23.07.2018 yildagi 567-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.07.2018 yildagi 567-son
Date of entry into force
24.07.2018
Hujjat 24.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan aholi oʻrtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-maydagi PQ-3729-son qaroriga muvofiq, shuningdek, gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan aholi oʻrtasida grippning oldi olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti ilovaga muvofiq belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan, “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingenti mavsumdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan, qolgan kontingent oʻz mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobidan emlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab, Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan, “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingentini emlash uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan, “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar kontingenti mavsumdan oldin oʻz vaqtida emlanishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida va ommaviy axborot vositalarida gripp yuqtirish xavfi hamda uning ogʻir asoratlari toʻgʻrisida, shuningdek, gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar kontingentini emlash masalalari boʻyicha maʼrifat ishlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 23-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
567-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-iyuldagi 567-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslar kontingenti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Homilador ayollar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining maʼlum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 60 yoshdan oshgan shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 6 oylikdan 59 oylikkacha boʻlgan bolalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tibbiyot xodimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/567/1563-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)