Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 20.10.2018 yildagi 840-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.10.2018 yildagi 840-son
Date of entry into force
22.10.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 22.08.2022 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qarori)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
840-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 840-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-yil, 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ning 10-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq quyidagi alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyekti uchun ijara toʻlovi ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrining yakuni boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 30 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar ishlab chiqarish, ularga ortopedik protezlash, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini taʼmirlash xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrining yakuni boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga oʻquv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qoʻllagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari yoki nogironligi boʻlgan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar, jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslar, odam savdosi qurbonlari, oʻqishni tugatgan kunidan boshlab uch yil oʻtmagan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari, “Mehribonlik” uylarining 30 yoshga yetmagan bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyekti.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) beshinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil., 41-son, 506-modda) bilan tasdiqlangan “Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom 29-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Investitsiya majburiyatlari miqdori boʻyicha ham va ijtimoiy majburiyatlar boʻyicha ham ikkita va undan koʻp tanlov takliflari teng boʻlgan taqdirda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son qaroriga muvofiq, alohida toifaga kiritilgan tadbirkorlik subyekti ustun huquqqa ega boʻladi, u boʻlmagan taqdirda esa — taklifini oldin hududiy tanlov komissiyasi roʻyxatdan oʻtkazgan qatnashchi gʻolib deb eʼtirof etiladi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)