O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VINO-AROQ MAHSULOTLARINI ULGURJI VA ChAKANA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vino-aroq mahsulotlarining noqonuniy aylanishi va sotilishi hollarining oldini olish, alkogolli mahsulotlarni sotishni tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan vino-aroq mahsulotlari faqat “O‘zsharobsanoat” AJning hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalari orqali sotiladi;
respublikada ishlab chiqariladigan vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va mayda ulgurji sotish huquqi “O‘zsharobsanoat” AJning hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalariga beriladi.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 136-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va 6-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 16-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 16-noyabr,
452-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 22-24-son, 157-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)