12.12.2018 yildagi PQ-4060-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.12.2018 yildagi PQ-4060-son
Date of entry into force
13.12.2018
Hujjat 07.03.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida davlat, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlovchi sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq, qoʻriqlash faoliyatini tashkil etishda hozirga qadar bir qator muammolar mavjud boʻlib, bular ichki ishlar organlarining mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmatlari qamrovining torligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi, mavjud qoʻriqlash tizimi va texnologiyalarining yetarlicha samarali emasligi, ushbu sohada sifatli servis xizmatini koʻrsatishning yagona texnik talablari va mexanizmlarining yoʻqligida namoyon boʻlmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mulkka boʻlgan tajovuzni profilaktika qilish va oldini olishda aholining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya)ni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 31-dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida Toshkent shahrida amalga oshirilgan texnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga xabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan tizim)ni bosqichma-bosqich joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqlash xizmatining ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash kuchlarining patrul guruhlari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish va bunda qoʻriqlanadigan obyektlardan kelib tushgan xabar joyiga eng yaqin patrul guruhining tez yetib borishini taʼminlash mexanizmlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmat turlarini kengaytirish, shu jumladan transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi obyektlarni qoʻriqlovga olish imkoniyatini beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi turar joylar qurilishida ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda ularni majburiy tarzda qoʻriqlash-yongʻin tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mahallalarini ularning xavfsizlik darajasining choraklik reytingini joriy etgan holda baholash hamda har yili “Eng xavfsiz mahalla” respublika tanlovini oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyaning Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash bosh boshqarmasi) tarkibida quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) asosiy faoliyat yoʻnalishi etib qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatiladigan qoʻriqlov texnik vositalar va tizimlarini montaj, demontaj qilish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha ishlarni bajarishni belgilagan holda “Qoʻriqlash Servis” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Qoʻriqlash Servis” DUK);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilagan holda Qoʻriqlash bosh boshqarmasining umumiy shtatlari soni doirasida 5 shtat birligida matbuot boʻlimini:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati faoliyati natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni, shu jumladan uning rasmiy veb-saytining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish orqali oʻz vaqtida yetkazish boʻyicha kompleks choralarni koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻriqlash Servis” DUK oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari bilan qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlov texnik vositalari va tizimlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqlanadigan obyektlarda oʻrnatilgan qoʻriqlov texnik vositalari va tizimlariga, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimning texnik infrastruktura obyektlariga xizmat koʻrsatish faqat “Qoʻriqlash Servis” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2019-yil 1-yanvardan boshlab shunday amaliyot joriy etilsinki, unga koʻra jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qoʻriqlov texnik vositalari jihozlarini oʻrnatish hamda bepul texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbektelekom” AJ hududiy filiallari avtomatik telefon stansiyalari binolarida avtomatlashtirilgan tizimning jihozlarini oʻrnatish uchun zarur boʻlgan joylarni oʻrnatilgan tartibda ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan tizimning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun aloqa tariflariga, shuningdek, “Oʻzbektelekom” AJ optik tolali aloqa kabellarini yotqizish boʻyicha xizmatlariga imtiyoz taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat xavfsizligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni toʻlaqonli taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati tomonidan hududlarda patrullikni tashkil etish bilan bogʻliqlikda videokuzatuv va texnik vositalarning butun kompleksidan foydalaniladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga, istisno tariqasida, avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish maqsadida mahalliy va xorijiy korxonalar bilan tovarlarni xarid qilish va yetkazib berish, shuningdek, xizmat koʻrsatish boʻyicha konkurs (tender) savdolarini oʻtkazmasdan shartnomalar tuzishga ruxsat etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish uchun olib kiriladigan jihoz, texnika, aloqa tizimi va vositalari, dasturiy mahsulotlar uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalariga undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining boʻshaydigan moliyaviy mablagʻlari jismoniy shaxslarning xonadonlari va uy-joylariga bosqichma-bosqich qoʻriqlov jihozlarini bepul oʻrnatish va ularga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltiriladi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qurilish vazirligi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yangi turar joylar qurishda ularni qoʻriqlash-yongʻin tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlash majburiyligini koʻzda tutuvchi takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda avtomatlashtirilgan tizimni respublikaning barcha hududlarida joriy etish hamda bosqichma-bosqich rivojlantirish boʻyicha Texnik topshiriq va dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablariga muvofiq, namunali fuqarolar yigʻinlarini ragʻbatlantirish mexanizmini nazarda tutgan holda, respublika mahallalarini baholash tartibini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Qoʻriqlash Servis” DUK nizomini tasdiqlashni, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va ustav fondini shakllantirishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qoʻriqlashni taʼminlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati mutaxassislarini chaqirishning yagona qisqa raqamini, shuningdek, texnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga ulanish uchun onlayn ariza rasmiylashtirish tartibini kiritish choralarini koʻrsin.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ-4229-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 12-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4060-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4060/2312-son; 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 07/21/5190/0689-son; 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son; 29.11.2025-y., 07/25/360/1110-son)