05.12.2018 yildagi 991-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.12.2018 yildagi 991-son
Date of entry into force
06.12.2018
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrining markaziy qismida koʻp tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotning moliya sektorini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda zamonaviy biznes markazi, savdo-koʻngilochar va mehmonxona kompleksini tashkil etish yoʻli bilan Toshkent shahrining turizm salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim Şirketi” kompaniyasi (Turkiya Respublikasi) va “UzTur Investment and Development” MChJ (Oʻzbekiston Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda investorlar deb ataladi) tomonidan Toshkent shahrida “Tashkent Central Park” koʻp tarmoqli kompleksi qurish loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Investorlar loyihani amalga oshirish doirasida 2019-2020-yillarda oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan loyiha hujjatlariga muvofiq besh yulduzli mehmonxona, savdo-koʻngilochar markaz, tijorat banki uchun maʼmuriy binolar hamda boshqa inshootlar qurish majburiyatini olganliklari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlar bilan xorijiy investorlar hukuq va majburiyatlari, investitsiyalar hajmi, yangi tashkil etiladigan ish oʻrinlari, taqdim etiladigan imtiyozlar va preferensiyalar hamda boshqa shartlarni qamrab oluvchi investitsiya shartnomasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda tuzilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlar tomonidan investitsiya shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarning ijro qilinishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “UzTur Investment and Development” MChJga loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi AmirTemur shoh koʻchasi, Shahrisabz va Istiqlol koʻchalari doirasidagi umumiy maydoni 2,5 gektar boʻlgan yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Loyihani amalga oshirish doirasida investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni “fast-track” uslubida, foydalanishga “tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish uchun olib kelinadigan import tovarlarni omborlarda “bojxona ombori” rejimida joylashtirishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyihani amalga oshirish doirasida 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) investorlar va pudrat tashkiloti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlarni toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislarining ish haqi fondi boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan materiallar, xomashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, metall prokati uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kelinadigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, transport vositalari davriy bojxona toʻlovlari toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlari qoʻllanilishining qonuniyligi hamda imtiyozlar qoʻllangan holda import qilingan tovarlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar ushbu qarorga muvofiq imtiyozlarni qoʻllagan holda belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona imtiyozlarini noqonuniy qoʻllash hamda ushbu qarorga muvofiq berilgan imtiyozlarni qoʻllagan holda belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan tovarlardan maqsaddan tashqari foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash natijasida boʻshaydigan mablagʻlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini qoʻllagan, shu jumladan penyalarni hisoblab yozgan holda toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ hamda “Oʻzbektelekom” AJ bilan birgalikda investorlar mablagʻlari hisobidan loyiha quvvatlariga muvofiq qurilish obyektlariga muhandislik — kommunikatsiya infratuzilmalari (elektr energiyasi, gaz taʼminoti, ichimlik suv, kanalizatsiya, telefon aloqasi va boshqalar) oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan rasmiylashtirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huqukiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
991-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 09/18/991/2278-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)