1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5643-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek, chet el investitsiyalari keng jalb etilishini taʼminlash hamda respublikaning tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzurida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo bojxona-tarif kengashini tugatgan holda Tarif va notarif tartibga solish kengashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el investorlarini maʼlumotlar bilan taʼminlash va huquqiy koʻmak berish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni hal etish, zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha ularga xizmat koʻrsatish uchun Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy xom ashyo negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun ilgʻor xorijiy texnologiyalarni izlab topish, jalb qilish va joriy etishga koʻmaklashish, ilmiy ishlanmalarni ekspertiza qilish, ularning miqyosini kengaytirish va tijoratlashtirishning samarali tizimini yaratish, ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiquvchi va joriy etuvchi korxonalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini shakllantirish maqsadida Texnologik rivojlanish agentligi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Tarif va notarif tartibga solish kengashining tarkibi 1-ilovaga koʻra namunaviy tarkibga muvofiq shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Texnologik rivojlanish agentligi tuzilmalari 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Texnologik rivojlanish agentligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1 183 nafar, shu jumladan, Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlari — 200 nafar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Texnologik rivojlanish agentligi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tuzilmalarini va boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida ularning boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan boshqaruv xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqi miqdori hamda boshqa toʻlovlarni chet el valyutasida belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Texnologik rivojlanish agentligi direktorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri taqdimnomasiga asosan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Texnologik rivojlanish agentligi direktorlari oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, uning oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar hamda Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar va shaharlar investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlari boshliqlari — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar, shuningdek, Toshkent shahar investitsiyalar va savdo boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqqan holda investitsiya shartnomalarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni bozorda ustun mavqega olib chiquvchi alohida huquq va qoidalar kiritilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq mexanizmlarini belgilab beruvchi namunaviy investitsiya shartnomalari hamda ularni tuzish va imzolash qoidalarini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, 2019-yil 1-iyuldan boshlab investorlar bilan oʻzaro aloqalar “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshiriladi, uning doirasida salohiyatli investorlarga konsultatsiya berish, ularning davlat xizmatlaridan foydalanishi, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasiga ulanishida yordamlashish, shuningdek investitsiya shartnomalarini tuzishda koʻmaklashish borasidagi ishlar bajariladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik ikki oy muddatda investorlar bilan “yagona darcha” tamoyili asosidagi oʻzaro hamkorlik qilish tartibini, shuningdek tumanlar, shaharlardagi Vazirlik xodimlarining tegishli davlat xizmatlari markazlariga yuborilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalarni jalb qilish va tashqi savdoni rivojlantirish uchun masʼul oʻrinbosarlari har chorakda Vazirlikka iqtisodiyotning asosiy sohalariga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining texnik koʻmagi vositalari (grantlari) va imtiyozli kreditlari hisobidan loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida tahliliy materiallar va hisobotlar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda ajratiladigan koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar, shuningdek avvalgi ish joyida berilgan maxsus unvonlar, darajali unvonlar, diplomatik va boshqa martabalar saqlab qolinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatining joriy taʼminoti va moliyalashtirish xarajatlari (ish haqi, mukofotlar, ustamalar va boshqa toʻlovlarni oʻz ichiga olgan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlarning tegishli budjetlari mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hamda Texnologik rivojlanish agentligi xodimlariga Vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shart-sharoitlari joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2722-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik tomonidan mahalliy hamda xorijiy investorlar va tashqi savdo faoliyati ishtirokchilari uchun noqulay sharoitlar mavjudligi toʻgʻrisida kelib tushgan axborotlar boʻyicha tezkor choralar koʻrilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xususiy tadbirkorlik subyektlarining boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlari ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yoʻl xaritalari”)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyaning ishchi organi funksiyalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi qoshida tashqi savdo va eksport asoslari boʻyicha bepul kurslarni tashkil etish hamda kelgusida bunday kurslarni tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va boshqa masʼul vazirlik va idoralar tashqi savdo va eksport asoslari boʻyicha kurslarni tashkil etish va oʻtkazishda Savdo-sanoat palatasiga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish funksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklagan holda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasini 2019-yil 1-fevraldan boshlab tugatish va tugatilayotgan Jamgʻarmaning 14 nafar boshqaruv xodimlarini hududiy moliya organlari tuzilmasiga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy imkoniyatlarini joriy etishni taʼminlagan holda tan olinadigan mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasi mahsulotlarini oʻzini oʻzi sertifikatlash tizimini joriy etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining mansublik sertifikatini rasmiylashtirish funksiyasini Savdo-sanoat palatasiga berish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik xodimlarining moddiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha, jumladan ular uchun turar joylar va xizmat uylari qurish va Vazirlikni joylashtirishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uch oy muddatda eksport mahsulotlarini tizimli ravishda yetkazib berishni tashkil etish va kelgusida ularni mintaqaviy bozorlarda sotish maqsadida davlat-xususiy sherikligi asosida xorijda ulgurji-taqsimlash markazlarini tashkil etish boʻyicha choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlik Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish, sertifikatlash, yetkazib berish va sotish masalalariga oid koʻrsatuvlar turkumini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.09.00 Hukumat va boshqa turdagi maxsus aloqalar. Feldyegerlik aloqasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlikni belgilangan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqasi, Internet tarmogʻiga ulash hamda Vazirlikning samarali ishlashi uchun zarur boʻlgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlik xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2019-yilga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin va 2020-yildan boshlab zarur budjet mablagʻlarini koʻzda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 ta, shu jumladan, 25 ta shaxsiy biriktirilgan va ulardan 14 tasi Vazirlikning hududiy boʻlinmalari uchun moʻljallangan xizmat yengil avtomobillarining taʼminoti uchun limit belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2019-yil 1-iyunga qadar salohiyatli investorlarni qiziqtiruvchi dastlabki hisob-kitoblarga ega aniq loyihalar va boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiya hajmiga boʻlgan ehtiyojini aks ettiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv investitsiyaviy xaritasini ishlab chiqsin va joriy qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega, Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning tarkibiy va quyi boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar), shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlanishini;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 17-oktabrdagi PQ-3978-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portalida respublika hududlari eksport salohiyati, isteʼmol bozorlari hajmi boʻyicha statistik hisobotlar, sanitar va fitosanitar talablar, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning meva-sabzavot mahsulotlari bozorlariga kirishning boshqa shartlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan erkin foydalanish imkonini beruvchi elektron katalogning chop etilishini;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi milliy mahsulotlari brendini, jumladan, ommaviy axborot vositalarida tanlov tashkil etish orqali ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Vazirlik, uning boʻlinmalari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq natija va maqsadli indikatorlarga erishish, tashqi savdo va investitsiyalarni rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarga moʻljallangan strategiya dasturlari sifatli va samarali bajarilishini taʼminlash asosida baholashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda doimiy ravishda tashqi bozorlar talablarini, jumladan, xorijiy mamlakatlardagi vakolatli organlarga doimiy ravishda soʻrovlar joʻnatish orqali oʻrgansin, xorijda yuqori talabga ega mahsulotlar roʻyxatini shakllantirsin va umumfoydalaniladigan shaklda joylashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tashqi bozorlarni tahlil qilish natijalari asosida mahsulotga boʻlgan talabni, tegishli mamlakatga yetkazib berish rentabelligi va boshqa xususiyatlarni inobatga olgan holda mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va ruxsatnomalar olish masalalarini hal etish maqsadida mamlakatlar va mahsulotlar roʻyxatini har yili 5-yanvarga qadar vakolatli organlarga taqdim etilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro hamkorlikning aniq va samarali mexanizmlarini va bozorlarda yuzaga keluvchi vaziyatlarga oʻz vaqtida taʼsir chorasini koʻrishni nazarda tutuvchi Vazirlik huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish boʻyicha Kengash faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning boʻlinmalari va boshqa vakolatli organlarining mazkur sohadagi vakolatlarini aniq belgilagan holda, shuningdek, davlat boshqaruvi va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorligining aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Texnologik rivojlanish agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Vazirlik va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKni tugatish choralarini koʻrsin va ushbu sohada oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilot tuzish boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4135-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarif va notarif tartibga solish kengashining namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element