01.06.2018 yildagi PQ-3764-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 01.06.2018 yildagi PQ-3764-son
Date of entry into force
02.06.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada baholash faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza shakllantirilgan, baholash xizmatlari bozorini rivojlantirish, amalga oshiriladigan baholash ishlarining natijalari va xolisligi uchun javobgarlikni oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda baholash xizmatlari bozorida malaka sertifikatiga ega mingga yaqin baholovchilar mehnat qiluvchi ikki yuzdan ortiq baholovchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bir qator muammo va kamchiliklar professional baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishga hamda baholovchi tashkilotlarga boʻlgan ishonchni oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish funksiyasini xususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvi organi zimmasiga yuklash oqibatida baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, baholovchi tashkilotlar kapitalining eng kam miqdoriga boʻlgan yuqori talablarning mavjudligi professional mutaxassislarning baholash xizmatlari bozoriga kirishini cheklamoqda, buning oqibatida baholash ishlari sifati ularga, ayniqsa, biznesni baholash hamda bank va sugʻurta faoliyatida ortib borayotgan talablarga mos kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, baholovchilar malakasi va kasbiy mahoratining qoniqarsiz darajadaligi, shuningdek, turli obyektlar qiymatini baholashning alohida shartlarini hamda ularning yutuqlarini ragʻbatlantirishni hisobga olmaydigan baholovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samarasizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, baholashga yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni taʼminlamaydigan, tez oʻzgarib borayotgan bozorning zamonaviy shartlariga javob bermaydigan, ularning xalqaro standartlar bilan yetarlicha uygʻunlashmagan mulkni baholash milliy standartlarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, jamoat birlashmalarining baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, baholash haqidagi hisobotlar sifatini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda faolligining yetarli emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, baholovchilarning professionallik darajasi va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mazkur sohada bajariladigan ishlarning xolisligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) baholash tashkilotlari ustav kapitali (ustav jamgʻarmasi)ning eng kam miqdoriga boʻlgan talabni bekor qilish;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat raqobat qoʻmitasi bir hafta muddatda ilgari berilgan baholovchi tashkilotlarning litsenziyalari va baholovchilarning malaka sertifikatlari boʻyicha materiallarni Markazga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2018-yil 1-iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazida baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus kurslar tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish namunaviy dasturlari baholash faoliyati sohasidagi litsenziyalovchi organ (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalovchi organ) tomonidan baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda nodavlat taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — oʻquv markazlar) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, baholovchi tashkilotning javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda sugʻurtalovchining sugʻurta qoplamasi toʻlovini amalga oshirishi yuzasidan majburiyati boʻyicha sugʻurta puli:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchar mulkni baholash uchun, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 baravaridan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxona bundan mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravaridan kam boʻlmasligi kerak.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Baholovchilarga toifa berishning sertifikatlangan baholovchilar, ikkinchi, birinchi va oliy toifali baholovchilarni oʻz ichiga oluvchi tizimi amaliyotga joriy etilsin hamda baholovchilarga quyidagi asosiy talablar oʻrnatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi toifaga — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi bir yildan kam boʻlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash boʻyicha kamida 15 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi toifaga — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash boʻyicha kamida 25 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy toifa — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi besh yildan kam boʻlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash boʻyicha kamida 35 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 10-iyulga qadar Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlasin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi, agar u boshqa baholovchi tashkilot shtatida turgan boʻlsa, baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida baholash ishlarini olib borishga jalb qilina olmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi yoki boshqa shaxslarning, agar bu baholash natijasining ishonchliligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, baholovchining faoliyatiga aralashuviga, jumladan, baholash obyektini baholashda aniqlanishi yoki taʼriflanishi lozim boʻlgan masalalar doirasini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi obyektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni oʻtkazishda ishtirok eta olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan baholash tashkilotiga maʼlumot berishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash obyektini baholashni oʻtkazganligi uchun baholovchiga toʻlanadigan haq miqdori baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdoriga bogʻliq boʻla olmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-yanvardan boshlab baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat birinchi yoki oliy toifa baholovchilar jalb etilishi mumkin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Affillangan shaxs boʻlgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish taqiqlansin, bunday shaxslar deb quyidagilar tan olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholashni olib borgan baholovchi tashkilot mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sugʻurtalovchisi, baholovchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori, ishchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash obyektiga nisbatan mulkiy manfaatga ega boʻlgan yoki mazkur bandda koʻrsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi yoki baholashni olib borgan baholovchi tashkilot kuzatuv kengashining aʼzosi, direktor yoki boshqaruv aʼzosi vakolatlarini amalga oshiradigan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav jamgʻarmasi (ustav kapitali)da baholashni olib borgan baholovchi yoki baholovchi tashkilot ulushi boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, davlat mulkini, shuningdek, davlat tomonidan sotib olinadigan obyektlarni baholash uchun baholovchi tashkilotni tanlash davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat raqobat qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari buyurtmalari asosida baholash obyektini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlari qiymatini aniqlash va xizmatga haq toʻlash tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Baholovchi tashkilotlarga koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi dastlabki toʻlovsiz xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Baholovchilar jamiyatiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatini uslubiy taʼminlash boʻyicha maslahatlar berishni amalga oshiradigan jamoat ekspert kengashini tuzish, shuningdek, ularning murojaatlari asosida baholash haqida hisobotlarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tarzda hamkorlik qilish, tahliliy sharhlardan umumiy foydalanish va axborot bilan almashinish yoʻli bilan barcha baholovchilar va baholash tashkilotlari (ayniqsa, mintaqalarda), davlat idoralari bilan samarali oʻzaro hamkorligini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilayotgan baholash xizmatlarining sifatini asosiy mezon sifatida nazarda tutgan holda baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatining reyting baholash tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchilar va bozorning boshqa ishtirokchilarini ishonchli maʼlumotlar bilan ishlashini taʼminlaydigan bozor axborotini yigʻish va tahlil qilish boʻyicha yagona uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy asosda seminarlar, oʻquv kurslari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, anjumanlar oʻtkazish, davlat idoralariga kiritish uchun baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni keng muhokama qilish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda 2016 — 2018-yillarda davlat mulkini baholash boʻyicha tuzilgan kontraktlarni hamda amalga oshirilgan baholash natijalarini tanqidiy oʻrgansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi har yili ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirishda baholash xizmatlari bozorining malakali kadrlarga boʻlgan real ehtiyojini hisobga olsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi baholovchilari jamiyati va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi mulkni baholash milliy standartlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish, ularni zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish va xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish, yetishmaydigan mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, eskirganlarining kuchini yoʻqotish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda baholash faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid davlat talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi yangilangan nizom tasdiqlash, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiq qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3764-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2018-y., 07/18/3764/1292-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)