16.10.2018 yildagi PQ-3975-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.10.2018 yildagi PQ-3975-son
Date of entry into force
17.10.2018
Hujjat 13.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʻrlangan yerlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar koʻlamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini taʼminlash, tadqiqotlar va innovatsiyalarning ilgʻor tajribalarini joriy etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Islom taraqqiyot banki va Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) ilmiy-texnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro innovatsiya markazi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalqaro innovatsiya markazining asosiy vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʻrlangan yerlarda ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoʻrlangan tuproqli muhitdagi turli muammolarni hal etish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinovlar oʻtkazish uchun tajriba dalalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni, jumladan, agrooʻrmon melioratsiyasi, sahroni daraxtzorga aylantirish, suv osti ekinlari, bioenergetika, ekinlar diversifikatsiyasi, ekinlar kompleksini yetishtirish, chorvachilik, yaylovlarni rivojlantirish, qurgʻoqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim oʻzgarishlariga moslashuvchanlikni belgilash, ilgari surish va taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orol qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orol dengizi havzasini ekologik sogʻlomlashtirish sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisob varaqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalarda talab qilib olinadigan depozit hisob varaqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlar boʻyicha xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi ijro apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) va Islom taraqqiyot banki vakillarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) tomonidan ajratilgan (in-kind) mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalariga koʻra ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki tomonidan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari Xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orol dengizining qurib qolgan tubidagi shoʻrlangan tuproqli yerlarda ekotizimni va barqaror hayot faoliyatini rivojlantirish, sinovlar oʻtkazish uchun tajriba dalalarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orol dengizining qurib qolgan qismida oʻrmon yaratish uchun koʻchatlarning yuqori unumdor urugʻlarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurgʻoqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim oʻzgarishlariga moslashtirish, shuningdek, bu sohada davlat-xususiy sherikchilikni tashkil etish va uning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazini zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazining joriy, moddiy-texnik taʼminlash hamda xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini boshlangʻich bosqichda (2018-2019-yillarda) moliyalashtirish Xalqaro innovatsiya markazi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-fevraldagi PQ-4597-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2020-y., 07/20/4597/0163-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xalqaro innovatsiya markazi direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazining tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda rivojlanish ustuvorligidan kelib chiqqan holda boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-fevraldagi PQ-4597-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2020-y., 07/20/4597/0163-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-fevraldagi PQ-4597-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2020-y., 07/20/4597/0163-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa qoʻshimcha haq va ustamalardan qatʼi nazar, Xalqaro innovatsiya markazining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarga asosiy egallagan lavozimi boʻyicha lavozim maoshiga (tarif stavkalariga) ustamalar belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Nukus davlat oʻrmon xoʻjaligiga tegishli boʻlgan Nukus tumani, “Samanbay” qishloq fuqarolar yigʻini manzili boʻyicha joylashgan laboratoriya binosi va unga tutash 4 gektar hududni Xalqaro innovatsiya markaziga begʻaraz topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va tajriba dalalarini tashkil etish uchun laboratoriya binosiga tutash hududdan Xalqaro innovatsiya markaziga 20 gektar yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Xalqaro innovatsiya markazini zarur aloqa va global Internet tarmogʻiga keng polosali kirish bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 2021-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazi barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari, reagentlar va sarflash materiallari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) vakolatxonasini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro innovatsiya markazining buyurtmanomalariga asosan ushbu markazda ishlash uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro innovatsiya markazining buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlashdan ozod etgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro innovatsiya markazi buyurtmalariga asosan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliy yoʻnaltirilganlik va natijadorlikka alohida eʼtibor qaratgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali muvofiqlashtirishni, ularning zamonaviy fan va jahon ilmiy yutuqlari darajasiga muvofiqligini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar va mavzuga oid koʻrsatuvlarni muntazam tashkil etish tavsiya etilsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 16-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3975-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3975-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi ijro apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv va ilmiy xodimlarning cheklangan soni — 31 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 07/18/3975/2065-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 13.02.2020-y., 07/20/4597/0163-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)