OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 6-son, 118-modda; 1997-yil, 4—5-son, 126-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
1) 24-moddasining:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ekologiya ekspertizasi”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 25-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ekologiya ekspertizasi obyektlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
3) 26-moddasi chiqarib tashlansin;
4) 31-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4—5-son, 126-modda; 1998-yil, 9-son, 181-modda) 8-moddasining ikkinchi qismidagi, 9-moddasining ikkinchi qismidagi va 27-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 2-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 269-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “va milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “milliy xavfsizlik xizmati va davlat soliq xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, 3-son, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 9-son, 193-modda; 12-son, 269-modda; 1996-yil, 5—6-son, 69-modda, 9-son, 144-modda; 1997-yil, 2-son, 56-modda, 4—5-son, 126-modda, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 3-son, 38-modda, 5—6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5—6-son, 153-modda):
1) 97-moddasining nomidagi va birinchi qismi dispozitsiyasidagi, 98-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasidagi “Davtexkonnazorat” degan soʻz “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 260-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“260-modda. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 55, 70-moddalarida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilish qoidalari bundan mustasno), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismida), 97, 98-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga haqlidir:
bosh direktor va uning oʻrinbosari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;
tarmoq inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
mintaqaviy konchilik-texnik inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda;
davlat inspektorlari — eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdorda”.
Oldingi tahrirga qarang.
(VII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi OʻRQ-987-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda; 1998-yil, 5—6-son, 102-modda; 1999-yil, 9-son, 229-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida hududiy boʻlinmalarga ega boʻlgan: soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruv va taftishni amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish boʻlinmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash maxsus boʻlinmasi tuziladi”;
2) 5-moddasining birinchi qismi:
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik hollarini aniqlash, bunday hollarning oldini olish va bartaraf etish uchun, shuningdek ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, qonun hujjatlariga muvofiq surishtiruv oʻtkazish, jinoiy ishlar qoʻzgʻatish va ularni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish”;
quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
“15) yuridik va jismoniy shaxslar egallab turgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun foydalanayotgan binolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moneliksiz kirish. Soliq solish miqdorlarini hisoblab chiqarishning asosliligini tekshirish chogʻida ishlab chiqarish, omborxona, savdo va boshqa binolarni, hujjatlar, pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar saqlanadigan joylarni mulkdorning ishtirokida koʻzdan kechirish”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8—14-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari esa (tezkor-qidiruv faoliyati bundan mustasno) faqat davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi. Ushbu modda birinchi qismining 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi va uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslariga beriladi”;
3) 13-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladilar:
oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi uchun;
oʻzining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi uchun;
boshqa huquqbuzarliklari uchun.
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chogʻidagi gʻayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Davlat soliq organlari xodimlarining oʻz xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
125-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)