Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.01.1997 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.01.1997 yildagi 24-son
Date of entry into force
13.01.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 13.01.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKA QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash hamda 1996-yilda ob-havoning noqulay kelganligi munosabati bilan ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Markaziy bank va tijorat banklarining qishloq xoʻjaligi korxonalari banklarning kreditlaridan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash boʻyicha 1997-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qarzlarini hisobdan chiqarish, shuningdek, ularning kreditlar boʻyicha qarzlarni toʻlashini foizlar qoʻshmasdan 2000-yilgacha kechiktirish toʻgʻrisidagi taklifiga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi tijorat banklari, soliq va moliya organlari bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarda muqobil tekshirishlarni tashkil etgan holda qishloq xoʻjaligi korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzdorligini yalpi qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qishloq xoʻjaligi korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzdorligi qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi yakunlari taqdim etilgandan keyin 10 kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalarining qoplash manbalari bilan taʼminlanmagan kreditorlik qarzlarini Moliya vazirligining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasiga 2 yil muddatga yiliga 3 foizlik krediti sifatida qayta rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Energetika va zlektrlashtirish vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjalik-taʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi korxonalari va tashkilotlarining debitorlik qarzlarini qishloq xoʻjaligi korxonalarining ulardan kreditorlik qarzlari miqdorida koʻrsatib oʻtilgan idoralarning korxonalaridan budjetga muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlar hisobiga yopish masalalarini koʻrib chiqsin va hal etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Pensiya jamgʻarmasi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi korxonalarining budjet, Pensiya jamgʻarmasi va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi oldidagi qarzlarini toʻlashni 1997-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra penya qoʻshmasdan 3 yilga kechiktirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Moliya vazirligi, “Oʻzdavsugʻurta” boshqarmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 1997-yil 1-fevralgacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta qoplamasi toʻlovlari va sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarzlarni oʻzaro hisob-kitob qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetga muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa toʻlovlarni 1997-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qishloq xoʻjaligi korxonalari hisobidan chiqarish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi korxonalariga sugʻurta qoplamalari toʻlanishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi muddatidan ilgari, joriy yilning 1-fevraligacha, 1996-yil hosilidan olingan paxta xomashyosi uchun va joriy yilning 1-apreligacha ushbu davrda paxta tolasi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni jamlash hisobiga xoʻjaliklar tasarrufida qoladigan paxta tolasi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan uzil-kesil hisob-kitob qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar sarfi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ Qoʻmitasining yetkazib berish va xizmat koʻrsatishi boʻyicha har oylik hisobot 1997-yil yanvar oyi hisobotidan boshlab joriy etilishini nazarda tutib qishloq xoʻjaligi korxonalari hisob va hisobotining mavjud tizimini qayta koʻrib chiqsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari bilan birgalikda 1996-yilgi buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari boʻyicha zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli qishloq xoʻjalik korxonalari sonini, zararlarning umumiy summasini, ular hosil boʻlishining haqiqiy sabablarini koʻrsatgan holda, tarmoqlar va hududlar boʻyicha alohida aniqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda moliyaviy ahvolini yaxshilashning iloji boʻlmaydigan aniq xoʻjaliklarni bankrot deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqsinlar va Korxonalarning bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 13-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-son