Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2007 11.10.2000 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.10.2000 yildagi 393-son
Date of entry into force
11.10.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2007
Hujjat 11.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOʻShMA KORXONALAR TAShKIL ETIShGA XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB QILISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika mintaqalarida eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2001—2005-yillarda respublika mintaqalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari 1-ilovaga* (1-1 — 1-14-son) muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mintaqalarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq tarkibda idoralararo ishchi guruhi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ikki hafta muddatda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Oʻzbekinvest” va “Oʻzinvestloyiha” kompaniyalarining hududiy boʻlinmalari ishtirokidagi doimiy ishlovchi ishchi guruhlarini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo ishchi guruhi hududiy ishchi guruhlari bilan birgalikda respublika mintaqalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish boʻyicha 1-ilovada keltirilgan takliflarning doimiy monitoringini oʻrnatsin va ularning amalga oshirilishini har chorakda koʻrib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qishloq joylarida yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishni boshlagan vaqtdan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan qoʻshma korxonalar uchun koʻrsatilgan muddat tugagandan keyingi ikki yil davomida daromad (foyda) soligʻi stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmalari boʻyicha qoʻshma ishlab chiqarishlarni tashkil etishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berishni va ularni uzaytirib berishni, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatga olishni va vaqtinchalik roʻyxatda turishni uzaytirib berishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 11-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
393-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda)