21.05.2018 yildagi 379-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.05.2018 yildagi 379-son
Date of entry into force
22.05.2018
Hujjat 07.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya resurslarini isteʼmol qilish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda energiya resurslarini isteʼmol qilish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-maydan boshlab qarzdorlar, shu jumladan, yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari hamda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlar toʻgʻrisida barcha uchun ochiq maʼlumotlar bazasi ishlab chiqilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari jismoniy va yuridik shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi (keyingi oʻrinlarda qarzdorlikni tekshirish deb ataladi) mavjudligi tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi, ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorlik mavjudligini tekshirish ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) maʼlumotlar bazasi orqali onlayn rejimida tegishli yirik bitimlarni amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatishdan avval amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik bitimlarni amalga oshirish va tegishli xizmatlar koʻrsatishga qarzdorlikni tekshirish natijalari boʻyicha yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha, shuningdek, mulkiy tusdagi ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanmagan qarz aniqlanmagan taqdirdagina ruxsat etiladi. Bu hollarda bitimni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar koʻrsatayotgan tashkilot Byuro maʼlumotlar bazasidan tegishli koʻchirmani chop etadi hamda uni tegishli bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq materiallarga biriktirib qoʻyadi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik aniqlangan taqdirda, bitimni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar koʻrsatayotgan tashkilotlar qarzdorga Byuro maʼlumotlar bazasidan olingan tegishli koʻchirma nusxasini taqdim etgan holda bitimni amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davriy toʻlovlarni toʻlashni nazarda tutadigan mulkiy tusga ega ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlikni tekshirish faqat ushbu qaror 1-ilovasining 10 — 12-bandlarida nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatilayotganda jismoniy shaxsga nisbatan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov oʻrnatilganligi mavjudligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni tekshirish jismoniy shaxslarga — koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga va qarzdor — koʻchmas mulk mulkdorining turar joy manzili boʻyicha doimiy propiska qilingan shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bitimlarni amalga oshiruvchi va tegishli xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qarzdorligi mavjudligini tekshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Byuro Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradigan maxsus dasturiy modul ishlab chiqilishini va uning faoliyatini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuroning maʼlumotlar bazasi orqali yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun, shu jumladan, jismoniy shaxs doimiy propiska qilingan joy boʻyicha, shuningdek, mulkiy tusdagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlikni tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorlikni tekshirish natijasi boʻyicha tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqtni koʻrsatgan hamda maxsus QR-kodni qoʻygan holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi koʻchirmani chop etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Byuroning maʼlumotlar bazasiga tegishli qarzdorlik toʻlanganligi toʻgʻrisidagi axborotni tezkor ravishda kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yirik bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar Byuro bilan birgalikda ikki hafta muddatda qarzdorlikni tekshirishda dastlabki va chiqish maʼlumotlariga doir yagona texnologik va tashkiliy talablarni, Byuroning maʼlumotlar bazasiga markazlashtirilgan holda ulanishni hamda axborot xavfsizligining boshqa talablarini nazarda tutuvchi oʻzaro elektron hamkorlikning tegishli reglamentlarini tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatda nazarda tutilmagan kreditlar berishda hamda boshqa moliya-kredit xizmatlari koʻrsatishda mijozning toʻlov qobiliyatini va bajarilmay qolgan moliyaviy majburiyati mavjudligini tekshirish maqsadida Byuro maʼlumotlar bazasi orqali qarzdorlik tekshiruvini bank amaliyotiga joriy qilish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Byuroga jismoniy shaxslarning yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar ijro hujjatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashning qoʻshimcha shakllari, fuqarolarni qarzdorlik mavjudligi va uni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan, SMS xabarlar va USSD soʻrovlardan foydalangan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisida xabardor qilish shakllarini joriy etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmogʻi operatorlari Byuroning soʻroviga binoan abonentlarga yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik muddati va ularni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi SMS-xabarlarning bepul tarqatilishini taʼminlasinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 21-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
379-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekshirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va koʻrsatiladigan xizmatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Yirik bitimlar va xizmatlar

Bitimlarni amalga oshiruvchi
yoki xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar

1.

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar)

Notarial idoralar
(Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi)

2.

Avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar)

3.

Yangi avtotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari boʻyicha sotish.

“Oʻzavtosanoat” AJ

4.

Koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini sotib olish uchun kreditlar berish, shu jumladan, ular boʻyicha lizing operatsiyalari

Tijorat banklari

5.

Ijro hujjatlar boʻyicha elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish)

“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi)

6.

Xususiylashtiriladigan koʻchmas mulk obyektlarini, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushlarini hamda davlat mulkini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyutmanomalar qabul qilish)

7.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish

Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari

(Oʻzbekiston Respublikasi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
)

Davlat xizmatlari markazlari
(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi)

8.

Binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish.

9.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi kadastr ishlarini tayyorlash

10.

Xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun aviachiptalar sotish (Oʻzbekiston Respublikasiga aviachiptalardan tashqari)*

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalar sotish kassalari

11.

Xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun temir yoʻl chiptalari sotish (Oʻzbekiston Respublikasiga temir yoʻl chiptalaridan tashqari)*

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning temir yoʻl chiptalari sotish kassalari

12.

Chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerini rasmiylashtirish*

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari
(Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi)

13.

Avtotransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari

(Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi)

14.

Avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish

15.

Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish va qayta rasmiylashtirish, shuningdek, litsenziyalarni qayta tiklash va ularning amal qilish muddatini uzaytirish.

Litsenziyalovchi organlar

Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi)

16.

Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish.

Oʻzbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi)

17.

Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish

Qurilish boʻlimlari

(Oʻzbekiston Respublikasi
Qurilish vazirligi)

Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi)

18.

Binolar va inshootlar tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadni taʼmirlash) kelishish

19.

Obyektni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish

20.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish

21.

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi

Davlat bojxona xizmati organlari (Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qoʻmitasi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Qarzdorlikni tekshirish sud yoki davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov oʻrnatilganligi mavjudligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimlarni amalga oshiruvchi va tegishli xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qarzdorligi mavjudligini tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

“Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) onlayn rejimida taqdim etadi, shuningdek, qarzdorlik toʻlangan taqdirda ushbu maʼlumotlar bir vaqtning oʻzida yangilab borilishini taʼminlaydi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

1. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, ijro hujjatlari maʼlumotlar bazasidan olingan maʼlumotlar asosida yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar shuningdek, mulkiy tusdagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi (keyingi oʻrinlarda qarzdorlik deb ataladi) mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar — qarzdorlar toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi.

2. Tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning shakllantirilgan maʼlumotlar bazasiga moneliksiz kirishini taʼminlaydi.

Doimiy ravishda

3-bosqich

Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar

Ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yirik bitimlarni amalga oshirish, ayrim moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatish, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari koʻrsatishda qarzdorlarning maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarda qarzlarning mavjudligini oldindan tekshiradi.

Yirik bitimlarni amalga oshirish va ayrim moliya-kredit xizmatlari koʻrsatishgacha

4-bosqich

Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar

Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda

5-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Byuro (ijro hujjatlari qismi boʻyicha)

1. Mavjud qarzdorlikni qoplaydi.

2. Qarzdor tomonidan qarz toʻlanganligi haqidagi maʼlumot Byuroning maʼlumotlar bazasiga tezkorlik bilan kiritilishini (taqdim etilishini) taʼminlaydi.

1. Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda

2. Mavjud qarzdorlik qoplanganidan soʻng zudlik bilan

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.