1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning samarali tizimini yaratish, huquqiy asoslarini aniqlash va ushbu sohada yagona tashkiliy-texnik talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilda respublikada neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi va isteʼmol qilinishi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-yanvardagi PQ-2745-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarish hajmlarini yiliga 200,0 ming tonnaga koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika boʻyicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi 1033-son qarori bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-avgustdan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda aholiga kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun “Oʻztransgaz” AJ va/yoki uning hududiy gaz taʼminoti filiallari orqali 1 kilogramm suyultirilgan gaz sotishning yagona chakana narxi belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kundalik hayotda isteʼmol qilishga aholi uchun 1 kilogramm suyultirilgan gazning chakana narxi aholiga sotiladigan tabiiy gaz narxining oʻzgarishiga mutanosib ravishda oʻzgarishi tartibi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” AJning — suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmol qiladigan ijtimoiy soha obyektlariga aholiga belgilangan narxlarda 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekneftgaz” AJning — 2018-yilda 3-ilovaga muvofiq jadval boʻyicha maishiy gaz ballonlarini tayyorlash hamda respublika aholisi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-yilgi suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarish va sotish balanslari koʻrsatkichlarining choraklik va oylik bajarilishi jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kundalik hayotda isteʼmol qilish uchun aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish belgilangan narxlarda “Oʻztransgaz” AJ va/yoki uning hududiy gaz taʼminoti filiallari orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazi bilan taʼminlash uni aholi va ijtimoiy soha obyektlarigacha yoki olis hududlarda joylashgan hududiy gaz taʼminoti hududiy filiallarining maishiy gaz ballonlarini almashtirish punktlari orqali yetkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transportida tashiladigan suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish stansiyalariga oʻz vaqtida yetkazib berish uchun masʼuliyat “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻztransgaz” AJga yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini sotib olish, servis xizmati koʻrsatish va davriy tekshiruvdan oʻtkazish “Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazining maishiy gaz ballonlarini oʻz vaqtida va sifatli davriy tekshiruvdan oʻtkazishni tashkil qilish uchun masʼuliyat “Oʻztransgaz” AJning hududiy gaz taʼminoti filiallari rahbarlari zimmasiga yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib beruvchilar, jumladan, suyultirilgan uglevodorod gazini birja savdolarida sotib oluvchi va shartnomaviy narxlarda sotuvchi korxonalar uning normativ hujjatlar bilan belgilangan sifati uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik uskunalar va maxsus texnikani xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga rioya qilgan holda aholi va ijtimoiy soha obyektlari belgilangan tartibda ajratilgan hajmlar doirasida suyultirilgan uglevodorod gazi bilan uzluksiz taʼminlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy priborlar va hisoblash usullarini joriy etgan holda suyultirilgan uglevodorod gazining qatʼiy hisobi yuritilishini, pul tushumlari toʻliqligini, suyultirilgan uglevodorod gazi yoʻqotilishini, asossiz va nooqilona sarflanishini qisqartirish choralari koʻrilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va sotish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish haqidagi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va sotishda oʻgʻirlik va suiisteʼmollarning oldi olinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmlarini oʻlchash vositalari ustidan metrologik tekshirish va nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi suyultirilgan uglevodorod gazini tashish va saqlash obyektlarini montaj qilish va ishlatishda hamda uning ajratilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishi va taqsimlanishida texnologik talablarga rioya etilishi qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻztransgaz” AJning 2018-yil avgust-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida har bir isteʼmolchini suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olish va hisob-kitoblar uchun individual elektron kartalar bilan taʼminlashni nazarda tutadigan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazining avtomatlashtirilgan hisobi va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha tajriba loyihasini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyalari gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish hamda suyultirilgan uglevodorod gazini belgilangan maqsadda oqilona ishlatishni taʼminlash ishlarini tashkil qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qaror hamda tasdiqlangan Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning mazmun va mohiyati keng yoritilishini tashkil qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi Sh.A. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 10-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
646-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimidagi tashkiliy-texnik talablarni belgilaydi, yetkazib beruvchilar, gaz taʼminoti tashkilotlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlari oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish borasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning amal qilishi aholi va ijtimoiy soha obyektlari tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazidan maishiy ehtiyojlar — ovqat tayyorlash uchun (keyingi oʻrinda maishiy ehtiyojlar deb ataladi) foydalanishga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazi — tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan boʻlgan suyultirilgan uglevodorod gazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchi — suyultirilgan uglevodorod gazini ishlab chiqarishni hamda gaz taʼminoti hududiy filiallariga yetkazib berishni amalga oshiradigan neft-gaz qazib oluvchi, gazni qayta ishlovchi, neftni qayta ishlovchi korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz taʼminoti tashkiloti — suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, taqsimlash va isteʼmolchiga yetkazib berishni taʼminlaydigan tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz toʻldirish stansiyasi, gaz toʻldirish punkti — suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va gaz taʼminoti hududiy filiallariga va isteʼmolchilarga berish faoliyatini amalga oshirish imkonini beruvchi mulkiy majmua;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy gaz balloni — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun moʻljallangan yopqich moslamali payvandlangan poʻlat ballon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezervuar sigʻimi — gazni qabul qilish va isteʼmolchilarga berishdan oldin saqlash uchun statsionar poʻlat qurilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
individual ballon qurilmalari — isteʼmolchilarning gaz taʼminoti manbai sifatida xizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun bir yoki ikkita ballonni, gaz bosimining sozlagichini oʻz ichiga olgan texnologik moslama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruhli ballon qurilmalari — isteʼmolchilarning gaz taʼminoti manbai sifatida xizmat qiladigan, suyultirilgan uglevodorod gazi uchun ikki va ikkitadan ortiq ballonni, quvurlarni, yopqich armaturasini, gaz bosimining sozlagichini oʻz ichiga olgan texnologik moslama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi — suyultirilgan uglevodorod gazini gaz taʼminoti tashkilotlaridan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishga tuziladigan shartnomaga asosan sotib oladigan va undan foyda olish bilan bogʻliq boʻlmagan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan, roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan jismoniy shaxs (aholi) yoki ijtimoiy soha obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soha obyektlari — aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazdan foydalanuvchi uskuna — energiya unumdorligi, energiya tejalishi talablariga javob beruvchi va suyultirilgan uglevodorod gazidan yonilgʻi sifatida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi asbob;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlchov vositalari — suyultirilgan uglevodorod gazining hajmini, miqdorini, bosimini, harorati va suyuq fazasining sathini oʻlchash asboblari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob yuritish pribori — suyultirilgan uglevodorod gazining sarfini (hajmini) oʻlchash boʻyicha vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan oʻlchov texnikasi vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan bitim, unga muvofiq gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazidan faqat ovqat tayyorlash uchun foydalanish va qabul qilingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy gaz ballonini isteʼmolchilarga vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnoma — ushbu bitimga muvofiq gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga uning balansida boʻlgan maishiy gaz ballonini, toʻlov olmagan holda vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Gaz taʼminoti tashkilotlari isteʼmolchilar bilan birgalikda bitta isteʼmolchi uchun kamida bir oyda bitta maishiy gaz balloni (20 kg) yetkazib berish hamda texnologik yoʻqotishlarning tabiiy kamayishini hisobga olgan holda joriy yil 1-iyulgacha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Gaz taʼminoti tashkilotlari har yili 1-avgustga qadar keyinchalik “Oʻzbekneftgaz” AJga taqdim etish uchun “Oʻztransgaz” AJga suyultirilgan uglevodorod gaziga boʻlgan ehtiyojning prognoz hajmini davrlar (qishki, yozgi), choraklar va oylarga boʻlgan holda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Taqdim etilgan buyurtmalar asosida “Oʻzbekneftgaz” AJ resurs imkoniyatlarini hisobga olib belgilangan tartibda choraklar va oylarga boʻlib kelgusi yilga respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotini tuzadi hamda uni joriy yilning 1-sentabriga qadar respublika boʻyicha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari balansi va taqsimoti loyihasini ishlab chiqish maqsadida koʻrib chiqish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balansiga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” AJ “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ va “Oʻzneftmahsulot” AJga yetkazib beruvchilar boʻyicha isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlarini keyinchalik gaz taʼminoti tashkilotlariga yuborish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻztransgaz” AJ tasdiqlangan respublika boʻyicha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazining resurslari va taqsimoti balanslari asosida yillik, choraklik va oylik limitlarni viloyatlar va yetkazib beruvchilar boʻyicha taqsimlaydi hamda ularni “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AJ va gaz taʼminoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Gaz taʼminoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida texnologik yoʻqotishlarni hisobga olgan holda tumanlar (shaharlar), ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishning yillik, choraklik va oylik hajmlari va jadvallarini tumanlar va shaharlar hokimliklariga tasdiqlash uchun kiritadi va ularni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yil davomida suyultirilgan uglevodorod gaziga qoʻshimcha ehtiyoj paydo boʻlganda bu masala “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Gaz taʼminoti tashkilotlari isteʼmolchilar bilan birgalikda mavjud gaz ballonlari, mintaqalar boʻyicha xonadonlar (oilalar) soni va tabiiy gazni yetkazib berishda uzilishlarni hisobga olgan holda joriy yilning 1-sentabrigacha muddatda kelgusi yilga maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Gaz taʼminoti tashkilotlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili joriy yilning 15-sentabriga qadar “Oʻztransgaz” AJga kelgusi yil uchun maishiy gaz ballonlariga boʻlgan ehtiyojning prognozlashtirilayotgan miqdorini oylarga taqsimlagan holda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻztransgaz” AJ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yil 1-dekabrga qadar “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda belgilangan tartibda maishiy gaz ballonlari yetkazib beruvchilarni aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi yil uchun viloyatlar va yetkazib beruvchilar boʻyicha respublika boʻyicha maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning tasdiqlangan jadvallarini gaz taʼminoti tashkilotlariga ijro etish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Gaz taʼminoti tashkilotlari besh ish kuni mobaynida tumanlar va shaharlar hokimliklariga tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha maishiy gaz ballonlarini yetkazib berishning yillik va oylik jadvallarini tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yil mobaynida maishiy gaz ballonlariga qoʻshimcha ehtiyoj paydo boʻlganda ushbu masala “Oʻztransgaz” AJ tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Maishiy gaz ballonlarini isteʼmolchilarga yetkazib berish va ularning hisobini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchining arizasi asosida uning balansida boʻlgan maishiy gaz ballonini toʻlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish majburiyatini oladi, isteʼmolchi esa undan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanish uchun yetkazib berish imkoniyatini koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) aholi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda isteʼmolchi pasportining nusxasi va oʻzini oʻzi boshqarish organidan berilgan yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma ilova qilingan holda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan taʼminlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan bitta isteʼmolchiga bir dona gaz balloni yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga maishiy gaz balloni berish haqidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini ilova qilingan holda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib suyultirilgan gaz bilan taʼminlanganlik va ovqat tayyorlash uchun gazdan foydalanuvchi uskunaning mavjudligi jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan loyiha yechimiga muvofiq zarur miqdordagi gaz ballonlari yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda isteʼmolchilarga maishiy gaz ballonlari yetkazib berilishi tasdiqlangan maishiy gaz ballonlari yetkazib berish jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yetkazib beriladigan maishiy gaz ballonlari texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Maishiy gaz balloni tegishlicha markalangan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtganligi haqida oʻyib tushirilgan tamgʻaga ega boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Gaz ballonlarini taʼmirlash va koʻrikdan oʻtkazish gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkilotlarining almashtiriladigan idishda gaz yetkazib beradigan xodimlariga berishga ruxsat etiladi. Bunda beriladigan gaz ballonlarining soni unga biriktirilgan avtotransport vositasining sigʻimidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Isteʼmolchilarni gazlashtirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Isteʼmolchilarni gazlashtirish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajarilgan gazlashtirish loyihalari yoki eskizlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Isteʼmolchilarni gazlashtirishni koʻrib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) aholi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʻgʻrisida arizani yozma yoki elektron shaklda isteʼmolchi pasportining nusxasi va oʻzini oʻzi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkilotining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollashtirish uchun tuynuklarning joylashuvini oʻz ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda koʻp qavatli uylardagi kvartiralarni gazlashtirish uchun ichki gaz quvurlariga, rezervuar sigʻimlari joylashtirilgan joyga va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmolini oʻlchash priboriga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan loyiha ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ijtimoiy soha obyektlari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʻgʻrisidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʻrganiladi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha isteʼmolchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sigʻimlar va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Gazlashtirish loyihasi (ichki gaz quvuri, gazdan foydalanuvchi uskunalar, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sigʻimlari va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborlarining joylashuvi) ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari tomonidan isteʼmolchi bilan tuziladigan shartnoma asosida ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish shartnomalarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Gazlashtirish loyihasi yoki eskizi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlangunga qadar roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suyultirilgan uglevodorod gazining rezervuar sigʻimlari va guruhli ballon qurilmalarini qurish va montaj qilish gazlashtirish loyihasiga muvofiq amalga oshiriladi va belgilangan tartibda ijro-texnik hujjatlar tuzilgan holda bunday ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan tashkilot tomonidan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suyultirilgan gaz rezervuar sigʻimlarni va guruhli ballon qurilmalarni taʼmirlash, saqlash va foydalanish gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ishga tushirish-sozlash ishlari tugaganidan keyin ishga tushirish dalolatnomasi tuziladi va isteʼmolchi bilan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish qoidalari boʻyicha yoʻl-yoʻriq beriladi. Yoʻl-yoʻriq berilgandan keyin isteʼmolchi ishga tushirish dalolatnomasini imzolaydi va gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasi tuziladi (ishga tushirish dalolatnomasining bir nusxasi gaz taʼminoti tashkilotida saqlanadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Isteʼmolchilarni suyultirilgan uglevodorod gazi bilan rezervuar sigʻimlari orqali gazlashtirish “Oʻzdavneftgazinspeksiya” va “Sanoatgeokontex-nazorat” davlat inspeksiyalarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini yetkazib berish shartnomalarini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Gaz taʼminoti tashkiloti va aholi oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ushbu Nizomga 1-ilovaga binoan namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz taʼminoti tashkiloti va ijtimoiy soha obyektlari oʻrtasida suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga binoan namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suyultirilgan gazni aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Hududiy gaz taʼminoti filiali va isteʼmolchi oʻrtasida maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Nizomga 4-ilovaga binoan namunaviy shartnomaga muvofiq ikki nusxada tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy gaz ballonlarini aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga taqsimlash va yetkazib berish ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Suyultirilgan uglevodorod gazi va maishiy gaz ballonlarini gaz taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida shartnoma tuzmasdan yetkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Gaz taʼminoti hududiy filiali tomonidan suyultirilgan uglevodorod gazini yuklash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib beruvchi tomonidan yuklanadi hamda temir yoʻl va avtomobil transporti orqali gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlarigacha yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda suyultirilgan uglevodorod gazi yuklangan temir yoʻl va avtomobil sisternalari yetkazib beruvchi tomonidan plombalangan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish stansiyalarigacha oʻz vaqtida yetkazib berish uchun javobgarlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil transportida yetkazib berishda — “Oʻztransgaz” AJning gaz taʼminoti tashkilotlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transportida yetkazib berishda — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boʻlinmalariga va “Oʻztransgaz” AJning gaz taʼminoti tashkilotlariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ishlab chiqarilgan va gaz toʻldirish stansiyalariga, gaz toʻldirish punktlariga yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suyultirilgan uglevodorod gazining sifati akkreditatsiyalangan laboratoriyalarda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Gaz toʻldirish stansiyalari va punktlari gaz taʼminoti hududiy filiallari tomonidan maishiy gaz ballonlarini va/yoki maxsus jihozlangan avtotsisternalarni suyultirilgan gaz bilan toʻldirish orqali suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash va berish ishlarini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga yetkazib berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz toʻldirish punktlarigacha va stansiyalarigacha hamda gaz toʻldirish punktlari va stansiyalaridan isteʼmolchilargacha avtomobil transporti bilan tashish qatʼiy ravishda qonun hujjatlari va texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ballonlarni avtomashinalardan qalpoqchalarini pastga qilib tushirish va tashish hamda kuzovdan tashlash qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazini tumanlar (shaharlar) va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha tasdiqlangan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish jadvallariga muvofiq yetkazib berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Isteʼmolchi tomonidan gaz taʼminoti tashkilotidan oʻlchov birligiga belgilangan yagona chakana narx boʻyicha sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazi faqat maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi va qayta sotilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga yetkazib berish maxsus avtotransport vositalari va rezervuar sigʻimlari vositasida gaz ballonlarida yoki guruhli gaz balloni qurilmalarida gaz taʼminoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar asosida tegishli hujjatlar (gazlashtirish loyihasi yoki eskizi) mavjud boʻlganda tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazi gaz ballonlarida boʻsh ballonlarni toʻldirilgan ballonlarga almashtirgan xolda oluvchigacha yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotidan gaz ballonlarida sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini faqat gaz taʼminoti tashkilotining xodimi tomonidan tegishli yoʻriqnomadan oʻtkazilganidan keyin mustaqil almashtirishi mumkin. Buning uchun isteʼmolchi yashash joyiga koʻra gaz taʼminoti tashkilotiga yozma ariza bilan murojaat qilishi zarur. Bunda gaz ballonini oʻrnatish joyi loyihaga va/yoki eskizlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Texnik nosoz boʻlgan va texnik koʻrikdan oʻtmagan maishiy gaz ballonlarini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilish, saqlash, toʻldirib berish va undan foydalanish amaldagi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Yetkazib berishning qoʻshimcha shartlari suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomalarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun hisob-kitob qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovni tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Isteʼmolchi suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi holati boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Olingan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlov isteʼmolchilarning tanloviga koʻra istalgan toʻlovlarni qabul qilish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Gaz taʼminoti tashkilotiga isteʼmolchilardan yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun toʻlovni naqd pul mablagʻlari shaklida qabul qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Suyultirilgan uglevodorod gazini uning hisobini yuritmagan holda yetkazib berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining miqdori va hajmi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat oʻlchov vositalari reyestriga kiritilgan va belgilangan tartibda tekshirishdan oʻtgan oʻlchov vositalarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Isteʼmolchilarga rezervuar sigʻimlari orqali sotiladigan suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritish hajmiy usulda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazini hisobga olishning individual priborlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olishning individual priborlari boʻlmaganda, ular nosoz boʻlganda yoki gaz uskunalarining parametrlariga muvofiq boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan isteʼmol qilish normalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobni yuritish priborlarining tekshirish muddati oʻtib ketganda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan isteʼmol qilish normalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Oʻlchov tarozilari va suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritish priborlari, ularning foydalanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatlarga hamda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan buning uchun nazarda tutilgan joylarda belgilangan shakldagi tamgʻa yoki plombalarga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishning oʻlchash vositalarining texnik holati va oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazilishi uchun javobgarlik priborlarning egasiga yuklatiladi. Bunda isteʼmolchilarda mavjud hisobga olish priborlarini oʻz vaqtida qiyoslovdan oʻtkazishni tashkil qilish uchun javobgarlik gaz taʼminoti tashkilotiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Isteʼmolchilar ularning kvartiralarida yoki xonadonlarida oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunalarining saqlanishi va butunligi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Suyultirilgan uglevodorod gazining hisobini yuritishning va oʻlchash vositalarining metrologik nazorati “Oʻzstandart” agentligining metrologik xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Suyultirilgan uglevodorod gazi hisobini yuritishni oʻlchash vositalarini montaj qilish, ulardan foydalanish va qiyoslovdan oʻtkazish texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborlarini plombalash gaz taʼminoti tashkilotlarining vakillari tomonidan isteʼmolchining ishtirokida dalolatnoma tuzilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish pribori oʻrnatilgandan keyin gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Suyultirilgan gazning gaz hisoblash priborini davlat tomonidan tekshirish davriyligi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborini almashtirish, taʼmirlash, xizmat koʻrsatish, davlat tomonidan tekshirish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish gaz taʼminoti tashkilotining vakillari tomonidan isteʼmolchining ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va tekshirish uchun yechib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning hisobini yuritish priborini oʻrnatish gaz taʼminoti tashkilotining vakillari tomonidan bir vaqtning oʻzida plombalangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Gaz taʼminoti tashkiloti xodimining suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmol qilishning hisobini yuritish pribori yoniga borishga yoʻl qoʻyilmasligi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Isteʼmolchi tuzilgan dalolatnoma bilan tanishishi, uning bosh tortishi holatida esa, tegishli bosh tortish haqida belgi qoʻyilgan dalolatnomani imzolashi shart. Bosh tortish ikkita guvoh yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi lozim. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan isteʼmolchi uning sababini tushuntirishga haqlidir, ushbu tushuntirish dalolatnomada aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Gaz taʼminoti tashkilotlari va isteʼmolchining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Gaz taʼminoti tashkiloti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berishni ushbu Nizomga, tasdiqlanadigan jadvallarga va hajmlarga muvofiq yetkazib berishni amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchi zavodning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishda kutilayotgan kechikishlar yoki yetkazib berish toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi xabarnomasi olingan kundan boshlab bu haqda oʻn kalendar kun ichida isteʼmolchini xabardor qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarga xonada oʻrnatilgan maishiy gaz asboblaridan xavfsiz foydalanish masalalari boʻyicha albatta eslatma berilgan holda yoʻl-yoʻriq berishga majburdir. Bunda yoʻriqnoma gaz taʼminoti tashkilotining masʼul mutaxassisi tomonidan isteʼmolchining tilxati bilan, maxsus raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan jurnalda belgi qoʻyilgan holda oʻtkazilishi lozim. Eslatmada gaz taʼminoti tashkilotining avariya xizmati telefon raqamlari koʻrsatilishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga tegishli boʻlgan binolar va inshootlarni, texnologik asbob-uskunalarni, tashish vositalarini soz holda saqlashga va tiklash-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalanuvchi va texnologik asbob-uskunalarining texnik taftishini va profilaktik xizmat koʻrsatishni jadvalga muvofiq oʻtkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik va gazdan foydalanuvchi uskunaning nosozliklarini bartaraf etish choralarini koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransport vositalarida nazorat tarozisi boʻlishini taʼminlashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz taʼminoti tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Gaz taʼminoti tashkiloti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda qonun hujjatlari, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi tomonidan ushbu Nizomning 65-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama tartibda bosh tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 65 va 67-bandlarida nazarda tutilgan hollarda aniqlangan buzilishlar bartaraf etilmaguncha oldindan ogohlantirmasdan suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Isteʼmolchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona, maishiy ehtiyojlar uchun (ovqat tayyorlash uchun) foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazdan foydalanuvchi uskunani yoki maishiy gaz ballonini soz holatda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlab turishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz taʼminoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) gazdan foydalanuvchi uskunani va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish, profilaktik xizmat koʻrsatish va tekshirish uchun erkin kirish imkonini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz asboblaridan foydalanishga bolalarni, oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydigan va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilmagan shaxslarni qoʻymaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazdan foydalanuvchi uskunalar va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan xonalardan uxlash va dam olish uchun foydalanmaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz asboblarini toza holda saqlashga, asboblarning yondirgichlarini ovqat tayyorlash jarayonida ifloslanishdan asrashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazlashtirish loyihasi va/yoki eskizining saqlanishini taʼminlashga hamda gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga binoan uni taqdim etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazining hidi xonalar, yertoʻla, yoʻlak ichi, hovli yoki koʻchada sezilganda hamda gazdan foydalanuvchi uskuna va gaz ballonining nuqsonlari aniqlanganda “104” telefon raqami boʻyicha avariya xizmatiga xabar berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarni gazlangan muhitdan evakuatsiya qilish, elektr yoritishni yoqish va oʻchirishning oldini olish, ochiq alanga va uchqunlar paydo boʻlishining oldini olish choralarini koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish priborilarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ular ishiga aralashmaslikka, ularning qasddan buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka va oʻrnatilgan plombalarning butunligini taʼminlashga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish shartnomasini uzaytirish yoki bekor qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy majburiyatlarga rioya etishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatib turishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz taʼminoti tashkilotining xodimi ishtirokida suyultirilgan uglevodorod gazini nazorat tartibida oʻlchashni talab qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan gazlashtirishga, gazdan foydalanuvchi uskunani mustaqil ravishda joyidan koʻchirish, almashtirish va taʼmirlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazdan foydalanuvchi uskuna oʻrnatilgan xonalarni normativ talablarga muvofiq boʻlmagan tarzda qayta rejalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazidan shamollatish yoʻllarini tekshirish va tozalash toʻgʻrisida dalolatnoma boʻlmaganda yoki uning amal qilish muddati tugaganidan keyin foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazidan belgilangan maqsadlardan tashqari hamda xonalarni isitish uchun foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suyultirilgan uglevodorod gazining sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq alangadan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 101, 1986-moddalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha NAMUNAVIY SHARTNOMA
20 ___ y. “___” _______________
_____-son
_______________________ shahri
(shartnoma imzolangan joy)
Ustav va 20____yil “_____”______________da berilgan __________________-son Ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi “___________________________gaz” filiali (keyingi oʻrinlarda gaz taʼminoti tashkiloti deb ataladi) nomidan uning rahbari ___________________ bir tarafdan, _______________viloyati, ____________tumani (shahri), ____________ koʻchasi, ____-uy, ____-kvartira egasi fuqaro ___________________________ (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi deb ataladi), 20 ___yil “___” ________da ____________________________ tomonidan berilgan pasport ________ seriyasi _________ raqami, _________________________, ikkinchi tarafdan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:
I. Shartnomaning predmeti
1.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazini maishiy ehtiyoj uchun foydalanishga qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.
II. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmi
2.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini GOST 20448-90 “Gazi uglevodorodnie sjijennie toplivnie dlya kommunalno-bitovogo potrebleniya” talablariga muvofiq yetkazib berish majburiyatini oladi. 2.2. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga maishiy ehtiyoj uchun bir oyda ______ kg (m3) suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish majburiyatini oladi. Yetkazib berilgan gaz qayta sotilmaydi. Yetkazib berish respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotining tasdiqlangan balansi doirasida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Taraflarning huquq va majburiyatlari
3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti: a) ushbu Shartnomaning 3.4-bandi talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirgan holda isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishni toʻxtatish; b) isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etishni talab qilish huquqiga ega. 3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti: a) tasdiqlangan jadvalga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini oʻz vaqtida yetkazib berishga; b) isteʼmolchiga belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga; v) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan maishiy gaz ballonlarini loyiha yoki eskiz asosida oʻrnatib berishga; g) texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka; d) maishiy gaz ballonlarini muvofiqlik sertifikati boʻlmagan rezinali shlanglarga ulamaslikka; e) isteʼmolchining buyurtmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashga; j) yetkazib beruvchi zavodning kutilayotgan kechikishlar yoki suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishi toʻxtatilishi haqidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida bu haqda isteʼmolchini xabardor qilishga; z) isteʼmolchidagi maishiy gaz ballonini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish uchun yigʻish va olib ketishga; i) maishiy gaz ballonini va gazdan foydalanish uskunasini oʻrnatishda amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilishga; k) gazdan foydalanish uskunasini tasdiqlangan jadvallar va tariflarga muvofiq har yili profilaktik koʻrikdan oʻtkazishga; l) isteʼmolchining buyurtmanomalari boʻyicha texnologik va gazdan foydalanish uskunasining nosozliklarini maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazgan holda bartaraf etish choralarini koʻrishga; m) nosozliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishga, keyinchalik uni uch yil mobaynida saqlashga majburdir. 3.3. Isteʼmolchi: a) suyultirilgan uglevodorod gazi belgilangan sifatda yetkazib berilishini talab qilishga; b) belgilangan sifatga muvofiq boʻlmagan suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilishni rad etishga; v) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishini vaqtincha toʻxtatishni talab qilishga; g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishda tuzilgan shartnomani uzaytirishga yoki gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilinmaganda uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish huquqiga egadir. 3.4. Isteʼmolchi: a) suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona va faqat maishiy maqsadlar uchun foydalanishga; b) gazdan foydalanish uskunasini (individual, guruhli gaz balloni va rezervuar sigʻim) oʻrnatishga loyiha yoki eskizga ega boʻlishga; v) gazlashtirish loyihasi yoki eskizi saqlanishini taʼminlashga va uni gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga koʻra koʻrsatishga; g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi uchun tasdiqlangan tarifga muvofiq haq toʻlashga; d) gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan (individual, guruhli) xavfsiz foydalanishni taʼminlashga; e) xonada, gaz priborlari va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan joylarda gaz hidi aniqlanganda darhol gazdan foydalanishni toʻxtatish choralarini koʻrishga, xonani shamollatishga va bu haqda darhol gaz taʼminoti tashkilotiga xabar berishga; j) gazdan foydalanish uskunasi, maishiy gaz balloni (individual, guruhli) va shamollatish yoʻllarini amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq soz holatda saqlashga; z) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) majburdir.
IV. Hisob-kitoblar tartibi
4.1. Yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi 1 kg (m3) uchun _____ soʻmni tashkil etadi. Hisob-kitob oʻlchov birligi uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha amalga oshiriladi. 4.2. Isteʼmolchi yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun olish holati boʻyicha 100 foiz haq toʻlaydi. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun oldindan haq toʻlashi mumkin. Bunda uzil-kesil oʻzaro hisob-kitob suyultirilgan uglevodorod gazi haqiqatda yetkazib berilgandan keyin yetkazib berish sanasida oʻlchov birligi uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha bajariladi. Olingan suyultirilgan uglevodorod gaziga haq toʻlash isteʼmolchilarning tanloviga koʻra toʻlovlarni qabul qilishning istalgan punktlari orqali amalga oshiriladi. 4.3. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga suyultirilgan uglevodorod gazini olish uchun toʻlovni tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etadi.
V. Shartnomaning amal qilish muddati
5.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi. 5.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.
VI. Taraflarning javobgarligi
6.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
VII. Fors-major
7.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) — bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat. 7.2. Taraflar, agar majburi?tlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar. 7.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak. 7.4. Gaz taʼminoti tashkiloti ishlab chiqaruvchi zavodlarda avariya yuz bergan hollarda suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilmaganligi uchun javob bermaydi.
VIII. Nizolarni hal etish tartibi
8.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar. 8.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.
IX. Yakunlovchi qoidalar
9.1. Ushbu Shartnoma taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra yoki Shartnoma qoidalari buzilgan taqdirda — bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin. 9.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir. 9.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
X. Taraflarning rekvizitlari
Gaz taʼminoti tashkiloti
Isteʼmolchi
______________________________________ Pochta manzili: _________________________ KTUT kodi: ____________________________ XXTUT: _______________________________ Aloqa qilinadigan telefon: _______________ Toʻlovlar uchun bankdagi hisob-kitob raqami: ______________________________________ Bank nomi: ____________________________ MFO__________________________________ STIR _________________________________ Rahbar ________________________________
______________________________________ ______________________________________ Yashash manzili: ________________________ ______________________________________ Aloqa qilinadigan telefonlar: mobil: ______________________________________ uy telefoni: ___________________________ Pasportga oid maʼlumotlar: ______________ ______________________________________ ______________________________________ Shaxsiy hisob raqami: ___________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha NAMUNAVIY SHARTNOMA
20 ___ y. “___” _______________
_____-son
_______________________ shahri
(shartnoma imzolangan joy)
Ustav va 20__yil “___”_______da berilgan ______________-son Ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi “___________________________gaz” filiali (keyingi oʻrinlarda gaz taʼminoti tashkiloti deb ataladi) nomidan uning rahbari ____________________ bir tarafdan, _____________________________________________
(tashkilotning nomi)
(keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi deb ataladi) ikkinchi tarafdan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:
I. Shartnomaning predmeti
1.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazini maishiy ehtiyoj uchun foydalanishga qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.
II. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmi
2.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini GOST 20448-90 “Gazi uglevodorodnie sjijennie toplivnie dlya kommunalno-bitovogo potrebleniya” talablariga muvofiq yetkazib berish majburiyatini oladi. 2.2. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga maishiy ehtiyoj uchun bir oyda ______ kg (m3) suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish majburiyatini oladi. Yetkazib berilgan gaz qayta sotilmaydi. Yetkazib berish respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotining tasdiqlangan balansi doirasida amalga oshiriladi.
III. Taraflarning huquq va majburiyatlari
3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti: a) ushbu Shartnomaning 3.4-bandi talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirgan holda isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishni toʻxtatish; b) isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etishni talab qilish huquqiga ega. 3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti: a) tasdiqlangan jadvalga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini oʻz vaqtida yetkazib berishga; b) isteʼmolchiga belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga; v) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan maishiy gaz ballonlarini loyiha yoki eskiz asosida oʻrnatib berishga; g) texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka; d) maishiy gaz ballonlarini muvofiqlik sertifikati boʻlmagan rezinali shlanglarga ulamaslikka; e) isteʼmolchining buyurtmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashga; j) yetkazib beruvchi zavodning kutilayotgan kechikishlar yoki suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishi toʻxtatilishi haqidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida bu haqda isteʼmolchini xabardor qilishga; z) isteʼmolchidagi maishiy gaz ballonini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish uchun yigʻish va olib ketishga; i) maishiy gaz ballonini va gazdan foydalanish uskunasini oʻrnatishda amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilishga; k) gazdan foydalanish uskunasini tasdiqlangan jadvallar va tariflarga muvofiq har yili profilaktik koʻrikdan oʻtkazishga; l) isteʼmolchining buyurtmanomalari boʻyicha texnologik va gazdan foydalanish uskunasining nosozliklarini maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazgan holda bartaraf etish choralarini koʻrishga; m) nosozliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishga, keyinchalik uni uch yil mobaynida saqlashga majburdir. 3.3. Isteʼmolchi: a) suyultirilgan uglevodorod gazi belgilangan sifatda yetkazib berilishini talab qilishga; b) belgilangan sifatga muvofiq boʻlmagan suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilishni rad etishga; v) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishini vaqtincha toʻxtatishni talab qilishga; g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishda tuzilgan shartnomani uzaytirishga yoki gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilinmaganda uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish huquqiga egadir. 3.4. Isteʼmolchi: a) suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona va faqat maishiy maqsadlar uchun foydalanishga; b) gazdan foydalanish uskunasini (individual, guruhli gaz balloni va rezervuar sigʻim) oʻrnatishga loyiha yoki eskizga ega boʻlishga; v) gazlashtirish loyihasi yoki eskizi saqlanishini taʼminlashga va uni gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga koʻra koʻrsatishga; g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi uchun tasdiqlangan tarifga muvofiq haq toʻlashga; d) gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan (individual, guruhli) xavfsiz foydalanishni taʼminlashga; e) xonada, gaz priborlari va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan joylarda gaz hidi aniqlanganda darhol gazdan foydalanishni toʻxtatish choralarini koʻrishga, xonani shamollatishga va bu haqda darhol gaz taʼminoti tashkilotiga xabar berishga; j) gazdan foydalanish uskunasi, maishiy gaz balloni (individual, guruhli) va shamollatish yoʻllarini amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq soz holatda saqlashga; z) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) majburdir.
IV. Hisob-kitoblar tartibi
4.1. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining bir oylik hajmining _____ foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Uzil-kesil hisob-kitob suyultirilgan uglevodorod gazi haqiqatda yetkazib berilgandan keyin amalga oshiriladi. Hisob-kitob oʻlchov birligi uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha amalga oshiriladi. 4.2. Toʻlov toʻlov summasini isteʼmolchining hisob-kitob raqamidan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. 4.3. Suyultirilgan uglevodorod gazi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi tomonidan toʻlovni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilganidan keyin yetkazib beriladi.
V. Shartnomaning amal qilish muddati
5.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi. 5.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.
VI. Taraflarning javobgarligi
6.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
VII. Fors-major
7.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) — bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat. 7.2. Taraflar, agar majburiyatlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar. 7.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak. 7.4. Gaz taʼminoti tashkiloti ishlab chiqaruvchi zavodlarda avariya yuz bergan hollarda suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilmaganligi uchun javob bermaydi.
VIII. Nizolarni hal etish tartibi
8.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar. 8.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.
IX. Yakunlovchi qoidalar
9.1. Taraflarning roziligi bilan ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi. Barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda kiritiladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi. 9.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir. 9.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
X. Taraflarning rekvizitlari
Gaz taʼminoti tashkiloti
Isteʼmolchi
______________________________________ Pochta manzili: _________________________ XXTUT kodi: ___________________________ Aloqa qilinadigan telefon: _______________ Toʻlov uchun bankdagi hisob raqami: ______________________________________ Bank nomi: ____________________________ MFO__________________________________ STIR _________________________________ Rahbar ________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan uglevodorod gazini taqsimlash va yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmolchiga maishiy gaz ballonini vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisida NAMUNAVIY SHARTNOMA
20 ___ y. “___” _______________
_____-son
_______________________ shahri
(shartnoma imzolangan joy)
Ustav va 20__yil “___”_______da berilgan ______________-son Ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi “___________________________gaz” filiali (keyingi oʻrinlarda gaz taʼminoti tashkiloti deb ataladi) nomidan uning rahbari ____________________ bir tarafdan, _____________________________________ (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi deb ataladi) ikkinchi tarafdan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:
I. Shartnomaning predmeti
1.1. Gaz taʼminoti tashkiloti oʻz balansidagi maishiy gaz ballonini toʻlov undirmasdan vaqtincha foydalanishga berish, isteʼmolchi esa maishiy gaz ballonlaridan xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda foydalanishni oʻz zimmasiga oladi.
II. Yetkazib beriladigan maishiy gaz ballonining sifati va narxi
2.1. Beriladigan maishiy gaz balloni GOST 15860-84 “Balloni stalnie svarnie dlya sjijennix uglevodorodnix gazov na davleniye do 1,6 MPa” talablariga muvofiq boʻlishi shart. Maishiy gaz ballonini ishlatish muddati u sinovdan oʻtkazilgandan keyin maishiy gaz ballonini tekshirish punktida aniqlanadi. 2.2. Beriladigan maishiy gaz balloni tamgʻasida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi zarur: tayyorlovchi zavodning tovar belgisi ___________________________________________________________________ zavod raqami _____________________________________________________________________________________ sigʻimi __________________________________________________________________________________________ tashishda himoyalovchi rezina halqaning mavjudligi ______________________________________________________ ishlab chiqarilgan yil, oy va keyingi tekshirish yili _____________________________________________________ ishlab chiqaruvchi korxonaning sifat tamgʻasi ___________________________________________________________ ballonning ishchi bosimi ___________________________________________________________________________ Gaz ballonlarini taʼmirlash va tekshirish gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. 2.3. Berilayotgan maishiy gaz balloni gaz taʼminoti tashkilotining maxsus jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi. 2.4. Berilayotgan gaz ballonining qiymati ____________soʻmni tashkil etadi.
III. Taraflarning huquq va majburiyatlari
3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti: a) maishiy gaz ballonidan foydalanishda isteʼmolchidan amaldagi normativ hujjatlarga rioya qilishni talab etish; b) amaldagi Shartnoma va normativ hujjatlar talablari buzilganda ushbu Shartnomani ogohlantirishsiz bekor qilish va vaqtincha foydalanish uchun berilgan maishiy gaz ballonini qaytarishni talab qilish; v) qoʻshimcha maishiy gaz balloniga ehtiyoj yuzaga kelganda gaz balloni isteʼmolchining gaz balloni ajratish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish; g) maishiy gaz ballonidan almashtirib foydalanish huquqiga egadir. 3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti: a) maxsus jurnalda isteʼmolchining imzosi bilan roʻyxatdan oʻtkazgan holda maishiy gaz ballonidan xavfsiz foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berishga; b) maishiy gaz ballonini tashishda texnik va yongʻin xavfsizligiga rioya qilishga majburdir. 3.3. Isteʼmolchi: a) gaz taʼminoti tashkilotidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilishni talab etish; b) GOST 15860-84 “Balloni stalnie svarnie dlya sjijennix uglevodorodnix gazov na davleniye do 1,6 MPa” sifat talablariga javob bermaydigan maishiy gaz ballonini qabul qilmaslik huquqiga egadir. 3.4. Isteʼmolchi: a) amaldagi normativ-texnik hujjatlarga muvofiq maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga; b) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda); v) maishiy gaz ballonining tashqi tomoniga yoki boshqa joylariga shikast yetkazmaslikka, uni yoʻqotib qoʻymaslikka va uchinchi shaxslarga bermaslikka; g) maishiy gaz ballonini gaz taʼminoti tashkilotiga tegishli boʻlmagan gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida toʻldirmaslikka; d) gaz taʼminoti tashkiloti bilan majburiy tartibga kelishgan holda maishiy gaz ballonini oʻrnatish ishlarini bajarishga; e) maishiy gaz balloni yoʻqotilganda uning qiymatini toʻlashga; j) almashtirib beriladigan maishiy gaz ballonidan foydalanishga majburdir.
IV. Shartnomaning amal qilish muddati
4.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi. 4.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.
V. Taraflarning javobgarligi
5.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
VI. Fors-major
6.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) — bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat. 6.2. Taraflar, agar majburiyatlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar. 6.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.
VII. Nizolarni hal etish tartibi
7.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar. 7.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
8.1. Ushbu Shartnoma taraflarning oʻzaro roziligi boʻyicha yoki Shartnoma qoidalari jiddiy ravishda buzilgan taqdirda — bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin. 8.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir. 8.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
IX. Taraflarning rekvizitlari
Gaz taʼminoti tashkiloti
Isteʼmolchi
______________________________________ Pochta manzili: _________________________ XXTUT kodi: ___________________________ Aloqa qilinadigan telefon: _______________ Toʻlov uchun bankdagi hisob raqami: ______________________________________ Bank nomi: ____________________________ MFO: _________________________________ STIR: _________________________________ Rahbar: ________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga maishiy gaz ballonlarini taqsimlash va yetkazib berish