21.07.2018 yildagi PQ-3877-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.07.2018 yildagi PQ-3877-son
Date of entry into force
23.07.2018
Hujjat 03.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikning mustahkamligini taʼminlashga hamda xususiy, shu jumladan xorijiy investitsiyalar uchun respublikaning investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar va tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga mamlakatni xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashtirish ishlari talab darajasida olib borilmayotganligi tashqi moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini jalb qilish va ularning hajmlarini kengaytirish imkoniyatlarini cheklamoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazilgan oʻrganish Oʻzbekistonning yetakchi banklari va yirik korxonalari tomonidan korporativ reytinglarni olish hamda davlat kafolatisiz xorijiy investitsiya va qarzlarni jalb qilish boʻyicha respublikaning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradigan mamlakatning suveren kredit reytingini olish zarurligini koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, tashqi moliyalashtirish hajmini kengaytirish va manbalarini diversifikatsiyalash, xorijiy investorlar uchun mamlakatning jozibadorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bankining joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, shuningdek, oʻtkazilgan tanlov natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini emissiya qilish uchun moliyaviy maslahatchi sifatida “J.P. Morgan Chase” boshchiligidagi banklar konsorsiumini tayinlash boʻyicha takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “J.P. Morgan Chase” boshchiligidagi banklar konsorsiumi, shuningdek, tanlov natijalariga koʻra tegishli xalqaro kompaniyalar bilan Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida konsultatsion va boshqa xizmatlar koʻrsatish haqida hamda reyting agentliklari bilan Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish uchun tegishli bitimlarni imzolash vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi suveren qarzlar, shu jumladan korporativ (bank) qarz majburiyatlari emissiyasini muvofiqlashtirish boʻyicha barcha operatsiyalarni amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish uchun mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan maslahatchi va boshqa moliyaviy hamda yuridik konsultantlarni, reyting agentliklarini, shuningdek, fiskal, toʻlov, transfer va listing agentlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish va import kontraktlari markazi” DUKda tender (tanlov) savdolari va ekspertiza oʻtkazmasdan, roʻyxatga olmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan jalb qilishga haqli;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish boʻyicha ekspertlar, moliyaviy konsultantlarning xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shuningdek, yuridik konsultantlar, reyting agentliklari, fiskal, toʻlov, transfer va listing agentlarining xizmatlari uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy konsultantlarning xizmatlari uchun shartnomalarga muvofiq toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Idoralararo ishchi guruh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni 16 ta shtat birligidan iborat Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi tashkil etilsin va vazirlikka:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining kredit reytingini olish va saqlab turish jarayonida hamda suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish davomida xalqaro reyting agentliklari, moliyaviy va yuridik konsultantlar va boshqa shaxslar bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi subyektlarining suveren va korporativ kredit reytingini olish, shuningdek, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida foydalaniladigan makroiqtisodiy va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha statistika va axborot materiallarini keyinchalik xorijiy sheriklarga taqdim etish uchun tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertlar, reyting agentliklari, moliyaviy konsultantlar va xorijiy investorlar tavsiyalarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzini hisobga olish va hisobotini yuritish hamda oʻz vakolati doirasida ularni boshqarish, shuningdek, davlat tashkilotlarining tashqi qarzini hisobga olish boʻyicha qoʻshimcha funsiyalar yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, moliyaviy va yuridik konsultantlar hamda suveren obligatsiyalar emissiyasi jarayoniga jalb etiladigan boshqa shaxslar xizmatlarining narxi Idoralararo ishchi guruhning toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralari asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻn kun muddatda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PQ-4258-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2019-y., 07/19/4258/2872-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 21-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3877-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish Idoralararo ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, idoralararo ishchi guruh rahbari

B.A. Xodjayev

iqtisodiyot vaziri, idoralararo ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

R.A. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

B.A. Begalov

Davlat statistika qoʻmitasi raisi

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

A.Ya. Haydarov

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

N.S. Joʻrayev

adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.A. Vafayev

Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori

lavozim boʻyicha

Moliya vazirligining Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshligʻi, idoralararo ishchi guruh kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Idoralararo ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2018-y., 07/18/3877/1553-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 03.04.2019-y., 07/19/4258/2872-son)