02.06.2018 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.06.2018 yildagi 410-son
Date of entry into force
05.06.2018
Hujjat 16.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, futbolni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʻnikmalarni rivojlantirish, sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasini (keyingi oʻrinlarda respublika akademiyasi deb ataladi) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) tizimidagi 1-ilovaga muvofiq futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida ularning amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalarini (keyingi oʻrinlarda hududiy akademiyalar deb ataladi) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Vazirlik tizimidagi 2-ilovaga muvofiq futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (keyingi oʻrinlarda maktab-internatlar deb ataladi) etib qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol boʻyicha yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yoʻlga qoʻyish, ularni oʻqitish, tarbiyalash va individual xususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasidagi sport qobiliyatini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar-oʻsmirlar futbolini rivojlantirish uchun ishonchli zaxirani shakllantirish, isteʼdodli va iqtidorli bolalarni futbolga jalb etish va futbol boʻyicha salohiyatini doimiy ravishda oʻstirib borish, ularda sogʻlom turmush tarziga intilishni uygʻotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, mamlakat futbolini futboli rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro darajada raqobat qiladigan darajaga yetkazish, turli yosh toifasidagi respublika terma jamoalarga va professional futbol jamoalariga yetuk futbolchilarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol rivojlangan xalqaro mamlakatlarda oʻtkaziladigan musobaqalar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etish orqali respublika va hududiy akademiyalar oʻquvchilarining professional saviyasini oshirib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar maktab-internatlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlari talablari asosida oʻquvchilarning taʼlim tayyorgarligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda olimpiya sport turlari boʻyicha xorijiy trenerlar va mutaxassislarni taklif qilgan holda ilgʻor ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh sportchilarni tayyorlash borasida oʻquv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek sportni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq holda Oʻzbekiston milliy terma jamoalari zaxirasini tayyorlash darajasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi, maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasi oʻquvchilarining umumiy kontingenti 132 nafar, har bir hududiy akademiyaning umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasiga hududiy akademiyalarning oʻquvchilari orasidan eng iqtidorli va belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab har yili 7-sinfga qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy akademiyalarga belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan iqtidorli oʻquvchilar 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar oʻquvchilarining taʼlim olishi tegishlicha mazkur akademiyalarga yaqin joydagi umumtaʼlim maktablarida umumtaʼlim dasturi boʻyicha amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning 11-sinflari bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarni bitirganlik toʻgʻrisidagi diplom berilgan mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki oʻqishning kelgusi bosqichida taʼlim olishni davom ettirish huquqini beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalarning rahbar va pedagog xodimlariga ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) maktab-internat oʻquvchilarining umumiy kontingenti 350 nafardan koʻp boʻlmagan oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab-internatlarga olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan sportning oʻyin turlari boʻyicha (futboldan tashqari) belgilangan sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab-internatlar oʻquvchilarining ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari oʻquvchilarining sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab-internatlar direktorlari, direktorlarning oʻrinbosarlari, oʻquvchilarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari, trener-oʻqituvchilar, umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari, tarbiyachilar mehnatiga haq toʻlash hamda maktab-internatlar direktorlarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, oʻquvchilarni chaqiriqqa tayyorlash rahbari, umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari, tarbiyachilar mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga, maktab-internatlar direktorlari, direktorlarning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, trener-oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qaroriga, tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarning namunaviy shtat jadvallarini, respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarning ustavlari tasdiqlanishini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar, shu jumladan, futbol boʻyicha xalqaro sertifikat (diplom) ga ega boʻlgan trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Moliya vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasi va hududiy akademiyaga hamda maktab-internatga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va hududiy akademiyalarning oʻquv-mashgʻulot rejalari va futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab-internatlarning oʻquv rejalari va dasturlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar hamda maktab-internatlar oʻquvchilari uchun jihozlar, sport anjomlari va inventarlar, shuningdek, sport kiyim-boshi bilan taʼminlash meʼyorlarini;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab-internatlarda ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika akademiyasi va hududiy akademiyalar oʻquvchilarining ovqatlanishi uchun sutkalik oziq-ovqat meʼyorini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Respublika akademiyasi, hududiy akademiyalar va maktab-internatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq maktab-internatlarning bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda tekin foydalanish huquqi asosida hamda boshqa mol-mulklari mulk huquqi asosida hududiy akademiyalarga bepul berilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida kelgusida faoliyati tugatilishi rejalashtirilayotgan kasb-hunar kollejlari bino va inshootlari tegishli yer maydoni bilan birgalikda ushbu kollejlar oʻz faoliyatini tugatganidan soʻng tekin foydalanish huquqi asosida hududiy akademiyalarga berilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab-internatlarning boʻshaydigan bino va inshootlarini belgilangan tartibda hududdagi ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablariga oʻtkazish choralarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarordan kelib chiqib 2018-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, 2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda hududiy akademiyalar va maktab-internatlarning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan dastur tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining ishdan boʻshaydigan xodimlarini ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Respublika akademiyasi Toshkent shahar, Bunyodkor shoh koʻchasi, 47-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining “Andijon shahridagi futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilari taʼminoti normativlarini hamda uni jihozlash uchun mol-mulk roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 16-avgustdagi 179-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 33-son, 277-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Isroilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 2-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
410-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida tashkil etilayotgan bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tashkil etilayotgan bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari

Negizida bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalari tashkil etilayotgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Nukus shahar futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

2.

Andijon viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Andijon shahridagi futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati

3. 

Buxoro viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Shofirkon tumani 18-sonli futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Qorakoʻl tumani 5-son ixtisoslashtirilgan sport maktab internati

4.

Jizzax viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Jizzax viloyati futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

5.

Qashqadaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Gʻuzor tumani 76-sonli futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

6.

Navoiy viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Navoiy viloyati futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat

7.

Namangan viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Namangan shahar 15-futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

8.

Samarqand viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Samarqand viloyati futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

9.

Sirdaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Yangiyer shahar futbol maktab-internati

10.

Surxondaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Termiz shahar 1-son futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

11.

Toshkent viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Toshkent viloyati futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

12.

Fargʻona viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Fargʻona viloyati futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

13.

Xorazm viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Yangibozor tumani 9-son futbol maktab-internati

14.

Toshkent shahar bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi

Toshkent shahar futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida qayta ixtisoslashtirilayotgan olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari

Qayta ixtisoslashtirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari

1.

Andijon shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Andijon shahar futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati

2.

Shahrixon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Shahrixon tuman 33-son futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati

3. 

Olot tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Olot tumani 7-olimpiya ixtisoslashtirilgan sport maktab-internati

4.

Buxoro shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Buxoro shahar 12-sonli olimpiya oʻrinbosarlari sport maktab-internati

5.

Romitan tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Romitan tumani 42-sonli futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

6.

Gʻijduvon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Gʻijduvon tumani 66-sonli iqtidorli bolalar sport maktab-internati

7.

Buxoro tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Buxoro tumani sport maktab-internati

8.

Peshku tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Peshku tumani davlat ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internat

9.

Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Qarshi shahar futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

10.

Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Uchqoʻrgʻon tumani 20-futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

11.

Denov tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Denov tumani 2-son davlat ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati

12.

Bogʻot tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Bogʻot tumani 1-son futbol maktab-internati

13.

Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Urganch shahar 5-son futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

14.

Xiva tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Xiva tumani 12-son futbol maktab-internati

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 33-son, 312-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2015-yil 3-martdagi 41-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 9-son, 101-modda) 3-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“maktab-internat oʻquvchilarining ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari oʻquvchilarining sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 167-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovaning 15-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati (oʻqitish muddati 7 yil: V — XI sinflar)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 18-banddagi “futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat” soʻzlari “olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 12.09.2023-y., 09/23/458/0698-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)