1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining faoliyatini samarali tashkil etish va kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) xizmat intizomining yuqori darajasini saqlash, shuningdek, 2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasini toʻliq va samarali amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
egallab turgan lavozimida ish staji 5 yildan ortiq boʻlgan DYHXX xodim va rahbarlari 35 foizining ichki rotatsiyasi amalga oshirilgani, shu jumladan ular ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlariga oʻtkazilgani va bu borada 2018-yil oxirigacha rotatsiya koʻrsatkichlarini 70 foizgacha yetkazish chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish nazarda tutilgani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasida shaxsiy xavfsizlik boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarida shaxsiy xavfsizlik guruhlari tashkil etilib, kadrlar bilan toʻliq taʼminlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2018-yilning 1-iyulidan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida yuridik shaxsni tashkil etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun DYHXX xodimlari tomonidan solinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga tushadigan jarimalar summasining 10 foizi Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbai hisoblanadi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda DYHXX xodimlarining lavozimlari roʻyxati, ularni ragʻbatlantirishning aniq shartlari va mezonlarini belgilashni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DYHXX xizmatiga olinadigan nomzodlarning shaxsiy odob-axloq fazilatlariga nisbatan qatʼiy talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 6-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
514-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyuldagi 514-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“
9.
Ichki ishlar vazirligi
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari
55*******
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasi
50
Avtomototransport vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun toʻlov summasi
8
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar
8
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi va turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari
8
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi havola qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*******) Ushbu mablagʻlarning 10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi 626-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining quyidagilar uchun undiriladigan jarimalar summasidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari, yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun 8 foizdan 55 foizgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun 8 foizdan 50 foizgacha”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/514/1480-son; 12.03.2019-y., 09/19/207/2754-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)