Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2022 25.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3059
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining qarori, 25.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3059
Date of entry into force
26.08.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2022
Hujjat 26.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3404, 22.12.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga qiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri P.R. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2018-yil 24-avgust,

58-son

Bosh prokuror O.B. MURODOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 24-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-qq-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. ABDULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 24-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-son

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2018-yil 24-avgustdagi 58, 50-qq, 7-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) boʻlinmalari tomonidan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositasining egasi — avtotransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etuvchi shaxs — yengil avtotransport vositasi (M1 toifa) oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsat berishni soʻrab murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy yoki yuridik shaxsi, chet el fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash maqomiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs yoki chet el fuqarosining ichki ishlar organlarida doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi qayd etilgan milliy pasportiga ega boʻlgan shaxs, chet el davlatlarining Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatuvchi vakolatxonalari yoki yuridik shaxslari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma — yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) DYHXX boʻlinmasi tomonidan beriladigan hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ruxsat berishning talab va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ruxsatnomani berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarining roʻyxatlash va imtihon olish boʻlinma (boʻlim, boʻlinma, punkt)lari (bundan buyon matnda DYHXXning hududiy boʻlinmalari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DYHXXning har bir hududiy boʻlinmalari oʻzining xizmat koʻrsatish hududida roʻyxatga olingan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnomani beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK (bundan buyon matnda ish bajaruvchi deb yuritiladi) tomonidan ruxsatnoma va tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yengil avtotransport vositalari oynalari tusini berilgan ruxsatnomaga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
orqa oynasining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 5 foizdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
orqa yon oynalarining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 30 foizdan kam boʻlmagan darajagacha oʻzgartirilishi (qoraytirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oynalarni koʻzgusimon tusda oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsat etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yengil avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm dan koʻp boʻlmagan va yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 30 foizdan kam boʻlmagan polosa shaklida oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm dan koʻp boʻlmagan va yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 30 foizdan kam boʻlmagan polosa shaklida oʻzgartirish (qoraytirish):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositasining egasi tomonidan mustaqil ravishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish bajaruvchi tomonidan (ish bajaruvchi tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida) amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) va ruxsatnoma berish hamda ularni hisobini yuritish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ruxsatnoma mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma yengil avtotransport vositasi egasiga uning DYHXXning hududiy boʻlinmasiga mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalardagi shaklga muvofiq berilgan arizasiga asosan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza murojaat etuvchi shaxs tomonidan DYHXXning hududiy boʻlinmalariga shaxsan topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova etilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yengil avtotransport vositasi egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (jismoniy shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, harbiy xizmatchilar uchun — harbiy qism yoki harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno), chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ichki ishlar organlarining doimiy yoki vaqtinchalik propiska joyi haqida belgi qoʻyilgan chet el fuqarosining milliy pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yengil avtotransport vositasining egasiga tegishliligini tasdiqlovchi (texnik pasport, texnik talon) roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnomani olishga ishonchnoma va ishonchnoma berilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) toʻlov amalga oshirilganligi haqida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsat berish uchun (Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan chet el vakolatxonalari va yuridik shaxslari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish bajaruvchi tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida avval oʻrnatilgan va mexanik shikastlanish natijasida yaroqsiz holga kelgan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynani yoki tusini oʻzgartiruvchi materialni tiklashga ish bajaruvchining xizmatlari uchun bank toʻlov hujjati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat etuvchi shaxsdan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab etish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar, shuningdek hujjatlar namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. DYHXX hududiy boʻlinmasining arizani koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish uchun masʼul boʻlgan xodimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositasini tashqi koʻzdan kechiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etuvchi shaxsdan mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq (qogʻoz yoki elektron shaklda) ruxsatnomalarni berishni maxsus roʻyxatga olish kitobida qayd etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 5-ilovasiga asosan ruxsatnomani rasmiylashtiradi, imzolaydi va DYHXX hududiy boʻlinmasining muhrini bosadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ruxsatnoma tegishli hududiy DYHXX boʻlinmasiga xizmat koʻrsatuvchi ish bajaruvchining filialiga ishlarni amalga oshirish maqsadida berish uchun murojaat etuvchi shaxsga maxsus roʻyxatga olish kitobiga imzo qoʻyilgan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. DYHXXning tegishli hududiy boʻlinmasiga xizmat koʻrsatuvchi ish bajaruvchining filiali tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq taqdim etilgan yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari bajariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) boʻyicha bajarilgan ishlar hisobini yuritish kitobiga yozuv kiritiladi. Bunda yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirgan (qoraytirgan) filialning ish bajaruvchi xodimi tomonidan ruxsatnomaning orqa tomoni toʻldiriladi, imzolanadi va shaxsiy shtampi bosiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. DYHXXning hududiy boʻlinmasi xodimi yengil avtotransport vositasining hisobga olish (elektron va qogʻoz shakldagi) maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi (berilgan ruxsatnomaning seriyasi, raqami, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati).
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Barcha ishlar arizani qabul qilishdan boshlab ruxsatnoma berilgunga qadar ikki soat ichida amalga oshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagilarga asosan ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etuvchi shaxs tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etuvchi shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqqoniy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasining oynalarida tusini oʻzgartirish (qoraytirish) imkonini bermaydigan mexanik shikastlanishlar mavjud boʻlganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomani berishning boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligiga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda ruxsatnomalarni hisobga olish kitobi va arizada rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozuv kiritiladi, murojaat etuvchi shaxsning talabiga asosan arizaning nusxasi taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ruxsatnoma faqatgina:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositasining hisobga olish maʼlumotlariga oʻzgartirish kiritilganida (qayta jihozlash, davlat raqam belgisi va roʻyxatga olish guvohnomasi oʻzgartirilganda);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
egasining maʼlumotlarida oʻzgarish boʻlganida (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi oʻzgarganida, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning turar joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi oʻzgartirilganda);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositalari oynalarini mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanlik darajasi oʻzgartirilganda qayta rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uning egasi tomonidan qayd etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etilgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatigacha qayta rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yengil avtotransport vositasining egasi oʻzgarganda yangi egasiga avvalgi ruxsatnomaning qolgan amal qilish muddatiga DYHXXda qayta roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida qayta rasmiylashtirib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda avval berilgan ruxsatnoma yengil avtotransport vositasi qayta roʻyxatga olinayotgan joydagi DYHXX boʻlinmasiga topshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartib asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan taqdirda uning dublikati murojaat etuvchi shaxsning arizasiga asosan beriladi. Yaroqsiz holga keltirilgan ruxsatnomaning asli arizaga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma dublikatini berish va qayta rasmiylashtirish uchun eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DYHXXning hududiy boʻlinmasi ruxsatnoma dublikatini hujjatlar qabul qilinganidan soʻng ikki soat ichida berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dublikat berilganda avval berilgan ruxsatnoma bekor qilinadi, yoʻqotilgan ruxsatnoma dublikat berilganidan soʻng topilganda u haqiqiy emas deb hisoblanadi va hududiy DYHXXga belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun topshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi, egasi uni amal qilish muddati tugashidan oldin foydalanishdan voz kechgan taqdirda, toʻlovning qolgan qismi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma asosida oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan mazkur avtotransport vositasini boshqarish huquqi boʻlgan shaxslar foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ruxsatnoma blankasi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va uning hisobini yuritish DYHXX organlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ish bajaruvchi yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlarini bajarganidan soʻng mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq murojaatda koʻrsatilgan yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari bajarilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan ruxsatnoma olmasdan foydalanish, shuningdek yengil avtotransport vositasining oynalarini tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olgan holda oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanligini mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilganidan yuqori foizga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎________________________________YHXB
‎(QR IIV, Toshkent sh. IIBB, viloyatlar IIB)
_‎____________________________ boshligʻiga
‎(ROʻ va IOB)

Yuridik shaxslarga (Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy
‎davlatlar yuridik shaxslariga) tegishli yengil avtotransport vositasi
‎oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish yuzasidan
‎ ARIZA

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ yengil
‎(yengil avtotransport vositasining rusumi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi)

avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berishingiz va oʻzgartirish ishlarini amalga oshirishingizni soʻrayman.

‎‎Arizaga ilova etilayotgan hujjatlar roʻyxati:

________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

‎(Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ‎ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq toʻldiriladi)

Rahbar ‎

________(imzo)‎‎

__________________‎‎(F.I.O.) ‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Yuridik shaxs nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda firma blankasida toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎_________________________________YHXB (QR IIV, Toshkent sh. IIBB, viloyatlar IIB)_____________________________boshligʻiga
‎(ROʻ va IOB)

‎‎‎‎___________________________________dan
‎(murojaat etuvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎______________________________________ (pochta manzili)

‎‎‎‎______________________________________ (telefon raqami)

Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini
‎oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish yuzasidan
‎ARIZA

‎‎___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ yengil
‎(yengil avtotransport vositasining rusumi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi)

‎‎avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berishingiz va oʻzgartirish ishlarini amalga oshirishingizni soʻrayman.

‎‎Arizaga ilova etilayotgan hujjatlar roʻyxati:

________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎(Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq toʻldiriladi)

__________________‎‎__________
‎(murojaat etuvchi shaxs imzosi)

‎‎____________________________‎(F.I.O.)

20_____yil “_____”___________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Jismoniy shaxs tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎____________________________________ YHXB______________________________________________ tomonidan

‎‎‎‎(QR IIV, Toshkent sh. IIBB, viloyatlar IIB)

‎‎(ROʻ va IOB)

Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga
‎(qoraytirishga) berilgan ruxsatnomalarni berishni maxsus roʻyxatga olish
‎KITOBI‎

T/r‎

‎‎murojaat kelib tushgan vaqt va san

‎‎ATV egasi

roʻyxat manzili

‎‎rusumi

‎‎ROʻDRB

‎‎oʻzgartirish dalolatnomasi raqami

ruxsatnoma seriyasi va raqami

amal qilish muddati (sanasi)

ATV egasining imzosi

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnomaning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNASI

Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma namunasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 80 x 130 mm. boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi umumiy “suv belgi”si mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ofsetli yozuv, seriyasi ikki harfli, nomeri oltita raqamli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyoviy taʼsirga bardoshli poligraf boʻyoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilovlanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va oltiraqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirill alifbosi harflaridagi oʻzbek tili qoʻllangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomaning old tomonida uning nomlanishi rus tilida yozilgan, seriya va raqamlari mavjud, avtotrasnport vositasining turi, rusumi, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, rangi, egasining maʼlumotlari, berilgan DYHXX hududiy boʻlinmasi nomi, bergan mansabdor shaxsning lavozimi, F.I.O., berilgan sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomaning orqa tomonida yengil avtotransport vositasi oynalarining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi koʻrsatkichlari orqa, orqa yon tomonlari uchun alohida, oʻzgartirish (qoraytirish)ni amalga oshirgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi DUKning hududiy filiali nomi, masʼul shaxsning lavozimi, F.I.O., oʻzgartirish (qoraytirish) bajarilgan sana koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomadagi yozuvlar siyoh ruchkada, yoki chop etish printerida kiritiladi, DYHXX mansabdor shaxsining imzosi va muhr bilan, orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi DUKning hududiy filiali masʼul shaxsi imzosi va shtampi bilan tasdiqlandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari koʻrsatish markazi” DUKning ______________ filiali tomonidan yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) boʻyicha bajarilgan ishlar hisobini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KITOBI

T/r

transport vositasi egasining F.I.O.

avtomobil rusumi

ROʻDRB

Sarflangan mahsulot (material) miqdori (oʻlch. bir.)

oʻzgartirish sanasi va dalolatnoma №

egasining roziligi

texnik-inspektorning imzosi

orqa oynaga

orqa yon oynalariga

old oynaga

1.

2.

3.

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish
‎(qoraytirish) ishlari bajarilganligi toʻgʻrisida
‎Dalolatnomasi

‎№ ____

Rusumi __________________

‎‎ROʻDRB ___________________

‎‎Egasi _________________________________________________________

‎‎Qayd etish guvohnomasining seriyasi _____________ № _____________

Sarflangan mahsulot (material)ning sertifikati _________________________________

oynalarning tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan)dan keyingi yorugʻlik oʻtkazuvchanligi koʻrsatkichlari:‎‎

orqa

_____ %;‎ ‎

orqa yon (oʻng tomon)‎

_____ %;‎

orqa yon (chap tomoni)

_____ %.‎

‎‎Old oynasi tepa qismining tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) polosasi eni _____ sm.

‎‎Oynalar yorugʻlik oʻtkazuvchanligi oʻlchangan asbobning sertifikati _____________________

Izoh ____________________________________________________________________________________________
‎(oynalari mexanik shikastlangan yoki avtotransport vositasidan foydalanish

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎taqiqlangan shartlar mavjud boʻlgan holatlar)

Xulosa: mazkur yengil avtotransport vositasining tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalari ________________________________________________________________________ talablariga muvofiq keladi.

‎‎‎‎(standart raqami)

‎‎Dalolatnomani tuzdi:

__________________

‎‎_________________ ‎‎___________________________

(lavozimi)

‎‎(imzosi)

‎‎(F.I.O.)‎‎

‎‎20____ yil “_____” _____________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari koʻrsatish markazi” DUK filialining yengil avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlarini bajargan va oynalarning yorugʻlik oʻtkazuvchanligini oʻlchagan xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oynalar yorugʻlik oʻtkazuvchanligi bunga moʻljallangan va qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan maxsus asbob yordamida bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.