18.07.2018 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.07.2018 yildagi 547-son
Date of entry into force
18.07.2018
Hujjat 18.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalari haydovchilari, shu jumladan respublika hududiga tashrif buyuradigan turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 1-avgustdan boshlab, jismoniy va yuridik shaxslarga tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) tomonidan 1 yilga beriladigan ruxsatnoma asosida hamda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan davlat standarti boʻyicha yengil avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 5 foizdan hamda orqa yon oynalarining tusini 30 foizdan kam boʻlmagan darajada oʻzgartiradi (qoraytiradi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm dan koʻp boʻlmagan va yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 30 foizdan kam boʻlmagan polosa shaklida oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha toʻlovlar stavkasi jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining toʻqson baravari, yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining bir yuz yigirma baravari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — eng kam oylik ish haqining bir yuz qirq baravarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish uchun tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʻarmasiga va keyinchalik “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar koʻrsatish markazi” DUKning yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga, shuningdek, DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarini ijtimoiy ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan 15 AQSh dollari miqdorida yigʻim undiriladi va ushbu mablagʻlar ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish boʻyicha tushadigan mablagʻlarni hisobga oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʻarmasida alohida bank hisob raqamini ochsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda oynalarning tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish uchun tushadigan mablagʻlarni taqsimlash hamda ulardan “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar koʻrsatish markazi” DUKning oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga, shuningdek, DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarini ijtimoiy ragʻbatlantirish uchun foydalanish tartibini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) boʻyicha davlat standartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish va oʻzgartirish bepul amalga oshiriladigan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oynalarining tusi ruxsatnomasiz oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalaridan foydalanganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda xorijiy davlatlarning oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yigʻimlarni undirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 18-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
547-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-iyuldagi 191-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 26-27-son, 298-modda) bilan tasdiqlangan “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglament 74-bandining birinchi xatboshiga “shuningdek, ichki ishlar organlari ruxsatnomasi asosida oynalarining tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalariga” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilovaning 7.4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7.4. Barcha transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 70% dan kam boʻlsa, avtomobil tomidagi lyuk oynasi bundan mustasno, shuningdek, ichki ishlar organlari ruxsatnomasi asosida yengil avtotransport vositalari oynalarining tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining ikki yoniga orqa tomon koʻrinishini taʼminlaydigan tashqi koʻzgu oʻrnatilgan boʻlsa, orqa va yon oynalariga parda, shuningdek, M1 toifadagi avtotransport vositalarining orqa oynalariga chiy parda va darparda oʻrnatishga ruxsat etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.