OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “RESPUBLIKA OLIY VA OʻRTA MAXSUS OʻQUV YuRTLARINING PROFESSOR-OʻQITUVChILARI TARKIBIGA, ILMIY XODIMLARIGA VA OʻQUV-YORDAMChI XODIMLARIGA QOʻShIMChA IMTIYOZLAR BERISh HAQIDA” 1992-YIL 5 FEVRALDAGI FARMONINI BAJARISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha tipdagi maktablarning oʻqituvchilariga, bolalar uylari tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinflar oʻqituvchilarining ish haqini oshirish toʻgʻrisida” 1990-yil 13-noyabrdagi Farmoni respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va oʻquv-yordamchi xodimlariga, ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, qisman tatbiq etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va oʻquv-yordamchi xodimlariga ular yashayotgan davlat va idoralarga qarashli uylar va kvartiralarni tekinga shaxsiy mulk qilib bersinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-apreldagi 178-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 40-modda)
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlari va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun birinchi navbatda yer uchastkalari ajratishni va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun binokorlik materiallari sotib olishni belgilasinlar;
xodimlarning qayd qilingan toifalaridan boʻlgan, kamida 10 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlgan pensionyerlarga ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni joriy etsinlar.
2. Belgilansinki, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga boʻysunishi boʻyicha boshqaruv organlarida roʻyxatga olingan, ustavga muvofiq oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari toʻgʻrisidagi amaldagi nizomlar ularga joriy etilgan holda tegishli maqomga ega boʻlgan oʻquv yurtlari tegishli boʻladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining qayd qilib oʻtilgan toifalari xodimlari moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlarni respublika va mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshirsinlar.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari xodimlarning qayd qilib oʻtilgan toifalariga uylar yoki kvartiralarni shaxsiy mulk qilib tekinga berish toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida qaror qabul qilsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-mart,
128-son