05.09.2018 yildagi PF-5538-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.09.2018 yildagi PF-5538-son
Date of entry into force
06.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini qoʻllashga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq taʼlimi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim muassasalari deb yuritiladi) faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, joylarda umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumtaʼlim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq taʼlimi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos boʻlmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning oʻrinbosarlari oʻrtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, oʻquv-tarbiya jarayonini uslubiy taʼminlash masalalarida xalq taʼlimi boʻlimlari va umumtaʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik darajasining pastligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, rahbarlar, oʻqituvchilar va umumtaʼlim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod koʻpayib ketganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, taʼlim sifatini taʼminlash, oʻqituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumtaʼlim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, oʻquv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, xalq taʼlimi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy meʼmoriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy etish, jamiyatda oʻqituvchi kasbining nufuzini oshirish, umumtaʼlim muassasalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash orqali xalq taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar xalq taʼlimi tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) muvofiqlashtiruvchi roli va masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yoʻnalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan xalq taʼlimi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taʼminlash, barcha foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yoʻli bilan umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida nodavlat xizmatlarni koʻrsatishga oid faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari) tarmogʻini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi tizimiga ilgʻor xorijiy tajribani, oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan taʼlim berishning innovatsion usullarini joriy etish, oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari umumiy oʻrta taʼlimni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobga olingan holda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rahbarlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari, shuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub boshqa tashkilotlar va muassasalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan boshlab Vazirlik tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumtaʼlim muassasalari faoliyati samaradorligi boʻyicha reytingi (keyingi oʻrinlarda — reyting) tuziladi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyting yakunlari ommaviy axborot vositalarida va Vazirlikning veb-saytida keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-martdan boshlab davlat umumtaʼlim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tumanlar va shaharlar kesimida bolalarni umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama koʻmaklashish, xususan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda umumtaʼlim muassasalariga yordam koʻrsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shu jumladan oʻqituvchilar va ushbu soha xodimlarining maqomini yaxshilashga va oshirishga yordam berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlariga koʻmaklashish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga berish uchun boʻsh yer uchastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam boʻlmagan) roʻyxatini tasdiqlash hamda ushbu yer uchastkalarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yoʻllar va boshqalar) zarur holatda saqlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari bilan birgalikda maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarini oʻquv yiliga va kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan hududlar atrofini oʻrash, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yongʻinga qarshi signalizatsiya tizimlarini, kirish yoʻllarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni oʻrnatish chora-tadbirlarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari hududining va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni va homiylik yordamini jalb qilishga koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish boʻyicha boshqa choralar koʻrilishini tashkil etish uchun shaxsan javob beradi.
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlikning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-oktabrdan boshlab umumtaʼlim muassasalarining vasiylik kengashlarini tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qoʻshishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar, homiylar va boshqa shaxslar kiritiladigan, yuridik shaxs maqomisiz umumtaʼlim muassasalarining kuzatuv kengashlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar umumtaʼlim muassasasi kuzatuv kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 06/20/6108/1483-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasasi rahbarining taqdimnomasi boʻyicha yillik moliyaviy rejalarni, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narxni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini koʻrib chiqish, umumtaʼlim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda bir oy muddatda Umumtaʼlim muassasasining kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizomni va uning namunaviy tarkibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli fanni oʻqitish boʻyicha bilim va koʻnikma darajasini — pedagoglar malakasini aniqlashning asosiy mezoni sifatida belgilab, umumtaʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini qayta koʻrib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik mahorat va bilim darajasini doimiy oshirib borishga koʻmaklashuvchi ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining bilim darajasiga oid malaka toifalari va talablarini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasalari reytingini tuzish maqsadida ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar) umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining ishtirokini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim muassasasi rahbariga xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini erkin tasarruf etish, shu jumladan jamgʻarma daromadlarining jami summasidan 10 foizini oʻz moddiy ragʻbatlantirishi uchun yoʻnaltirish huquqini taqdim qilgan holda xalq taʼlimi muassasalari uchun jamgʻarma mablagʻlaridan ustuvor ravishda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun foydalanish toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat inspeksiyasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli organlarning qatʼiy roʻyxatini, tekshiruv tayinlash va oʻtkazish mezonlari hamda huquqiy asoslarini nazarda tutgan holda tekshirish tartibini belgilaydigan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirish davriyligi ularning reytingda egallab turgan oʻrniga bogʻliq boʻlishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlik choralarini qoʻllagan holda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini noqonuniy tekshirishga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qiluvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik ishlarida har tomonlama koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni tizimli, mintaqaviy va maqsadli rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shuningdek, uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasini” oʻz ichiga olgan Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda yetakchi loyiha institutlarini jalb qilgan holda, umumtaʼlim muassasalarini qurishning xalqaro tajribasini oʻrgansin va 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktablarni, shu jumladan oʻquv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) uch oy muddatda oʻquv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumtaʼlim muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Vazirlik va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taʼlim sifatini taʼminlashda Davlat inspeksiyasining rolini kuchaytirish, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyasini yaxshilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5538-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 06/18/5538/1840-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 07.11.2020-y., 06/20/6108/1483-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)