03.12.2018 yildagi 981-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.12.2018 yildagi 981-son
Date of entry into force
04.12.2018
Hujjat 04.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son qarori ijrosini taʼminlash hamda daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 3-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
981-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qaroriga
1-ILOVA

Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi (keyingi oʻrinlarda savdo maydonchasi deb ataladi) — elektron onlayn-auksionlarni (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, manfaatdor shaxslarning auksionlar jarayonlaridan operator veb-portali orqali bevosita foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion — savdo maydonchasi orqali loyihalarni amalga oshirish huquqi realizatsiya qilinadigan auksion;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion ishtirokchisi — elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ariza bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan barcha tadbirkorlik subyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion obyekti — auksion orqali realizatsiya qilinadigan daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlarini olib borish uchun ishlab chiqilgan va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingan loyihani amalga oshirish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha tashkilotlari — daryolar oʻzanlarini tozalash ishlarini tashkil etishda ilmiy izlanishlar va hisob-kitoblarga tayangan holda loyihalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning minimal qiymati — loyihani auksionga qoʻyish uchun uni amalga oshirish huquqining qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi savdo maydonchasida auksionlarni tashkil etadigan va oʻtkazadigan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqi elektron onlayn-auksion orqali mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Daryolar oʻzanlarini tozalashda qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari transport va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini, shuningdek, davlat dasturlari, yirik investitsiya loyihalari va davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Xavfsiz daryo” DUK deb ataladi) va tadbirkorlik subyektlari yoki boshqa tashkilotlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilib, loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bunday daryo uchastkalari uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqilmagan yoki yakunlanmagan boʻlsa, bunda daryolar oʻzanlarini tozalashda qum-shagʻal materiallarini qazib olish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish ishlarini parallel ravishda olib borilishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ular oqibatida zararlangan daryolar qirgʻoqlarini va ulardagi dambalarni tiklashga daryo oʻzanlaridan qazib olingan qum-shagʻal materiallari uchun toʻlovlar undirilmaydi. Bunda loyihada belgilangan zaxira qirgʻoqlarni va dambalarni tiklash uchun olingan qum-shagʻal materiallari hajmiga kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalarni aniqlash hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan zaruratga koʻra olib borilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda uchastkalar roʻyxati deb ataladi) shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daryo oʻzanlarini tozalashda faqat, qirgʻoqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan va suv oqimlariga toʻsqinlik qilayotgan oʻzanda yigʻilib qolgan qum-shagʻal materiallari hajmini qazib olinishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi besh ish kuni mobaynida uchastkalar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshqinlar, sel oqimlari, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) belgilangan tartibda kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya oʻn ish kuni mobaynida uchastkalar roʻyxatini koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi va ijro uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Xavfsiz daryo” DUK besh ish kuni mobaynida tasdiqlangan uchastkalar roʻyxati boʻyicha bosqichma-bosqich har bir uchastkaga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli loyiha tashkilotlariga buyurtma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Loyiha tashkilotlari buyurtmada (shartnomada) koʻrsatilgan muddatda loyiha xujjatlarini ishlab chiqadi. Loyiha hujjatlarida quyidagilar aks etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning maqsadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qum-shagʻal zaxirasining hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihadan kutiladigan natija;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish muddati va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish joyi joylashgan hududdan kelib chiqqan holda texnik koʻrsatkichlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyiha tashkilotlari tomonidan tayyorlangan loyiha hujjatlarini olgandan soʻng “Xavfsiz daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlariga belgilangan tartibda loyiha hujjatlarini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi organlari yigirma ish kuni mobaynida har bir loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tayyorlaydi va “Xavfsiz daryo” DUK vakiliga ishonchnoma asosida topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Loyihalarni amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan soʻng “Xavfsiz daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun tegishli materiallarni tayyorlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning minimal qiymatini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisida “Xavfsiz daryo” DUK direktori buyrugʻini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun zarur boshqa hujjatlarni tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Loyihaning minimal qiymati loyihada koʻrsatilgan qum-shagʻal materiallari zahirasining har 1 kub.m. uchun loyiha auksionga qoʻyilgan kunda amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqining ikki foizi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaning minimal qiymati loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qoʻyishda boshlangʻich narx hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyruq “Xavfsiz daryo” DUK direktori tomonidan imzolanadi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish huquqini auksionga qoʻyish uchun asos;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishdan belgilangan maqsad;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning oʻziga xos raqami, uni amalga oshirish joyi va muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha boʻyicha qum-shagʻal zaxirasining hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning minimal qiymati (boshlangʻich narxi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish huquqi egasining majburiyatlari, shu jumladan davlat ekologik ekspertizasi xulosasida qayd etilgan majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish shartlari va tartibi toʻgʻrisida axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Loyiha hujjatlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan soʻng “Xavfsiz daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida operatorga loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb ataladi) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Buyurtma “Xavfsiz daryo” DUK direktorining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi va operatorga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Buyurtmaga quyidagilar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Xavfsiz daryo” DUK direktorining loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun auksionga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) daryo oʻzanlaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlarini olib borish boʻyicha tayyorlangan loyiha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “Xavfsiz daryo” DUK va auksion gʻolibi bilan tuziladigan shartnoma loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) google xaritada loyihani amalga oshirish joyi (koordinatali nuqtalari bilan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) loyihani amalga oshirish joyining fotosurati (15x20 sm).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Buyurtmaga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar ilova qilinmaganda yoki ular tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganda, operator buyurtmani olgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmani bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda “Xavfsiz daryo” DUKga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xavfsiz daryo” DUK operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni besh ish kuni mobaynida bartaraf etib, buyurtmani mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiq takroran operatorga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “Xavfsiz daryo” DUK taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiqligi yuzasidan operator tasdigʻidan soʻng:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi axborotni tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qoʻyilishi haqidagi axborotni mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlarini auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni koʻradi, shu jumladan “Xavfsiz daryo” DUKdan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan Internet portal manziliga tayangan holda oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Auksionni tashkil qilish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Auksionni tashkil qilish va oʻtkazishning umumiy shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Loyihalarni amalga oshirish huquqi “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan berilgan buyurtmalar boʻyicha operator tomonidan auksionga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish huquqi auksionga ushbu Nizomga muvofiq har bir loyiha boʻyicha alohida qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator tomonidan operator va “Xavfsiz daryo” DUK oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq auksionni tashkil etish xizmatlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion savdolari faqat savdo maydonida auksion shaklida oʻtkaziladi va unda barcha tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion butunjahon Internet tarmogʻi orqali ishtirok etish imkonini beradigan va arizalarni qabul qilish hamda gʻoliblarni aniqlash jarayonlariga aralashish imkoniyatlarini istisno qiluvchi maxsus dasturiy mahsulotdan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Auksionni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabar va lot haqidagi axborot auksion boshlanishidan avval 30 kalendar kunidan kechiktirmasdan operatorning veb-portalida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Auksionlarda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizalarni taqdim etish va zakalat pulini kiritish orqali ishtirok etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Auksion narxlarni oshirib borish prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Loyihani amalga oshirish huquqi auksionga buyurtmada koʻrsatilgan boshlangʻich narx boʻyicha qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlar va tartibda auksion oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda, loyihani amalga oshirish huquqi takroriy auksionga boshlangʻich narxda qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Auksionni tashkil etish boʻyicha xizmatlar uchun operator shartnomada belgilangan, biroq auksion obyekti realizatsiya qilingan summaning bir foizidan oshmagan miqdorda haq oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom 53-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilariga asosan auksion savdolari oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, auksionni tashkil etish boʻyicha xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorda haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Auksionni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Operator “Xavfsiz daryo” DUKdan buyurtma va unga belgilangan talablarga mos keladigan hujjatlarni olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida oʻz veb-portalida auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xabarnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) auksion oʻtkazish sanasi, shu jumladan uning boshlanish va tugash vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) lot raqami va nomlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) auksionda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishning oxirgi sanasi va vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) loyihani amalga oshirish joyi va muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) loyihani amalga oshirish huquqiga ega tadbirkorlik subyektlarining majburiyatlari va mavjud cheklovlar, shu jumladan davlat ekologik ekspertizasi xulosasida qayd etilgan majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) loyihani amalga oshirishdan belgilangan maqsad;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) auksion obyektining boshlangʻich narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) zakalat pulining boshlangʻich narxdan foiz koʻrinishida va qatʼiy summada ifodalangan miqdori, zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan operatorning bank rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) “Xavfsiz daryo” DUKning manzili va telefon raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Operatorning veb-portalida tadbirkorlik subyektlariga xabarnoma va lot boʻyicha batafsil maʼlumot, shuningdek, mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan erkin tanishish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatorning veb-portalida auksionni oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator tadbirkorlik subyektlarini ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda auksionlarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Auksionda ishtirok etish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Auksionda ishtirok etish uchun arizalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operatorning veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tadbirkorlik subyektlari oʻttiz ish kuni mobaynida auksionda ishtirok etishga elektron shaklda ariza topshiradi hamda elektron arizada qayd etilgan lot raqami va nomi boʻyicha elektron savdolar ochilgan kuni bir ish kuni mobaynida auksionda qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalarni qabul qilish auksionni oʻtkazish kunidan oldingi ikki ish kuni soat 13:00 da yakunlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza qabul qilish uchun belgilangan muddat oʻtgandan keyin kelib tushgan arizalar qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Arizalar elektron koʻrinishda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza elektron raqamli imzo bilan imzolanadi. Arizada zakalat puli toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining rekvizitlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga zakalat puli toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini ilova qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlov hujjatining toʻlov maqsadida zakalat puli toʻlanayotgan lot raqami koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir nechta auksion obyektlari boʻyicha zakalat puli ularning har biriga alohida toʻlov hujjatlari bilan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksionni oʻtkazish qoidalarida auksion ishtirokchisiga shaxsiy kabinetda kiritilgan zakalat puli va zakalat kiritiladigan lotning toʻliq narxi toʻlanganining hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobraqam ochish nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Auksionda ishtirok etish uchun zakalat loyiha minimal qiymatining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishtirokchining pul mablagʻi yetarli boʻlmasa, uning arizasi qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Auksion ishtirokchisi ariza qabul qilishning oxirgi muddatidan kechiktirmasdan, mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq bildirishnomani operatorga yuborish orqali auksionda ishtirok etish uchun arizani oʻzgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksionda ishtirok etish uchun ariza chaqirib olingan hollarda operator toʻlangan zakalat pulini ariza chaqirib olingan kundan boshlab, uch ish kunidan kechiktirmay auksion ishtirokchisiga qaytaradi. Zakalat puli auksion ishtirokchisi auksionda ishtirok etishga bergan arizasida koʻrsatilgan bank hisobraqamiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion ishtirokchisiga zakalat puli qaytarilganda bank hisobraqami notoʻgʻri koʻrsatilganligi yoki boshqa sabablarga koʻra, toʻlov operatorning bank hisobraqamiga qaytib tushgan holatda, operator auksion ishtirokchisini bu haqda ogohlantiradi va aniq bank maʼlumotlari berish talabini qoʻyadi. Bu holatda, oldindan zakalat puli auksion ishtirokchisi tomonidan aniq bank maʼlumotlari berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ariza qabul qilingandan soʻng operator tomonidan avtomatik tarzda quyidagi qoidalarga rioya qilishi tekshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilganligi, shuningdek, elektron raqamli imzoning ariza bergan shaxsga tegishliligi va haqiqiyligi (shu jumladan amal qilishi toʻxtatilishi, bekor qilinishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani xabarnomada koʻrsatilgan ariza topshirish muddati oʻtmasdan topshirilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilgan va yuborilgan, shuningdek, zakalat puli shaxsiy hisobvaragʻidan toʻliq kelib tushgandan keyin avtomatik tarzda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion ishtirokchilariga ular auksionda ishtirok etishda foydalanish uchun shaxsiy tartib raqamlari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq toʻldirilmagan va joʻnatilmagan, zakalat puli operatorning bank hisobvaragʻiga toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan hollarda avtomatik tarzda ariza rad qilinadi va bu haqda elektron pochtasiga bildirishnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ishtirokchi xabarnomada koʻrsatilgan ariza qabul qilish vaqti yakunlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga arizani undagi kamchiliklarni bartaraf qilgan holda takroran yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Operator arizalar va ishtirokchilar haqidagi maʼlumotlarni sir tutilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalarni qabul qilish davrida, shuningdek, auksionni oʻtkazish davomida operatorning veb-portalida auksion ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlarni (tadbirkorlik subyektlarining nomi va pochta manzili, identifikatsiya raqami, ishtirokchini aniqlash imkonini beradigan boshqa maʼlumotlarni) aks ettirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Auksionda ishtirok etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Auksion operatorning veb-portalidagi xabarnomada koʻrsatilgan kunda va vaqtda boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Auksion unga qoʻyilgan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tegishli lot boʻyicha auksion boshlangach, veb-portalda auksion boshlangani haqidagi maʼlumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Auksion ish kuni mobaynida soat 9.00 dan soat 18.00 gacha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Boshlangʻich narx bilan loyihaning minimal qiymatiga teng narx belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Auksion qadami auksion obyekti minimal qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Auksion uning ishtirokchilaridan lotni boshlangʻich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Agar taklif berilgandan keyin 10 daqiqa davomida auksion ishtirokchilaridan biri belgilangan qadamga oshirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlash uchun vaqt yana 10 daqiqaga uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Agar tasdiqlangan oxirgi taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narxi boʻyicha taklif auksion ishtirokchilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auksion uning natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi boʻyicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion gʻolibi deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Agar lot narxini oshirish boʻyicha taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni auksionni oʻtkazish vaqti yakunlanishiga oʻn daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, auksionni oʻtkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi oʻn daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif auksionni oʻtkazish vaqtini oʻn daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq, bunda auksionni oʻtkazish vaqti 3 soatdan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion soat 21-00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi boʻyicha oxirgi taklifni soat 21-00 ga qadar bildirgan ishtirokchi auksion gʻolibi deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Savdo maydonchasida auksionni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan texnik uzilish sodir boʻlgan hollarda, auksion oʻtkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilariga xabar berilgan holda auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi kunda davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Auksion yakunlangandan keyin veb-portalda auksion yakunlangani va uning natijalari haqidagi maʼlumot avtomatik tarzda yangilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion yakunlanganda operatorning veb-portalida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotning boshlangʻich narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi va oxirgidan oldin tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga olgan holda auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar boʻyicha shakllangan narxlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion gʻolibining hamda oxirgidan oldin taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisining tegishli maʼlumotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Auksion quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb topiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksionda ishtirok etish uchun uning birorta ham ishtirokchisi qoʻyilmagan boʻlsa, shu jumladan, unda ishtirok etish uchun bironta ariza kelib tushmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksionda ishtirok etishga faqat yagona ishtirokchi qoʻyilgan boʻlib, u auksion obyektini mazkur Nizomning 56-bandida belgilangan tartibda sotib olishdan bosh tortgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion ishtirokchilaridan hech qaysi biri loyihani amalga oshirish huquqini auksion jarayonida taklif etilgan narxda sotib olish istagini bildirmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 61-bandida belgilangan tartibda auksion obyektini sotib olish taklif etilgan auksion gʻolibi va oxiridan oldingi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi tomonidan auksion obyekti qiymatining 30 foizi belgilangan muddatda toʻliq toʻlanmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Auksion oʻtkazilmagan deb topilganda, operatorning veb-portalida avtomatik tarzda bu haqida uning sabablari, shuningdek, lotning boshlangʻich narxi koʻrsatilgan maʼlumot aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Auksion oʻtkazilmagan deb topilganda, loyihani amalga oshirish huquqi mazkur Nizomning 28 — 56-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan auksionga avtomatik tarzda takroran qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

loyihani amalga oshirish huquqi ushbu Nizomning 53-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra oʻtkazilmagan deb topilishi sababli realizatsiya qilinmasa, takroriy auksionlarda auksion obyektining boshlangʻich narxida qoʻyiladi. Takroriy auksionlar 2 marotaba oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy auksion oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, operator “Xavfsiz daryo” DUKni bu haqda elektron xat bilan xabardor qiladi hamda auksion obyektini auksion savdosidan oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Agar ariza berish muddati tamom boʻlganda ariza faqat yagona ishtirokchi tomonidan berilgan boʻlsa, operator auksion oʻtkaziladigan kunda ushbu ishtirokchiga elektron shaklda auksion obyektini loyihaning minimal qiymati boʻyicha sotib olish taklifini yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda auksion ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida auksion obyektini baholash qiymati boʻyicha sotib olishga rozilik bildirsa, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 57 va 58-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion ishtirokchisi taklif yuborilgan paytdan boshlab, besh ish kuni mobaynida operatorni auksion obyektini sotib olish istagi yoʻqligi toʻgʻrisida xabardor qilsa, auksion obyektini sotib olishni rad etgan deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Hisob-kitob qilish va auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Auksion gʻolibi auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, auksionda sotilgan auksion obyekti qiymatining 30 foizi miqdorini toʻlashi va pul mablagʻlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasini operatorga joʻnatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu auksion obyekti boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli auksion obyektining 30 foiz qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻolib tomonidan auksion obyektining 30 foiz qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng operator bir ish kunidan kechiktirmasdan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksionni tashkil etish boʻyicha xizmatlar haqini ushlab qolgan holda, auksion obyektini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni “Xavfsiz daryo” DUK buyurtmasida koʻrsatilgan bank hisobraqamiga oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va bir nusxasini auksion gʻolibiga topshiradi (yoki auksion gʻolibining roziligiga koʻra pochta joʻnatmasi bilan yuboradi). Bayonnomaning ikkinchi nusxasi auksion natijalari haqida xabardor qilgan holda “Xavfsiz daryo” DUKga belgilangan tartibda yuboriladi, uchinchi nusxasi operatorda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻtkazilgan auksion sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Xavfsiz daryo” DUKning loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya qilish uchun qoʻyish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) lot raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) auksion obyektining boshlangʻich bahosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) auksion obyektining sotilgan bahosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) auksion gʻolibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) auksion obyekti, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning oʻziga xos raqami, uni amalga oshirish joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishning belgilangan maqsadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Operator bir ish kuni mobaynida oʻtkazilgan auksion natijalari haqidagi bayonnomani “Xavfsiz daryo” DUKga taqdim etadi va oʻz veb-portaliga axborotni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Auksion natijalari haqidagi bayonnoma “Xavfsiz daryo” DUK va auksion gʻolibi bilan shartnoma tuzish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Agar auksion natijalariga koʻra, auksion gʻolibi besh ish kuni ichida loyihani amalga oshirish huquqini sotib olishdan bosh tortsa, operator keyingi kalendar kundan kechiktirmay oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga elektron shaklda u auksion davomida taklif etgan narxda loyihani amalga oshirish huquqini sotib olishni taklif qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisi besh ish kuni ichida loyihani amalga oshirish huquqini sotib olishga rozilik bildirsa, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga mazkur Nizomning 57 va 58-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. “Xavfsiz daryo” DUK operatordan auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgandan soʻng va loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan pul mablagʻlari tushgach, uch ish kuni mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksion gʻolibi bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga auksion gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Xavfsiz daryo” DUKdan olingan auksion gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni mobaynida oʻz rasmiy veb-saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Zakalat pulini kaytarish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Mazkur Nizomning 65 va 66-bandlarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, auksion yakunlanganidan yoki oʻtkazilmagan deb topilganidan soʻng zakalat puli quyidagilarga qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgidan oldingi taklifni bildirgan auksion ishtirokchisiga — auksion yakunlangan kundan boshlab oʻn ikki ish kuni ichida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksionda ishtirok etishga qoʻyilgan yagona ishtirokchiga — xabarnomada koʻrsatilgan auksion oʻtkazish kunidan boshlab olti ish kuni ichida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa ishtirokchilarga — auksion yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda zakalat puli auksion ishtirokchisining arizasiga asosan aynan shu lot boʻyicha takroriy auksionda qatnashish uchun operatorning bank hisobraqamida qoldirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Mazkur Nizomning 60 va 61-bandlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzgan auksion ishtirokchisiga zakalat puli kaytarilmaydi va shartnomada kelishilgan narxga qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Mazkur Nizomning 57-bandida belgilangan tartibda auksion obyekti qiymatining 30 foizini toʻlamagan, shuningdek, mazkur Nizomning 53-bandi beshinchi xatboshida nazarda tutilgan auksion ishtirokchilariga zakalat puli qaytarilmaydi va operatorning tasarrufida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilishdan tushadigan mablagʻlarni yoʻnaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha oʻtkazilgan pul mablagʻlari operator tomonidan “Xavfsiz daryo” DUKning bank hisobraqamida jamlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son qarorida va “Xavfsiz daryo” DUKning Ustavida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Shartnomada loyihani amalga oshirish shartlari, shu jumladan loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish, davlat ekologik ekspertizasi xulosasida nazarda tutilgan talablarga rioya etish toʻgʻrisidagi majburiyatlari, shuningdek, ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartnomaga auksionni oʻtkazish haqidagi xabarnomada avval nazarda tutilmagan talablar va majburiyatlarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Auksion gʻolibi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarga rioya etmagan holatlarda, ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi koidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari mavsumiy tarzda, yer uchastkalarini ajratmagan xolda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Tadbirkorlik subyektlari har yili bir marta yillik qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda marksheyderlik xulosasini tuzadilar va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish hududiy inspeksiyalariga taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. “Xavfsiz daryo” DUK doimiy ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi xodimlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda, daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Auksion gʻolibi tomonidan loyihani amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan nazorat qilinadi va bu toʻgʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hisobot beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Daryolar oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini elektron onlayn-auksion orqali berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion tashkil qilish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTRON BUYURTMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20___ yil “____ ” ______da ________“Xavfsiz daryo” DUK va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK oʻrtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, “Xavfsiz daryo” DUK direktorining 20___ yil “_____ ” _________ dagi buyrugʻiga binoan “Xavfsiz daryo” DUK quyidagi loyihani amalga oshirish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:
1. Loyihaning oʻziga xos raqami ___________________________________________________________;‎‎
2. Loyihani amalga oshirish joyi _________________________________________________________;
3. Belgilangan maqsad ‎‎__________________________________________________________________;
4. Loyiha boʻyicha qum-shagʻal zaxirasining hajmi‎‎ _____________________________________________;
5. Loyihaning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) (soʻmda) _____________________________________;
6. Elektron auksion gʻolibining majburiyatlari:‎‎
6.1. Loyihani amalga oshirish muddati _____________________________________________________;
6.2. Loyihani amalga oshirish huquqi egasiga davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga muvofiq qoʻyiladigan talablar:___________________________________________________________________;‎‎
6.3. Shartnoma shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar _________________________________;
7. Loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya kilishdan tushgan mablagʻlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank rekvizitlari:
Bank nomi ___________________________________________________________________________;
‎‎Bank MFO ___________________________________________________________________________;
‎‎Bank hisobraqami _____________________________________________________________________;
8. “Xavfsiz daryo” DUKning manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar).
Buyurtma 20 ___ yil “____” _______________ da taqdim etildi.
“Xavfsiz daryo” DUK direktori ____________________________________

(F.I.O.)

ERI‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ELEKTRON ARIZA

‎‎______________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyektning toʻliq nomi, pochta manzili, bank rekvizitlari)

‎‎(keyingi oʻrinlarda ishtirokchi deb ataladi) daryo oʻzanlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish toʻgʻrisida elektron auksion oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:
Lot rakami: № __________________
‎‎Lot nomi: ____________________________________________________________________________
‎‎hujjat boʻyicha elektron auksionda ishtirok etish uchun zakalat pulini toʻlab,
______________________________________________________________________

(toʻlov hujjatining rekvizitlari)

loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron auksion oʻtkazish qoidalari (keyingi oʻrinlarda qoidalar deb ataladi) bilan tanishdim, 20___ yil “_____” ______ soat _______da veb-portalida oʻtkaziladigan elektron auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani qabul qilishingizni soʻrayman.
‎‎Ishtirokchi elektron auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron auksionni oʻtkazish boʻyicha qoidalarda belgilangan shartlarga rozilik beradi.
‎‎Ishtirokchi uning maʼlumotlari notoʻgʻri boʻlgan taqdirda, auksion natijalari xaqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi haqida ogohlantirildi.
Ishtirokchi elektron auksionga loyihani amalga oshirish huquqi “Xavfsiz daryo” DUK direktorining buyrugʻiga asosan realizatsiya qilinayotgani toʻgʻrisida xabardor qilindi va ishtirokchi auksion gʻolibi deb topilganda unga yuklanadigan talab hamda majburiyatlarga rioya etishni zimmasiga oladi.
‎‎Ishtirokchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni operatoridan har qanday bildirishnomani ishtirokchining quyidagi elektron pochta manzilida olishini rasman tasdiqladi _____________________.

(elektron pochta manzili)‎‎

Ishtirokchi “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni operatori ushbu elektron pochta manziliga yuborgan bildirishnomalar joʻnatilgan vaqtda rasman olingan deb hisoblanishini va “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydoni ishtirokchisi ushbu bildirishnomalarni oʻz vaqtida oʻqimagani uchun javob bermasligini tasdiqlaydi.
‎‎Zakalat pulini qaytarish uchun ishtirokchining bank rekvizitlari:
Bank nomi ____________________________________________________________________________;
‎‎Bank MFO ____________________________________________________________________________;
Bankning hisobraqami __________________________________________________________________;‎‎
‎‎Ishtirokchining STIR: ___________________________________________________________________
‎‎Ilova: Ishtirokchi elektron auksion oʻtkazish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan bank hisobraqamiga zakalat pulini oʻtkazganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi.
‎‎Toʻldirilgan sana: 20___ yil “___” __________
Ishtirokchining ERI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun arizani oʻzgartirish yoki chaqirib olish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BILDIRISHNOMA

Ushbu ________________________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyektning toʻliq nomi, pochta manzili)

_____________ ga (elektron auksion oʻtkaziladigan sana) belgilangan __________ - son lot boʻyicha elektron auksionda ishtirok etish uchun oʻz arizasini oʻzgartiradi yoki chaqirib oladi.

Sana________________________
Ishtirokchining ERI
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 981-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 818-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 12-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 13-bandga quyidagi mazmundagi “m” kichik band bilan qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“m) daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryolar oʻzanlarida toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxati tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 14-bandning toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“avariya-qutqaruv texnikalarini yaratish, avariyalar va halokatlardan jabrlangan aholi va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini olib borishda ishlarni bajaruvchilar (firmalar), chet ellik ish bajaruvchilar bilan, shuningdek, Vazirlik zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori bilan tasdiqlangan Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Daryolar oʻzanlarini toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalash FVV, Davlat ekologiya qoʻmitasi hamda Davlat geologiya qoʻmitalari xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/981/2263-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 17.01.2023-y., 09/23/17/0031-son; 01.05.2023-y., 09/23/171/0234-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 01.06.2026-y., 06/26/99/0545-son; 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)