25.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2342-8
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 25.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2342-8
Date of entry into force
26.05.2018
Hujjat 26.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVI
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2342-8]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-son qarori (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 19-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
321-V-8-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 19-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 19-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-40-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 19-apreldagi 321-V-8, 82, 2018-40-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqqadima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-son “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda Respublika budjeti va mahalliy budjetlarga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi va 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliyaviy intizomiga rioya etilishi yuzasidan javobgarlikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan (keyingi oʻrinlarda hisobvaraq deb yuritiladi) pul mablagʻlari ularga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmaganda, mablagʻlarni hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“budjet mablagʻlarini oluvchilarning kreditorlik qarzlarini toʻlash uchun ularning hisobvaraqlariga mablagʻ ajratish rejalari doirasida moliya va soliq organlari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan sxemalarda koʻrsatilgan hisobvaraqlarga;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning “20400 — Jamgʻarma depozitlar”, “20600 — Muddatli depozitlar” hisobvaraqlaridagi mablagʻlar, shuningdek “22602 — Mijozlarning akkreditivlari boʻyicha depozitlari” va “22606 — Mijozlarning import bilan bogʻliq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar boʻyicha depozitlari” hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldiqlari ushbu Yoʻriqnomaning 5-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarni qondirish uchun depozit va akkreditiv shartnomalarida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin banklar tomonidan tegishli hisobvaraqqa kirim qilinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Asosiy hisobvaraqda unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning “20400 — Jamgʻarma depozitlar”, “20600 — Muddatli depozitlar”, “22602 — Mijozlarning akkreditivlari boʻyicha depozitlari” va “22606 — Mijozlarning import bilan bogʻliq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar boʻyicha depozitlari” hisobvaraqlari boʻyicha shartnomalar muddatini uzaytirish hamda yangi shartnomalar tuzish taqiqlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Mutanosib taqsimlash hisobvaraqdagi mablagʻlarning kun boshidagi qoldigʻidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Oyning oxirgi bank ish kunida asosiy hisobvaraqqa kelib tushgan mablagʻlar kun davomida mutanosib taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidagi mablagʻlar unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan holda, hisobvaraqdan pul mablagʻlarini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan misol asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kun davomida hisobvaraqqa kelib tushgan mablagʻlar 2-son kartotekaga yetarli boʻlganda, 2-son kartotekadagi mavjud qarzdorlik mazkur Yoʻriqnomaning 5-bandida belgilangan tartibda toʻlab beriladi, qarzdorlik qoplangandan soʻng, keyingi toʻlovlar ushbu Yoʻriqnomaning 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 1-ilovaning 6 — 10-bandlaridagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son)