12.07.2018 yildagi 533-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.07.2018 yildagi 533-son
Date of entry into force
16.07.2018
Hujjat 16.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 12-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
533-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 533-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Moliya vazirligining qarorlariga, ushbu nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganish va keyinchalik uning ijobiy tomonini respublikada tatbiq etishda tegishli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tolasini eksport va ichki isteʼmolchilarga sotishdan tushadigan boʻnak, shuningdek ular yuzasidan yakuniy hisob-kitob qilishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori boʻlgan mablagʻlar, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha — ijobiy tafovutning toʻliq miqdordagi yakuniy summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
don, un va un mahsulotlarini sotish va qayta baholashdan, shuningdek mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablagʻlarini erkin birja savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli ajratilgan mablagʻlarni qaytarishdan tushadigan tushumlar va ularga hisoblangan foizlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimining budjetlari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb etiladigan kreditlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari grantlari va donor tashkilotlar mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning boʻsh qoldiq mablagʻlarini joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosilini oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb etilgan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish boʻyicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish maqsadida oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, nav originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalarga, shuningdek urugʻlik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga toʻlanadigan ustama mablagʻlari xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta hisobvaragʻida jamlangan paxta tolasiga preyskurant va jahon narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovut mablagʻlaridan, vaqtinchalik mablagʻ taqchilligida paxta hosilini yetishtirish va yakuniy hisob-kitobini moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) faoliyatini taʼminlash xarajatlarini moliyalashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosili hisob-kitobini oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridi uchun qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni ragʻbatlantirish uchun qaytarib berish asosida qarz mablagʻlari ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyalashtirishga zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini joriy etish va uni asosida hisob-kitob tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish boʻyicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish maqsadida oʻrganish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining har yilgi balansi loyihasini ishlab chiqadi, belgilangan tartib va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari tushumini tahlil qiladi va oʻz vaqtida tushishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentni saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma kengashiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi va uning ijrosi yuzasidan har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan paxtaning umumiy hajmi boʻyicha – “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan, gʻalla xarid qilish umumiy hajmi boʻyicha — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha — “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan bosh bitim tuzadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat qarorlarida belgilangan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish boʻyicha bosh bitim tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma kengashiga jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tekshirishlar jarayonida aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ularni bartaraf etish, Jamgʻarma agentlariga bosh kelishuv va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni (jarimalar va penyalar) qoʻllash boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarmaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridan Jamgʻarma mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarmaning moliya va tijorat agentlaridan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishi boʻyicha choraklik, yillik buxgalteriya va statistika hisobotlarini, paxta tolasi va don, un va un mahsulotlarini sotish boʻyicha har oylik maʼlumotlarni, davlat xaridi uchun qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish uchun qaytarish asosida ajratilgan qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari — Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha choraklik, yillik buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda va ilgari ajratilgan mablagʻlar va ularga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida qaytarilmaganda moliyalashtirishni toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya va tijorat agentlari hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari maqsadli mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganda, Jamgʻarma qarzdorlarning barcha hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlarini koʻchirib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosilini xarajatlarini oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun moliya agentga mablagʻlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi korxonalari tomonidan yetishtiriladigan paxta hosilini yetishtirish xarajatlarini oʻz vaqtida moliyalashtirish uchun ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga mablagʻlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib berilgan paxta va gʻalla hosili yakuniy hisob-kitoblarini oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini doimiy monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma daromadlarining istiqboldagi koʻrsatkichlari bajarilishini tahlil qilish va mablagʻlarning tushishiga salbiy taʼsir qilgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb etiladigan kreditlar, xalqaro moliya institutlari grantlari va donor tashkilotlar mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan tarkibda oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamgʻarma kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tomonidan taqdim etilgan Jamgʻarma balansini koʻrib chiqadi, qaror qabul qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun Departamentga koʻrsatma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jamgʻarmaning moliya va tijorat agentlarining paxta va gʻalla hosilini yetishtirish, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari, ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarining hisobotlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasiga Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, toʻlovlar va hisoblarni toʻliq hamda oʻz vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish tekshirish va taftishlar oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma beradi, ularning natijasini koʻrib chiqadi, koʻrib chiqish yakuni boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi va Departamentga bajarish uchun yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Departament
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi, Jamgʻarmani joriy boshqarish boʻyicha funksiyasini bajaruvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Departamentning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Departamentni saqlash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Departament Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisobotini tuzadi va uni belgilangan tartibda Jamgʻarma kengashiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Departamentga Jamgʻarma kengashi tomonidan saylanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Departament direktori maqomiga, moddiy taʼminot, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish boʻyicha shart-sharoitlariga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Departament direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan tekshirish va taftishda aniqlangan holatlar boʻyicha Jamgʻarma kengashi qarorini ijrosini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning shtatdagi xodimlarining cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek Departament xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash masalalariga oid tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Departament xodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan lavozim maoshi, mukofot, qoʻshimcha va ustamalardan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlariga koʻp yillik xizmatlari uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga yillik ustama quyidagi koeffitsiyentlarda toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 yildan 5 yilgacha — 0,6; 5 yildan 10 yilgacha 0,8; 10 yildan 15 yilgacha 1,0; 15 yildan ortiq 2,5.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish staji ragʻbatlantiriladigan koʻp yillik xizmat uchun ustamalar belgilash huquqini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament xodimlariga, jamoa shartnomasida belgilanadigan oylik, choraklik va yil yakuni boʻyicha hamda bayram kunlari uchun mukofotlar, yoʻl transporti, ovqatlanish va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib olish xarajatlariga toʻlovlar xodimlar lavozim maoshining toʻrt baravaridan oshmagan miqdorda toʻlanadi. Bunda, choraklik va yil yakuni boʻyicha toʻlovlar miqdori xodimlarning ish koʻrsatkichlarini samaradorligiga qarab Kengash tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish koʻrsatkichlari samaradorligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamgʻarma mablagʻlarini bosh kelishuvda koʻzda tutilgan muddatlarda oʻz vaqtida tushishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli ajratilgan jamgʻarma mablagʻlariga hisoblangan foizlarni belgilangan muddatlarda va toʻliq miqdorda undirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya va tijorat agentlarining jamgʻarma oldidagi muddati oʻtgan qarzdorliklarini qisqartirishga qoʻshgan hissasi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, ish haqi fondi doirasida kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimning sogʻligini tiklash uchun sanatoriy-kurort davolanishiga, toʻy va maʼraka tadbirlari uchun moddiy yordam puli toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Jamgʻarmaning moliya va tijorat agentlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki paxta va gʻalla yetishtirish, xarid qilish, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish boʻyicha Jamgʻarmaning moliya agenti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan yetishtiriladigan paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish boʻyicha Hukumat qarorlarida belgilangan tijorat banklari moliya agenti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning moliya agentiga maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlar orqali davlat xaridi uchun yetkazib beriladigan mahsulotlarga, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga hamda paxta-toʻqimachilik tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga paxta-toʻqimachilik tashkilotlari tomonidan yetishtiriladigan paxta xomashyosini yetishtirishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek Jamgʻarmaning mablagʻlarini va tegishli foiz toʻlovlarining belgilangan muddatlarda qaytarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish vazifasi yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Quyidagilar Jamgʻarmaning tijorat agentlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati — paxtani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi — gʻallani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati — zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma davlat xaridi uchun paxtaning umumiy hajmi boʻyicha — “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan, gʻallaning umumiy hajmi boʻyicha esa — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan, zamonaviy yuqori unumli qishloq xoʻjalik texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha — “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati shuningdek, paxta-toʻqimachilik tashkilotlari tomonidan yetishtiriladigan paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Hukumat qarorlarida belgilangan tijorat banklari bilan Bosh bitim tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat agentlari Jamgʻarma nomidan hamda u bilan kelishilgan holda mahsulot xarid qilish, kontraktatsiya shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishi, xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitobini qilish, ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlashning belgilangan standartlariga rioya etilishi, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish yuzasidan nazoratni taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat agentlari tuzilgan Bosh bitimga asosan Jamgʻarma nomidan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ishtirokida oʻzining tayyorlov korxonalari orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan mahsulotni sotib olish yuzasidan oʻz vaqtida va asoslangan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini, maqsadli mablagʻlar va ularga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlaydilar, sotib olinayotgan mahsulot uchun toʻliq hisob-kitob qiladilar, mahsulotni sotib olishda, saqlash va qayta ishlashda belgilangan standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan mahsulotni sotib olish yuzasidan oʻz vaqtida va asoslangan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini, maqsadli mablagʻlar va ularga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish uchun Jamgʻarmaning qaytarib berish asosida ajratilgan qarz mablagʻlari va ularga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarma moliya agentiga Jamgʻarma bilan moliya va tijorat agentlari oʻrtasida tuzilgan Bosh bitimga asosan maxsus ochilgan maqsadli hisobvaraqlar orqali ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tuzilgan Bosh bitimga muvofiq va maxsus ochiladigan maqsadli hisobvaraqlarni qoʻllash orqali qilingan hisob-kitoblarga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya agenti Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini yetishtiriladigan paxta va gʻalla hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini paxta hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat agentlar moliya agenti orqali olingan Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari orqali tayyorlov korxonalariga yuboradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlov korxonalari tushgan mablagʻlarni qishloq xoʻjaligi tashkilotlaridan xarid qilinayotgan mahsulotlar uchun hisob-kitob qilishga ishlatadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati tushgan mablagʻlarni zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga ishlatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tayyorlov korxonalari qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq, sugʻurta tashkilotlari bilan sugʻurtalash shartnomalarini tuzgan holda mablagʻlarni quyidagi maqsadlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalda yetkazib berilgan paxta xomashyosi va gʻalla qiymatining 100 foizi miqdorida hisob-kitob qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridi uchun yetishtiriladigan mahsulotlarning qoʻshimcha hajmi uchun hisob-kitob qilishga sarflaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Bank hisobvaraqlari, jamgʻarma hisobvaraqlariga mablagʻlarni kiritish va hisobini yuritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasida ochiladigan Jamgʻarmaning maxsus milliy, sugʻurta va xorijiy valyuta hisobvaraqlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarda koʻrsatilgan hajmda paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilarining shartnomalarida koʻrsatilgan hajmda paxta xomashyosini yetishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot turlari va qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha ajratilgan Jamgʻarma kreditlarini qaytarish va ularga hisoblangan foiz mablagʻlarini jamlash, hisobga kiritish va hisobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va donor tashkilotlar mablagʻlari xorijiy valyuta hisobvaraqlarida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, maxsus sugʻurta hisobvaragʻida tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori boʻlgan mablagʻlar, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha — ijobiy tafovutning toʻliq miqdordagi yakuniy summasi jamlanadi va hisobi yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik mablagʻ taqchilligi yuzaga kelganda, paxta xomashyosini yetishtirishda kechiktirib boʻlmaydigan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash maqsadida, maxsus sugʻurta hisobvaragʻida jamlangan ijobiy tafovut mablagʻlaridan foydalanish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari va yakuniy hisob-kitoblarini moliyalashtirishda talab etiladigan mablagʻlar, Jamgʻarma kengashining koʻrsatmasiga asosan sugʻurta hisobvaragʻidan maxsus xisobvaraqqa oʻtkaziladi va faqat ushbu maqsadlardagina ishlatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik mablagʻ taqchilligida maxsus sugʻurta hisobvaragʻidan ishlatilgan mablagʻlar, paxta tolasini sotishdan tushgan mablagʻlarning paxta xomashyosini yetishtirishdan ortgan mablagʻlar qismi hisobiga qayta tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridagi hajmlarni xarid qilishni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlariga quyidagi mablagʻlar kirim qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta tolasi boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tolasini eksport va ichki isteʼmolchilarga sotishdan tushadigan boʻnak va yakuniy hisob-kitob mablagʻlari “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining maxsus hisobvaraqlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus sugʻurta hisobvaragʻiga tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori boʻlgan mablagʻlar, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha — ijobiy tafovutning toʻliq miqdordagi yakuniy summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli mablagʻlarni qaytarish uchun maxsus hisobvaraqda jamlangan vaqtincha boʻsh mablagʻlar;

paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari uchun ajratilgan mablagʻlarning ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari tomonidan qaytarilgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) gʻalla boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
don, un va un mahsulotlarini sotish va qayta baholashdan, shuningdek ushbu mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablagʻlarini erkin birja savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli mablagʻlarni qaytarish uchun maxsus hisobvaraqda jamlangan vaqtincha boʻsh mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar kirim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan davlat xaridi uchun yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjalik texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirishga ajratilgan qarz mablagʻlari va unga hisoblangan foizlarni jamlash Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlarida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va donor tashkilotlaridan jalb etilgan mablagʻlar xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Maqsadli mablagʻlarni qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarni qaytarish Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarni qaytarish hisobvaraqlariga moliya agentidan davlat xaridi uchun tijorat agentlari tomonidan xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hisob-kitob qilishdan va yetkazib berilgan zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun tushadigan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarmaning maxsus hisobiga tushiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Moliya agenti va uning filiallari tomonidan Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini qaytarish, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining paxta tolasini, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don, un va un mahsulotlarni sotishdan tushgan mablagʻlari, shuningdek “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishdan olgan daromadlari (asosiy qarz va foizlari bilan) hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari tomonidan Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini qaytarish, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tashkilotlarida, paxta tolasi, don, un va un mahsulotlarini sotishdan, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyatining esa lizing xizmatidan, shuningdek paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilaridan tushgan mablagʻlarni jamlash maqsadida “Jamgʻarma bilan maqsadli hisob-kitob qilish uchun maxsus hisobvaraqlar” hisobvaraqlari ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tolasi, don, un va un mahsulotlari sotishdan, shuningdek zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishdan va unga hisoblangan foizlardan tushgan barcha pul tushumlari ushbu hisobvaraqlarga kirim qilinadi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan avval ajratilgan maqsadli mablagʻlarni moliya agentiga qaytarish va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun ishlatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Moliya va tijorat agentlari Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini qaytarish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa yoki toʻla bajarmasa, Jamgʻarmaga qarzdorlarning barcha hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlarini koʻchirib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻlarni maqsadga muvofiq ishlatish, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlarga, yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun toʻliq hisob-kitob qilishni oʻz vaqtida amalga oshirish javobgarligi kontraktatsiya shartnomalarini bajarishda ishtirok etayotgan tumanlar hokimlari oʻrinbosarlari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va tijorat banklari filial rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. “Agrobank”aksiyadorlik tijorat banki, paxta-toʻqimachilik tashkilotlarga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati paxta tolasini sotishdan, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi don, un va un mahsulotlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni oʻz vaqtida Jamgʻarmaga toʻlamaganligi uchun, “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati hamda “Oʻzmashlizing” masʼuliyati cheklangan jamiyati va ularning hududiy tashkilotlari rahbarlari, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadga muvofiq ishlatmaganligi, hisob-kitob qilish tartibini buzganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, toʻlovlar va hisoblarni toʻliq hamda oʻz vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.