22.02.2019 yildagi 154-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.02.2019 yildagi 154-son
Date of entry into force
22.02.2019
Hujjat 22.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallar taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltin medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo boʻlgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kumush medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasiga muvofiq har yili umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 22-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktab-internatlari, sport yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda bitiruvchilar deb ataladi) oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bitiruvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan davlat va nodavlat umumtaʼlim muassasalari, akademik litseylar (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb ataladi) tomonidan ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bitiruvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oltin medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo boʻlgan yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kumush medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barcha kurslarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Namunali xulq-atvorga ega hamda jamoat ishlarida faol bitiruvchilar roʻyxati taʼlim muassasasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va amaliyotchi psixologi tomonidan tegishli oʻquv yilining yakunida taʼlim muassasasining Pedagogik kengashiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitiruvchilarning namunali xulq-atvori ularning maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga doim rioya etishi, maktab formasiga rioya etishi, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda boʻlishi bilan asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitiruvchilarning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishi ularning taʼlim muassasasi manfaati, uning shaʼni va nufuzi toʻgʻrisida qaygʻurganligi, taʼlim muassasasi rivoji uchun jonkuyarlik qilganligi, turli yoʻnalishdagi tashkiliy tadbir va koʻrik-tanlovlarda faol ishtirok etishi bilan asoslanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Taʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari har yili 10-iyunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltin va kumush medallar bilan taqdirlashga munosib boʻlgan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini taʼlim muassasasining Pedagogik kengashiga (keyingi oʻrinlarda Pedagogik kengash deb ataladi) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Pedagogik kengash ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida har yili 14-iyunga qadar bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida taʼlim muassasasi direktori tomonidan har yili 15-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Pedagogik kengashning bitiruvchilarni oltin yoki kumush medallar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi har yili 17-iyunga qadar taʼlim muassasasi joylashgan hudud boʻyicha tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi har yili 20-iyunga qadar tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda har yili 25-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi taʼlim muassasalari oltin va kumush medal bilan taqdirlangan bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili 25-iyunga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar har yili 30-iyunga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilar roʻyxatini joylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Buyurtmani shakllantirish hamda oltin va kumush medallarni tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Taʼlim muassasalari ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan talablar asosida tegishli oʻquv yilining 15-noyabriga qadar oltin va kumush medallarga buyurtmani tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tegishli oʻquv yilining 25-noyabriga qadar buyurtmalarni umumlashtirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari oltin va kumush medallarga buyurtmani umumlashtirib, tegishli oʻquv yilining 1-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi taʼlim muassasalari belgilangan tartibda oltin va kumush medallarga buyurtmani har oʻquv yilining 1-dekabriga qadar belgilangan tartibda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmalarni umumlashtirib, tegishli oʻquv yilining 15-dekabrigacha “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga buyurtma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasi asosida oltin va kumush medallarni tegishli oʻquv yilining 1-mayiga qadar tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oltin va kumush medallar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat unitar korxonasi tomonidan tegishli oʻquv yilining 1-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oltin va kumush medallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tegishli oʻquv yilining 5-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari orqali tegishli oʻquv yilining 8-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasarrufida taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar oltin va kumush medallarni qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida tegishli oʻquv yilining 5-iyuniga qadar taʼlim muassasalariga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Taʼlim muassasasida oltin va kumush medallar taʼlim muassasasi direktorining poʻlat sandigʻida (seyfda) saqlanadi. Medallar oʻquvchilarga topshirilgunga qadar saqlash uchun javobgarlik taʼlim muassasasi direktoriga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oltin va kumush medallar turli sabablarga koʻra ortib qolgan taqdirda tegishli oʻquv yilining 15-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida taʼlim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosariga, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari tomonidan tegishli oʻquv yilining 18-iyuniga qadar topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining masʼul xodimiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tegishli oʻquv yilining 30-iyuniga qadar Xalq taʼlimi vazirligiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ortib qolgan oltin va kumush medallar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida zaxira sifatida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oltin va kumush medallar davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallarning diametri 35 millimetrli doira shaklida boʻlib, metall qotishmasidan tayyorlangan, doira boʻrtma shaklda. Oltin medal oltinsimon rangli, kumush medal kumushsimon rangli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oltin va kumush medallarning oʻrta qismida doiraning markazida, koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida boʻrtma kitob tasvirlangan, uning umumiy balandligi 20 millimetr, eni 28 millimetr, pastki chap tomondan oʻng tomonga qarab ustki qismiga qadar nihol tasvirlangan. Yuqoridagi belgilar diametri 30 millimetr boʻlgan doira shaklidagi boʻrtma gardish bilan oʻralgan. Medalning chap pastki qismidan boshlab aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻQISNDAGI MUVAFFAQIYATLARI VA NAMUNALI XULQI UCNUN” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medallarning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining logotipi tasvirlangan. Medalning orqa tomoni chap pastki qismidan boshlab aylana boʻylab bosh harflar bilan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI” degan yozuv joylashgan. Harflarning oʻlchami 2 millimetr.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuvlar qabariq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medallar ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning boʻyi — 15 millimetr, eni — 25 millimetr. Qadagʻichda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomoniga medallarni kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 09/19/154/2650-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.12.2023-y., 09/23/666/0943-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)