O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5484-son Farmonini ijro etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zatom” agentligi direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zatom” agentligi direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zatom” agentligi direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktor o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “O‘zatom” agentligi direktoriga:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
zarur hollarda, “O‘zatom” agentligining tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
“O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni rahbarlik lavozimlariga va konsultantlar sifatida jalb etish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oldingi tahrirga qarang.
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
ikki oy muddatda “O‘zatom” agentligini unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“O‘zatom” agentligining ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratsin hamda 2019-yildan boshlab har yilda zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti xarajatlari smetasiga ushbu qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;
“O‘zatom” agentligiga zarur xizmat avtotransport vositalari xarid qilish uchun pul mablag‘lari ajratilishini hamda 6 ta yengil xizmat avtomobillarini saqlash uchun limit belgilanishini ta’minlasin;
“O‘zatom” agentligiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish hamda ma’muriy binolarni ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining budjetdan tashqari Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkini xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
xalqaro moliyaviy va boshqa institutlarning, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari:
atom energetikasi obyektlarini, shu jumladan tashqi infratuzilma va turar joylarni qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlash bilan bog‘liq “O‘zatom” agentligining vazifalarini samarali amalga oshirish;
“O‘zatom” agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini qoplash;
“O‘zatom” agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiyalash, “O‘zatom” agentligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
“O‘zatom” agentligining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyati bilan bog‘liq boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining budjetdan tashqari Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
9. Toshkent shahar hokimligi “O‘zatom” agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligini joylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi “O‘zatom” agentligini har choraklik va yillik statistika byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zatom” agentligini zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zatom” agentligi, Fanlar akademiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda “O‘zatom” agentligi direktori zimmasiga yuklansin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyul,
PQ-3870-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3870/1545-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)