09.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3050
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori, 09.08.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3050
Date of entry into force
10.08.2018
Hujjat 10.08.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Psixiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3050]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3606-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Psixiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2018-yil 13-iyul,

39-son

Bosh prokuror O. MURODOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-q/q-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-son

Xalq taʼlimi vaziri Sh. SHERMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-son

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-2018-son

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 13-iyuldagi 39, 31-q/q, 50, 34, 14-2018-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3606-son “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq psixiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda xabardor etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz joniga qasd qilish — shaxsning muayyan sabablar tufayli oʻz hayotini tugatish maqsadida sodir etgan suitsidal harakati natijasida shaxsning oʻlimi yuz berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz joniga suiqasd qilish — shaxsning muayyan sabablar tufayli oʻz hayotini tugatish maqsadida sodir etgan suitsidal harakati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari boʻyicha maʼlumotlar sir saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki ishlar organlari oʻz joniga qasd va suiqasd sodir etgan shaxslar haqida zudlik bilan psixiatriya muassasalarini xabardor etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻz joniga qasd va suiqasd qilishning har bir holati toʻgʻrisida psixiatriya muassasalarini xabardor etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ichki ishlar organlari har bir oʻz joniga qasd qilish holati yuzasidan 1-ilovaga muvofiq shaklda oʻz joniga qasd qilgan shaxs yashaydigan manzildagi ambulator psixiatriya muassasasini zudlik bilan xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ichki ishlar organlari har bir oʻz joniga suiqasd qilish holati yuzasidan 2-ilovaga muvofiq shaklda oʻz joniga suiqasd qilgan shaxs yashaydigan manzildagi ambulator psixiatriya muassasasini zudlik bilan xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari tomonidan aniqlangan taqdirda, ushbu holat yuzasidan sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari joylashgan manzildagi ichki ishlar organlari zudlik bilan xabardor etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ambulator psixiatriya muassasalariga ichki ishlar organlaridan oʻz joniga suiqasd qilish holatlari boʻyicha maʼlumot kelib tushgandan soʻng 24 soat ichida psixiatr, psixoterapevt yoki tibbiy psixolog oʻz joniga suiqasd sodir etgan shaxsning yashash manziliga borishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Psixiatr, psixoterapevt yoki tibbiy psixolog oʻz joniga suiqasd sodir etgan shaxsning ruhiy holatidan kelib chiqib, uni ambulator yoki statsionar psixiatriya muassasasiga yoʻnaltiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shaxsda oʻtkir psixoz yoki ruhiy kasalliklar xuruji sababli oʻz joniga suiqasd sodir etilganligi aniqlanganda, ushbu shaxsga shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatilgach, u yashash manzili boʻyicha psixiatriya statsionarlariga oʻrnatilgan tartibda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari tomonidan oʻz joniga suiqasd qilish holatlari boʻyicha hisobot tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot har chorakda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi, hududiy bosh suitsidolog yoki bosh psixiatrlarga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ambulator psixiatriya muassasalari tomonidan yuz bergan oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari yuzasidan hisobot tayyorlanadi hamda har chorakda hududiy bosh suitsidologlar yoki bosh psixiatrlarga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari hamda ambulator psixiatriya muassasalari tomonidan tegishliligi boʻyicha taqdim etilgan hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh suitsidologi tomonidan umumlashtirilgan hisobotlar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini oldini olish masalalarini oʻrganadi va vazirlikning hayʼat majlislarida muhokama qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎Oʻz joniga qasd qilish holati haqida xabar

‎‎‎‎“_____” _______________ 20_____ y.
Oʻz joniga qasd qilgan shaxs
‎F. _____________________________________________________________________________________________
‎I. _____________________________________________________________________________________________
‎O. _____________________________________________________________________________________________
‎Tugʻilgan yili ____________________________________________________________________________________
‎Yashash manzili ___________________________________________________________________________________
‎Telefoni _______________________________________________________________________________________
Jinsi: erkak ayol
‎‎Homiladorlik:

‎‎bor

‎‎‎‎yoʻq
‎‎Ruhiy holati boʻyicha hisobda turadimi?‎‎ xa‎ ‎‎‎‎yoʻq
Qasd turlari:
mexanik asfiksiya
zaharlanish
yuqori darajadagi issiqlik taʼsirida
oʻtkir anjomlar bilan oʻz tanasiga jarohat yetkazish
boshqalar
Qasd sabablari:
ruhiy kasallik
oiladagi kelishmovchilik
ruhiyatdagi oʻzgarish
oʻsmirlarni ota-onalari tomonidan jazolanishidan qoʻrqishi
shaxsda tugʻma va orttirilgan kasalliklar yigʻindisi
ichkilikbozlik va giyohvandlik taʼsirida
oʻtkazilgan tazyiq ostida
moddiy yetishmovchilik
oʻqish yoki ish joyidagi kelishmovchiliklar
‎‎ishqiy munosabatlar
‎‎qarindoshlari, doʻstlari, boshqa shaxslar bilan kelishmovchilik
shaʼni va qadr-qimmati kamsitilgan yoki nomusiga tegilganligi‎‎
‎‎uzoq davom etgan jismoniy kasallik taʼsirida
qarzni qaytara olmaganligi
sodir etgan nojoʻya qilmishidan uyalish va qoʻrqish oqibatida
tuhmat va haqorat taʼsirida
oʻzgalarga taʼsir oʻtkazish maqsadida
javobgarlikdan qutilish maqsadida
‎‎maishiy muammolar
ijtimoiy muammolar
sababini aniqlash imkoni boʻlmagan holatlar
Qasd qilingan joy:
yashash manzilida‎‎
koʻchada
ish yoki oʻqish joyida‎‎
‎‎boshqa joyda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya muassasalarini oʻz joniga qasd qilish harakatlari toʻgʻrisida majburiy ravishda xabardor etish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻz joniga suiqasd qilish holati haqida xabar

‎‎‎‎“_____” _______________ 20_____ y.
Oʻz joniga qasd qilgan shaxs
‎F. _____________________________________________________________________________________________
‎I. _____________________________________________________________________________________________
‎O. _____________________________________________________________________________________________
‎Tugʻilgan yili ____________________________________________________________________________________
‎Yashash manzili ___________________________________________________________________________________
‎Telefoni _______________________________________________________________________________________
Jinsi: erkak ayol
‎‎Homiladorlik:

‎‎bor

‎‎‎‎yoʻq
‎‎Ruhiy holati boʻyicha hisobda turadimi?‎‎ xa‎ ‎‎‎‎yoʻq
Suiqasdturlari:‎‎
mexanik asfiksiya
zaharlanish
yuqori darajadagi issiqlik taʼsirida
oʻtkir anjomlar bilan oʻz tanasiga jarohat yetkazish
boshqalar
Suiqasd sabablari:
ruhiy kasallik
oiladagi kelishmovchilik
ruhiyatdagi oʻzgarish
oʻsmirlarni ota-onalari tomonidan jazolanishidan qoʻrqishi
shaxsda tugʻma va orttirilgan kasalliklar yigʻindisi
ichkilikbozlik va giyohvandlik taʼsirida
oʻtkazilgan tazyiq ostida
moddiy yetishmovchilik
oʻqish yoki ish joyidagi kelishmovchiliklar
‎‎ishqiy munosabatlar
‎‎qarindoshlari, doʻstlari, boshqa shaxslar bilan kelishmovchilik
shaʼni va qadr-qimmati kamsitilgan yoki nomusiga tegilganligi‎‎
‎‎uzoq davom etgan jismoniy kasallik taʼsirida
qarzni qaytara olmaganligi
sodir etgan nojoʻya qilmishidan uyalish va qoʻrqish oqibatida
tuhmat va haqorat taʼsirida
oʻzgalarga taʼsir oʻtkazish maqsadida
javobgarlikdan qutilish maqsadida
‎‎maishiy muammolar
ijtimoiy muammolar
Suiqasd qilingan joy:
yashash manzilida‎‎
koʻchada
ish yoki oʻqish joyida‎‎
‎‎boshqa joyda
‎‎Birinchi yordam koʻrsatgan tibbiyot muassasasi
‎‎________________________________________________________________________________________________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/3050/1687-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)