01.02.2019 yildagi 81-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.02.2019 yildagi 81-son
Date of entry into force
02.02.2019
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabi boʻlgan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirishni taʼminlash hamda Jizzax viloyatida yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq “Nuaxin Cement” Co LTD (XXP) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) tomonidan umumiy qiymati 150,0 mln AQSh dollarilik bir yilda 1,2 mln tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan sement zavodi (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) qurilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Nuaxin Cement” Co LTD (XXP) kompaniyasi tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Nuaxin Cement Jizzakh” xorijiy korxona tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda investor bilan investitsiya shartnomasi belgilangan tartibda tuzilishini taʼminlasin, unda investorning huquq va majburiyatlarini, investitsiyalar hajmini, tashkil etiladigan ish oʻrinlarining rejalashtiriladigan sonini, investorga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalarpi hamda ilovaga* muvofiq dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlarni hisobga olgan holda boshqa investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar investor tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jizzax viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida sement zavodi qurilishi uchun Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hududida 81 ga qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Nuaxin Cement Jizzakh” MChJ XKga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini 2019-yil 1-iyulgacha muddatda loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning oʻzida ishlab chiqish bilan amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻztransgaz” AJ qurilayotgan sement zavodi tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalariga ulanishida “Nuaxin Cement Jizzakh” MChJ XKga zarur yordam bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi istisno tariqasida “Nuaxin Cement Jizzakh” MChJ XKga noruda foydali qazilmalar mavjud boʻlgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga, shu jumladan, Forish konida glina qazish va Jizzax viloyatida joylashgan Sharqiy Uchqoʻrgʻon konida ohaktosh qazish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida litsenziyalar berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi investitsiya loyihasi davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini va uni amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan zarur nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Nuaxin Cement Jizzakh” MChJ XK investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ishlab chiqarish boshlangandan keyin 2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nuaxin Cement Jizzakh” MChJ XK va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, mashina va mexanizmlar, maxsus transport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi uzellar, priborlar va instrumentlar, texnik va loyiha hujjatlari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatiladigan xizmatlar, chetdan olib kelinadigan tovarlar, materiallar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, transport vositalari priborlari, ehtiyot qismlar, instrumentlar, yoqilgʻi-moylash materiallari Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalanishi va sertifikatlanishida yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlar toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada tegishli akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda import qilinadigan materiallar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, ehtiyot qismlar, instrumentlar — majburiy sertifikatlash tartibotidan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Nuaxin Cement Jizzakh” MChJ XKning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan, zarurat boʻlganda esa — Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Nuaxin Cement Jizzakh” MChJ XKning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari davlat boji undirilmasdan berilishini va uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddatini uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Nuaxin Cement Jizzakh” MChJ XKning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislar (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmagan) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etilishiga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Jizzax viloyatining hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2019-y., 09/19/81/2562/-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)