22.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 22.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780-2
Date of entry into force
22.01.2019
Hujjat 22.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2780-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016 va 4-son qarori (roʻyxat raqami 2780, 2016-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 172-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2019-yil 21-yanvar,

1-2019-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 21-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2019-yil 21-yanvardagi 1-2019, 1-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 4-bob quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“191. I va II guruh nogironi boʻlgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan oraliq nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish qobiliyati mavjud boʻlmaganda u oraliq nazorat davri boshlangunga qadar oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga murojaat qiladi. Bunda talaba haqiqatdan ham sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qilishini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasini taqdim etishi lozim. Ushbu talaba oraliq nazoratni ogʻzaki imtihon shaklida komissiyaga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qiladigan talabalardan ogʻzaki imtihonlarni qabul qiluvchi komissiya rektor buyrugʻi bilan tuziladi. Komissiya tarkibi har oʻquv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Komissiyaning qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qiladigan talabalar tomonidan oraliq nazoratni qayta topshirish mazkur Nizomning 8-bobiga muvofiq ogʻzaki imtihon shaklida amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 5-bob quyidagi mazmundagi 371-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“371. I va II guruh nogironi boʻlgan talabaning yakuniy nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish qobiliyati mavjud boʻlmaganda yakuniy nazorat mazkur Nizomning 191-bandida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qoʻshimchalar Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 21-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/2780-2/2522-son)