05.09.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2019-2020-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 8-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar toʻgʻrisida Protokol qoidalariga amal qilgan holda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga intilib,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-2020-yillarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Ikki tomonlama maslahatlashuvlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar Tashqi ishlar vazirlari, ularning oʻrinbosarlari yoki Tomonlar boshqarmalari rahbarlari va ekspertlari darajasida maslahatlashuvlar oʻtkazishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maslahatlashuvlarning kun tartibi quyidagi masalalarni qamrab oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish (2019-2020-yillar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muhim va dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokamasi; Islom hamkorligi tashkiloti doirasida hamkorlikni amalga oshirish (2019-2020-yillar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ikki davlat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular oʻrtasida oʻzaro tovarlar almashinuvi hajmining oshishiga koʻmaklashish, har bir davlatga investitsiyalarning oqimini jadallashtirish (2019-2020-yillar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tomonlar davlatlari oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalarni samarali va izchil bajarilishini taʼminlash maqsadida ularni koʻrib chiqish, shartnomaviy-huquqiy bazani yanada kengaytirish va inventarizatsiya qilish, xalqaro ommaviy huquq normalarini shakllantirish boʻyicha oʻzaro fikr almashish (2019-yil).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat tugʻilganda, boshqa maslahatlashuvlar va ishchi uchrashuvlar oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar maslahatlashuvlarni oʻtkazish joyi va aniq muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Axborot almashinuvi va axborot-maʼlumot faoliyatini kengaytirishda oʻzaro koʻmaklashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar oʻzaro kelishuv asosida axborot almashadilar, oʻzaro qiziqish uygʻotadigan davriy nashrlar, press-relizlar, bosma nashrlar va boshqa ochiq materiallarni taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Amaliy hamkorlikka koʻmaklashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlar ikki davlatning tegishli idoralari oʻrtasida amaliy hamkorlik loyihalarini roʻyobga chiqarish va boshqa muayyan masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazilishiga koʻmaklashadilar, shuningdek, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda diplomatik yordam koʻrsatadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Dastur qoidalarini qoʻllash va talqin qilishda yuzaga keladigan nizo va kelishmovchiliklarni Tomonlar diplomatik kanallar orqali muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida 2018-yil 5-sentabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida imzolandi. Talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi mati ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)