Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2016 01.12.2004 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.12.2004 yildagi 561-son
Date of entry into force
01.12.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2016
Hujjat 20.05.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-martdagi 81-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 117-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26-sentabrdagi 204-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 404-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari bir hafta muddatda tegishli Axborot-tahlil departamentlari rahbarlari va mutaxassislari funksional vazifalarining taqsimlanishini tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 1-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
561-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qaroriga
3-ILOVA

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini kommunal xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari; kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha axborot — tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)

Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga boʻysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)

5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari

6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a) kommunal xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal sohada monitoringni taʼminlash, ushbu sohadagi ahvol va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat koʻrsatishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish boʻyicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va kommunal xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
(6-bandning “a” kichik bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori bilan xatboshi kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) transport va transport kommunikatsiyalari sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat muhitini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga transport xizmatlariga toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni birxillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(6-bandning “b” kichik bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori bilan xatboshi kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilishda, muhim xalq xoʻjaligi obyektlari qurilishida, shu jumladan litseylar va kollejlar qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash hamda ahvol va vaziyatni tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash darajasini oshirish hamda ularni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash va pudrat qurilish tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularning negizida asosan xususiy va qoʻshma korxonalar tashkil etish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash va qurilish ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari tashkil etish darajasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida obyektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga oʻtishni taʼminlash, qurilish faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni taʼminlash va ishlarning ahvolini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika qurilish kompleksini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan taʼminlashning kompleks dasturlarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallarining ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish, harbiylashtirilgan tuzilmalarning moddiy-texnik taʼminoti sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatishga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini tugatish toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi monitoringini va nazorat qilinishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish tizimini takomillashtirish, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-harakatlar davlat tizimi funksiyalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshligʻi sifatidagi faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy jihatdan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuklar tranziti ahvoli monitoringi va tahlilini taʼminlash, xavfli yuklar tranzitini nazorat qilish shakllari va usullarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishni belgilangan tartibda taʼminlash, xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berishni yoki ruxsatnoma berishning rad etilishini rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuklar tranziti ustidan nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiylashtirilgan tizimlarni moddiy-texnik taʼminlash masalalarini ishlab chiqish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash, ushbu yoʻnalishda ishlarni muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan jabr koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati monitoringini olib borish;
(6-bandning “d” kichik bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori bilan xatboshi kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini, shuningdek xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarinishakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
(7-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)

tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;

Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)

materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
(7-bandning oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;

oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

III. Departamentning huquqlari va javobgarligi

8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;

mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)

zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;

zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.

Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
(8-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)

9. Departament:

oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;

Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;

Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.

IV. Departamentning tuzilmasi

10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, kommunal xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish; transport va transport kommunikatsiyalari; kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari; qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.

12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

V. Departament faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)

14. Departament mudiri:

Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoringni va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;

departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda kompleks rahbari koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, Departament mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan axborot-tahlil departamenti mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;

chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)

15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Departamentning bosh mutaxassisi:

funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi hamda respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek oʻz ijrosida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;

tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;

vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;

tegishli funksional masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;

bosh mutaxassis bilan kelishgan holda oʻz ijrosida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi;

(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)

18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 117-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustdagi 183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 26-sentabrdagi 204-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 404-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini taʼlim va kadrlar tayyorlash, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza; fan va innovatsiyalar; madaniyat, sport va turizm; Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga boʻysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishini monitoring va tahlil qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining taʼlim va kadrlar tayyorlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va kadrlar tayyorlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, xorijiy taʼlim tuzilmalari bilan koʻp tomonlama va samarali xalqaro hamkorlik qilish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturining, shuningdek ijtimoiy muhofaza boʻyicha dasturlarning bajarilishini monitoring va tahlil qilishni taʼminlash, ushbu sohalarda boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza sohasining faoliyat koʻrsatishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi salomatligi saqlanishi va yaxshilanishini maqbullashtirish, samaradorligini oshirish va taʼminlash, sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirish, profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida aniq yoʻnaltirilganlikni va aholini qamrab olishni kuchaytirish boʻyicha vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash, mamlakatda respublika farmatsevtika sanoatining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) fan va innovatsiyalar sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni muvofiqlashtirish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga yuklangan davlat ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlari amalga oshirilishini monitoring va tahlil qilish;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda—Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy va texnologiya salohiyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada isloh qilishning strategik vazifalari va ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq mamlakatni ilmiy-texnik rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ulardan amaliyotda keng foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fan va innovatsiya, intellektual mulkni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishi boʻyicha faoliyatining muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan sohasini boshqarish va moliyalashtirish prinsiplarini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini ilmiy va innovatsion faoliyatdagi boshqaruv va xoʻjalik munosabatlari tizimiga keng joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) madaniyat, sport va turizm sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat, sport va turizm sohasida ishlarning ahvolini tizimli va kompleks oʻrganishni, tahlil qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat, sport va turizm masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat, ommaviy sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak maʼnaviyatni, xalq anʼanalari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish, jismoniy sogʻlom, maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxslarni tarbiyalash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, respublikada turistik xizmatlar infratuzilmasini shakllantirish dasturlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlom avlodni tarbiyalashning tarkibiy qismi sifatida bolalar sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini tizimli oʻrganish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish Davlat dasturining tizimli va kompleks joriy etilishini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida davlat tilining amal qilishi sohasida monitoring va tahlil qilishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish boʻyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
(7-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
(7-bandning oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy yordam koʻrsatishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilada tibbiy madaniyatni oshirish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan, yolgʻiz qariyalarni, pensionerlar va nogironlarni, shuningdek ijtimoiy ahamiyatli kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlarni sifatli bepul tibbiy yordam va dorivor vositalar bilan taʼminlash boʻyicha Hukumat qarorlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan tarmoqlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlarini amalga oshirish monitoringi olib borilishini taʼminlaydi;
(7-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori bilan xatboshilar kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
(8-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Departament:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Departamentning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, taʼlim va kadrlar tayyorlash; sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza; fan va innovatsiyalar; madaniyat, sport va turizm; Davlat tili haqidagi Qonunni amalga oshirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Departament mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Departament faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Departament mudiri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat prinsiplariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarmoqlar, sohalar va respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoringni va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, tarmoqlar va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqboldagi vazifalarini amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, mutaxassislarning kasb darajasini va ishchanlik malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan kelishgan holda tegishli kompleks rahbari koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek Kompleksning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun kiritadi, Departament mutaxassislarining ish rejasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, respublika Hukumatining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Departamentning bosh mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi hamda respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek oʻz ijrosida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassis faoliyatini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksional vazifalarga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha zarur tahliliy materiallar va ekspert takliflar tayyorlaydi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq ularning zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasi yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, respublika iqtisodiyoti tegishli tarmoqlari va sohalari yoki hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilishini tizimli nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli funksional masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari markaziy apparatlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishining holati va natijadorligini doimiy asosda oʻrganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda oʻz ijrosida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan muhokama qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-avgustda 183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 495-modda; 2005-y., 14-son, 102-modda, 30-31-son, 234-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2007-y., 13-son, 117-modda, 39-son, 404-modda; 2008-y., 20-21-son, 175-modda; 2009-y., 49-son, 523-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)