Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.01.1997 yildagi 48-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.01.1997 yildagi 48-son
Date of entry into force
24.01.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 24.01.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAZIRLAR MAHKAMASINING “BOShQARUV ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA MAʼMURIY-BOShQARUV XODIMLARI SONINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 26 NOYABRDAGI 420-SON QARORIGA QISMAN OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining uning tarkibiga “Oʻzboshyogʻochqurilish” boshqarmasi tugatilishi munosabati bilan ilgari “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga berilgan uch korxona — quyosh nuridan saqlash mahsulotlari zavodi, “Yogʻochsoyuz” aksionerlik jamiyati (sobiq “Toshkent” yogʻochni qayta ishlash ishlab chiqarish birlashmasi), “Hamidullo” aksionerlik jamiyati (sobiq duradgorlik materiallari zavodi)ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi, “Toshkent-uyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni ularning 1997-yil 1-yanvardagi balans holati boʻyicha qabul qilish-topshirishni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 24-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-son