28.01.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1211
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 28.01.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1211
Date of entry into force
07.02.2003
Hujjat 07.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH SOHASIGA OID NORMATIV HUJJATNI AMALGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 28-yanvarda 1211-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tarkibidagi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi talablaridan kelib chiqib Agentlik tizimidagi xizmat koʻrsatuvchi telekommunikatsiya obyektlarida favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishi haqida xabarlash va signallarni uzatish tartibini belgilovchi normativ hujjat sifatida “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi Nizom” loyihasini ishlab chiqib, tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligini inobatga olib, buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. FTMTM tomonidan ishlab chiqilgan “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi Nizom”(ilova qilingan) tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. FTMTM (Isayev) tasdiqlangan Nizomni oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan 10 kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin va Agentlik tarkibidagi barcha aksiyadorlik kompaniyalarga, korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga amaliyotda foydalanishlari uchun yetkazib berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh direktor A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 29-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aloqa va axborotlashtirish
agentligining 2002-yil 29-dekabrdagi
200-son buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom

Mazkur Nizom favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida aholiga xabarlash signallarini uzatish tartibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) idoralari, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (OʻzAAA), Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga* xizmat koʻrsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining, mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qatʼi nazar, oʻzaro munosabatlari tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur meʼyoriy hujjatda eshittirish tizimlari obyektlari deb, telemarkazlarning markaziy apparatxonalari, ovoz yozish va radioeshittirish uylarining markaziy apparatxonalari, simli va efir orqali radio eshittirish studiyalari, kabelli va efir orqali eshittirish studiyalari, koʻchma uyali aloqa, shaxsiy radiochaqiriq va efir-kabelli telekoʻrsatuvlar tarmoqlari tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Atama va taʼriflar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur hujjatda quyidagi atamalar tegishlicha taʼriflari bilan qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va undagi xatti-harakatlar Davlat tizimi (FVDT) — urush va tinchlik davrida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf qilish, favqulodda vaziyatlar roʻy berganda aholi xavfsizligini taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va davlat iqtisodiyotiga yetadigan zararni kamaytirish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun moʻljallangan vakolatlariga favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish boʻyicha masalalarni hal etishga kiradigan boshqaruv idoralari, respublika va mahalliy hokimiyat idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlarning kuch va vositalari majmuidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiyalar operatori (bundan keyin operator) — mulkchilik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida telekommunikatsiya tarmogʻiga egalik qiluvchi, uning ishlab turishini, rivojlanishini taʼminlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiya xizmatlarining provayderi (bundan keyin provayder) — operatorlar tarmoqlari orqali foydalanuvchilarga tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan va favqulodda vaziyatlar vujudga kelish xavfini iloji boricha maksimal kamaytirishga, shuningdek ular yuzaga kelgan holda inson salomatligini saqlash, atrof-muhitga yetadigan zarar va moddiy yoʻqotishlar koʻlamlarini kamaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar majmui.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FVDTining rahbariy idoralari — huquq doirasiga favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal qilish kiradigan davlat boshqaruvi idoralari, mahalliy hokimiyat idoralari va obyektlar maʼmuriyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Telekommunikatsiyalar tarmogʻi — bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil, maʼlumotlar va boshqa hujjatli xabarlar uzatishni, telekoʻrsatuv va radioeshittirish dasturlarini olib eshittirilishini taʼminlaydigan telekommunikatsiya vositalarining majmui.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy foydalanishdagi shaxsiy radiochaqiriq tarmogʻi (peydjing aloqasi tarmogʻi) — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻi yordami bilan radiokanalda cheklangan hajmdagi xabarlarni uzatishni amalga oshiriluvchi texnik vositalar majmui.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eshittirish tizimi — eshittirish dasturlarini tashkil qilish va bevosita aholiga yoki boshqa foydalanuvchilarga uzatish uchun moʻljallangan tizim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: tizimlar dasturlar turiga koʻra, ovozli va telekoʻrsatuv eshittirishlari, tarqalish muhitiga koʻra esa, simli (kabelli) va efirli eshittirishlar, shu jumladan, yoʻldosh aloqa tizimlariga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarni muhofaza qilishning markazlashtirilgan xabarlash tizimi — tinchlik va urush davrida, fuqarolarni muhofaza qilish boʻyicha mansabdor shaxslarga va respublika aholisiga signallar va zarur maʼlumotlarni tez yetkazish uchun moʻljallangan texnik vositalar, telekommunikatsiyalar, radioeshittirish va teleeshittirishlar kanallari, shuningdek xabarlash tizimlarining majmui.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar (FV) — avariyalar, falokatlar, xavfli tabiiy hodisalar, tabiiy yoki boshqa ofatlar natijasida yuzaga kelgan, insonlarning qurbon boʻlishiga, insonlarni sogʻligʻiga yoki atrof muhitga zarar yetishiga, katta moddiy zararlar va kishilarning hayot faoliyatlari sharoitlarining buzilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan muayyan hududdagi holat.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy va texnogen turdagi favqulodda vaziyatlardan aholini va hududni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-dekabrdagi 558-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlar oldini olish va undagi xatti-harakatlar Davlat tizimi haqidagi Nizomi”, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Fuqarolarni muhofaza qilish Boshligʻi tomonidan 2000-yil 24-iyunda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muhofaza qilishning markazlashtirilgan xabarlash tizimini tashkil qilish va foydalanish-texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha Nizom”ga hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining nizomini tasdiqlash toʻgʻrisidagi” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish boʻyicha kuchlar va vositalar boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlarini, xabarlash va aloqa tizimlarini tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ularga favqulodda vaziyatlar xavf solganda yoki ular yuzaga kelishida mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari haqida maʼlumotlar olish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga oʻz vaqtida va majburiy tartibda favqulodda vaziyatning xavfi, dalili, miqyosi, ularning oʻzlarini tutish qoidalari va himoya choralari, shuningdek favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf qilinishining borishi toʻgʻrisidagi axborotlar yetkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Operatorlar va provayderlar favqulodda vaziyatlar xavfi toʻgʻrisida aholining xabardor qilinishini tashkil qilish uchun zarur boʻlgan vositalar joylashtirilishi, oʻrnatilishi va ulardan foydalanishni taʼminlashga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazlashtirilgan xabarlash tizimlari oʻzining moʻljallanishi boʻyicha respublika, viloyat ichi, tuman (shahar), shuningdek mahalliy (obyektlarga doir) xabarlash tizimlari boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasining markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining uskunalari Favqulodda vaziyatlar vazirligining balansida, markazlashtirilgan viloyat ichi xabarlash tizimlarining uskunalari esa, favqulodda vaziyatlar boʻyicha viloyat boshqarmalarining balansida turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mahalliy xabarlash tizimlari favqulodda vaziyatlar xavfi yoki kelib chiqishi haqida shu obyektlarning xodimlarini, shuningdek bevosita ularga yaqin joylashgan obyektlar va aholini xabarlash uchun xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Respublika, viloyat ichi, tuman va shahar markazlashtirilgan xabarlash tizimlari maxsus texnik vositalarining uskunasi, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiruvchi telekommunikatsiya korxonalarida oʻrnatiladi. Telekommunikatsiya korxonalari favqulodda vaziyatlar boʻyicha respublika, viloyat va shahar boshqarmalari (FVB) bilan tuzilgan shartnoma asosida yuqorida koʻrsatilgan vositalarga texnik-foydalanish xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladilar va taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Foydalanishga qabul qilingan markazlashtirilgan xabarlash tizimlari ishlatishga doim tayyor turishi kerak. Mansabdor shaxslar masʼuliyatini oshirish va xabarlash apparaturalarini ruxsatsiz ishga tushirilishining oldini olish maqsadlarida kodlash tizimlari qoʻllaniladi, boshqaruv pultidagi hisoblagich va yoqish tugmalari FVB tomonidan muhrlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Telekommunikatsiya obyektlarida oʻrnatilgan FVBga tegishli xabarlash va texnik aloqa vositalarining saqlanishiga, xabarlash va aloqa vositalarining ishga tushirilishi uchun texnik jihatidan doimiy tayyorligiga, ularning ishlash qobiliyatiga javobgarlik telekommunikatsiya korxonalarining rahbarlari va bu vositalarga texnik-foydalanish xizmati koʻrsatilishi uchun qabul qilib olgan tarkibiy boʻlinmalar javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Telekommunikatsiya korxonalarida markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining maxsus texnik vositalariga texnik-foydalanish uchun xizmat koʻrsatishni tashkil qilish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va telekommunikatsiya korxonalari hamda FVB tomonidan tuzilgan shahodatlash komissiyaga imtihonlar (sinovlar)ni muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassislardan guruhlar tuziladi. Texnik aloqa vositalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha guruh rahbari tezkorlik tartibida maxsus texnik uskunalariga texnik-foydalanish xizmati koʻrsatilishiga shartnoma tuzilgan FVB boshligʻiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Favqulodda vaziyatlarda aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida, barcha eshittirish tizimlari orqali eshittirish dasturlarini uzib qoʻyib, belgilangan tovush signallarini, nutqli xabarlarni va shaxsiy radiochaqiriq (peydjing aloqa tarmogʻi) hamda koʻchma uyali aloqa tarmoqlari orqali tegishli xabarlarni uzatish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini xabarlash koʻzda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xabarlash signallari va aholi uchun zarur axborotlar Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududi boʻyicha ham, bir yoki bir nechta viloyatlar (tumanlar, shaharlar)ning hududi boʻyicha ham tanlab uzatilishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markazlashtirilgan xabarlash tizimiga shartli signallarni uzatish FVV yoki viloyat FVBning shahardagi va shahar tashqarisidagi punktlarida uskunalangan apparatxonalaridagi maxsus apparatlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. FVVning talabi boʻyicha Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar favqulodda vaziyat xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqidagi nutqli xabarlarning magnit yozuvlarini barcha studiyalari uchun, ularning mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qatʼi nazar, oldindan tayyorlab qoʻyishlari kerak. Koʻrsatilgan yozuvli kassetalar FV turlariga koʻra raqamlangan boʻlishi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ayrim, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, FVVda tasdiqlagan “Standart boʻlmagan nutqli xabarlarni yoki magnit yozuvlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tarhlari”ga muvofiq FVV yoki FVB tezkor navbatchilarining bevosita ish joylaridan standart boʻlmagan qisqa nutqli xabarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda yoki magnit yozuvi koʻrinishida (FVV yoki FVB tegishli rahbarining farmoyishiga binoan) uzatishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Favqulodda vaziyat xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqidagi, sodir boʻlgan holatdagi oʻzini tutish tartibi haqidagi axborot aholiga eshittirishlar dasturlarini besh daqiqadan koʻp boʻlmagan davomiylikdagi uzish bilan uzatiladi. Koʻrsatilgan xabarlarni uzatilishining ikki-uch marta takrorlanishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoidaga koʻra, nutqli axborotlarni uzatish eshittirish tizimlari studiyalarida malakali suxandonlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Eshittirishlar dasturlarining uzish dalili FVV (FVB)ning tezkor navbatchisi va eshittirish tizimining obyekti boʻyicha javobgar navbatchisi tomonidan qayd qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 4. Favqulodda vaziyatlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlarining obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarning aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarini uzatishni taʼminlash boʻyicha majburiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) aholi uchun nutqli xabarlar matnlarini ishlab chiqadi hamda Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar bilan birgalikda magnit tashuvchilarga oldindan yozib qoʻyishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shaxsiy radiochaqiriq tarmoqlari abonentlari uchun xabarlar matnini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) markazlashtirilgan xabarlash tizimining maxsus apparatlarini sotib olishni, loyihalashni, qurish va yetkazib berishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mansabdor shaxslarni (boshqaruv punktlarining tezkor navbatchilarini) xabarlash signallari uzatilganda bajariladigan harakatlarga tayyorgarligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻz AAA korxonalari, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar bilan birgalikda aholini xabarlashning oʻquv signallarini uzatish boʻyicha va eshittirish tizimlari obyektlarining axborot uzatishga tayyorgarligi boʻyicha tekshiruv mashqlarini rejalashtiradi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Oʻz AAAga xabarlash signallari va FV toʻgʻrisidagi axborotlarning uzatishni taʼminlash uchun telekommunikatsiya kanallarini ajratishga berilgan talabnomalarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) FV xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqida aholini xabarlash uchun moʻljallangan eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi, shaxsiy radiochaqiriq hamda koʻchma uyali aloqa tarmoqlari operatorlari va provayderlarining roʻyxatini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) FV xavfi va uning yuzaga kelishida FVV (FVB) tezkor navbatchilari aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatish masalalari boʻyicha oʻzaro munosabatda boʻlishlari kerak boʻlgan eshittirish tizimlari obyektlari hamda shaxsiy radiochaqiriq va koʻchma uyali aloqasi tarmoqlarining mansabdor shaxslari roʻyxatini (bogʻlanish telefon raqamlarini koʻrsatish bilan) tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) FV xavfi va uning yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) FV larning oldini olish va undagi xatti-harakatlar Davlat tizimi (FVDT) faoliyat koʻrsatishning barcha tartiblarida respublika va mahalliy darajalarda aloqa va markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni tashkil qiladi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining maxsus texnik vositalarning texnik-foydalanish uchun xizmat koʻrsatishga qabul qilinishini tashkil etadi va nazorat qiladi, shuningdek ularning ishlashga doim tayyor boʻlishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) FV xavfi yoki uning yuzaga kelishida FVDT boshqaruv idoralari tomonidan telekommunikatsiya vositalari va kanallarining ustuvor ravishda foydalanilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) telekommunikatsiyaning texnik vositalari (radiotranslyatsiya tarmoqlari, radiotelekoʻrsatuvlarni uzatish stansiyalari, eshittirish dasturlarini uzatish kanallari)ning FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarni uzatishga texnik tayyorgarligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) markazlashtirilgan xabarlash tizimi maxsus texnik vositalariga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarni uzatishda oʻzlarining vazifalarini bajarishlariga tayyorgarliklarini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yangi ishga tushirilgan markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining yoki ularning qayta qurilishidan soʻng foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiya ishida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) FVVga telekommunikatsiyalar kanallarini, belgilangan tartibga muvofiq, ijaraga ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarga litsenziya beradi va Davlat aloqa inspeksiyasi orqali litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan, favqulodda vaziyatlar xavfi va ular yuzaga kelganda xabarlash signallari uzatilishi va aholi xabardor qilinishi hamda texnik imkoniyatlar mavjudligini taʼminlash qismi boʻyicha bajarilishining nazoratini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) magnit tashuvchilardagi nutqli xabarlarning yozuvlarini navbatchi xodimlar uchun qulay sharoitlarda saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) eshittirish tizimlari obyektlari texnik uskunalarning FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarning uzatishga doimiy tayyorligini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aholiga xabarlash signallari va axborotlarni uzatish masalalari boʻyicha FVV (FVB) bilan oʻzaro munosabatda boʻlishga majbur mansabdor shaxslarni (eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar rahbarlari buyrugʻi va / yoki lavozim yoʻriqnomasi boʻyicha) belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) istisnoli hollarda, FVV yoki FVB tegishli rahbarining farmoyishiga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri efirda qisqa nostandart xabarlarni uzatishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) suxandonlik va muharrirlik tarkibini, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning FV haqidagi nutqli axborotlarni uzatishdagi harakatlarga tayyorlashni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) FVB bilan kelishuvga binoan favqulodda vaziyatlarda xabardor qilinishi va axborot uzatilishiga taalluqli boʻlgan, shaxsiy radiochaqiriq va koʻchma uyali aloqa tarmoqlari (davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari va eshittirish tizimi rahbarlari) abonentlarining roʻyxatlarini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) berilgan talabnomalarga muvofiq eshittirish tizimlari obyektlarini FVVga ijaraga ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nodavlat radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya) tarmoqlari operatorlari, majburiy tartibda, oʻz uskunalarini markazlashtirilgan holda xabarlash va axborotlarni uzatish markaziga ulanishini taʼminlaydigan texnik imkoniyatlarga, shuningdek oʻz studiyalardan FVB (FVV) boshqarmasining punktlarigacha boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri simlarga ega boʻlishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatilgan vositalarni sotib olish, oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri simlarni ijaraga olish operatorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarning favqulodda vaziyatlarda aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatishdagi oʻzaro munosabatlari tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Markazlashtirilgan xabarlash tizimining maxsus texnik vositalari (apparaturalari) va studiya uskunalarining ulanishi FVV (FVB) tezkor navbatchisi tomonidan bevosita telefon orqali apparatxona boʻyicha navbatchiga xabar beriladigan parolga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parollar va unga javoblar bilan almashuvidan soʻng, buyruqning ishonchliligiga ishonch hosil qilib, apparatxona boʻyicha navbatchi apparaturani ulaydi va apparatura ulangani haqida FVV (FVB) tezkor navbatchisiga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xabarlash signallarining uzatilishi haqidagi axborot bir vaqtning oʻzida tizimlar va telekommunikatsiyalarning barqaror ishlab turishini taʼminlanishi hamda FV haqidagi signal va xabarlar uzatilishida ustuvorlikka rioya etilishini nazorat qilish uchun OʻzAAA boʻlinmasi rahbariga yoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar xabarlash signalini olgandan soʻng eshittirishlar dasturini uzib qoʻyadilar va FV toʻgʻrisidagi axborotning uzatilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. FV toʻgʻrisidagi xabarni uzatish uchun eshittirishlarni uzib qoʻyishni hisobga olish tartibi, zaxira kanallarini taqdim etish va barqaror aloqani taʼminlash, uzatiladigan xabarlarning soni, eshittirishdagi uzilishlarning rasmiylashtirilishi, telekoʻrsatuvlar va radiosignallarning oʻtishini nazorat qilish, xabarlash signallarini uzatish uchun parollar tizimi belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 6. Yakuniy qism
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.M. SAIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 29-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisi A.K. KOʻCHIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 29-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y.,1-2-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 295-modda; 2013-y., 31-son, 419-modda; 2015-y., 13-son, 161-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)