Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2017 26.04.1996 yildagi 163-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.04.1996 yildagi 163-son
Date of entry into force
26.04.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2017
Hujjat 26.04.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“OʻZBEKNAVO” GASTROL-KONSERT BIRLAShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ–2778-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 5-apreldagi PF-1419-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Nizom, uning tarkibiga kiruvchi ijodiy jamoalar va komplekslar roʻyxati hamda birlashma direksiyasi tuzilmasi 1, 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijodiy-texnik imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish maqsadida “Turkiston” saroyi va “Bahor” komplekslarining, shuningdek konsert tashkilotlarining, ularga kiruvchi ijodiy jamoalar va alohida ijrochilarning amaldagi tuzilmasini qayta koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda estrada-sirk sanʼati respublika studiyasi negizida kollej, shuningdek M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasida estrada sanʼati fakulteti tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda “Oʻzbeknavo” birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash haqidagi takliflarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda madaniyat va sanʼat sohasi faoliyat turlarini mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan xorijiy va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlari Roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh direktor rahbarlik qiladigan direksiya “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi boshqaruvining ijro etuvchi-tasarruf qiluvchi organi hisoblanadi. “Oʻzbeknavo” bosh direktori birlashma Kengashining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash birlashma boshqaruvining maslahatlashuv organi hisoblanadi, uning tarkibiga qatnashchi tashkilotlar va hududiy boʻlimlar rahbarlari, shuningdek birlashma bosh direktori hamda uning oʻrinbosarlari kiradilar. Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorining amal qilishi “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasiga ham joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekiston” birlashmasi huzurida maqsadi musiqa va raqs sanʼatini rivojlantirishdan, ijodiy jamoalarni hamda alohida ijrochilarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashdan, yosh talantlarni tayyorlash va ragʻbatlantirishdan iborat boʻlgan Rivojlantirish jamgʻarmasi belgilangan tartibda tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, davlat, jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar Jamgʻarma muassislari boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda “Oʻzbeknavo” birlashmasi huzuridagi Rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda birlashma tarkibiga kiruvchi ijodiy musiqa jamoalarining asosiy fondlarini, davlat mulkini Madaniyat ishlari vazirligi balansidan “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi balansiga tekin oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni toʻliq xoʻjalik hisobiga oʻtadigan 1999-yilgacha (alohida satr bilan ajratgan holda) budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashni saqlab qolsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining boshqaruv apparatiga xizmat koʻrsatish uchun ikkita yengil avtomobilga limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasiga ajratilgan limit va direksiya buyurtmanomalariga muvofiq transport xizmati koʻrsatishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi uchun hukumat va shahar telefon aloqasi oʻrnatishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy filarmoniya, estrada, raqs, folklor va boshqa konsert tashkilotlari negizida “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi boʻlimlari tashkil etilishiga koʻmaklashsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi Ustavini roʻyxatdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi direksiyasi Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 2-uydagi “Turkiston” saroyiga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-martdagi 161-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 26-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-apreldagi 163-son qaroriga
1-ILOVA

“Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi (bundan buyon matnda “Oʻzbeknavo” deb ataladi) qoʻshma faoliyatni amalga oshiruvchi ijodiy konsert jamoalari va alohida ijrochilarni ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish kompleksi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbeknavo” tarkibiga davlat respublika va viloyat konsert tashkilotlari bilan bir qatorda, qaysi idoraga qarashliligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar kirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbeknavo” Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Prezident Farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbeknavo” yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga ega boʻladi, alohida mulkka egalik qiladi, oʻz nomidan har xil turdagi shartnomalar, bitishuvlar, shu jumladan xorijiy sheriklar bilan ham shartnomalar, bitishuvlar tuzishi, mulkiy va shaxsiy, mulkiy boʻlmagan huquqlar va majburiyatlar olishi, arbitrajda, sud yoki hakamlik sudida daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbeknavo” direksiyasi Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 2-uydagi “Turkiston” saroyiga joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. MAQSADI VA VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbeknavo” respublika aholisining madaniy saviyasini koʻtarishda konsert tashkilotlari va alohida ijrochilarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, teatr va estrada maydonlaridan foydalanishni yaxshilash, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun kuch va mablagʻlarni birlashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Oʻzbeknavo”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musiqa sanʼatida yangi nomlarning tugʻilishi, ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar repertuarlarini doimiy ravishda yangilash hamda mukammallashtirish uchun ilgʻor iqtisodiy va ijodiy zamin hamda mexanizmlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston xalqlarining mumtoz va zamonaviy musiqa va raqs sanʼatining eng yaxshi yutuqlarini asrash va targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish, madaniy bozorning talab va takliflarini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-uslubiy hamda amaliy filarmoniya, estrada va faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli rejalarini, maqsadli madaniy, ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy, ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini xizmat koʻrsatishning yangi ilgʻor turlarini ishlab chiqish va joriy etishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatnashchi tashkilotlar moddiy-ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash borasidagi umumiy masalalarni hal etish uchun investitsiyalar sohasida yagona strategiyani amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy firmalar bilan madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish yuzasidan oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi shakllarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo”ning ijodiy musiqa va raqs jamoalari hamda alohida ijrochilarini boshqarish va ularga rahbarlik qilishning samarali tizimini yaratish, ishlashning tashabbusni va moddiy ragʻbatlantirishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy iqtisodiy shakllari va uslublarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. “OʻZBEKNAVO”NING HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gastrol-konsert faoliyatining xalqaro dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shou-dasturlar, dam olish kechalari, festivallar, koʻriklar, konkurslar, bayramlar va boshqalarni oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musiqa-raqs sanʼatini rivojlantirishga, ijodiy jamoalarni va ayrim ijrochilarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yosh talantlarni tayyorlash va ularni ragʻbatlantirishga qaratilgan rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy tadbirlar uchun chiptalar narxining cheklangan darajasini belgilangan tartibda belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing, menejment, konsalting, reklama sohasida xizmatlar koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi musiqiy va sheʼriy asarlarni sotib oladi. Davlat buyurtmasi shartlarida yangi konsert dasturlari yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
audio dasturlar prokati, yozuvi, koʻpaytirilishi va sotuvi shoxobchalarini ochadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va musiqa sanʼati sohasida axborotlar bazasini yaratadi, xorijiy tashkilotlar, vakilliklar va firmalarni respublika bozori haqida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijodiy delegatsiyalarni, ixtisoslashtirilgan turizm tashkilotlarini ayirboshlaydi, tovarlar va xizmatlarni eksport, import va qayta eksport qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. “OʻZBEKNAVO”NING MABLAGʻLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbeknavo”ning mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet yoki boshqa markazlashtirilgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish-xoʻjalik va moliya faoliyatidan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xoʻjaligi korxonalari va muassasalarining olgan foydasidan ajratmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklarning kreditlari, zayom mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbeknavo” oʻziga tegishli mol-mulk va mablagʻlardan oʻz qatnashchilari manfaatlari yoʻlida foydalanadi, respublikada ham, uning tashqarisida ham har qanday koʻchar va koʻchmas mulkni qurishi va rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ajratishi, ijaraga olishi va ijaraga berishi, qonunga xilof boʻlmagan boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbeknavo” mustaqil va yigʻma balanslarga ega boʻladi. Birlashmaning mol-mulki mustaqil balansda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbeknavo” davlat korxonalari uchun belgilanadigan qoidalar boʻyicha buxgalterlik hisobini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. “OʻZBEKNAVO”NING AʼZOLARI, ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanuvchi, mazkur Nizom, boshqa taʼsis hujjatlari talablarini tan oluvchi va bajaruvchi, birlashma vazifalariga muvofiq va boshqa qatnashchilarning manfaatlari yoʻlida madaniy, ishlab chiqarish-xoʻjalik hamda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi madaniyat va sanʼat tashkilotlari va muassasalari, korxonalar va birlashmalar “Oʻzbeknavo” qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qatnashchi tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashma va birlashma tomonidan tashkil etilgan korxonalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan shartnoma asosida foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz rivojlanishi manfaatlari yoʻlida birlashma ijodiy, ilmiy-texnik ishlanmalaridan va mahsulotlaridan ustuvor darajada foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashma tomonidan amalga oshiriladigan qoʻshma faoliyat dasturlarida qatnashish;

tuzilgan shartnomalarga muvofiq birlashma oldidagi majburiyatlarni saqlagan holda kamida olti oy oldin Birlashma kengashini xabardor qilib birlashmadan chiqish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbeknavo” qatnashchisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlashmaning boshqa qatnashchilari bilan kelishilgan qoʻshma faoliyat shartlarini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma faoliyat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qatnashchi tashkilot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” yoki uning har qanday qatnashchisi bilan tuzilgan shartnomalarni bajarmaganlik uchun ushbu shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashma toʻgʻrisidagi Nizomni bajarmaganlik uchun qatnashchi tashkilot birlashma tarkibidan chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. “OʻZBEKNAVO”NI BOShQARISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bosh direktor boshchiligidagi Direksiya boshqaruvning ijro etuvchi-tasarruf qiluvchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash birlashma boshqaruvining maslahatlashuv organi hisoblanadi. Unga qatnashuvchi tashkilotlar va hududiy boʻlinmalarning rahbarlari, shuningdek, birlashmaning bosh direktori va uning oʻrinbosarlari kiradi. Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasining bosh direktori birlashma Kengashining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari va Madaniyat ishlari vazirligi hayʼati aʼzosi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bosh direktor oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ishchi apparatini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bosh direktorning qarorlari buyruqlar bilan rasmiylashtiriladi. Birlashma tomonidan tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar, shuningdek, ishchi apparati uchun, qatnashchi tashkilotlar uchun esa ularga berilgan huquqlar doirasida ularni bajarish majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bosh direktor direksiya xodimlarini mustaqil ravishda ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-apreldagi 163-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tarkibiga kiruvchi ijodiy jamoalar va konsert zallari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. “Shodlik” davlat ashula va raqs ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Lazgi” davlat vokal-xoreografiya ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Zarafshon” davlat folklor ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Gʻ. Yoqubov rahbarligidagi ansambl
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Z. Davlatyorov rahbarligidagi ansambl
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O. Otajonov rahbarligidagi ansambl
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O. Orifjonov rahbarligidagi ansambl
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat xor kapellasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. T. Jalilov nomidagi davlat akademik xalq cholgʻu asboblari orkestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzbekiston solistlari” davlat kamer orkestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Uygʻur ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13 “Chen-chun” koreys ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mumtoz ashula va raqs ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Konsert-lektorlik byurosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. A. Mullaxonov rahbarligidagi “Nola” vokal-cholgʻu ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. M. Roʻzimuhamedov rahbarligidagi “Shofayz” vokal-cholgʻu ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Y. Abdullayeva rahbarligidagi vokal-cholgʻu ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O. Asomov rahbarligidagi “Obid-A” teatri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. M. Xolmedov rahbarligidagi “Mirza” guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Yalla” davlat kamer-cholgʻu ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. M. Turgʻunboyeva nomidagi xizmat koʻrsatgan “Bahor” davlat xalq raqs ansambli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. “Turkiston” saroyi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. B. Zokirov nomidagi estrada-simfonik orkestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kamer orkestr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. “Navozonda” ovoz yozish studiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlimlar
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-apreldagi 16Z-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi direksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Nomi ‎

Soni‎

Bosh direktor‎

1‎

Bosh direktor oʻrinbosari‎ 2‎
Ijodkor yoshlar bilan ishlash boʻyicha badiiy rahbar‎ 1‎
Iqtisodiy prognoz, buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi‎ 5‎
Axborot-tijorat boʻlimi‎ 3‎
Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi‎ 2‎
Kadrlar boʻlimi‎ 2‎
Gastrol-konsert faoliyati va xalqaro aloqalar boʻlimi‎ 4‎
Repertuar boʻlimi‎ 2‎
Jami:‎ 22‎
Keyingi tahrirga qarang.