20.07.2018 yildagi PQ-3876-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 20.07.2018 yildagi PQ-3876-son
Date of entry into force
21.07.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan va oliy taʼlim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan va oliy taʼlim sohasi xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularning kasbi obroʻsi va nufuzini oshirish, malakali kadrlarni ilmiy va pedagogik faoliyatga jalb etish uchun mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, shuningdek, olimlar va oʻqituvchilarning iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida keng koʻlamli tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda ishtirokini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3655-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018-yil 1-sentabrdan boshlab tabaqalashtirilgan holda oʻrtacha 25 foizga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda Qoraqalpogʻiston va Navoiy boʻlimlari maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining ish haqi miqdorini 2 baravar, 2020-yil 1-yanvardan 25 foizga oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-sentabrdan ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik taʼminlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdorini egallab turgan lavozimi va ilmiy faoliyat sohasidan kelib chiqib, 30 foizdan 100 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorda oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik taʼminlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilar tarkibining ish haqi miqdori quyidagi ikki bosqichda oshirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan — 20 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyuldan — 25 foizga.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi 2018-yil 25-iyulgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda Qoraqalpogʻiston, Navoiy boʻlimlari maʼmuriy-boshqaruv xodimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdorini ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror talablariga muvofiq 2018-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) uning “Ipoteka bank” ATIBda 100 million AQSH dollari miqdoridagi hisobraqamlarini ochgan holda tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini jadal va keng joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni yuqori texnologik tadbirkorlik startap-loyihalarini birgalikda moliyalashtirish orqali amaliy natijalarga erishish uchun yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqotlarni amalga oshirilayotgan startap-loyihalarda taʼsischi sifatida ishtirok etish orqali tijoratlashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlar va texnologiyalarni jadal ishlab chiqishga yoʻnaltirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, shu jumladan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish uchun ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini baholash va tanlashning aniq mezonlarini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasining moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3876-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 07/18/3876/1554-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 07/19/4526/4064-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)