11.09.2018 yildagi 721-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.09.2018 yildagi 721-son
Date of entry into force
13.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda faol innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qulay shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida mamlakatda innovatsion tadbirkorlikning rivojlanish darajasini oshirishni qoʻllab-quvvatlaydigan “Yashnobod” innovatsion texnoparki, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilgʻor texnologiyalar markazi, shuningdek, vazirliklar va oliy taʼlim muassasalari qoshida boshqa shu kabi tashkilotlar tashkil etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, “Yashnobod” innovatsion texnoparki va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining samarali faoliyatini taʼminlash uchun ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni shakllanish bosqichidan boshlab ularni bozorga chiqquniga qadar ilgari surish va ishlab chiqarishga joriy qilishga yordam beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy qilish ishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, innovatsion tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yashnobod” innovatsion texnoparki direksiyasi” DUKni (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) Toshkent shahar hokimligi tasarrufidan chiqarib, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasiga oʻtkazish va uni Direksiyaning taʼsischisi etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tomonidan mahalliy ilmiy ishlanmalarni joriy qilish va tijoratlashtirishni koʻzda tutadigan ilmiy startaplarni grant yoki foizsiz qaytarish asosida birgalikda moliyalashtirish, bunda investorlarning oʻz mablagʻlari bilan ishtiroki investitsiyalar summasining 30 foizidan kam boʻlmasligi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki hafta muddatda Direksiyaning yangilangan ustavi, tuzilmasi, xodimlar mehnatiga haq toʻlash razryadlari, shtat jadvali va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda “Yashnobod” innovatsion texnoparki (keyingi oʻrinlarda Texnopark deb ataladi) tuzilmasida ilmiy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash uchun biznes-inkubator tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-2019-yillar mobaynida Texnopark hududida ilmiy laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari, konsalting va marketing tashkilotlari, oʻquv markazlari va boshqa xizmat koʻrsatish tuzilmalari tashkil etish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish koʻzda tutilgan holda “yoʻl xaritasi” ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi (keyingi oʻrinlarda Ilgʻor texnologiyalar markazi deb ataladi) tuzilmasida yuqori texnologiyali kichik kompaniyalar uchun mavjud infratuzilma, xonalar, laboratoriyalar va asbob-uskunalarni imtiyozli shartlarda taqdim etgan holda Innovatsion startap-akselerator va startap-inkubator tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish maydonlari va ofis xonalari Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlariga ijaraga 2 yil muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda 5 yilgacha uzaytirish huquqi bilan taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlariga taqdim etilgan ishlab chiqarish maydonlari va ofis xonalarining ijara toʻlov stavkalari davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkasi miqdorida, koeffitsiyentlar oshirilishi qoʻllanmagan holda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriya asbob-uskunalari, ishlab chiqarish, ofis xonalari va boshqa xonalarning ijarasi uchun rezidentlardan kelib tushadigan mablagʻlar istisno tariqasida, toʻliq hajmda Ilgʻor texnologiyalar markazi tasarrufida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnopark rahbari maqomi va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlari 2022-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer soligʻi, foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yagona soliq toʻlovidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda tuziladigan roʻyxatlar boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish doirasida shaxsiy ehtiyojlar uchun xorijdan keltiriladigan asbob-uskuna, xomashyo, materiallar, reaktivlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻsh turgan ishlab chiqarish maydonlari va Texnopark qurilishi uchun hududlarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida, investorga qurilayotgan ishlab chiqarish binolari va maʼmuriy binoga mulkchilik huquqini, shuningdek, yer maydonini uzoq muddatga ijaraga berish huquqini bergan holda Direksiyaga ajratish boʻyicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Toshkent shahrida innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun Texnopark rezidentlariga hamda davlat-xususiy sheriklik asosida Texnoparkni qurish uchun Direksiyaga yer maydonlari ajratish, istisno tariqasida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining taqdimnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion texnoparklarni qurish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Texnopark va Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlarining innovatsion loyihalarini, shu jumladan rezidentlarga xizmat koʻrsatadigan tijorat banklari orqali kredit liniyalari ochish yoʻli bilan imtiyozli kreditlashni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Texnopark va Ilgʻor texnologiyalar markazi rezidentlarining innovatsion loyihalarini moliyalashtirish uchun beriladigan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kafilliklar va kompensatsiyalar taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Texnopark va Ilgʻor texnologiyalar markazini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskuna bilan jihozlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari va fondlarning texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari va grantlarini jalb qilishda doimiy ravishda koʻmaklashsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yetakchi xorijiy mamlakatlarning texnoparklari, innovatsion markazlari va boshqa shu kabi tuzilmalari bilan, shu jumladan, tajriba almashinish, oʻqitish, mutaxassislar stajirovkasi, hamkorlikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlik oʻrnatishda Direksiyaga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Texnopark, Ilgʻor innovatsiyalar markazi va ularning rezidentlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
721-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 09/18/721/1872-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)