, oliy taʼlim muassasasining xodimlari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kengash qarori kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini, shuningdek kengash mablagʻlaridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari boʻyicha qaror kengashning majlisda qatnashgan aʼzolari uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarorlari kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda vazir buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Quyidagilar kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot yili yakuni boʻyicha jamgʻarma mablagʻlarining daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vazirlikning Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi jamgʻarmaning ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari hamda jamgʻarmadan saqlash xarajatlari moliyalashtiriladigan tashkilotlarning jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlarini umumlashtiradi va kengashga koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarmaning tushumlar manbalari boʻyicha daromadlari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakuni boʻyicha jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi hamda kengashga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisobotini yuritish xamda joriy xizmat koʻrsatish ishlari vazirlikning Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Hisob, hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar vazirlikning budjetdan tashqari boshqa mablagʻlaridan alohida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot kengash tomonidan koʻrib chiqiladi hamda xar yili vazirlik hayʼati yigʻilishida 15-martgacha tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi va uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlar (ish va xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar roʻyxatlari vazirlikning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi hamda vazirlikning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan toʻlov-kontrakt (shu jumladan, oshirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining mazkur mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarida aks ettiriladigan yil boshiga qoldiq qismining 5 foizi miqdoridagi ajratmalar toʻlanadi.
har yili 1-apreliga qadar
2-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash uchun jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Jamgʻarmani boshqarish kengashi tuziladi va uning shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi.
har yili
3-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilib tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Jamgʻarmani boshqarish kengashi
1 Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish masalalari Jamgʻarmani boshqarish kengashi majlisida muhokama etiladi, mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
2. Kengash qarorlari kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
zaruriyatga koʻra (har chorakda kamida bir marta)
5-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot Jamgʻarmani boshqarish kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Hayʼati yigʻilishida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma daromadlari homiylik xayriyalari mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt (shu jumladan oshirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining mazkur mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarida aks ettiriladigan yil boshiga qoldik qismining 5 foizi miqdoridagi ajratmalari hisobiga shakllantiriladi”.